Umuman olganda har safar kambag’allikni qisqartirish retorikasi yangraganida, qandaydir daftarlar o’ylab topilganida yaxshi niyatlar bilan ochilgan, ammo unday natija bermagan Sautuell yoki Lambetlar beixtiyor inson hayolida aylanishi mumkin.
Ish uylari 1948-yildan ijtimoiy institut sifatida bekor bo’lgan. Ularning binolari aksariyat hollarda 2-JU so’ng tashkil etilgan Milliy sog’liqni saqlash tizimi (NHS) hisobiga o’tkazilib kasalxonalarga aylantirilgan.
@CJandLP

Bugun OAV’da Gruziya parlamentida mamlakatga rus aviakompaniyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovining tiklanishi ortidan tartibsizliklar vujudga kelganligi haqidagi videolar tarqaldi.
Ukraina, Turkiya, Armaniston kabi mamlakatlarning qonun chiqaruvchi vakillik uylarida ham bunday holatlar vaqti-vaqti bilan kuzatib turiladi.
Garchi Birlashgan Qirollik va Qo‘shma Shtatlar kabi industrial demokratiyalari parlamentlarida bunday voqelik yaqin o‘tmishda kuzarilmagan bo‘lsada, parlamentning alohida hokimiyat tarmog‘i bo‘lish jarayonida bunday mushtlashuvlar tez-tez sodir bo‘lib turgan.

Inson kapitali va ijtimoiy risk
Globallashuv jarayoniga integratsiyalashayotgan har qanday jamiyatda o‘zining xorijda o‘qib qaytgan avlodining inellektual potensialidan foydalanishga harakat qilib ko‘radi. Muayyan jamiyatlarda bunday u yoki bu darajada ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keladi, boshqalarida natija ijobiy deyish murakkab.
2019-yillarda Chilida tarqalgan ommaviy norozliklar to‘lqini hokimiyatda so‘l ideologiyasi asosida sotsial demokratik jamiyat qurishni vada berayotgan Gabriel Boricni olib kedi. Xo‘sh, Ispanchada dignidad ya’ni qadr-qimmat shiori ostida hokimiyatga kelgan ijtimoiy harakatning vujudga kelish sabablari nima?
Buning uchun vaqt mashinasida biroz oldinroqqa — post 2-JU yillarga — sayohat qilish darkor. Bu davrda Qo‘shma Shtatlar hukumati Chikago universiteti va Pontificia Universidad Católica de Chile universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi. Ular Chililik yosh iqtisodchilarni — Chikago yigitlari (Chicago Boys) nomi ostida tilga olinadi — bozor g‘oyalariga tanishtirish orqali mintaqadagi kommunizmning rolini kamaytirishga hamda Chili va uning qo‘shnilarini kapitalizmga umid bog‘laydi.
1970-yillarda demokratik saylangan Salvador Allende boshchiligidagi sotsialist hukumatning iqtisodiy siyosatidan norozilik general Avgusto Pinochetni harbiy to‘ntarish orqali hokimiyatga olib keladi. U Chikago yigitlariga Allendening xatosini to‘g‘irlash topshiriladi.
Islohotlar trafdorlari bu jarayonlarni bir qator muammolar bilan bo‘lsada muvaffaqiyatli deb baholangan. Chili yuqori YAIM, past kambag‘allik darajasi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi orqali Lotin yo‘lbarsi deb taqdimot qilingan.
Bu islohotlarga qaratilgan tanqid bu jarayonlarning 2500 atrofidagi oppozitsiya vakillarini jismonan yo‘q qilganligi, erkin jamiyat sharoitda Chikago yigitlarining bunday keng ko‘lamli, keskin islohotlari amalga oshmasligi atrofida aylanadi. (Shu sababli, bu jarayon “dastlabki gunoh” deb tavsiflangan). Shunday bo‘lsada, bu tizim Pinochetdan keyingi davrda demokratik yo‘llar bilan saylangan prezidentlari tomonidan nafaqat saqlanib qolingan, balki kengaytirilgan.
Biroq, bir necha dekadalar davomida shakllangan bu muvaffaqiyat hikoyasi 2019-yilda Santiagoda metro yo‘l haqining 30 peso ($0,40) oshganligi ortidan ommaviy noroziliklarga aylanib ketdi. Namoyishchilar korporotiv suiste’molliklar, daromad topishga yo‘naltirilgan ta’lim, kam pensiyalar ildizi Chikago yigitlari boshlagan islohotlarga borib taqaladi deb hisoblagan.
Namoyishlar ko‘plab siyosatchilar va biznes vakillarida hayrat uyg‘otdi. Ulardagi savol qanday qilib garchi Chili ananaviy o‘lchovlarga ko‘ra uzoq vaqt davomida shunday misli ko‘rilmagan iqtisodiy o‘sishga erishgan bo‘lsada, bunday noroziliklar kelib chiqanligida edi.
1/2

