Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Criminal Justice & Legal Paradigm
Braziliyalik mutafakkir Paolo Freirening Mazlumlar pedagogikasi asari muayyan doiraga qanday dars berish lozimligi haqida emas, balki ta’limning erkinlashtiruvchi funksiyasini ochib berishga qaratilgan. Asar dastlab portugal tilida nashr ettirilib keyinchalik…
Ta’lim markazida mentor/o’qituvchi/professor turuvchi markazlashgan jarayon sifatida tushunilmasligi darkor. Bu jarayon mohiyatan ingliz tiliga ‘pouring the vessel’ kemani to’ldirishga aylanib qolmasdan, ko’p tomonli hodisaga aylanishi lozim.

Bilim yaratish Paoloning nazarida bu kollektiv jarayon hamda unda o’qituvchi va o’quvchi tomonidan kontributsiya qilinishi darkor. Boshqacha qilib aytganda, siz suhbatdoshingiz bilan muayyan bilimlarni bo’lishishdan tashqari, undan boshqa narsalarni o’rganishingiz mumkin.

@CJandLP
👍1
1-may bu mehnatkashlar kunining mistifikatsiyalangan sovetcha talqini emas, balki bir necha asrlik mehnat va kapital o‘rtasidagi qarama-qarshilik va ziddiyatlarda normal ish vaqti va sharoiti uchun kurashayotgan qatlam vakillarini sharaflash kuni bo‘lishi darkor.

Sovetcha 1-may kunini dekonstrukt qilgan holda bu kunni ozchilikning ko‘pchilikni ekspulatatsiya qilinishiga toqatsizlik va ischilar sinfiga solidarlik bildirish kuni bo‘lishi darkor.

@CJandLP
👍1
Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi boshlanganidan va urush harakatlari oqibatida Markaziy Osiyoda dekoloniallashtirish savoli kun tartibiga chiqdi.

Bu jaryon Markaziy Osiyoning turli mamlakatlarida turlicha kechmoqda. Masalan, Gallup nashriga ko’ra Rossiya liderligiga norozilik Qozog’istonda 30%, Qirg’izistonda 17% va O’zbekistonda 3% ga oshgani qayd etilgan.

Afsuski, hattoki hozircha O’zbekiston ilmiy doiralarida dekolonial diskurs aytarli o’ringa ega egmas. Aytaylik, huquqning kolonial tartibni saqlash vositasi sifatidagi roli (1860-1991) va undan qolgan merosning o’rnini ilmiy tadqiqot ishlari doirasida tahlil etilmagan.

@CJandLP
East Anglia universitetining Yapon tarixi bo’yicha dotsenti Sherzod Muminov hamkasbi Dr. Ron Mason bilan birgalikda M&M podcastini tayyorlash ustida ish olib borayotgan ekan. Bu yerda ularning aprobatsiya uchun taklif qilgan loyihaning dastlabki soni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Sherzod Muminovning tadqiqot qiziqishlari doirasiga zamonaviy Yaponiya tarixi, post-2JU, Sovet-Yapon munosabatlari, Yapon urush mahkumlari (prisoners of war, POW) kabi mavzularni o’rganish kiradi.

P.S.: U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida bakalavriat bosqichida o’qishni tamomlagach Manchester va Tskuba universitetlarida magistratura darajasini olgan. PhD doktorlik dissertatsiyasini Kembridj universitetining Sharqiy Osiyo tadiqoqotlari dasturida Yapon imperiyasining tarqalishi va urushdan keyingi Sharqiy Osiyoda legitimlik uchun kurash (The Dissolution of the Japanese Empire and the Struggle for Legitimacy in Postwar East Asia) mavzusidagi grant doirasida amalga oshirgan.

@CJandLP
👍2
Istalgan kontekstda islohotlarning samaradorligiga baho berishda yoki ularni mazmunan tushunishda yordam beruvchi bir foydali konsept mavjud. Bu konseptni O’zbek tiliga ehtimol islohot qilishga qodir bo’lmagan islohotlar (‘non-reformist reforms’) deb tarjima qilish mumkin.

