Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Huquq ustuvorligi va davlat-fuqarolik xizmati

Huquq ustuvorligi hukumronlik qiluvchi jamiyatlarda buyrokratik iyerarxiyada yuqori lavozimda turuvchi davlat fuqarolik xizmatchilarining xulq-atvori muntazam nazorat ostida bo‘ladi. Agarda davlat-fuqarolik xizmatchisi belgilangan xulq-atvor doirasidan chetga chiqib harakat qilsa, lavozimini suiste’mol qilsa bunday harakatlar unga qimmatga tushishi tabiiy.

Birlashgan Qirollik kansleri (adliya vaziri) hamda bosh vazir o‘rinbosari Dominik Rab uning 2015-yildan beri turli vazirliklardagi faoliyati davomida bo‘ysunuvidagi xodimlarini kasitganligi (bullying) yuzasidan olib borilgan mustaqil surishtiruv oqibatida iste’fo berishga majbur bo‘ldi.

Besh oy davom etgan mustaqil surishtiruvni advokat Adam Tolli QC (Qirollik maslahatchisi) tomonidan Dominikning xulq-atvorini uchta vazirlikdagi faoliyatiga baho berish orqali o‘tkazilgan.

@CJandLP
👍1
Insonalararo munosabatlarni falsafiy nigoh bilan kuzatuvchilar uchun hech narsa ko‘pchilikni ozchilik tomonidan osonlikcha boshqarilishini hamda insonlarning sentimentlar va hissiyotlardan liderlari uchun voz kechishini kuzatishdek hayratlanarli emas.

Bunday hayratlanarli hodisaning sodir bo‘lishini o‘rganganimizda, kuch har doim boshqarilayotganlar tomonda bo‘lishiga, faqatgina fikr boshqaruvchilarni saqlab turishiga ishonch hosil qilamiz.

Shu sababli hukumatning shakllanishi, eng despotik va harbiy hukumatlardan tortib erkin va jamoatchilik qo‘llab quvvatlovidagi hukumatlargacha, mutlaqo fikr ustiga qurilgan bo‘ladi.

~ David Hyum (David Hume) ‘Hukumatning birinchi prinsiplari haqida’ Bir necha mavzular yuzasidan esse va traktatlar, 1758

@CJandLP
👍1
‘Erkinlik — bu sovg‘a emas, yakka shaxs tomonidan erishiladigan muvaffaqiyat [ham] emas, balki bu mushtarak jarayondir.’

~ Paolo Freire Mazlumlar pedagokikasi (Pedagogy of the Oppressed)

@CJandLP
👏1
Quldor-qul dialektikasi

Jamiyatshunoslar insonlararo munosabatlarni o’rganishda ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lmish sotsial aktorlarning agentligi (muayyan bir harakatni qila olish yoki qila olmaslik qobiliyati), xulq-atvori kabi jihatlarga alohida e’tibor qilishga urinadi. Bu jarayonlarni tushunishda Hegelning quldor-qul dialektikasi (Master-Slave dialectic) yaxshi agnlash vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Insonda jamiyatdagi shaxs sifatida o’z o’rnini anglash uchun beradigan savollari uning qanday qilib borliqdagi o’zining o’rnini anglashi, qanday qilib o’zining kim ekanligini anglashi hamda o’zining qadr-qimmatga ega inson sifatida mavjudligini asoslashi, qanchalik uning mavjudli ahamiyatini boshqa shaxslardan mustaqil ravishda aniqlash mumkinligi kabilardan iborat bo’ladi.

Haqiqiy o’zlikni anglash (self-consciousness), Hegelning nazarida, yakka tartibda mavjudlik bilan emas, muayyan bir jamiyat va madaniyatning mahsuli sifatida shakllanadi. ‘Inson mavjudligi’ — deb yozadi Robert Solomon — ‘azaldan o’zaro e’tirof etishdan boshlangan hamda faqat va faqat o’zaro e’tirof etish orqali inson o’zini anglashi va hayotda ijtimoiy mazmun topishga urinishi mumkin’.

