Assalomu alaykum hurmatli obunachilar,
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi qoshidagi Criminal Justice and Legal Paradigm ilmiy jamiyati o’z faoliyatini boshladi.
Mazkur ilmiy jamiyatning maqsadi – jamiyatimiz uchun fuqarolar va lider fuqarolarga ta’lim berish va ularni fuqarolik jamiyati insitutlariga uyushtirishdan iborat. Bunda jamiyat yig‘ilishlari yangi g‘oyalarni sintez qilish, anglash va tushuntirishning yangi metodlari orqali talabalarni intellektual transformatsiya qilish. shulardan kelib chiqqan holda, umid qilamizki, talabalar o‘z xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda o‘zlarining bilim va ko‘nikmalariga to‘g‘ri baho bergan holda jamiyat, qolaversa, butun dunyoga qanday xizmat qilishni anglay oladi.
Jamiyatning kanali orqali Siz obunachilarning etiboriga Jinoyat odil sudlovi va fundamental huquqiy ta’limotlar haqida ma’lumotlar beriladi va ular o’quv guruhi shaklida (reading group) tahlil qilib boriladi.
Biz bilan qolasiz deb umid qilamiz.
Criminal Justice and Legal Paradigm Jmaiyati

<Militsiya eksi konstruksiya: yangi ilmiy g’oyalar izlab>
O’zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonun terminologik mavhumlik ko’zga tashlanadi. Qonuni doirasida ichki ishlar organlari faoliyatining eng fundamental yo’nalishlaridan biri politsiya faoliyatiga huquqiy ta’rif berilmagan.
Fuqarolar, mulk, jamiyat manfaatlarini qo’riqlovchi, huquqbuzarliklarni profilaktika qiluvchi bu institutning dunyo bo’ylab turli shakllari va modellari—ingliz Bobby’laridan tortib fransuz jandarmachilarigacha— mavjud. XIX asrning 20 yillarida Buyuk Britaniyada shakllangan dastlabki professional politsiya kuchlari institut sifatida faoliyat yuritishni boshlashidan oldin va undan keyin politsiya faoliyati turli shakllarda amalga oshirilgan.
Bugun kriminologik doiralarda plyural politsiya faoliyati—politsiya faoliyatining turli institutsional birliklar doirasida amalga oshirilishi—muhokamalar markazida bo’lib kelmoqda.
Mana shunday muhokamalardan biri Janubiy Uels universiteti (University of South Wales, Australia) va Glazgo universitetining Shotland jinoyat va adliya tadqiqotlari markazi (Scottish Centre for Crime and Justice Research) bilan hamkorlikda markaz direktori o’rinbosari hamda universitet Siyosatshunoslik va sotsiologiya maktabi kriminologiya bo’yicha katta o’qituvchisi Dr. Julie Berg tomonidan Plural Policing in Crisis: Reflecting on inclusive security provisions in the Global South mavzusida o’tkazildi.
Julie xonimning tadqiqot g’oyasi shundaki, hozirda, pluyral politsiya faoliyati rivojlanayotgan davlatlar kontekstida yetarli tadqiq etilmagan. Uning fikricha, bu boradagi ilmiy bo’shliq plyural politsiya faoliyatini tashkil etishdagi normativ ideal va bunday institutni tashkil etishdagi amaliy operatsion muammolarni o’rganishga qaratilishi lozim. Olim o’z tadqiqotlarni Janubiy Afrika Respublikasi misolida mamlakatdagi davomiy inqirozlar va mazkur shakllarni integratsiya qilishdagi oqsalishlarga qaratadi. Uning fikricha, bu inqirozlar davomiyligi davlat miqiyosidagi korrupsion darajasining yuqori saqlanib qolishi, zo’ravonlik jinayotlarining darajasini ortishishi, alaloqibat bu komponentlar birgalikda ijtimoiy tengsizlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga olib keganini e’tirof etdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini kordinal isloh qilishga qaratilgan g’oyalar fonida plyural politsiya instituti umuman olgan politsiya institutidagi mavjud kamchiliklarga ilmiy yondashish yuridik fanning asosiy vazifalaridan biri bo’lishi lozim.
P.S.: Quyida mazkur konferensiya yakunidan olingan video lavha bilan tanishing. Unda Lids universiteti professori (University of Leeds) Adam Crawford Julie Berg’ning ilmiy nuqtai nazarlarini intellektual opponent sifatida sharhlaydi va o’z mulohazalarini taklif qiladi.