Bunday islohotlarning muvaffaqiyatsizligini qisman islohotlar borayotgan davrda sezish mumkin, biroq aksariyat hollarda retrospektda ularga uzil-kesil baho berish mumkin.

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanadalik parlament a’zosi hukumat soati doirasida tashqi ishlar vaziridan o‘zining va oila a’zolarini Xitoy diplomatik missiyasi vakillaridan tahdid qabul qilganligi munosabati yuzasidan nima uchun persona non grata e’lon qilinmaganligi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilmaganligi yuzasidan savolga tutgan.

Mazkur lavha nafaqat xalqaro munosabatlarda xalqaro munosabat subyekti o‘zining suvereniteti, fuqarolarining dahlsizligi yoki xavfsizligini ta’minlab berishi lozimligi haqida, balki parlamentariylarning hukumatni hisobdorligini ta’minlash ham haqida.

@CJandLP
Birlashgan Qirollik Umumpalatasining Xalqaro munosabatlar qo’mitasi 4 kundan so’ng — 2023-yil, 9-may kuni — mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlarining amaldagi holatiga qayta baho berib ko’rmoqchi. Qo’mitaning mazkur eshituviga global akademik tarixchi, siyosiy tahlilchi, kriminologlar taklif etilgan.

2000-yillarda tadqiqotlarga eshik ochgan Markaziy Osiyo ko’plab tadqiqotlarning geografik qamrov doirasi bo’lib xizmat qilgan. Sovet Ittifoqining qulashidan ajralib chiqqan bu mintaqani ilmiy tushunish va tushuntirib berish ilmiy hamjamiyat uchun juda qiziq bo’lgan. Ammo, bunday tadqiqotlar va tadqiqotchilarni o’z bag’riga qabul qilib olgan O’zbekiston deyarli ikki dekadadan buyon mintaqaviy hablik statusini qo’shni Qozog’istonga boy berib qo’ygan.

Hozir akademik muassalar (universitetlar), vazirlik-idoralar va umuman olganda mamlakat uchun status-kuoni qaytarib olishga da’vo qilib ko’rishning vaqti kelgan.

1/2

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Birlashgan Qirollik Umumpalatasining Xalqaro munosabatlar qo’mitasi 4 kundan so’ng — 2023-yil, 9-may kuni — mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlarining amaldagi holatiga qayta baho berib ko’rmoqchi. Qo’mitaning mazkur eshituviga global akademik…
Buning uchun ilmiy hamjamiyat har bir individual a’zosi o’zining tadqiqotchi menini qayta so’roq ostiga olishi, o’zining fan integratsiyasidagi rolini savol ostiga qo’yishi (self-reflextive approach) muhim. ‘Bu jarayonda’ – deb yozadi Kolumbiya universiteti Isidor va Sivil Sulzbaxer huquq professori Bernard Harkort – ‘nima qilinishi lozim deb emas, nima qilishim darkor degan savolni markazga qarab yo’naltirish kerak’. Shunda har birimiz individual va kollektiv ravishda fanning asl maqsadi bo’lgan jamiyatni emansipatsiya qilishga, u orqali yanda erkinroq, zulmdan holiroq va yanada yaxshiroq jamiyat qurishga qarab qadam tashlagan bo’lamiz.

2/2

@CJandLP
👍1
Bir yilcha oldin Birlashgan Qirolliklar Yuqori sudida (High Court) — Oliy suddan bir pog’ona quyi turuvchi sud — Breksit (Brexit) doirasida Britaniyalik millioner Arron Banks va the Guardian va Observer nashri jurnalisti Carole Cadwalladr nizolashgan tuhmat ishi ko’rib chiqildi. Qarang: Banks v Cadwalladr

Voqealar rivoji

Arron Banks Birlashgan Qirolliklarda olib borilgan Breksit kompaniyasini moliyalashtirgan eng yirik sarmoyadorlardan biri sanaladi. 2019-yil 15-aprelda TED Talks doirasida va 24-iyun kuni yozilgan tweetda jurnalist sarmoyadorni Rus hukumati bilan aloqadorlikda va

Da’vo talabi

Tuhmat da’vosi jurnalist Cadwalladr tomonidan 2019-yil 15-aprelda TED Talks doirasida va 24-iyun kuni yozilgan tweet natijasida yuzaga kelgan.