Hegelning quldor-qul dilaketikasi bir-biriga yuzma-yuz kelgan ikki mustaqil o’zlik o’rtasidagi hayot va momot kurashini tushuntirib berishga urinadi. Har ikkala o’zlik bir-biriga qarshi kurashishi darkor, chunki ularning har ikkalasi bir-birining mavjudligiga tahdid sifatida ko’radi. Qarama-qarshilik yuzaga kelgunicha, har bir o’zlik o’zini barcha narsaga mutlaq o’lchov birligi sifatida ko’radi. Biroq, boshqa bir o’zlikning paydo bo’lishi bunaday o’lchovlarni subyektiv o’lchovga aylantirib qo’yadi. Natijada, yangi obyektiv o’lchov birligini o’rnatish hayot-mamot kurashini vujudga keltiradi. Qolaversa, bu jarayon har bir o’zlikning o’z imkoniyatlari chegaralarini boshqasiga qarshi aniqlab olish uchun amalga oshirgan harakati sifatida namoyon bo’ladi.

Bu jarayonda har bir o’zlik o’zining qiymatini ham o’ziga ham boshqa o’zlikka ko’rsatib berishga urinadi. Shuning uchun garchi kurash hayot-mamot masalasi sifatida boshlansada g’olib mag’lubiyatga uchraganning hayotini saqlab qoladi. Chunki, mag’lub g’olibning muzaffariyotini tasdiqlab beruvchi tashqi, obyektiv guvoh vazifasini bajarib beradi. Hayot-mamot kurashi natijasi o’laroq quldor-qul munosabatlari vujudga keladi.

1/

@CJandLP
👍1
Akademik yozma til ham zamon va makonda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. Ularni o‘qish va mazmunan tushunish ilmiy ishning o‘quvchining birinchi tilida (ona-tili) yozilgan yozilmaganligidan qati nazar u yoki bu darajada murakkablik tug‘dirishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, til ham sotial konstrukt ya’ni ijtimoiy qurilma. U o‘z davrining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish dinamikasini o‘zida aks ettiradi.

@CJandLP
🔥1
1708-yilda Rossiya Imperiyasining Birlashgan Qirollikdagi elchisi harakatlanib ketayotgan ulovidan to‘xtatilib kuch ishlatilgan holda £50 qiymatidagi qarzini undirish uchun hibsga olingan.

Mojaro diplomatik tarranglikni vujudga keltrigan. Qarz undirlgach diplomat darhol ozodlikka qo‘yib yuborilgan bo‘lsada Pyotr I buni diplomatik privligiyaning buzilishi hamda o‘ziga qaratilgan deb hisoblab Qirolicha Annadan Midlseks sherifini o‘lim jazosiga hukm qilishini so‘ragan.

Qirolicha Anna o‘z navbatida Pyotrga javob xatida garchi qirolicha bo‘lsada o‘lkaning qonunlari unga bunday vakolat bermaganligini, hattoki eng vaxshiy shaxsga ham bunday jazo qo‘llay olmasligini ma’lum qilib undan imkonsiz narsani talab qilmasligini so‘ragan.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
‘Erkinlik — bu sovg‘a emas, yakka shaxs tomonidan erishiladigan muvaffaqiyat [ham] emas, balki bu mushtarak jarayondir.’ ~ Paolo Freire Mazlumlar pedagokikasi (Pedagogy of the Oppressed) @CJandLP
Braziliyalik mutafakkir Paolo Freirening Mazlumlar pedagogikasi asari muayyan doiraga qanday dars berish lozimligi haqida emas, balki ta’limning erkinlashtiruvchi funksiyasini ochib berishga qaratilgan.

Asar dastlab portugal tilida nashr ettirilib keyinchalik 1972-yilda ingliz tiliga o‘girilgan. Unda Paolo ilmiy ishini ta’limning asosiy maqsadi insonni hurlikka (liberation) yetaklash bo‘lishi darkor. Aks holda, bu ta’lim emas, balki mavjud ijtimoiy munosabatlar hamda status-kuoni singdirishga qaratilgan instrumentga aylanib qoladi degan argument atrofida aylanadi.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Braziliyalik mutafakkir Paolo Freirening Mazlumlar pedagogikasi asari muayyan doiraga qanday dars berish lozimligi haqida emas, balki ta’limning erkinlashtiruvchi funksiyasini ochib berishga qaratilgan. Asar dastlab portugal tilida nashr ettirilib keyinchalik…
Ta’lim markazida mentor/o’qituvchi/professor turuvchi markazlashgan jarayon sifatida tushunilmasligi darkor. Bu jarayon mohiyatan ingliz tiliga ‘pouring the vessel’ kemani to’ldirishga aylanib qolmasdan, ko’p tomonli hodisaga aylanishi lozim.

