Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Sovet mehnat koloniyalarida yuzaga kelgan qamoq subkulturasi post-kolonial kontekstda ham juda muhim ahamiyatga ega.

1930-yillarda gulaglarda vujudga kelgan bu jamiyat ichidagi jamiyat no-formal boshqaruvida qamoq o’g’rilari (vory v zakone) ajralib chiqqan. Ular haqida post-kolonial jamiyatlarda turli afsonalar yuradi.

Jazoni ijro etish muassasalarida — ular dunyoning qaysi chekkasida joylashganidan qati nazar — rasmiy, formal boshqaruvdan tashqari norasmiy, no-formal tartib ham mavjud bo’ladi.

Garchi aksariyatga bunday mavzular ‘choyxona suhbatlari’ yoki film sahnalaridek, tuyilsada global shimol kontekstida jazo va jamiyat (punishment & society), qamoq tadqiqotlari (prison studies) kabi mustaqil fan va tadqiqot tarmoqlari shakllangan.

Odatda, jamoatchilikda, fuqarolik xizmatchilari va siyosatchilarda shaxsning qamalishining o’zigina jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yechadi degan yanglish tushuncha mavjud. Jamiyat ichidagi bunday kichik jamiyatning qanday ishlashini o’rganish kelgusi qonunchilik jarayonlari uchun ham muayyan yechimlarni tayyorlab berishi mumkin.


@CJandLP
Sur’atdagi bino Shepton Mallet qamoqxonasi. Qamoqxona 1625-yilda gaol sifatida tashkil etilgan. Deyarli 400 yillik qamoqxona nafaqat ozodlikdan mahrum qilish muassasasi sifatida, balki arxiv va o‘lim jazosini ijro etish muassasi sifatida ham faoliyat yuritgan.

2-JU boshlanishidan bir mudda ilgari Birlashgan Qirollik Milliy arxivlarining bir necha tonnalik katta qismi o‘ta maxfiy ravishda ana shu muassasaga joylashtirilgan. Maxsus arxiv ishi mutaxassislari ana shu yerda noyob arxiv materiallarini saqlagan. Paradoksal ravishda, inson erkinliklari o‘z ifodasini topgan Magna Carta bir muddat shaxs erkinligini cheklovchi muassasada saqlangan.

@CJandLP
Sovuq urushi yakunlanganidan so’ng, dunyo mamlakatlarini rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar klassifikatsiyasiga ajratish fanda sekinlik bilan o’z o’rnini global shimol va global janub qutbiga ajratish orqali tahlil qilishga bo’shatib berdi.

Buning asosiy sabablaridan bir mamlakatlarni rivojlangan, rivojlanayotgan yoki birinchi, ikkinchi, uchinchi dunyo mamlakatlari deb tizimlash pejorativlik (salbiy konnotatsiya) kasb etadi. Bunda sobiq imperialist/kolonialist mamlakatlar o’z egalik qiluvchi boyliklar va farovonliklarni muayyan mamlakatlarni ekspulatatsiya qilish evaziga erishganligi chetga surilib qoladi.

Biroq, global shimol/global janub klassifikatsiyasida ham muayyan muammolar bor. Masalan, sobiq Sovet Ittiqfoqi ta’siri doirasida bo’lgan Sharqiy Yevropa mamlakatlari, qolaversa, dastlab Chor Rossiyasi va keyinchalik, Ittifoqning tarkibiga konsolidatsiya qilingan Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini yuqoridagi qutblarga kiritish qiyinchilik tug’diradi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlari Uallerstainning dunyo tizimi nazariyasida na markaz (imperial yoki kolonial mamlakatlar kabi), na periferiya (koloniya qilingan mamlakatlar) sirasiga emas balki ularning o’rtasidagi yarim periferiya mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari esa post-sovet, post-sotsialist, post-kommunist sifatlovchilari orqali Rossiya va u huquqiy vorislik qilib kelgan mamlakatlarning bir qismi sifatida qarab kelingan. Vaholangki, ular alohida-alohida tamaddun vakillari bo’lib kelgan hamda Chor Rossiyasining imperialistik ambitsiyalari qurboniga aylangan.