Chililik iqtisodchi Sebastian Eduards mamlakatdagi noroziliklarni o‘rganish uchun 2019-yilda Santiagoga tashrif buyirib tadqiqotlari natijasini Chili loyihasi: Chikago yigitlari hikoyasi hamda neoliberalizm inqirozi nomi ostida nashr etgan. Uning argumenti Chili nafaqat uning iqtisodiyoti “dastlabki gunoh” ustiga, balki ijtimoiy porox bochkasi ustiga qurilganini inkor etib kelgan.
Eduards Chikago bilan hamkorlikni rad etgan Universidad de Chile’da tahsil olgan. Keyinchalik Shtatlarga ko‘chib o‘tib u ham Chikagoda tahsil olgan. Harberger bilan do‘stlashgan. Ammo, hech qachon o‘zini Chikago yigitlari bilan afillamagan.
Chili loyihasi Chikago yigitlarining Hyde Park (universitet markaziy maydoni)dagi tareningidan, ularning hukumatdagi yirik lavozimlarda ish faoliyatini davom ettirish orqali boshlangan. Ular iqtisodiy islohotlar davomida Harberger, Friedman, Gary Becker, and Theodore Schultz kabi Chikagolik professorlardan maslahatlar olib turgan. Ammo, treng ularga islohotlarda ijtimoiy tengsizlikni qisqartirishga emas, o‘ta qashshoqlikni ijtimoiy dasturlar yordamida yengillashtirishga e’tibor qaratgan.
YAIM o’sishi, ishsizlik va infilatsiya hisobiga, kambag’allikning qisqartirilishi tengsizlikning kengaysihi hisobiga amalga oshirilgan. Masalan, 1975-yiligi yuqori infilatsiya ishsizlikni oshirish orqali, narxlarning oshishini tushirish uchun Fridman tomonidan taklif etilgan “shok terapiya” qo’llangan. Hatto, Fridman ham bunday infilatsiya o’sishi faqat bir necha oy davom etadi deb hisoblagan, amalda bu deyarli bir dekada davom etgan.
Demokratiyaga o’tish davomida treyd yunionlarning vakolatlari qisqartirilgan. Bu orqali ularning ishlab chiqarish va milliy doirada muzokara olib bora olish qobiliyati cheklanib, ish beruvchilarga (biznes) lokaut e’lon qilish, xodimlariga iqtisodiy qiyinchil sharoitida ish haqi to’lamaslik vakolatlarini taqdim etadi.
Eduardsga ko’ra noroziliklar o’z cho’qqisiga chiqishiga yana bir sabab bu oliy ta’lim bo’lgan. Desentralizatsiyalangan va xususiylashtirilgan oliy ta’lim ko’plab Chililik yoshlarni qarzga botirgan hamda ish bilan ta’minlab bera olmagan. Ular o’zlarini aldangan his qilgan hamda ularga agar qattiq o’qib ta’lim olsa ularning oldinga qarab yurishi va professional va menejerlik pillapoyalarida osonroq ko’tarilishini vada bergan tizimni so’roq ostiga oladi.
Qolaversa, Chilida marginal guruhlarning yuqoriga qarab ko’tarilish ijtimoiy mobilligi kuzatilmagan. Masalan, Harberger 1955-yilda Chilidagi jentelmenlar guruhida ulardan qanchasi inquilinos ya’ni yer egalari ferma ishlarini qiluvchilar farzandi ekanligi so’ragan. Yangi asrga o’tish arafasida olim yana qayta shu savolni berganida javob o’sha-o’shaligicha qolgan.
Xullas, Chilida kambag’allikdan qutilib qolgan oilalar yana qayta kambag’allika tushib qolishidan, kabag’allik chizig’idan biroz yuqorida bo’lgan juda katta va shu bilan birga juda mo’rt o’rta qatlam ham shunday ehtimollikdan qo’rquvda yashab kelgan. Bularning bari ijtimoiy taranglik va yuqorida takidlangan ijtimoiy porox bochkasini yuzaga kelishiga olib kelgan.
2/2