Bilim yaratish Paoloning nazarida bu kollektiv jarayon hamda unda o’qituvchi va o’quvchi tomonidan kontributsiya qilinishi darkor. Boshqacha qilib aytganda, siz suhbatdoshingiz bilan muayyan bilimlarni bo’lishishdan tashqari, undan boshqa narsalarni o’rganishingiz mumkin.

@CJandLP
👍1
1-may bu mehnatkashlar kunining mistifikatsiyalangan sovetcha talqini emas, balki bir necha asrlik mehnat va kapital o‘rtasidagi qarama-qarshilik va ziddiyatlarda normal ish vaqti va sharoiti uchun kurashayotgan qatlam vakillarini sharaflash kuni bo‘lishi darkor.

Sovetcha 1-may kunini dekonstrukt qilgan holda bu kunni ozchilikning ko‘pchilikni ekspulatatsiya qilinishiga toqatsizlik va ischilar sinfiga solidarlik bildirish kuni bo‘lishi darkor.

@CJandLP
👍1
Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi boshlanganidan va urush harakatlari oqibatida Markaziy Osiyoda dekoloniallashtirish savoli kun tartibiga chiqdi.

Bu jaryon Markaziy Osiyoning turli mamlakatlarida turlicha kechmoqda. Masalan, Gallup nashriga ko’ra Rossiya liderligiga norozilik Qozog’istonda 30%, Qirg’izistonda 17% va O’zbekistonda 3% ga oshgani qayd etilgan.

Afsuski, hattoki hozircha O’zbekiston ilmiy doiralarida dekolonial diskurs aytarli o’ringa ega egmas. Aytaylik, huquqning kolonial tartibni saqlash vositasi sifatidagi roli (1860-1991) va undan qolgan merosning o’rnini ilmiy tadqiqot ishlari doirasida tahlil etilmagan.

@CJandLP
East Anglia universitetining Yapon tarixi bo’yicha dotsenti Sherzod Muminov hamkasbi Dr. Ron Mason bilan birgalikda M&M podcastini tayyorlash ustida ish olib borayotgan ekan. Bu yerda ularning aprobatsiya uchun taklif qilgan loyihaning dastlabki soni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Sherzod Muminovning tadqiqot qiziqishlari doirasiga zamonaviy Yaponiya tarixi, post-2JU, Sovet-Yapon munosabatlari, Yapon urush mahkumlari (prisoners of war, POW) kabi mavzularni o’rganish kiradi.

P.S.: U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida bakalavriat bosqichida o’qishni tamomlagach Manchester va Tskuba universitetlarida magistratura darajasini olgan. PhD doktorlik dissertatsiyasini Kembridj universitetining Sharqiy Osiyo tadiqoqotlari dasturida Yapon imperiyasining tarqalishi va urushdan keyingi Sharqiy Osiyoda legitimlik uchun kurash (The Dissolution of the Japanese Empire and the Struggle for Legitimacy in Postwar East Asia) mavzusidagi grant doirasida amalga oshirgan.

@CJandLP
👍2
Istalgan kontekstda islohotlarning samaradorligiga baho berishda yoki ularni mazmunan tushunishda yordam beruvchi bir foydali konsept mavjud. Bu konseptni O’zbek tiliga ehtimol islohot qilishga qodir bo’lmagan islohotlar (‘non-reformist reforms’) deb tarjima qilish mumkin.

Bunday islohotlarning muvaffaqiyatsizligini qisman islohotlar borayotgan davrda sezish mumkin, biroq aksariyat hollarda retrospektda ularga uzil-kesil baho berish mumkin.

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanadalik parlament a’zosi hukumat soati doirasida tashqi ishlar vaziridan o‘zining va oila a’zolarini Xitoy diplomatik missiyasi vakillaridan tahdid qabul qilganligi munosabati yuzasidan nima uchun persona non grata e’lon qilinmaganligi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilmaganligi yuzasidan savolga tutgan.