@CJandLP
Yuridik firmalarga kim ishga kirishi va qolishi masalasida diversifikatsiya unchalik ham yuqori deb bo‘lmaydi. Masalan, Birlashgan Qirollikning Angliya va Uels yurisdiksiyasida korporativ yuridik firmalarning atagi 10 tadan 1 ta solisitori, jinoyat ishlariga ixtisoslashgan firmalarda esa har 10 tadan 2 ta solisitorlari quyi ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishga ega.

@CJandLP
Ushbu infografikda Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish haqidagi Rim statuti tomonlari aks ettirilgan.

Statut 139 ta davlat tomonidan imzolangan, shundan 123 ta mamlakatda statut ratifikatsiya qilingan.

P.S.: O’zbekiston Rim statutiga imzo chekuvchi davlatlar qatoriga kiradi. Hozircha statut mamlakat Parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinmagan.

@CJandLP
O‘rta asr ingliz qasrlaridan muayyan bir vaqt davomida qamoqxona sifatida foydalanilgan. Ulardan ayrimlari hali ham ana shunday funksional vazifani bajaradi.

Sur’atda Lankaster qal’asi undan dastlab 1196-yilda qamoqxona sifatida foydalanilgan. Fuqarolik urushi davrida (Lankasterlar va Yorklar o‘rtasidagi Atirgullar urushi) bu funksiya keng utlizatsiyalangan.*

Adliya vazirligi qasrning muayyan binolaridan 2011-yilgacha qamoqxona sifatida foydlangan.

*Bunda qamoq jinoiy jazo sifatida emas, balki sud hukmi ijro etilgunicha protsessual tartibda vaqtincha saqlab turish vazifasini bajargan. Qamoq jinoiy jazo sifatida 18-asrdan ommaviy qo‘llanila boshlagan.

@CJandLP
Nyutonning boshiga olma aynan mana shu yerda tushgan.

Trinti kolleji, Kembridj, Birlashgan Qirollik.

@CJandLP
Biz uchun bugungi kunning realligi bo‘lib ko‘rinuvchi jinoiy adliya institutlari – politsiya, prokuratura, sudlar, va boshqa ijtimoiy tartib ustidan nazorat o‘rnatuvchi davlat mexanizmining institutlari – doksalarga* ana shunday kristallashgan shaklga kelib qolgan. Bu jinoiy adliya institutlari, birinchi navbatda, kolonial tartib natijasida metropoliten (markaz) tomonidan perefiriyada (Markaziy Osiyodagi Qo‘qon xonligi hududida tashkil etilgan Turkiston o‘lkasi, rus protektorati ostida bo‘lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlarida) istiqomat qiluvchi mahalliy aholi ustidan ijtimoiy nazorat o‘rnatish uchun tashkil etilgan.

Qolaversa, bu davr Fransuz sotsiologi Mishel Fuko (Michael Foucault) ta’biri bilan aytganda, o‘zgarish davri (a moment of change) unda mahalliy jinoiy adliya institutlari va metropolning jazo hokimiyati muayyan muddat birgalikda yashagan (co-existence), keyinchalik esa, kolonial mintaqalarning markazga konsolidatsiyalashuvi natijasida o‘z o‘rnini to‘liq kolonial jazo tartibiga bo‘shatib beragan. Bu rus imperial/kolonial hokimiyati Fransuz va Britan kolonializmidan farq qiladi.

Muxtasar qilib aytganda, institutsional shakllanish va saqlanib qolish bu muayyan intervensiyalar natijasida vujudga keladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida bu Rossiya imperiyasining janubga qarab siljishi hamda ushbu mintaqani harbiy intervensiya orqali bosib olish orqali ortidan yuzaga keladi. Har bir institutning kelib chiqishini o‘rganishda ana shunday tarixiy jarayonlar, va eng asosiysi, ijtimoiy agentlikka ega shaxslarning ishitrokiga baho berish muhim sanaladi.