👍1
Xalqaro jinoyat huquqida so‘nggi bahslar Putinga nisbatan Xalqaro jinoyat sudi tomonidan hibsga olish to‘g‘risida order e’lon qilinganligi va aynan mana shu institut tomonidan Qo‘shma Shtatlar prezidenti kichik Bush va Birlashgan Qirollik bosh vaziri Antoni Bleyrga nisbatan ularning Iroq urushidagi jinoyatlari uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaganligi atrofida aylanadi.
Shubhasiz, Bush va Bleyr xalqaro jinoyatlarni sodir etgan jinoyatchilar. ICCning bu yondashuvi uning ikki xil standardlar asosida ishlayotganlini emas, seketiv standardlar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘ayotganligidan dalolat beradi. Garchi ICC anglo-amerikalik hukumat boshliqlariga formal ish ochmagan bo‘lsada, bu xalqaro jinoyat huquqining mutlaqo ishlamayotganligini anglatmaydi. Masalan, Shvetsariya prokuraturasi tomonidan Bushga nisbatan 2011-yilda qiynoq jinoyatlarini sodir etganligi uchun jinoyat huquqining universalligi prinsipi asosida ish ochgan. Shudan so‘ng, Bush o‘zining Shvetsariyadagi uchrashuvini bekor qilgan va deyarli Shtatlardan tashqariga safar qilmagan.