Mazkur lavha nafaqat xalqaro munosabatlarda xalqaro munosabat subyekti o‘zining suvereniteti, fuqarolarining dahlsizligi yoki xavfsizligini ta’minlab berishi lozimligi haqida, balki parlamentariylarning hukumatni hisobdorligini ta’minlash ham haqida.

@CJandLP
Birlashgan Qirollik Umumpalatasining Xalqaro munosabatlar qo’mitasi 4 kundan so’ng — 2023-yil, 9-may kuni — mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlarining amaldagi holatiga qayta baho berib ko’rmoqchi. Qo’mitaning mazkur eshituviga global akademik tarixchi, siyosiy tahlilchi, kriminologlar taklif etilgan.

2000-yillarda tadqiqotlarga eshik ochgan Markaziy Osiyo ko’plab tadqiqotlarning geografik qamrov doirasi bo’lib xizmat qilgan. Sovet Ittifoqining qulashidan ajralib chiqqan bu mintaqani ilmiy tushunish va tushuntirib berish ilmiy hamjamiyat uchun juda qiziq bo’lgan. Ammo, bunday tadqiqotlar va tadqiqotchilarni o’z bag’riga qabul qilib olgan O’zbekiston deyarli ikki dekadadan buyon mintaqaviy hablik statusini qo’shni Qozog’istonga boy berib qo’ygan.

Hozir akademik muassalar (universitetlar), vazirlik-idoralar va umuman olganda mamlakat uchun status-kuoni qaytarib olishga da’vo qilib ko’rishning vaqti kelgan.

1/2

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Birlashgan Qirollik Umumpalatasining Xalqaro munosabatlar qo’mitasi 4 kundan so’ng — 2023-yil, 9-may kuni — mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlarining amaldagi holatiga qayta baho berib ko’rmoqchi. Qo’mitaning mazkur eshituviga global akademik…
Buning uchun ilmiy hamjamiyat har bir individual a’zosi o’zining tadqiqotchi menini qayta so’roq ostiga olishi, o’zining fan integratsiyasidagi rolini savol ostiga qo’yishi (self-reflextive approach) muhim. ‘Bu jarayonda’ – deb yozadi Kolumbiya universiteti Isidor va Sivil Sulzbaxer huquq professori Bernard Harkort – ‘nima qilinishi lozim deb emas, nima qilishim darkor degan savolni markazga qarab yo’naltirish kerak’. Shunda har birimiz individual va kollektiv ravishda fanning asl maqsadi bo’lgan jamiyatni emansipatsiya qilishga, u orqali yanda erkinroq, zulmdan holiroq va yanada yaxshiroq jamiyat qurishga qarab qadam tashlagan bo’lamiz.

2/2

@CJandLP
👍1
Bir yilcha oldin Birlashgan Qirolliklar Yuqori sudida (High Court) — Oliy suddan bir pog’ona quyi turuvchi sud — Breksit (Brexit) doirasida Britaniyalik millioner Arron Banks va the Guardian va Observer nashri jurnalisti Carole Cadwalladr nizolashgan tuhmat ishi ko’rib chiqildi. Qarang: Banks v Cadwalladr

Voqealar rivoji

Arron Banks Birlashgan Qirolliklarda olib borilgan Breksit kompaniyasini moliyalashtirgan eng yirik sarmoyadorlardan biri sanaladi. 2019-yil 15-aprelda TED Talks doirasida va 24-iyun kuni yozilgan tweetda jurnalist sarmoyadorni Rus hukumati bilan aloqadorlikda va

Da’vo talabi

Tuhmat da’vosi jurnalist Cadwalladr tomonidan 2019-yil 15-aprelda TED Talks doirasida va 24-iyun kuni yozilgan tweet natijasida yuzaga kelgan.

Qaror

Sud qarorida davogar javogarning hatti-harakatlari uning reputatsiyasiga sezilari darajada ziyon yetkazganligini isbotlay olmaganligini hamda davogar hatti-harakatlarini amalga oshirishda jamoatchilik manfaatlarini ko‘zlab ish tutgan deb qaror qabul qilgan.

@CJandLP
👍1
Yuqoridagi keys orqali O‘zbekistonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligidagidagi tuxmat qilish bilan bog‘liq norma legitimligini so‘roq ostiga oladi.