Qaror

Sud qarorida davogar javogarning hatti-harakatlari uning reputatsiyasiga sezilari darajada ziyon yetkazganligini isbotlay olmaganligini hamda davogar hatti-harakatlarini amalga oshirishda jamoatchilik manfaatlarini ko‘zlab ish tutgan deb qaror qabul qilgan.

@CJandLP
👍1
Yuqoridagi keys orqali O‘zbekistonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligidagidagi tuxmat qilish bilan bog‘liq norma legitimligini so‘roq ostiga oladi.

Amadagi adabiyotlardagi tanqid bunday normalarni muayyan ijtimoiy guruh yoki shaxslar qo‘lidagi o‘z opponentlariga qaratilgan qurolga aylanishi mumkinligi xavfini muhokama qilishga qaratiladi.

Tuhmat ko‘plab demokratik ananana va qadriyatlarni o‘zining rivojlanish yo‘li deb biluvchi mamlakatlarda fuqarolik huquqiy nizosi deb e’tirof etiladi. Unda davogar davo talabidagi masala yuzasidan javobgarning boshma yoki elektron nashrlarda chop etgan ayblov(lar)i o‘zining sha’ni va qadr-qimmatiga qay darajada ziyon yetkazganligini dalillab berishi darkor.

Agar masala markazida mansabdor shaxslar bo‘lsa, ularning muyyan hatti-harakatni qilganlikda gumonlanish uchun jamoatchilikda jamiyat manfaatlariga dahl etuvchi (public interest) legitim shubha bo‘lsa ommaviy axborot vakili yoki individual shaxslar ularni ayblab chiqishga haqli. Chunki, ular ana shu jamoatchilikning to‘lagan soliqlari hisobidan ish haqi oladi.

@CJandLP
Qo‘shma Shtatlarning eng katta xato siyosiy tanlovlaridan biri bu 80-yillardan qamoqxonalar bumi (prison boom) yoki qamoq industrial kompleksi (prison industrial complex) lobby qilinganligi bilan izohlanadi.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Qo‘shma Shtatlarning eng katta xato siyosiy tanlovlaridan biri bu 80-yillardan qamoqxonalar bumi (prison boom) yoki qamoq industrial kompleksi (prison industrial complex) lobby qilinganligi bilan izohlanadi. @CJandLP
Xo‘sh, qamoq industrial kompleksi nima? Norvegiyakik kriminolog Nayls Kristi (Nils Christie) bu tushunchani fanga kiritgan. Unga ko‘ra, qamoqxonlarning xususiylashtirilishi bilan bog‘liq davlat va nodavlat agentliklarining manfaatlar to‘qnashuvi asosida daromad qilish uchun qamoqxona qurish, uni faoliyatini yuritish va nazorat qilish bilan bog‘liq harakatlar majmuasi tushuniladi.

Mashhur abolitsionist Angela Davis o‘zining Nega qamoqxonalar eski (Why prisons obsolete?) nomli asarida 1980-yilning ikkinchi yarmidan 2000-yilgacha Kaliforniya shtatida Kaliforniyaning undan oldingi 100 yillik tarixida qurilgan miqdorda qamoqxonalar qurilganligini ta’kidlaydi.

Xususiy qamoq uylari samaradorlik, tejamkorlik shiorlari ostida yangidan-yangi loyihalar sifatida biznes va siyosiy doiralar tomonidan lobby sifatida ilgari surib kelindi.

Nasdaq koterovkalarida 2011-yilda xususiy qamoqxonalarga egalik qiluvchi CoreCivic kabi davlat boshqaruvida yechimlar beruvchi kompaniyalar daromadlari karrasiga oshib ketdi.

@CJandLP
Jury o’rniga yakka tartibda ishni ko’ruvchi sudya?

