Hurmatli obunachilar,
Criminal Justice and Legal Paradigm jamiyati muayyan ilmiy matnlar interpretatsiyasiga bag’ishlangan Reading Groups tashkil etishni rejalashtirilyapti.
Bizningcha Reading Groups barchaga qulay bo’lgan weekend’da o’kazilishi maqsadga muvofiq. Shu sababli, jamiyatning mazkur loyihasiga qiziqishingiz va unda qatnasha olish imkoniyatlaringiz haqida quyida fikr va mulohazalaringizni qoldiring.
Jamiyat obunachilarning fikr va mulohazalarini tahlil qilib bu loyiha haqida qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etadi.

<Fan, ta’lim va madaniyat triadasi>
Iqtisodchilar tomonidan fanga taklif qilingan ‘uzun to’liqnlar nazariyasi’ (a long-wave theory) asosida yaratilgan ‘Ijtimoiy strukturalarning akkumlyatsiyasi nazariyasi’ (social structure of accumulation, SSA theory) ko’ra u yoki bu mamlakat hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy o’sish muayyan davr oralig’ida sodir bo’ladi. Marksist nuqtai nazardan, har bir ishlab chiqarish uslubi (mode of production) iqtisodiy, siyosiy va madaniy/ideologik jihatlardan shakllanadi. Bu komponentlar o’z navbatida vaqt o’tishi bilan mazkur ishlab chiqarish shaklini (kapitalistik yoki sotsialistik ishlab chiqarish shakllari) rivojlanishiga o’z xissasini qo’shadi. Biroq, har bir ishlab chiqarish shakli vaqt o’tishi bilan ijtimoiy strukturalar o’rtasidagi ziddiyatlar yoki sinfiy ixtiloflar natijasida yemiriladi va boshqa bir ishlab chiqarish shakliga o’z o’rnini bo’shatib beradi.
SSA nazariyasi mantiqan ananaviy moddiy materialistik ta’limotlar asosida qurilgan. Bu ta’limot vakillari epestimologik jihatdan nima uchun kapitaliszm o’zi uchun ‘maqbara quruvchi’ inqilobiy proletariat yaratishi va inqirozga yuz tutishini tushuntirib berishga urinishadi. Bu doktorina proponentlari, “agar kapitalizm inqilobiy agent yartamasa, unda ijtimoiy progress kapitalizmni reforma qilish shaklida kechadi” deb hisoblaydi (Kotz, 2017: 536).
1960-yillardan boshlab global shimolda, xususan, Qo’shma Shtatlarda mana shunday o’ziga xos noroziliklar to’lqinlari boshlangan. Bu barcha ma’lum “Fuqarolik huquqlari harakati” (Civil Rights Movements) edi. Post-ikkinchi jahon urushidan so’nggi o’rnatilgan Ford-Keynescha model yemirilib, yangi kapitalisitik islohot orqali kapital va mehnat o’rtasidagi akkord ta’minlandi. Bugun ilmiy va ommabop nashrlar tadqiqotchilar va op-ed yozuvchi kolumnistlar tomonidan yoritiladigan neoliberal iqtisodiy siyosat paydo bo’ldi.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan hamda ko’rish uchun tavfsiya etilayotgan ‘The Trial of the Chicago 7’ aynan man shu jarayonlarni qamrab oluvchi filmdir. Ortiqcha spoilerlarsiz barcha huquq maktabi talabalariga ushbu kartinani ko’rishni tavfsiya qilaman. Dunyoning ko’zga ko’ringan sotsiologi Pyer Borjeu (Pierre Bourdieu) ta’kidlaganidek muayyan hududni tushunish uchun u yoki bu mamlakatdagi madaniyatini anglash kerak. Boshqacha qilib aytganda, Ispaniyaning Museo Nacional Centro De Arte Reina Sofia muzeyidan o’rin olgan Pikkasoning Ger’nikasini tushunish uchun biz 1930-yillarda ispan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidan boxabar bo’lishimiz lozim. ‘The Trial of the Chicago 7’ filmidagi voqealarni tushunish uchun quyidagi havolaga murojat qiling (https://www.nytimes.com/.../movies/chicago-7-trial.html...).
P.S.1: SSA nazariyasiga qiziquvchilar uchun David Kotz’ning ilmiy ishlar ro’yxati: https://www.researchgate.net/scient.../80270069-David-M-Kotz
P.S.2 Foydalanilgan ilmiy nashr:
1. Kotz, D.M., 2017. Social structure of accumulation theory, Marxist theory, and system transformation. Review of Radical Political Economics, 49(4), pp.534-542.