Amadagi adabiyotlardagi tanqid bunday normalarni muayyan ijtimoiy guruh yoki shaxslar qo‘lidagi o‘z opponentlariga qaratilgan qurolga aylanishi mumkinligi xavfini muhokama qilishga qaratiladi.

Tuhmat ko‘plab demokratik ananana va qadriyatlarni o‘zining rivojlanish yo‘li deb biluvchi mamlakatlarda fuqarolik huquqiy nizosi deb e’tirof etiladi. Unda davogar davo talabidagi masala yuzasidan javobgarning boshma yoki elektron nashrlarda chop etgan ayblov(lar)i o‘zining sha’ni va qadr-qimmatiga qay darajada ziyon yetkazganligini dalillab berishi darkor.

Agar masala markazida mansabdor shaxslar bo‘lsa, ularning muyyan hatti-harakatni qilganlikda gumonlanish uchun jamoatchilikda jamiyat manfaatlariga dahl etuvchi (public interest) legitim shubha bo‘lsa ommaviy axborot vakili yoki individual shaxslar ularni ayblab chiqishga haqli. Chunki, ular ana shu jamoatchilikning to‘lagan soliqlari hisobidan ish haqi oladi.

@CJandLP
Qo‘shma Shtatlarning eng katta xato siyosiy tanlovlaridan biri bu 80-yillardan qamoqxonalar bumi (prison boom) yoki qamoq industrial kompleksi (prison industrial complex) lobby qilinganligi bilan izohlanadi.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Qo‘shma Shtatlarning eng katta xato siyosiy tanlovlaridan biri bu 80-yillardan qamoqxonalar bumi (prison boom) yoki qamoq industrial kompleksi (prison industrial complex) lobby qilinganligi bilan izohlanadi. @CJandLP
Xo‘sh, qamoq industrial kompleksi nima? Norvegiyakik kriminolog Nayls Kristi (Nils Christie) bu tushunchani fanga kiritgan. Unga ko‘ra, qamoqxonlarning xususiylashtirilishi bilan bog‘liq davlat va nodavlat agentliklarining manfaatlar to‘qnashuvi asosida daromad qilish uchun qamoqxona qurish, uni faoliyatini yuritish va nazorat qilish bilan bog‘liq harakatlar majmuasi tushuniladi.

Mashhur abolitsionist Angela Davis o‘zining Nega qamoqxonalar eski (Why prisons obsolete?) nomli asarida 1980-yilning ikkinchi yarmidan 2000-yilgacha Kaliforniya shtatida Kaliforniyaning undan oldingi 100 yillik tarixida qurilgan miqdorda qamoqxonalar qurilganligini ta’kidlaydi.

Xususiy qamoq uylari samaradorlik, tejamkorlik shiorlari ostida yangidan-yangi loyihalar sifatida biznes va siyosiy doiralar tomonidan lobby sifatida ilgari surib kelindi.

Nasdaq koterovkalarida 2011-yilda xususiy qamoqxonalarga egalik qiluvchi CoreCivic kabi davlat boshqaruvida yechimlar beruvchi kompaniyalar daromadlari karrasiga oshib ketdi.

@CJandLP
Jury o’rniga yakka tartibda ishni ko’ruvchi sudya?

Birlashgan Qirollikning Open universiteti tadqiqotchilari Shotland hukumatining nomusga tegish jinoyatlarini jury ishtirokisiz, yakka sudya tartibida ko’rish tartibi kutilgan natijalarni bermasligi mumkin degan nuqtai-nazarni ilgari surmoqda.

O’zgarishlarning negizi mamlakatda mazkur turdagi jinoyatlarni sudda ko’rib chiqilishi hamda ayblov verdiktining darajasi pastligiga borib taqaladi. Odatda, har ikki jinoyat ishidan biri yoki ishlarning 51% ayblov verdikti bilan yakunlanadi.

Bu g’oyaning kelib chiqishi esa o’z navbatida jury a’zoligiga taklif qilingan oddiy fuqarolarning nomusga tegish atrofida aylanib yuruvchi miflar bilan bog’liq. Nomusga tegish miflari deganda ushbu jinoyatlar bilan assotsatsiyalanuvchi yanglish faraz, tasavvur va tushunchalardan iborat qarashlar tizimi tushuniladi. Bunda jury’da odatda nomusiga tegilgan shaxslarning ‘ochiq kiyinganligi’ ularning o’z aybi bo’lgan qarash; yoki odamlar odatda qasos olish maqsadida zo’rlanganligini ilgari surib chiqadi degan farazlar shakllanganligi kuzatiladi.