Birlashgan Qirollikning Open universiteti tadqiqotchilari Shotland hukumatining nomusga tegish jinoyatlarini jury ishtirokisiz, yakka sudya tartibida ko’rish tartibi kutilgan natijalarni bermasligi mumkin degan nuqtai-nazarni ilgari surmoqda.

O’zgarishlarning negizi mamlakatda mazkur turdagi jinoyatlarni sudda ko’rib chiqilishi hamda ayblov verdiktining darajasi pastligiga borib taqaladi. Odatda, har ikki jinoyat ishidan biri yoki ishlarning 51% ayblov verdikti bilan yakunlanadi.

Bu g’oyaning kelib chiqishi esa o’z navbatida jury a’zoligiga taklif qilingan oddiy fuqarolarning nomusga tegish atrofida aylanib yuruvchi miflar bilan bog’liq. Nomusga tegish miflari deganda ushbu jinoyatlar bilan assotsatsiyalanuvchi yanglish faraz, tasavvur va tushunchalardan iborat qarashlar tizimi tushuniladi. Bunda jury’da odatda nomusiga tegilgan shaxslarning ‘ochiq kiyinganligi’ ularning o’z aybi bo’lgan qarash; yoki odamlar odatda qasos olish maqsadida zo’rlanganligini ilgari surib chiqadi degan farazlar shakllanganligi kuzatiladi.

Masalan, Glazgo universiteti tadqiqotchisi Fiona Leverick o’z tadqiqotida ana shunday nomusga tegish miflari juryning qarorlar qabul qilish jarayoniga bevosita ta’sir qilishini ochib bergan. Ya’ni juryni tashkil qiluvchi shaxslarda qanchalik bunday miflarni to’g’ri deb qarsh shakllangan bo’lsa, ular shunchalik sudlanayotgan shaxsni aybsiz degan verdiktni ilgari surish ehtimoli ortadi.

Aybsizlik verdiktini ilgari surgan jury ratsionallari qatoriga jinsiy zo’ravonlikka uchragan shaxsning alkogol mahsuloti iste’mol qilishi natijasida intoksikatsiya bo’lishi ularning qisman aybdorligini anglatadi, zo’ravonlik odatda begonalar tomonidan amalga oshiriladi degan qarashlar ustiga quriladi.

Biroq, jury o’rniga sudya tomonidan ishning yakka tartibda ko’rib chiqilishi qanchalik bu holatlarning kamayishiga sabab bo’ladi degan savolga tadqiqotchilarning o’zlari-da skeptik qaraydi. Ya’ni jury a’zolarini o’z ta’siri ostida saqlovchi miflar o’z navbatida yakka tartida ishni ko’ruvchi sudyaga ham ta’sir qilishi ehtimolligi yuqori.

Psixologlarga ko’ra insoning qarorlar qabul qilish jarayoni muayyan kognitiv qisqartmalar (short-cuts) ustiga qurilgan bo’ladi. Bu esa odatda ularga tezkor qaror qabul qilishda yordam beradi. Tajriba esa ularga qaysi ma’lumotlardan foydalanish, qaysilarini chetga surib qo’yishda qo’l keladi. Bu ham vaqtni tejab qolishda muhim ahamiyatga ega. Biroq, muayyan bir hollarda bu tezkor kognitiv qabul qilish ba’zan ish uchun muhim ma’lumotlarni tushirib qoldiradi (Xususan, qachon u yoki bu ish normal bo’lmagan xususiyatga ega yoki o’zining u yoki bu ish yuzasidan tajribaga ega emasligi kabi). Bu o’z-o’ziga ortiqcha ishonishga, ana shu ekspertlarning boshqa bir hamkasb ekspertlardan maslahat olmasligiga yetaklashi mumkin. Ana shunday qilib noxolis yondashuv shakllanadi.

