Kun.uz nashri Putin Rossiyasida avj olayotgan chaqimchilikning rutin (kundalik) faoliyatga aylanishi haqida qisqa materialni bunday faoliyat bilan shug‘illangan shaxslarning intervyularidan havola keltirish orqali o‘quvchilari e’tiboriga havola etibdi.
O‘tgan yili bunday tendensiyaning genialogiyasi haqida post qoldirgan edim. Albatta, jamiyat a’zolari orasida axborotning aylanishi jamiyatshunoslikning qiziq tadiqiqot yo‘nalishlaridan biri. Informantlik qilish har qanday jamiyatda, zamon va makonda uchraydi. Biroq, Sovet jamiyatida bu endemik darajada avj olgan. Hattoki, badiiy adabiyot na’munalarini o‘qish orqali bu jarayonlarning kenglik va chuqurlik darajasini anglashingiz qiyin emas.
Bu jarayonlarni yanada yaxshi tushunish uchun sovet jamiyati xususiyati qanday bo‘lganligini aniqlab olish darkor. Sovet jamoasi kollektiv ijtimoiy birlashishning eng quyi bo‘g‘ini bo‘lgan. Kollektiv ijtimoiy nazoratni amalga oshirishning bir shakli ham vositasi ham bo‘lib xizmat qilgan. Kapitalistik mulkchilik shakli o‘rnatilgan davlatlardan farqli ravishda sovet kollektivining ishlash prinsipi polyoptikon ya’ni barchani barcha nazorat qilish mantig‘i ustiga qurilgan.
Sovet kontrpart mamlakatlarida jamiyat ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirish panoptikon ozchilikning ko‘pchilikni nazorat qilishi mexanizmi ustiga qurilgan. Bunda maktabda o‘qituvchi o‘quvchilarni, zavodda ish beruvchi ichilarni, kasalxonada shifokor/hamshira be’morlarni nazorat qiladi.
@CJandLP

👍2
Birlashgan Qirollikda mamlakatning 35% Bosh vazirini yetishtirib bergan, eng elita qatlam vakillari tayyorlovchi Eton xususiy maktabi mavjud.
Sur’atda 2011-yilda maktab kirish imtixonlari savollari ifodalangan.

🔥1
Eton maktabi Birlashgan Qirollik elitasining dunyoga kiyimni kiyintirib qo‘ygan enagasi-yu, maktabga tashlab qo‘yuvchi haydovchisining dunyo qarashi orqali qarovchi o‘quvchilarni Oksbridj universitetlariga yuboruvchi quvurlardan biri sanaladi.
Boy oiladan chiqqan ana shunday Oksford universitetining bir guruh talabalari Bullingdon Club deb ataluvchi klub tashkil etgan. Ularning sur’atda ko‘rib turganingiz David Kamerun, Boris Jonson kabi vakillari Oksford ko‘chalarida restoran va pablarning oynalarini sindirish (vandalism), uysiz shaxs oldida £50lik kupyuralarni yoqib uni masxara qilish (bullying) kabi bezoriliklar qilish bilan ko‘ngil xushlab bir muddat mamlakatni boshqargan.

Davlatning o‘ta sirli kuchi – bu uning yuqori martabali mulozimlarini lavozimga tayinlashi va lavozimdan ozod etishi bilan belgilanadi. Davlat — deb yozadi ingliz yuristi, Lord Uilliam Blakstoun — sharaf, lavozim va imtiyozlar favvorasi sifatida tashkil topgan.
Davlat bu ijtimoiy fanlar doirasida o‘rganilishi, anglanishi va tushuntirib berilishi lozim bo‘lgan institut. Uni Odilqoriyev va boshqalar yozgan kitoblar asosida tushinishga urinishdanda kengroq masshtabga o‘tish darkor.

👍4
Huquq ustuvorligi va davlat-fuqarolik xizmati
Huquq ustuvorligi hukumronlik qiluvchi jamiyatlarda buyrokratik iyerarxiyada yuqori lavozimda turuvchi davlat fuqarolik xizmatchilarining xulq-atvori muntazam nazorat ostida bo‘ladi. Agarda davlat-fuqarolik xizmatchisi belgilangan xulq-atvor doirasidan chetga chiqib harakat qilsa, lavozimini suiste’mol qilsa bunday harakatlar unga qimmatga tushishi tabiiy.
Birlashgan Qirollik kansleri (adliya vaziri) hamda bosh vazir o‘rinbosari Dominik Rab uning 2015-yildan beri turli vazirliklardagi faoliyati davomida bo‘ysunuvidagi xodimlarini kasitganligi (bullying) yuzasidan olib borilgan mustaqil surishtiruv oqibatida iste’fo berishga majbur bo‘ldi.
Besh oy davom etgan mustaqil surishtiruvni advokat Adam Tolli QC (Qirollik maslahatchisi) tomonidan Dominikning xulq-atvorini uchta vazirlikdagi faoliyatiga baho berish orqali o‘tkazilgan.