❤3👍1
1980-yillarda Sovet bloki nashrlarida Anjela Devis, Din Rid va Samanta Smit kabi shaxslar mashhurlikka erishgan. Ularni sovet davlati fuqarolari kapitalistik ishlab chiqarish shakliga bo’lgan tanqidlari tufayli yaxshi tanib olgan.
Ana shunday shaxslardan biri astrofizik olim Charlz Hyder sanaladi. U qurollanish poygasiga, yadro qurollari va yadro chiqindilariga qarshi norozilik kompaniyasi olib borgan. Bu kabi dissidentlik harakatining kulminatsiyasi uning 1986-yil 23-sentabridan Oq uy qarshisida taxminan 218 kun ochlik e’lon qilgani bilan belgilanadi.
Garchi Sovet davlati o’zidagi ichki dissidentlik harakatlarini, masalan, ulardan eng mashuri Andrey Saxarov noroziligini deyarli yoritmagan bo’lsada, ular Hyderning ochlik e’lon qilish kompaniyasini qo’llab-quvvatlagan va keng yoritishga harakat qilgan.
Masalaning boshqa bir ahamiyatga bog’liq tarafi shundan iboratki, aynan shu davrda Ozarbayjon Sovet Respublikasida Qorabog’ masalasida norozilik e’lon qilinib ochlik e’lon qilgan shaxslar bir necha kun ichida shifoxonalarga olib ketiladi. Sovet davrida yashagan shaxslarda bu ikki holatdagi farqlar hayratlantirgan. Qanday qilib ikki xil kontekstda, ochlik e’lon qilish ikki xil oqibat keltirib chiqargan degan savol ko’pchilikni o’ylantirgan.
Gap shundaki, ochlik e’lon qilishning turlari ko‘p. Quruq ochlik e’lon qilish, Ozarbayjon misolidagi kabi, inson uchun halokatli yakunlanishi mumkin. Unda norozilik e’lon qilganlar na suv va na ovqat iste’mol qiladi. Odatdagi ochlik normal ovqat iste’mol qilishni rad etishdan iborat bo’lishi ham mumkin.
Hyder atrofidagi bahslar esa uning doimiy ravishda Oq uy qarshisida qo’nim topmaganligi, ochlikning faqat kunduz kuni amalda bo’lganligi hamda ochlik e’lon qilish davrida sharbat va vitaminlar iste’mol qilganligi atrofida aylanadi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Baydenning turli-tuman marosimlarda qoqilob-turtilib yiqilganligi ko‘pchilikda uning prezidentlikka loyiqligi yuzasidan savollar tug‘diradi.
Masalan, o‘tgan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini e’lon qilganlar orasida sobiq prezident Donald Tramp 74, Berni Sanders 79 yoshda bo‘lgan. Bundan 40 yil ilgari Ronald Reygan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganida 69 yoshda bo‘lgan va bu keng jamoatchilikda yosh senzi bilan bog‘liq muhokama vujudga kelishiga olib kelgan.
Garchi, umuman olganda, muayyan mintaqalarda yashash standardlari yaxshilashib insonlar uzoqroq hayot kechirayotgan bo‘lsada, yosh kattargani sari aqliy va jismoniy harakatlarida muammolar paydo bo‘lib boshlaydi.
Bu shunday argument orqali asoslanishi mumkin: muayyan lavozimga kirishishdan ilgari yoshlarga nisbatan kvalifikatsiya nuqatai-nazaridan diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yilgani kabi xalq vakillari va prezidentlik uchun ham ana shunday yosh senzi o‘rnatilishi mantiq doirasida bo‘ladi.

Sur’atda Sovet Ittifoqi hududda mavjud bo‘lgan majburiy mehnat lagerlari — ular gulag akronimi orqali tanilgan — joylashgan hududlar aks ettirilgan.
Odatda, ozodlikdan mahrum qilishga bu shaxsni jamiyatdan ajratishni nazarda tutgan jazo sifatida qaraladi. Ammo, gulag'da jazo o‘tash bir vaqtning o‘zida nafaqat solitud tarzida jamiayatdan ajratilgan, balki olis-olis o'lkalarga surgun ham qilingan. Bunda shaxs bir qilmish uchun amalda ikki xil jazoni — ozodlikdan mahrum qilish (formal) va garchi qonunchilikda aks etmasada surgun qilish (noformal) — o‘tganligini kuzatish mumkin.
Hozirda Kriminologiyaning Sharpa kriminologiyasi (ghost criminology) tarmog‘ida ana shunday joylarda spektral (ko‘rib his-etish orqali insonga yetib boruvchi jarayon) tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bunday hududlarda, masalan, Kolima yoki Uxta yashovchilar o‘zlarining kundalik turmush tarzida bundan 7-8 dekada ilgari ana shu manzilgohlardagi realliklarni boshidan o‘tkazadi.

Surgun qilish
Surgun qilish tanani suverendan—qirol, sulton, amir, xon va h.k.—uzoqlashtirishda ifodalangan. Angliyada surgun qilish (penal transportation) o‘lim jazosining o‘rniga kiritilgan muyyan darajada yengilroq va ayniqsa insonparvar deb qaralgan. U taxminan 17-asrning boshlaridan 18-asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu davrda taxminan 50,000–120,000 atrofida mahkumlar Britaniya orolidan zamonaviy Avstraliya, Yangi Zelandiya, Qo‘shma Shtatlar va Vest Indiya kompaniyasining Tinch okeanidagi boshqa orollariga surgun qilingan.