Sudyalar va boshqa huquqshunos mutaxassislar ham ana shunday noxolisliklardan holi bo’lmasligi, tabiiy hol. Boshqa bir tadqiqotda, Germaniyadagi Maks Plank va Birlashgan Qirollikning City kolleji tadqiqotchilari Mandeep Dhami va Peter Ayton tadqiqot ishiga ko’ra Magistrat sudlari sudyalari qabul qilgan qarorlari odatda ratsional qarorlar modeliga emas, balki noxolis qarorlar modeliga mansub degan xulosaga keladi. Olimlar sudyalarning ishini ular ko’rib chiqqan oldingi ishlar bilan solishtirib chiqqanda ham, ularning hamkasb sudyalari tomonidan ko’rgan ishlar bilan solishtirib chiqqanda ham barqarorlik kasb etmaydi. Agar ularning yondashuvi ratsionallik kasb etganida, albatta ishlarda muyyan barqarorlik ko’zga tashlanar edi.

Umuman olganda huquqdan tashqari bo’lgan faktorlar, masalan, sudyaning tushlik qilgani yoki qilmaganligi ham sudyalar qarori xolisligiga ta’sir qilishi tadqiqotlarda ko’rsatib berilgan. Shundan kelib chiqilsa, jurysiz sud ishlari nomusga tegish ishlarini ko’rib chiqishga ijobiy ta’sir qilishini yetarlicha shubha ostiga olish mumkin bo’ladi.

1/2

@CJandLP
👍1
Bundan tashqari, olimlar pilot sifatida sinovdan o’tkazilishi ko’zlanayotgan jurysiz yakka sudya ishtirokida ko’rib chiqiladigan sud ishlari dasturga ham skeptik qaramoqda.

Bunga ko’ra hukiumat muayyan bir to’xtamga kelishi kerak. Asosiy kutilma — bu ayblov verdiktlari sonining oshishi. Albatta, bu kutilma muayyan muammolarga ega. Chunki, avallo, har qanday sudlar tomonidan qarorlar qabul qilinishini hukumatning o’rganishi bu sudlar mustaqilligiga rahna solishga aylanib qoladi. Qolaversa, sudyalarda ayblov verdikti chiqarishga bo’lgan yondashuv shakllanib qolishi ham xolislikka ta’sir qilmay qolmaydi. Bu pilot jarayon o’ziga xos infilatsiyani keltirib chiqaradi. Ya’ni pilot davriyligi davomida ayblovlar soni oshib, undan so’ng natija yana ilgarigi holatga qaytishi mumkin. Oxir-oqibat bu na sudlanayotgan taraf va na ayblayotgan taraf uchun adolatli sud jarayonlarini tashkil etmaydi.

Sudlanuvchining harakatlari ortiq jamiyatning turli sohalarida faoliyat yurituvchi a’zolari tominidan emas, davlatdan haq olib ishlovchi, bir o’lchamli qaror qabul qiluvchi soha vakillari tomonidan baholanadi. Bu degani ana shu yakka shaxsning dunyo qarashi qarorning yakuniy natijasini belgilaydi.

Qolaversa, bu shuningdek, jury tizimining o’ziga ishonchsizlikni shakllantiradi. Nima uchun jury a’zolari qotillik jinoyatini ko’rishga kompetent-u, nomusga tegish ishlarida bunday kompetentlikka ega emas?

Tadqiqotchilar buning o’rniga juryni shakllantirish mexanizmlariga baho berish eng optimal alternativ yechim degan g’oyani ilgari suradi. Ya’ni ilgarigi ishlarda ana shunday miflarga moyillik bildirgan jurylar jurylik ro’yxatlaridan tushirib qoldiriladi.

2/2

@CJandLP
👍2
‘Myself alone. I know the feelings of my heart and I know mankind. I am not made like any others I have seen.’

Jean Jaques Rousseau

@CJandLP
👍2
Bir necha yuz yillik qamoq?

Qo’shma Shtatlarda sud piyodalar ustiga trak haydagan Sayfullo Saipovning 8 karra ketma-ket umrbod ozodlikdan mahrum qilish va 260 yil qamoq jazosi tayinlanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Tabiiyki, O’zbek segmentini jazo tayinlashning anglo-saksoncha bunday paradoksi hayratga soldi. Quyida nima uchun ushbu mamlakatlarda bunday jazo tayinlash amaliyoti (sentencing) shakllanganligini mazkur yurisdiksiya bilan tanish bo’lmagan o’quvchilarga tushuntirishga harakat qilaman.