Hurmatli obunachilar,
Criminal Justice and Legal Paradigm jamiyati muayyan ilmiy matnlar interpretatsiyasiga bag’ishlangan Reading Groups tashkil etishni rejalashtirilyapti.
Bizningcha Reading Groups barchaga qulay bo’lgan weekend’da o’kazilishi maqsadga muvofiq. Shu sababli, jamiyatning mazkur loyihasiga qiziqishingiz va unda qatnasha olish imkoniyatlaringiz haqida quyida fikr va mulohazalaringizni qoldiring.
Jamiyat obunachilarning fikr va mulohazalarini tahlil qilib bu loyiha haqida qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etadi.

<Fan, ta’lim va madaniyat triadasi>
Iqtisodchilar tomonidan fanga taklif qilingan ‘uzun to’liqnlar nazariyasi’ (a long-wave theory) asosida yaratilgan ‘Ijtimoiy strukturalarning akkumlyatsiyasi nazariyasi’ (social structure of accumulation, SSA theory) ko’ra u yoki bu mamlakat hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy o’sish muayyan davr oralig’ida sodir bo’ladi. Marksist nuqtai nazardan, har bir ishlab chiqarish uslubi (mode of production) iqtisodiy, siyosiy va madaniy/ideologik jihatlardan shakllanadi. Bu komponentlar o’z navbatida vaqt o’tishi bilan mazkur ishlab chiqarish shaklini (kapitalistik yoki sotsialistik ishlab chiqarish shakllari) rivojlanishiga o’z xissasini qo’shadi. Biroq, har bir ishlab chiqarish shakli vaqt o’tishi bilan ijtimoiy strukturalar o’rtasidagi ziddiyatlar yoki sinfiy ixtiloflar natijasida yemiriladi va boshqa bir ishlab chiqarish shakliga o’z o’rnini bo’shatib beradi.
SSA nazariyasi mantiqan ananaviy moddiy materialistik ta’limotlar asosida qurilgan. Bu ta’limot vakillari epestimologik jihatdan nima uchun kapitaliszm o’zi uchun ‘maqbara quruvchi’ inqilobiy proletariat yaratishi va inqirozga yuz tutishini tushuntirib berishga urinishadi. Bu doktorina proponentlari, “agar kapitalizm inqilobiy agent yartamasa, unda ijtimoiy progress kapitalizmni reforma qilish shaklida kechadi” deb hisoblaydi (Kotz, 2017: 536).
1960-yillardan boshlab global shimolda, xususan, Qo’shma Shtatlarda mana shunday o’ziga xos noroziliklar to’lqinlari boshlangan. Bu barcha ma’lum “Fuqarolik huquqlari harakati” (Civil Rights Movements) edi. Post-ikkinchi jahon urushidan so’nggi o’rnatilgan Ford-Keynescha model yemirilib, yangi kapitalisitik islohot orqali kapital va mehnat o’rtasidagi akkord ta’minlandi. Bugun ilmiy va ommabop nashrlar tadqiqotchilar va op-ed yozuvchi kolumnistlar tomonidan yoritiladigan neoliberal iqtisodiy siyosat paydo bo’ldi.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan hamda ko’rish uchun tavfsiya etilayotgan ‘The Trial of the Chicago 7’ aynan man shu jarayonlarni qamrab oluvchi filmdir. Ortiqcha spoilerlarsiz barcha huquq maktabi talabalariga ushbu kartinani ko’rishni tavfsiya qilaman. Dunyoning ko’zga ko’ringan sotsiologi Pyer Borjeu (Pierre Bourdieu) ta’kidlaganidek muayyan hududni tushunish uchun u yoki bu mamlakatdagi madaniyatini anglash kerak. Boshqacha qilib aytganda, Ispaniyaning Museo Nacional Centro De Arte Reina Sofia muzeyidan o’rin olgan Pikkasoning Ger’nikasini tushunish uchun biz 1930-yillarda ispan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidan boxabar bo’lishimiz lozim. ‘The Trial of the Chicago 7’ filmidagi voqealarni tushunish uchun quyidagi havolaga murojat qiling (https://www.nytimes.com/.../movies/chicago-7-trial.html...).
P.S.1: SSA nazariyasiga qiziquvchilar uchun David Kotz’ning ilmiy ishlar ro’yxati: https://www.researchgate.net/scient.../80270069-David-M-Kotz
P.S.2 Foydalanilgan ilmiy nashr:
1. Kotz, D.M., 2017. Social structure of accumulation theory, Marxist theory, and system transformation. Review of Radical Political Economics, 49(4), pp.534-542.