Yaqinda Lids universiteti Kriminologiya professori Henri Yeomans Alkogol regulyatsiyasining turli davrda turlicha o’zgarishi, bir necha domenlarga dahl qiluvchi alkogol siyosatining ziddiyatlari haqida maqola e’lon qilgan. Maqola bilan mana bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Henri bunday ziddiyatlarning sabablariga odatdagi tushuntirishlarda o’zgacharoq tushuntirish berishga uringan. Odatdagi tushuntirishlar alkogolning bir vaqtning o’zida jinoiy, soliq va sog’liqni saqlash sohalar doirasi nazorat qilinishi, uning turli ijtimoiy aktorlar––ya’ni politsiya, sudlar, sog’liqni saqlash vakillari––manfaatlar to’qnashuvi sababli islohotlarga qarshilik qilishdan iborat.
Albatta, bu tushuntirishlar tadqiqotchi uchun yaxshi tushuntirishlar, ammo u tarixiy institutsionalistik hamda Kosellekcha yondashuv bu masalaga yangicha izoh berishga uringan. Uning fikricha, bizga ko’rinib turgan yuzaki alg’ov-dalg’ovliklar ostida turlicha hodisalar asosida turli davrlarda tartibga solish mantig’i va texnikalari yashirin. Shu sababli alkogol regulyatsiyasining o’ziga xos trayektoriyasi shakllangan.
Ana shunday zamonga doir bir qancha hodisalarni o’rganish alkogol siyosatining turli davrlarda qanday o’zgarganini va nima sababdan murakkabliklarga ega ekanligini tushunishga yordam beradi.
Aytaylik, Angliya va Uelsda alkogol iste’mol qilish qonuniy, ammo qattiq nazorat qilinadi. Chunki, 1910-yillarda hukumat alkogolga taqiq qo’yish o’rniga uni cheklovchi nazorat o’rnatishni maqul deb topgan. Viktoria davridan meros qolgan titotalizm (alkogol ichmaslikni targ’ib qilish harakati), uning ustiga 1960-yillarda voyaga yetmaganlar orasida alkogolizmga qarshi kurash alkogolni litsenziyalash juda ham murakkab jarayonga aylantirib qo’ygan. Natijada, regulyatsiya siyosati bir necha qatlam bo’lib qotib qolgan.
Shunday bo’lsada Angliya va Uelsning ichib avtotransport boshqarish qoidalari butun Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda ancha erkinlashtirilgan. Bu 1960-yillarda qabul qilingan regulyatsion normalarning o’zgarmay qolgani bilan izohlanadi. Shu sababdan, Angliya va Uelsni Henri Kosellekning tabiri bilan ‘no-zamondoshning zamondoshligi’ (‘contemporaneity of the non-contemporaneous’) sifatida ko’rsatgan.
Turli davrlardan qolgan turli regulyatsion tartib-taomillar huddi turli qirqimlardan butlangan yamoq mato kabi o’ziga xos murakkab va o’zgaruvchan yo’llar orqali birga mavjud bo’lib kelmoqda. Tartibsizlikning aksariyat qismi bir vaqtning o’zida turli davr tarixiy hodisalarining mavjud bo’lib kelishi natijasida shakllangan.

Kriminologia
Alcohol Regulation, Historical Change and the Contemporaneity of the Non-Contemporaneous: A Non-Linear Story in Four Parts
This article uses the example of alcohol regulation in England and Wales to explore how historical change can be understood within criminology. Pivoting away from criminology’s tendency to understand historical change as occurring in rapid, radical bursts…
Qo‘shma Shtatlar jamoat arbobi, mutafakkir, siyosiy aktivist Kornel Uest Xalq partiyasidan prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surgani haqida e’lon qildi.
Kornel ilgari Harvard, Yale, Princeton, Dartmouth kabi universitetlarida professor sifatida faoliyat yuritgan.
Uning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqish va saylov kompaniyasini kuzatish qiziq bo‘ladi.