👍1
Insonalararo munosabatlarni falsafiy nigoh bilan kuzatuvchilar uchun hech narsa ko‘pchilikni ozchilik tomonidan osonlikcha boshqarilishini hamda insonlarning sentimentlar va hissiyotlardan liderlari uchun voz kechishini kuzatishdek hayratlanarli emas.
Bunday hayratlanarli hodisaning sodir bo‘lishini o‘rganganimizda, kuch har doim boshqarilayotganlar tomonda bo‘lishiga, faqatgina fikr boshqaruvchilarni saqlab turishiga ishonch hosil qilamiz.
Shu sababli hukumatning shakllanishi, eng despotik va harbiy hukumatlardan tortib erkin va jamoatchilik qo‘llab quvvatlovidagi hukumatlargacha, mutlaqo fikr ustiga qurilgan bo‘ladi.
~ David Hyum (David Hume) ‘Hukumatning birinchi prinsiplari haqida’ Bir necha mavzular yuzasidan esse va traktatlar, 1758

‘Erkinlik — bu sovg‘a emas, yakka shaxs tomonidan erishiladigan muvaffaqiyat [ham] emas, balki bu mushtarak jarayondir.’
~ Paolo Freire Mazlumlar pedagokikasi (Pedagogy of the Oppressed)

👏1
Quldor-qul dialektikasi
Jamiyatshunoslar insonlararo munosabatlarni o’rganishda ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lmish sotsial aktorlarning agentligi (muayyan bir harakatni qila olish yoki qila olmaslik qobiliyati), xulq-atvori kabi jihatlarga alohida e’tibor qilishga urinadi. Bu jarayonlarni tushunishda Hegelning quldor-qul dialektikasi (Master-Slave dialectic) yaxshi agnlash vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Insonda jamiyatdagi shaxs sifatida o’z o’rnini anglash uchun beradigan savollari uning qanday qilib borliqdagi o’zining o’rnini anglashi, qanday qilib o’zining kim ekanligini anglashi hamda o’zining qadr-qimmatga ega inson sifatida mavjudligini asoslashi, qanchalik uning mavjudli ahamiyatini boshqa shaxslardan mustaqil ravishda aniqlash mumkinligi kabilardan iborat bo’ladi.
Haqiqiy o’zlikni anglash (self-consciousness), Hegelning nazarida, yakka tartibda mavjudlik bilan emas, muayyan bir jamiyat va madaniyatning mahsuli sifatida shakllanadi. ‘Inson mavjudligi’ — deb yozadi Robert Solomon — ‘azaldan o’zaro e’tirof etishdan boshlangan hamda faqat va faqat o’zaro e’tirof etish orqali inson o’zini anglashi va hayotda ijtimoiy mazmun topishga urinishi mumkin’.
Hegelning quldor-qul dilaketikasi bir-biriga yuzma-yuz kelgan ikki mustaqil o’zlik o’rtasidagi hayot va momot kurashini tushuntirib berishga urinadi. Har ikkala o’zlik bir-biriga qarshi kurashishi darkor, chunki ularning har ikkalasi bir-birining mavjudligiga tahdid sifatida ko’radi. Qarama-qarshilik yuzaga kelgunicha, har bir o’zlik o’zini barcha narsaga mutlaq o’lchov birligi sifatida ko’radi. Biroq, boshqa bir o’zlikning paydo bo’lishi bunaday o’lchovlarni subyektiv o’lchovga aylantirib qo’yadi. Natijada, yangi obyektiv o’lchov birligini o’rnatish hayot-mamot kurashini vujudga keltiradi. Qolaversa, bu jarayon har bir o’zlikning o’z imkoniyatlari chegaralarini boshqasiga qarshi aniqlab olish uchun amalga oshirgan harakati sifatida namoyon bo’ladi.
Bu jarayonda har bir o’zlik o’zining qiymatini ham o’ziga ham boshqa o’zlikka ko’rsatib berishga urinadi. Shuning uchun garchi kurash hayot-mamot masalasi sifatida boshlansada g’olib mag’lubiyatga uchraganning hayotini saqlab qoladi. Chunki, mag’lub g’olibning muzaffariyotini tasdiqlab beruvchi tashqi, obyektiv guvoh vazifasini bajarib beradi. Hayot-mamot kurashi natijasi o’laroq quldor-qul munosabatlari vujudga keladi.
1/