Avallo, jazo tayinlash deganda biz shunchaki inson qancha vaqt panjara ortida o’z umrini o’tkazishini tushunishimiz emas, balki jazoning simvolik va teatrik funksiyalari mavjud eknaligini ham nazardan chetlatmasligimiz darkor.

Bunday uzoq ramziy jazo bilan sud Soipovga uning qanchalik yomon inson ekanligini uqtirishga uringan. Qolaversa, ushbu ramziy qoralashning davomiyligi muayyan jinoyatlarning media makonda qanchalik muhokama qilinganligi, jinoyatning xususiyati, va eng muhimi, jazoning bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan ramziy va amaliy maqsadi o’rtasidagi ziddiyatlar to’qnashuvi orqali shakllanadi.

8 karra umrbod ketma-ket ozodlikdan mahrum etish va 260-yillik qamoq jazosi sudlanuvchining shartli ozodlikka chiqarilish ehtimolini inkor etmaydi. Har qanday qamoq jazosi, uzun yoki qisqa bo’lishidan qati-nazar, qamoqxona gubernatori tomonidan yengilrog’iga almashtirilishi mumkin.

Bunday mantiqsiz jazolar sudlanuvchiga har bir jinoyati uchun qilingan hukumlarning umumiy yig’indisidan kelib chiqadi. Ya’ni Soipovga qotillik ortidan har bir o’ldirilgan (8 nafar) hamda suyuqasd qilingan (16 nafar) shaxslarga qarshi jinoyatlari uchun har biriga alohida muddat belgilangan.

Odatda, bunday bir necha yuz-yillik jazolar bir vaqtning o’zida o’talishi ko’zda tutiladi. Bu degani shaxs beshta 20 yillik qamoq jazosini 100 yilda emas, 20 yilda o’tab bo’ladi. Aksariyat Shtatlarda jazo tayinlashda ustuvorlik sudya, boshqalarida esa jury tomoniga taqdim etiladi. Bunda jury tayinlangan jazolarni bir yo’la yoki ketma-ket o’talishini belgilashi ham mumkin. Faqatgina 6 ta Shtatda juryning bunday kengaytirilgan vakolati mavjud.

@CJandLP
👍1
Best student cities, 2023 ranking:

1. 🇬🇧London
2. 🇩🇪Munich
3. 🇰🇷Seoul
4. 🇨🇭Zurich
5. 🇦🇺 Melbourne
6. 🇩🇪 Berlin
7. 🇯🇵 Tokyo
8. 🇫🇷 Paris
9. 🇦🇺 Sydney
10. 🇬🇧 Edinburg
.
11. 🇺🇸 Boston
12. 🇭🇰 Hong Kong
13. 🇸🇬 Singapore
14. 🇨🇦 Montreal
16. 🇦🇹 Vienna
18. 🇺🇸 New York
20. 🇨🇦 Vancouver
21. 🇸🇪 Stockholm
22. 🇳🇱 Amsterdam
23. 🇦🇷 Buenos Aires
24. 🇦🇺 Brisbane
25. 🇬🇧 Manchester
27. 🇺🇸 San Francisco
29. 🇨🇳 Beijing
30. 🇺🇸 Los Angeles
31. 🇪🇸 Barcelona
37. 🇳🇿 Auckland
39. 🇨🇿 Prague
45. 🇫🇷 Lyon
47. 🇩🇰 Copenhagen
48. 🇮🇹 Milan
51. 🇦🇪 Dubai
52. 🇹🇷 Istanbul
53. 🇧🇪 Brussels
58. 🇵🇱 Warsaw
60. 🇨🇱 Santiago
67. 🇫🇮 Helsinki
68. 🇲🇽 Mexico City
70. 🇵🇹 Lisbon
74. 🇮🇹 Rome
75. 🇰🇿 Almaty
78. 🇿🇦 Cape Town
86. 🇧🇷 São Paulo
88. 🇩🇪 Stuttgart
94. 🇪🇬 Cairo
99. 🇨🇴 Bogota
102. 🇺🇸 Houston
103. 🇮🇳 Mumbai
104. 🇬🇷 Athens
108. 🇱🇻 Riga
114. 🇮🇳 Bangalore
116. 🇺🇸 Dallas
118. 🇰🇷 Busan
124. 🇮🇩 Jakarta
132. 🇷🇴 Bucharest
135. 🇺🇾 Montevideo
140. 🇵🇱 Łódź