*Doksa falsafiy kategoriyasi bu muayyan voqea-hodisalarning jamiyat ongida u yoki bu shaklda qotib qolishini anglatadi. Natijada, ijtimoiy ongda ana shu voqea-hodisalar doimiy degan qarash shakllanib qolgan bo‘ladi.

@CJandLP
🔥1
Kuchli davlat..?

Yeltsindan hokimiyatni qabul qilib olarkan o’zining Nezavisimaya Gazeta nashriga ‘Rossiya na rubezhe tysyacheletiy’ sarlavhasi ostida bergan intervyusida Putin Rossiya kuchli davlat hokimiyatiga muhtoj va bunga ega bo’lishi kerak deb o’zining davlat qurilishidagi nuqtai-nazarini bildirgan edi.

Uning mazkur bayonoti kuchli davlat qanday bo’lishi darkor degan ochiq savolni qoldirgan. Chunki, Sovet Ittifoqi ham o’ziga yarasha kuchli davlat hokimiyatiga ega mamlakat edi. Putin ham Yeltsin kabi sobiq Ittifoq modelidagi davlat modelini rad etigan. Intervyuda u ‘kuchli davlat bu demokratik, huquqqa asoslangan, qobiliyatli federal davlatdir’ degan. O’zining dastlabki yillarda progressiv sifatida ko’rsatishga uringan Putinning bu nuqtai-nazarini terminologiya orqali tushuntirganda u shunchaki muayyan vazifalarni bajarishga qodir yuqori qobiliyatlilikka (capacity) ega davlatnigina emas, balki jamoatchilik manfaatlari uchun xolisona xizmat qiluvchi yuqori sifatlilik (quality) darajasiga ega davlat qurishni nazarda tutgan.

Sovet davlati, shubhasiz, politisiya davlati bo’lgan. Lenin (1968:268) o’zining ‘Davlat va inqilob’ nomli ishida davlat hokimiyatining asosiy ustuni bu harakatdagi armiya va politsiyadir degan fikrni ilgari surgan.

Leninning bu ta’rifi ijtimoiy fanlarda davlatning uyushgan tarzda kuch ishlatishni nazorat qila olish qobiliyati uning xarakterli jihatlaridan biri ekanligidan kelib chiqadi.

Yodingizda bo’lsa bunday tariflarning eng klassik varianti Nemis sotsiologi Maks Ueber tomonidan berilgan edi. Uning ikki xil usulda berilgan ikkita ta’rifi mavjud. ‘Administrativ a’zolari tartib o’rnatishda legitim kuch ishlatishga bo’lgan monopoliyaga muvaffaqiyatli da’vo qila oluvchi majburiy siyosiy tashkilot davlat deb nomlanadi.’ O’zining boshqa bir ishida u biroz boshqacharoq formulirovkadagi ta’rifdan foydalanadi: ‘Davlat bu muayyan hududda kuch ishlatishga bo’lgan legitim da’vo qila oluvchi insonlar jamoasini tashkil etuvchi birlikdir’.

Davlat formatsiyasi ya’ni uning shakllanishi hamda kundalik siyosatni olib borishi keyinchalik uning qobiliyatlilik darajasini shakllantirish orqali davom etadi. Biroq, bu jarayon to’g’ri chiziqli o’sish orqali namoyon bo’lmaydi. Legetim kuch ishlatishga bo’lgan monopoliya bir deganda va mutlaq o’rnatilmaydi, aksincha bu jarayon doimiy da’vo va qarama-qarshiliklar ostida kechib o’sishi, ortga qarab ketishi yoki butunlay kollapsga uchrashi mumkin.

Putinning kuchli davlat qurishga qaratilgan maqsadi esa fundamental sayoz ekanligini bugungi inqirozli holat yaqqol ko’rsatib bermoqda.

@CJandLP
Putin Rossiyasi kuch ishlatar tuzilmalari uning kuchli davlat qurishdagi markaziy unsurlaridan biri sanaladi. Bu haqida Sirakuza universiteti siyosatshunoslik professori (Syracuse University) Brayn Taylor o‘zining ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etgan. Garchi bu tuzilmalar miqdor ko‘rsatkichi jihatidan o‘sgan bo‘lsada, sifat ko‘rsatkichi jihatidan ular hech qachon o‘sishga erishmagan.