Masalan, Glazgo universiteti tadqiqotchisi Fiona Leverick o’z tadqiqotida ana shunday nomusga tegish miflari juryning qarorlar qabul qilish jarayoniga bevosita ta’sir qilishini ochib bergan. Ya’ni juryni tashkil qiluvchi shaxslarda qanchalik bunday miflarni to’g’ri deb qarsh shakllangan bo’lsa, ular shunchalik sudlanayotgan shaxsni aybsiz degan verdiktni ilgari surish ehtimoli ortadi.

Aybsizlik verdiktini ilgari surgan jury ratsionallari qatoriga jinsiy zo’ravonlikka uchragan shaxsning alkogol mahsuloti iste’mol qilishi natijasida intoksikatsiya bo’lishi ularning qisman aybdorligini anglatadi, zo’ravonlik odatda begonalar tomonidan amalga oshiriladi degan qarashlar ustiga quriladi.

Biroq, jury o’rniga sudya tomonidan ishning yakka tartibda ko’rib chiqilishi qanchalik bu holatlarning kamayishiga sabab bo’ladi degan savolga tadqiqotchilarning o’zlari-da skeptik qaraydi. Ya’ni jury a’zolarini o’z ta’siri ostida saqlovchi miflar o’z navbatida yakka tartida ishni ko’ruvchi sudyaga ham ta’sir qilishi ehtimolligi yuqori.

Psixologlarga ko’ra insoning qarorlar qabul qilish jarayoni muayyan kognitiv qisqartmalar (short-cuts) ustiga qurilgan bo’ladi. Bu esa odatda ularga tezkor qaror qabul qilishda yordam beradi. Tajriba esa ularga qaysi ma’lumotlardan foydalanish, qaysilarini chetga surib qo’yishda qo’l keladi. Bu ham vaqtni tejab qolishda muhim ahamiyatga ega. Biroq, muayyan bir hollarda bu tezkor kognitiv qabul qilish ba’zan ish uchun muhim ma’lumotlarni tushirib qoldiradi (Xususan, qachon u yoki bu ish normal bo’lmagan xususiyatga ega yoki o’zining u yoki bu ish yuzasidan tajribaga ega emasligi kabi). Bu o’z-o’ziga ortiqcha ishonishga, ana shu ekspertlarning boshqa bir hamkasb ekspertlardan maslahat olmasligiga yetaklashi mumkin. Ana shunday qilib noxolis yondashuv shakllanadi.

Sudyalar va boshqa huquqshunos mutaxassislar ham ana shunday noxolisliklardan holi bo’lmasligi, tabiiy hol. Boshqa bir tadqiqotda, Germaniyadagi Maks Plank va Birlashgan Qirollikning City kolleji tadqiqotchilari Mandeep Dhami va Peter Ayton tadqiqot ishiga ko’ra Magistrat sudlari sudyalari qabul qilgan qarorlari odatda ratsional qarorlar modeliga emas, balki noxolis qarorlar modeliga mansub degan xulosaga keladi. Olimlar sudyalarning ishini ular ko’rib chiqqan oldingi ishlar bilan solishtirib chiqqanda ham, ularning hamkasb sudyalari tomonidan ko’rgan ishlar bilan solishtirib chiqqanda ham barqarorlik kasb etmaydi. Agar ularning yondashuvi ratsionallik kasb etganida, albatta ishlarda muyyan barqarorlik ko’zga tashlanar edi.

Umuman olganda huquqdan tashqari bo’lgan faktorlar, masalan, sudyaning tushlik qilgani yoki qilmaganligi ham sudyalar qarori xolisligiga ta’sir qilishi tadqiqotlarda ko’rsatib berilgan. Shundan kelib chiqilsa, jurysiz sud ishlari nomusga tegish ishlarini ko’rib chiqishga ijobiy ta’sir qilishini yetarlicha shubha ostiga olish mumkin bo’ladi.

1/2

@CJandLP
👍1