🔗World of Statistics

@CJandLP
👍1
Criminal Justice & Legal Paradigm
Bir necha yuz yillik qamoq? Qo’shma Shtatlarda sud piyodalar ustiga trak haydagan Sayfullo Saipovning 8 karra ketma-ket umrbod ozodlikdan mahrum qilish va 260 yil qamoq jazosi tayinlanganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Tabiiyki, O’zbek segmentini jazo tayinlashning…
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish haqida gap ketganida, Birlashgan Qirollikka qarata yo’naltiriladigan tanqidlar mavjud. Shunday tanqidlardan biri garchi bu mamlakat o’lim jazosiga qati qarshilik bildirib kelsada, qanday qilib umrbod qamoq jazosini saqlab kelayotgani bilan bog’liq. Negaki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish, mohiyatan shunchaki kechiktirilgan o’lim jazosiga teng.

Ushbu mavzudagi tadqiqotlarini kitob qilib nashr ettirgan Nottingem universiteti professori hamda uning ham-muallifi Katrin Applton industrial demokratiyalarda bu trendning qay yo’sinda rivojlanganligini tahlil qilgan.


@CJandLP
👍2
Kapital jazo

Ora-orada o‘lim jazosini tiklashga bo‘lgan populistik qarashlar, chaqiriqlar va davolarni jamoatchilik orasida yangrab turadi.

Jazo bu muayyan hatti-harakatning oqibati bilan kurashish. Biz jazo tayinlash orqali jamiyatda yig‘ilib qolgan muammolarni u yoki bu tarzda yechmaymiz, balki bunday muammolarning akkumlyatsiyalashishiga sababchi bo‘lib qolamiz.

Amerika orzusi taqdim etuvchi mamlakatning bir-bir na’muna olish kerak bo‘lmagan sohasi bo‘lsa, bu albatta jinoiy adliya institutlaridir. Bu borada Qo‘shma Shtatlar eng yomon ko‘rsatkichka ega mamlakatlar qatoriga kiradi.

Qo‘shma Shtatlarda o‘lim jazosi letal inyeksiya, elektrokoushn, letal gaz, dorga osish va otuvga hukm qilish kabi usullarda amalga oshirilib kelingan. Hozirda, ushu turdagi jazolardan inyeksiya orqali o‘lim jazosiga hukm qilish saqlanib qolgan.

Qanday turdagi o‘limga hukm qilish bo‘lmasin, jazoni ijro etish jarayoni har doim ham risoladagidek kechavermaydi. Ana shu jazoni ijro etish bilan shug‘illanadigan mutaxassislar xatolikka yo‘l qo‘yishi va hukm qilingan inson muayyan og‘riqlar asosida o‘ldirilishi ham kuzatiladi.

Kolumbiya universiteti Professori Bernard Harcourt bir vaqtning o‘zida o‘lim jazosiga hukm qilinganlar ishida pro-bono shaklida himoyachi vazifasini bajarib keladi. U qatnashgan so‘nggi ishlardan birida Alabama shtatida Doyle Lee Hamm letal inyeksiya orqali o‘limga hukm qilinganida o‘lim jazosi xato ijro etilgan (botched execution).

Quyida kichik diskleymer bilan o‘limga hukm qilingan Doyle Lee Hamm’ning tanasini jazo ijro etilganidan so‘ng sud tibbiy ekspert tomonidan o‘rganish natijalariga havola qoldiraman.

Kapital jazoning bunday noxush oqibatlari muayyan implikatsiyalarga ega. Bu implikatsiyalar bizni inson tanasiga jarohat yetkazish, uning xossalarini o‘zgartirish yoki deformatsiyasiga sabab bo‘luvchi jazolar haqida qayta-qayta o‘ylab ko‘rishga undashi darkor.