Mazkur tuzilmalar reformalarni xush ko‘rmagan. Har qanday reforma tizimdagilarning status-kuosiga ta’sir qilardi. Ular va Putin hokimiyati o‘rtasidagi akkordga ko‘ra bu tuzilmalar reformalardan uzoqda tutiladi, o‘z navbatida ular Putin hokimiyatini saqlashning manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu amaldagi hukumron elitani qo‘llab-quvvatlovchi psevdo namoyishlarni o‘tkazilishini ta‘minlashda hamda hukumron elita faoliyatini qoralovchi namoyishlarni tarqatib yuborishda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, kuch ishlatar tuzilmalarning faoliyati ekstralegal ya’ni huquqdan tashqari bo‘lib kelgan.

Kechagi oxiriga yetkazilmagan coup d’état doirasida ham buni qisman kuzatish mumkin. Kunduz kuni Putin bayonotida hodisani izohlar ekan qo‘zg‘alonchilarni ‘davlatga xiyonatda’ ayblab chiqdi. Ularga nisbatan jinoyat ishi yurituvi boshlandi. Kechga borib no-formal kelishuv natijasida qo‘zg‘alonchilar o‘z harakatini to‘xtatganini bunga javoban Moskvadagi jinoyat ishi yurituvi ham harakatdan to‘xtatilganligi xabar berildi. Paradoksal ravishda, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida o‘z noroziligini bildirganlardan Vladimir Kara-Murza 25 yil, Ilya Yashin 8 yildan ortiq, Liliya Chanysheva 7 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilingan.

@CJandLP
Mississippi universitetining Xavsizlik tadqiqotlari markazi Professori Kevin Riehle Rossiya Federatsiyasi kuch ishlatar tizimidagi asosiy aktorning qisqacha tarixi haqidagi ilmiy tadqiqotini Georgetown university press nashrida 2024-yilda nashrdan chiqarar ekan.

Nashr haqidagi e’lon tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

@CJandLP
60 daqiqa Avstraliya nashri Putin rejimiga qarshilik ko‘rsatgan/yotgan ayollar nomli turkum ostida sobiq Finlandiya bosh vaziri Sanna Marin, Estoniyaning bosh vaziri Kaja Kallas qatorida Rossiyaning 1-kanali sobiq boshlovchisi Ovsyannikova hamda Sobchakni ko‘rsatibdi. Medianing ekspertlar xulosasisiz bunday sayoz yondashuvi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo mintaqasi doirasida tadqiqot olib boruvchi akademik doiralarda keskin tanqid qilindi.

Tanqidlar markaziga rasizm va imperialistik g‘oyalarini yashirmaydigan, Rossiyaning propogandasiga o‘z xissasini qo‘shuvchi, sobiq elita oilasining nepot vakilasi — Kseniya Sobchak shaxsi qo‘yilgan edi.

O‘tgan kuni nomini keltirib o‘tilgan Liliya Chanysheva, Liliya Galyamina, Sasha Skochilenkolar ekspertlarning fikriga ko‘ra e’tirof etilishi kerak bo‘lgan rus jamiyatining Putin ilgari surayotgan qo‘shni mamlakatlarning suverenligi va milliy o‘zligini inkor etuvchi, agressiv tashqi siyosatiga qarshi chiqqan vakillar sanaladi.

@CJandLP
Irqiy adolat prinsiplari va Oliy sud

Kuni kecha Qo’shma Shtatlar Oliy sudi sudyalari ‘Ijobiy harakat’ (Affirmative action) deb nomlanuvchi dastur doirasida irqqa asoslangan holda universitetlarga qabul qilishni mamlakat konstitutsiyasiga zid deb topdi.

Harvard va Shimoliy Karolina universitetlariga qarshi ko’rib chiqilgan sud ishi konservativ ko’pchilikni tashkil qiluvchi sudyalar o’z nuqtai-nazarini ijobiy harakat dasturi barcha uchun teng imkoniyatlar yaratib bermaydi deb asoslashga uringan.