NY Times
‘The Trial of the Chicago 7’: What to Know About the Netflix Film
Aaron Sorkin’s Netflix film dramatizes the notorious 1969 political trial with many players. Use this guide to understand the people and the issues at stake.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilishidagi eksponental o’sish nafaqat global shimolning balki global janubning tranzitsion-demokratiyalarida ham operatsion muammolarni keltirib chiqargan. Birgina AQShda har yili ozodlikdan mahrum qilishdan jazoni o’tashdan ozod qilingan 600,000 shaxs probatsiya tariqasidagi jazo o’tayotgan 5 million probatsionerlarga qo’shiladi. Shu bilan birga, har yili 12 million shaxs tergov hibsxonalaridan o’tadi. Hisob kitoblar 19 million amerikalik og’ir jinoyatlar sodir etganini, yana ulkan 79 million shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilganligini ko’rsatadi. Biroq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq mazkur raqamlar ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy oqibati oldida ikkilamchi bo’lib qoladi. Sobiq mahkumlar jazo o’tab bo’lgach 45 mingdan ortiq qonunlar, siyosatlar va ma’muriy sanksiyalar bilan kutib olinadi.
Bugun Shotland jinoyat va adliya tadqiqotlari markazida (The Scottish Centre for Crime a Justice Research) Chikago universiteti (University of Chicago) professori Reuben Jonatan Miller (Reuben Jonathan Miller) Halfway Home: Race, Punishment and the Afterlife of Mass Incarceration mavzusida yillik ma’ruza qiladi. Professor Miller kelib chiqishiga ko’ra Chikagolik, u shaharning janubiy qismida tug’ilib o’sgan. Sotsiolog, kriminolog va ijtimoiy ish sohalarida faoliyat yurituvchi Miller irq, demokratiya va shahar ijtimoiy haoyit haqida tadqiqot olib boradi va ilmiy ishlar olib boradi. U, shuningdek, Nyu Jersi Prinstondagi Ilg’or fanlar instituti (the Institute for Advanced Study in Princeton New Jersey), Yangi Amerika fondi (New America Foundation), Rokfeller fondi (Rockefeller Foudnation) a’zosi, Texas Ostin universiteti va Dartmut kollejlari (University of Texas at Austin and Dartmouth College) tashrif buyuruvchi olimi sanaladi.
Janob Millerning argumenti shundan iboratki, jazoni ijro etishdan ozod qilingan shaxslar biz yaratgan qonunlar, siyosat, va kundalik ishlar orqali oxir-oqibat amalda siyosiy fuqarolikning alternativ shakli––“karserial fuqarolik” (“carcerial citizenship”) qabul qilishadi.
P.S.: Reuben Jonathan Millerning 2021 yil fevral oyidan sotuvga chiqishi rejalashtirilayotgan Halfway Home: Race, Punishment and the Afterlife of Mass Incarceration kitobini o’qib ko’rib uning ishini Kalifornia Berkli (University of California Berkeley) universiteti Professori Loik Vakouning (Loic Wacquant) Punishing the Poor: The Neoliberal Government of Social Insecurity kitobi bilan parallellash qiziq bo’lsa kerak. Miller’ning karserial fuqarolik konsepsiyasini Loik “sud fuqaroligi” (“judicial citizenship”) deb nomlaydi.
P.S.2: Reuben Jonathan Millerning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqish uchun havola https://www.researchgate.net/profile/Reuben_Miller

Criminal Justice & Legal Paradigm pinned «Hurmatli obunachilar, Criminal Justice and Legal Paradigm jamiyati muayyan ilmiy matnlar interpretatsiyasiga bag’ishlangan Reading Groups tashkil etishni rejalashtirilyapti. Bizningcha Reading Groups barchaga qulay bo’lgan weekend’da o’kazilishi maqsadga…»