@CJandLP
Ish uyi (workhouse) yohud kambag’alxona

19-asrda dunyoning eng boy mamlakati bo‘lgan Angliyada sanoat inqilobidan so‘ng shiddat bilan o‘sib borayotgan aholi orasida kambag‘allarning ulushi ham nihoyatda ulkan bo‘lgan. Urban markazlarida kambag’allar aholining deeyarli 1/3 qismini tashkil etgan.

1834-yildan boshlab Viktoriya Angliyasi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida Kambag’llik to’g’risida Qonun yangi tahrirda qabul qilingan. Qonun qabul qilingan davrda kambag’allarga berilib kelingan imtiyozlar jamiyatda ziddiyatlarni keltirib chiqara boshlagan. Parish deb yuritiluvchi mahalliy davlat hokimiyati organlari nochor aholiga yashash uchun mablag’i qolmaganida, ish orqali qoplashning imkoni bo’lmagan iste’mol quvvatini taqdim etuvchi imtiyoz taqdim etgan.

Kambag’allarni qo’llab-quvvatlash mablag’lariga bo’lgan qattiq yondashuv Yevropadagi Napaleon urushi va undan so’ng kirib kelgan inqiroz natijasida shakllangan. Aholida shakllangan qo’rquv jismoniy mehnatga layoqatli bo’lgan shaxslar ham ishlamaslik maqsadida ana shunday imtiyozlar ro’yxatiga tushib olmoqda degan sentimentda ifodalanar edi. Ammo, bu qo’rquv tadqiqotlar natijasida emas, balki jamiyatning siyosiy doiralarida aylanuvchi retorikalar asosida yuzaga kelgan. Natijada, ushbu qarashlar huquq-normasi darajasigacha ko’tarilgan.

Masalan, Nottingemshirdagi Sautuell mahalliy davlat hokimiyati organida imtiyozlarga bo’lgan talabni kamaytirish maqsadida kambag’allar uchun ish uyi tashkil etiladi. Bundan ko’zlangan maqsad ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni soddalashtirish va kambag’allarni ish uylaridan tashqari barcha imtiyozlarni cheklash orqali ishlash yo’liga o’tkazishga qaratilgan edi. Oddiy qilib aytganda, ish uylari kambag’allarni dangasaligini nazorat qilish orqali yordam so’rashini cheklashga qaratilgan. Bunday “qo’llab-quvvatlov” zamirida kabag’allar jazolash orqali samaradorlikka erishish ko’zlangan edi.

Qonun ishlab chiqarishga ma’sul komissiya kambag’allik bilan bog’liq amaldagi qonun hujjatlarini o’rganar ekan Sautuell parishligi tajriba sifatida qaralgan. Bu tajribaning asoschisi Jorj Nikolls komissiyaga kambag’allarga taqdim etiladigan barja nafaqalarni bekor etish va uning o’rniga ishlashga qodir ammo ishlamaydigan ishyoqmas kambag’allardagi qusurlarni yo’q qiluvchi ish uylari bunyod etishni taklif etadi.

Afsuski, ijtimoiy qo’llab-quvvatlovni ish uylariga joylash orqali amalga oshirish hech qachon g’oya ijodkorlari tomonidan o’ylanganidek natija bermagan. Olimlarning fikricha, qonun qurilgan qattiq yondashuv g’oyasi fundament sifatida xato bo’lgan. Aslida, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash harajatlari ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan kambag’allar tomonidan shishirib yuborilmagan, biroq ehtiyojlarning murakkabligi va chigalliklaridan paydo bo’lgan. Qonun chiqaruvchilarda esa odamlar ishlash o’rniga mahalliy imtiyozlar hisobidan kun kechirishni afzal ko’radi degan qo’rquv bo’lgan. Ammo, amalda hattoki to’liq bandlik rejimida ishlash ham odamlarning kundalik ehtiyojlarini qondira olmagan.

@CJandLP
👍1