Akademik yozma til ham zamon va makonda muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. Ularni o‘qish va mazmunan tushunish ilmiy ishning o‘quvchining birinchi tilida (ona-tili) yozilgan yozilmaganligidan qati nazar u yoki bu darajada murakkablik tug‘dirishi mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, til ham sotial konstrukt ya’ni ijtimoiy qurilma. U o‘z davrining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish dinamikasini o‘zida aks ettiradi.

1708-yilda Rossiya Imperiyasining Birlashgan Qirollikdagi elchisi harakatlanib ketayotgan ulovidan to‘xtatilib kuch ishlatilgan holda £50 qiymatidagi qarzini undirish uchun hibsga olingan.
Mojaro diplomatik tarranglikni vujudga keltrigan. Qarz undirlgach diplomat darhol ozodlikka qo‘yib yuborilgan bo‘lsada Pyotr I buni diplomatik privligiyaning buzilishi hamda o‘ziga qaratilgan deb hisoblab Qirolicha Annadan Midlseks sherifini o‘lim jazosiga hukm qilishini so‘ragan.
Qirolicha Anna o‘z navbatida Pyotrga javob xatida garchi qirolicha bo‘lsada o‘lkaning qonunlari unga bunday vakolat bermaganligini, hattoki eng vaxshiy shaxsga ham bunday jazo qo‘llay olmasligini ma’lum qilib undan imkonsiz narsani talab qilmasligini so‘ragan.

Criminal Justice & Legal Paradigm
‘Erkinlik — bu sovg‘a emas, yakka shaxs tomonidan erishiladigan muvaffaqiyat [ham] emas, balki bu mushtarak jarayondir.’ ~ Paolo Freire Mazlumlar pedagokikasi (Pedagogy of the Oppressed) @CJandLP
Braziliyalik mutafakkir Paolo Freirening Mazlumlar pedagogikasi asari muayyan doiraga qanday dars berish lozimligi haqida emas, balki ta’limning erkinlashtiruvchi funksiyasini ochib berishga qaratilgan.
Asar dastlab portugal tilida nashr ettirilib keyinchalik 1972-yilda ingliz tiliga o‘girilgan. Unda Paolo ilmiy ishini ta’limning asosiy maqsadi insonni hurlikka (liberation) yetaklash bo‘lishi darkor. Aks holda, bu ta’lim emas, balki mavjud ijtimoiy munosabatlar hamda status-kuoni singdirishga qaratilgan instrumentga aylanib qoladi degan argument atrofida aylanadi.

Braziliyalik mutafakkir Paolo Freirening Mazlumlar pedagogikasi asari muayyan doiraga qanday dars berish lozimligi haqida emas, balki ta’limning erkinlashtiruvchi funksiyasini ochib berishga qaratilgan. Asar dastlab portugal tilida nashr ettirilib keyinchalik…
Ta’lim markazida mentor/o’qituvchi/professor turuvchi markazlashgan jarayon sifatida tushunilmasligi darkor. Bu jarayon mohiyatan ingliz tiliga ‘pouring the vessel’ kemani to’ldirishga aylanib qolmasdan, ko’p tomonli hodisaga aylanishi lozim.
Bilim yaratish Paoloning nazarida bu kollektiv jarayon hamda unda o’qituvchi va o’quvchi tomonidan kontributsiya qilinishi darkor. Boshqacha qilib aytganda, siz suhbatdoshingiz bilan muayyan bilimlarni bo’lishishdan tashqari, undan boshqa narsalarni o’rganishingiz mumkin.

1-may bu mehnatkashlar kunining mistifikatsiyalangan sovetcha talqini emas, balki bir necha asrlik mehnat va kapital o‘rtasidagi qarama-qarshilik va ziddiyatlarda normal ish vaqti va sharoiti uchun kurashayotgan qatlam vakillarini sharaflash kuni bo‘lishi darkor.
Sovetcha 1-may kunini dekonstrukt qilgan holda bu kunni ozchilikning ko‘pchilikni ekspulatatsiya qilinishiga toqatsizlik va ischilar sinfiga solidarlik bildirish kuni bo‘lishi darkor.

Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi boshlanganidan va urush harakatlari oqibatida Markaziy Osiyoda dekoloniallashtirish savoli kun tartibiga chiqdi.
Bu jaryon Markaziy Osiyoning turli mamlakatlarida turlicha kechmoqda. Masalan, Gallup nashriga ko’ra Rossiya liderligiga norozilik Qozog’istonda 30%, Qirg’izistonda 17% va O’zbekistonda 3% ga oshgani qayd etilgan.
Afsuski, hattoki hozircha O’zbekiston ilmiy doiralarida dekolonial diskurs aytarli o’ringa ega egmas. Aytaylik, huquqning kolonial tartibni saqlash vositasi sifatidagi roli (1860-1991) va undan qolgan merosning o’rnini ilmiy tadqiqot ishlari doirasida tahlil etilmagan.

East Anglia universitetining Yapon tarixi bo’yicha dotsenti Sherzod Muminov hamkasbi Dr. Ron Mason bilan birgalikda M&M podcastini tayyorlash ustida ish olib borayotgan ekan. Bu yerda ularning aprobatsiya uchun taklif qilgan loyihaning dastlabki soni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Sherzod Muminovning tadqiqot qiziqishlari doirasiga zamonaviy Yaponiya tarixi, post-2JU, Sovet-Yapon munosabatlari, Yapon urush mahkumlari (prisoners of war, POW) kabi mavzularni o’rganish kiradi.
P.S.: U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida bakalavriat bosqichida o’qishni tamomlagach Manchester va Tskuba universitetlarida magistratura darajasini olgan. PhD doktorlik dissertatsiyasini Kembridj universitetining Sharqiy Osiyo tadiqoqotlari dasturida Yapon imperiyasining tarqalishi va urushdan keyingi Sharqiy Osiyoda legitimlik uchun kurash (The Dissolution of the Japanese Empire and the Struggle for Legitimacy in Postwar East Asia) mavzusidagi grant doirasida amalga oshirgan.

SoundCloud
03:05:2023, 01.07
👍2
Istalgan kontekstda islohotlarning samaradorligiga baho berishda yoki ularni mazmunan tushunishda yordam beruvchi bir foydali konsept mavjud. Bu konseptni O’zbek tiliga ehtimol islohot qilishga qodir bo’lmagan islohotlar (‘non-reformist reforms’) deb tarjima qilish mumkin.
Bunday islohotlarning muvaffaqiyatsizligini qisman islohotlar borayotgan davrda sezish mumkin, biroq aksariyat hollarda retrospektda ularga uzil-kesil baho berish mumkin.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kanadalik parlament a’zosi hukumat soati doirasida tashqi ishlar vaziridan o‘zining va oila a’zolarini Xitoy diplomatik missiyasi vakillaridan tahdid qabul qilganligi munosabati yuzasidan nima uchun persona non grata e’lon qilinmaganligi yoki mamlakatdan chiqarib yuborilmaganligi yuzasidan savolga tutgan.
Mazkur lavha nafaqat xalqaro munosabatlarda xalqaro munosabat subyekti o‘zining suvereniteti, fuqarolarining dahlsizligi yoki xavfsizligini ta’minlab berishi lozimligi haqida, balki parlamentariylarning hukumatni hisobdorligini ta’minlash ham haqida.

Birlashgan Qirollik Umumpalatasining Xalqaro munosabatlar qo’mitasi 4 kundan so’ng — 2023-yil, 9-may kuni — mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan munosabatlarining amaldagi holatiga qayta baho berib ko’rmoqchi. Qo’mitaning mazkur eshituviga global akademik tarixchi, siyosiy tahlilchi, kriminologlar taklif etilgan.
2000-yillarda tadqiqotlarga eshik ochgan Markaziy Osiyo ko’plab tadqiqotlarning geografik qamrov doirasi bo’lib xizmat qilgan. Sovet Ittifoqining qulashidan ajralib chiqqan bu mintaqani ilmiy tushunish va tushuntirib berish ilmiy hamjamiyat uchun juda qiziq bo’lgan. Ammo, bunday tadqiqotlar va tadqiqotchilarni o’z bag’riga qabul qilib olgan O’zbekiston deyarli ikki dekadadan buyon mintaqaviy hablik statusini qo’shni Qozog’istonga boy berib qo’ygan.
Hozir akademik muassalar (universitetlar), vazirlik-idoralar va umuman olganda mamlakat uchun status-kuoni qaytarib olishga da’vo qilib ko’rishning vaqti kelgan.
1/2