X (formerly Twitter)
Cornel West (@CornelWest) on X
I am running for truth and justice as a presidential candidate for the People’s Party to reintroduce America to the best of itself - fighting to end poverty, mass incarceration, ending wars and ecological collapse, guaranteeing housing, health care, education…
Sovet Ittifoqi Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) Lagerlar Bosh boshqarmasi (GULag) boshlig‘ining 31/593372-sonli o‘ta-maxfiy sirkulyatsiyalangan direktivasi.
Bu hujjatda mehnat lagerlaridagi ochlikdan o‘lish holatlarni “noxush mulohazalar” shakllanmasligi uchun fuqarolik qayd etish tizimi va mahkumlarning qarindoshlaridan yashirish topshirig‘i yuklangan.
Manba: Rossiya Federatsiyasi davlat arxivi (GARF) tadqiqotlari asosida ilmiy ish yo‘qlagan Mikhail Nakonechnyi

Jazo ratsionali — amaldagi jinoyat qonunchiligida jazodan ko‘zlangan maqsad(lar) — zamon va makonga qarab o‘zgarib turadi.
Sovet davlatida mass inkarseratsiya (ommaviy ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash) ortida esa iqtisodiy ratsional yotgan. Bunda sovet elitasi qattiq mehnat shaxsni qayta tarbiyalaydi degan ta’limotni ilgari surgan. Amalda esa bir necha million mahkumlar mehnatidan erkin fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra mehnat qilmaydigan sharoitlarda va geografik hududlarni o‘zlashtirishda foydalanilgan.

🔥1
Sovet Ittifoqi haqida qiziq naqllar yaratilgan.
Shunday naqllardan birida mamlakat aholisining yarimi mahkum, qolgan yarimi esa ana shu qamalganlarni qo‘riqlashi aytiladi. (In the Soviet Union, half of the population are inmates, and the other half guards them).

Sovet mehnat koloniyalarida yuzaga kelgan qamoq subkulturasi post-kolonial kontekstda ham juda muhim ahamiyatga ega.
1930-yillarda gulaglarda vujudga kelgan bu jamiyat ichidagi jamiyat no-formal boshqaruvida qamoq o’g’rilari (vory v zakone) ajralib chiqqan. Ular haqida post-kolonial jamiyatlarda turli afsonalar yuradi.
Jazoni ijro etish muassasalarida — ular dunyoning qaysi chekkasida joylashganidan qati nazar — rasmiy, formal boshqaruvdan tashqari norasmiy, no-formal tartib ham mavjud bo’ladi.
Garchi aksariyatga bunday mavzular ‘choyxona suhbatlari’ yoki film sahnalaridek, tuyilsada global shimol kontekstida jazo va jamiyat (punishment & society), qamoq tadqiqotlari (prison studies) kabi mustaqil fan va tadqiqot tarmoqlari shakllangan.
Odatda, jamoatchilikda, fuqarolik xizmatchilari va siyosatchilarda shaxsning qamalishining o’zigina jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yechadi degan yanglish tushuncha mavjud. Jamiyat ichidagi bunday kichik jamiyatning qanday ishlashini o’rganish kelgusi qonunchilik jarayonlari uchun ham muayyan yechimlarni tayyorlab berishi mumkin.

Sur’atdagi bino Shepton Mallet qamoqxonasi. Qamoqxona 1625-yilda gaol sifatida tashkil etilgan. Deyarli 400 yillik qamoqxona nafaqat ozodlikdan mahrum qilish muassasasi sifatida, balki arxiv va o‘lim jazosini ijro etish muassasi sifatida ham faoliyat yuritgan.
2-JU boshlanishidan bir mudda ilgari Birlashgan Qirollik Milliy arxivlarining bir necha tonnalik katta qismi o‘ta maxfiy ravishda ana shu muassasaga joylashtirilgan. Maxsus arxiv ishi mutaxassislari ana shu yerda noyob arxiv materiallarini saqlagan. Paradoksal ravishda, inson erkinliklari o‘z ifodasini topgan Magna Carta bir muddat shaxs erkinligini cheklovchi muassasada saqlangan.