IH dasturining asl mohiyati ijtimoiy adolatsizlik oqibatida ta’limga imkoniyat topa olmaydigan yoshlarga mamlakatning elita universitetlarida o’qish uchun imkoniyat yaratib berishni nazarda tutadi. Qo’shma Shtatlarda odatda ijtimoiy adolat prinsiplaridan chetda qoladigan qora tanli yoki ispan tilida so’zlashuvchi rezidentlar ota-onasining tang iqtisodiy ahvoli natijasida maktab yoki universitetlarda o’qish uchun real imkoniyatga ega bo’lmay qoladi. Bu esa jamiyatdagi ijtimoiy-strukturaviy muammolarning oqibatidir. IH dasturi bu kontingentga imkoniyat yaratish orqali talabalar orasidagi diversifikatsiyani ta’minlashga qaratilgan.

Odatda, Shtatlar universitetlari dastlab qabul jarayonida nomzodlarning o’rtacha o’zlashtirishi (GPA) va test natijalarini (SAT) inobatga olgan. Bunda ta’lim imkoniyati yetmagan jamiyat qatlami — odatda ular qora tanli yoki ispan tilida so’zlashuvchilar — elita universitetlariga qabul qilinishining real imkoniyati past bo’lgan. Natijada ular pastroq natijalarni qabul qiluvchi universitetlarga hujjat topshirishga majbur bo’lgan. IH dasturi esa universitetlarga irqni qabul jarayonidagi bir baholash mezoni sifatida qabul qilib irqiy adolatsizlik natijasida ta’lim olishga imkon topmagan, odatdagi hujjat topshiruvchilardan pastroq natijaga ega nomzodlarni qabul qilish imkoniyatini yaratib bergan.

Bu esa 1970-yillarning so’ngidan boshlab huquqiy nizolarni keltirib chiqargan. Chunki, elita universitetlarga hujjat topshirgan oq tanli, yaxshi natijaga ega bo’lgan nomzod o’qishga qabul qilinmagach o’zi hujjat topshirgan oliygohni sudga bergan. Uning argumenti garchi u oq tanli hujjat topshiruvchi nomzodlar orasida pastroq ko’rsatkichga ega bo’lsada IH dasturi asosida hujjat topshirganlardan yuqoriroq natijaga ega bo’lgan. Shuning uchun universitetning uni qabul qilmaslik haqidagi qarori adolatsiz. Sud esa talabaning da’vosini qondirgan va universitet talabani o’qishga qabul qilgan.

IH dasturining konstitutsiyaga zid deb topilishi elita universitetlarning oq tanlilar va Osiyolik talabalar — Osiyolik talabalar odatda test natijasi va o’rtacha o’zlashtirishi eng yuqori bo’lgan kontingent sanaladi — uchun o’quv maskaniga aylanishi va u yerdagi ‘rang vakillari’ keskin kamayib ketishiga olib boradi.

Sud qarori 6-3, 6-2 nisbatida konservativ va liberal blok sudiyalari tomonidan ovoz olgan.

@CJandLP
1948-yil 5-iyul kunidan boshlab Birlashgan Qirollikning Milliy salomatlik xizmati (National Health Service, NHS) o’z faoliyatini boshlagan.

Sog’liqni saqlash tizimiga imkoniyatga ega bo’lish bu inson faravonligining ajralmas bir qismi. Hattoki, Britaniya orolida ham bu jarayon post-ikkinchi jahon urushi davrigacha institutsionallashmagan.

Eng muhimi, institutsionallashgan sog’liqni saqlash tizimiga imkoniyat shaxslarning hukumat vakili yoki oddiy shaxs ekanligiga qarab emas, balki barcha uchun teng bo’lishi darkor.

Sur’atda yangi tashkil etilgan NHS lifletidagi tanishtiruv ifodalangan.

Manba: https://mrc-describe.epexio.com/records/MSX/1974

@CJandLP
Stalin davridagi ommaviy tarzda ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq katta terror yoki buyuk terror nomi bilan tarixga kirgan repressiv jarayonlar nafaqat u yoki bu jinoyatda ayblanganlarga, balki ularning oila a’zolariga ham ta’sir qilgan.