Sovuq urushi yakunlanganidan so’ng, dunyo mamlakatlarini rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar klassifikatsiyasiga ajratish fanda sekinlik bilan o’z o’rnini global shimol va global janub qutbiga ajratish orqali tahlil qilishga bo’shatib berdi.
Buning asosiy sabablaridan bir mamlakatlarni rivojlangan, rivojlanayotgan yoki birinchi, ikkinchi, uchinchi dunyo mamlakatlari deb tizimlash pejorativlik (salbiy konnotatsiya) kasb etadi. Bunda sobiq imperialist/kolonialist mamlakatlar o’z egalik qiluvchi boyliklar va farovonliklarni muayyan mamlakatlarni ekspulatatsiya qilish evaziga erishganligi chetga surilib qoladi.
Biroq, global shimol/global janub klassifikatsiyasida ham muayyan muammolar bor. Masalan, sobiq Sovet Ittiqfoqi ta’siri doirasida bo’lgan Sharqiy Yevropa mamlakatlari, qolaversa, dastlab Chor Rossiyasi va keyinchalik, Ittifoqning tarkibiga konsolidatsiya qilingan Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini yuqoridagi qutblarga kiritish qiyinchilik tug’diradi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari Uallerstainning dunyo tizimi nazariyasida na markaz (imperial yoki kolonial mamlakatlar kabi), na periferiya (koloniya qilingan mamlakatlar) sirasiga emas balki ularning o’rtasidagi yarim periferiya mamlakatlar qatoriga kiritilgan.
Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari esa post-sovet, post-sotsialist, post-kommunist sifatlovchilari orqali Rossiya va u huquqiy vorislik qilib kelgan mamlakatlarning bir qismi sifatida qarab kelingan. Vaholangki, ular alohida-alohida tamaddun vakillari bo’lib kelgan hamda Chor Rossiyasining imperialistik ambitsiyalari qurboniga aylangan.

Yuridik firmalarga kim ishga kirishi va qolishi masalasida diversifikatsiya unchalik ham yuqori deb bo‘lmaydi. Masalan, Birlashgan Qirollikning Angliya va Uels yurisdiksiyasida korporativ yuridik firmalarning atagi 10 tadan 1 ta solisitori, jinoyat ishlariga ixtisoslashgan firmalarda esa har 10 tadan 2 ta solisitorlari quyi ijtimoiy-iqtisodiy kelib chiqishga ega.
@CJandLP
@CJandLP
Ushbu infografikda Xalqaro jinoyat sudini tashkil etish haqidagi Rim statuti tomonlari aks ettirilgan.
Statut 139 ta davlat tomonidan imzolangan, shundan 123 ta mamlakatda statut ratifikatsiya qilingan.
P.S.: O’zbekiston Rim statutiga imzo chekuvchi davlatlar qatoriga kiradi. Hozircha statut mamlakat Parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinmagan.

O‘rta asr ingliz qasrlaridan muayyan bir vaqt davomida qamoqxona sifatida foydalanilgan. Ulardan ayrimlari hali ham ana shunday funksional vazifani bajaradi.
Sur’atda Lankaster qal’asi undan dastlab 1196-yilda qamoqxona sifatida foydalanilgan. Fuqarolik urushi davrida (Lankasterlar va Yorklar o‘rtasidagi Atirgullar urushi) bu funksiya keng utlizatsiyalangan.*
Adliya vazirligi qasrning muayyan binolaridan 2011-yilgacha qamoqxona sifatida foydlangan.
*Bunda qamoq jinoiy jazo sifatida emas, balki sud hukmi ijro etilgunicha protsessual tartibda vaqtincha saqlab turish vazifasini bajargan. Qamoq jinoiy jazo sifatida 18-asrdan ommaviy qo‘llanila boshlagan.