SSSR Kompartiyasi Markazqoʻmining 1937-yil 5-iyul kuni qabul qilingan oʻta maxfiy qaroriga koʻra xalq dushmanlari deb topilganlarning turmush oʻrtoqlarini 5–8 yil oraligʻida ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi Yozhev rahbarligidagi NKVDga bir qator topshiriqlar berilgan.

Qarorda Ichki ishlar xalq komissarligiga xalq dushmanlarining turmush o‘rtoqlarini qamash ortidan ularning yetim qolgan davlat qaramogʻiga olish topshirilgan.

@CJandLP
Vincent van Gogh’s Prisoners Exercising, 1890. Photograph: © The Pushkin State Museum of Fine Arts, Moscow

@CJandLP
‘People know what they do; frequently they know why they do what they do; but what they do not know is what what they do does’

~ Michel Foucault

@CJandLP
1916-yilgi Markaziy Osiyoning Rus kolonial tartibiga qarshi qo’zg’aloni rus tarixchilari o’zini olib qochadigan, muhokama qilishni istamaydigan eng katta tarixiy voqeliklardan biri sanaladi.

Turkiston o’lkasida o’rnatilgan tartib kolonial hukumat va oxir-oqibatda rus imperiyasining qulashiga bevosita ta’sir qilgan. Global shimol kontekstida tadqiqotlar olib boruvchi olimlar bu davr tadqiqot olib borish uchun va turli jarayonlarni tushunish uchun ideal davr deb qaraydi.

Quyidagi havoladagi BBCning Tarixiy guvohlik (Witness history) turkum podkasti orqali Oksford universiteti tarixchisi Aleksandr Morrision tomonidan o’sha davrda sodir bo’lgan voqeliklarni tushuntirishni tinglashingiz mumkin.

https://www.bbc.co.uk/programmes/p040p1bh

@CJandLP
1896-yil 14-may: bu kun Rossiya imperiyasi tarixida so’nggi monarx vazifasini bajargan Nikolai II’ning taxtga o’tirish marosimi ‘koronatsiya’ bo’lib o’tgan kun.

Marosim, Sharqiy Yevropadan tortib janubda Afg’onistongacha cho’zilgan ulkan ko’p millatli va elatli Rossiya imperiyasining yangi hukumdori uchun, uning bor qudratini namoyish etish, ko’z-ko’z qilish maydoni ham edi.

Ammo, paradoksal jihatdan, bunday tantana, qudratni ko’z-ko’z qilish industrializatsiya natijasida shakllangan yangi ishchi sinfining og’ir ahvoli, iqtisodiy qiyinchiliklar fonida o’tkazilgan.

Mamlakatdagi noroziliklar to’lqini 1905-yilgi ommaviy tartibsizliklarga olib keladi. Rus-Yapon urushida imperiya sharmandalarcha mag’lubiyatga uchraydi va oxir-oqibatda 1917-yilda zavolga yuz tutadi.

@CJandLP
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shu kunlarda Birlashgan Qirollikning ko‘plab universitetlarida bitiruv marosimlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Shotlandiyaning eng qadimiy, katta prestijga ega universitetlaridan biri bo‘lgan Edinburg universitetida ham ana shunday tadbir bo‘lib o‘tibdi.

Ananaga ko‘ra, tadbirda bitiruvchilardan vakil so‘zga chiqib talabalik davri, o‘qish mashaqqatlari haqida qisqacha fikr bildiradi.

Bu yilgi tadbir oldingilaridan o‘zgacha kechgan, unda talabalar universitet treyd yunionlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi ish haqi bilan bog‘liq nizo ortidan o‘z diplomlarini olmaganliklariga noroziligini izhor etgan.

Albatta, bitiruv marosimida talabalar ko‘rsatgan vakilga yuklatilgan asosiy vazifa bu so‘z erkinligidan foydalangan holda o‘z havotirlari va noriziliklarini izhor etish va bu jarayonda ular o‘zlariga dars bergan professor-o‘qituvchilarning legitim da’vosini qo‘llab-quvvatlagan.

@CJandLP
🔥1