NY Times
‘The Trial of the Chicago 7’: What to Know About the Netflix Film
Aaron Sorkin’s Netflix film dramatizes the notorious 1969 political trial with many players. Use this guide to understand the people and the issues at stake.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilishidagi eksponental o’sish nafaqat global shimolning balki global janubning tranzitsion-demokratiyalarida ham operatsion muammolarni keltirib chiqargan. Birgina AQShda har yili ozodlikdan mahrum qilishdan jazoni o’tashdan ozod qilingan 600,000 shaxs probatsiya tariqasidagi jazo o’tayotgan 5 million probatsionerlarga qo’shiladi. Shu bilan birga, har yili 12 million shaxs tergov hibsxonalaridan o’tadi. Hisob kitoblar 19 million amerikalik og’ir jinoyatlar sodir etganini, yana ulkan 79 million shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilganligini ko’rsatadi. Biroq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq mazkur raqamlar ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy oqibati oldida ikkilamchi bo’lib qoladi. Sobiq mahkumlar jazo o’tab bo’lgach 45 mingdan ortiq qonunlar, siyosatlar va ma’muriy sanksiyalar bilan kutib olinadi.
Bugun Shotland jinoyat va adliya tadqiqotlari markazida (The Scottish Centre for Crime a Justice Research) Chikago universiteti (University of Chicago) professori Reuben Jonatan Miller (Reuben Jonathan Miller) Halfway Home: Race, Punishment and the Afterlife of Mass Incarceration mavzusida yillik ma’ruza qiladi. Professor Miller kelib chiqishiga ko’ra Chikagolik, u shaharning janubiy qismida tug’ilib o’sgan. Sotsiolog, kriminolog va ijtimoiy ish sohalarida faoliyat yurituvchi Miller irq, demokratiya va shahar ijtimoiy haoyit haqida tadqiqot olib boradi va ilmiy ishlar olib boradi. U, shuningdek, Nyu Jersi Prinstondagi Ilg’or fanlar instituti (the Institute for Advanced Study in Princeton New Jersey), Yangi Amerika fondi (New America Foundation), Rokfeller fondi (Rockefeller Foudnation) a’zosi, Texas Ostin universiteti va Dartmut kollejlari (University of Texas at Austin and Dartmouth College) tashrif buyuruvchi olimi sanaladi.
Janob Millerning argumenti shundan iboratki, jazoni ijro etishdan ozod qilingan shaxslar biz yaratgan qonunlar, siyosat, va kundalik ishlar orqali oxir-oqibat amalda siyosiy fuqarolikning alternativ shakli––“karserial fuqarolik” (“carcerial citizenship”) qabul qilishadi.
P.S.: Reuben Jonathan Millerning 2021 yil fevral oyidan sotuvga chiqishi rejalashtirilayotgan Halfway Home: Race, Punishment and the Afterlife of Mass Incarceration kitobini o’qib ko’rib uning ishini Kalifornia Berkli (University of California Berkeley) universiteti Professori Loik Vakouning (Loic Wacquant) Punishing the Poor: The Neoliberal Government of Social Insecurity kitobi bilan parallellash qiziq bo’lsa kerak. Miller’ning karserial fuqarolik konsepsiyasini Loik “sud fuqaroligi” (“judicial citizenship”) deb nomlaydi.
P.S.2: Reuben Jonathan Millerning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqish uchun havola https://www.researchgate.net/profile/Reuben_Miller

Criminal Justice & Legal Paradigm pinned «Hurmatli obunachilar, Criminal Justice and Legal Paradigm jamiyati muayyan ilmiy matnlar interpretatsiyasiga bag’ishlangan Reading Groups tashkil etishni rejalashtirilyapti. Bizningcha Reading Groups barchaga qulay bo’lgan weekend’da o’kazilishi maqsadga…»
Xabaringiz bor Shotland jinoyat va adliya tadqiqotlari markazida (The Scottish Centre for Crime a Justice Research) Chikago universiteti (University of Chicago) professori Reuben Jonatan Miller (Reuben Jonathan Miller) Halfway Home: Race, Punishment and the Afterlife of Mass Incarceration mavzusida yillik ma’ruza qilgan edi.
Quyidagi havola orqali Markaz tomonidan tadbirning yozib olingan videosini to’liq tomosha qilishingiz mumkin.

YouTube
SCCJR Annual Lecture 2020: Reuben Jonathan Miller
On Thurs 12 November Dr Reuben Jonathan Miller, University of Chicago, presented the Scottish Centre for Crime and Justice Research's 2020 Annual Lecture
Reuben's presentation examined the afterlife of mass incarceration, attending to how U.S. criminal justice…

#Tavfsiya
Ko’pchilik talabalar kelgusi faoliyatini xorijiy universitetlarda davom ettirish istagida bo’ladi. Shubhasiz, talaffuz va tilning xususiy dialektlari ko’p jihatdan muhim belgi sanaladi. U shaxsning qaysi ijtimoiy toifaga mansub ekanligini va qaysi hududga mansub ekanligi ifoda etib turuvchi belgi sanaladi.
Shunday ekan sizlarga bir qator podcast eshitish va filmlarni tomosha qilishni tavfsiya qilmoqchiman. Keyingi multimedia ya’ni film ko’rish uzoqroq muddat va qimmatli vaqt talab qiladi. Dastlabki multimedia podcast esa universal xarakter kasb etib uni avtobus, metro va taksida ketayotib (aytgancha, va albatta shaxsiy avto’da) eshitib ketish mumkin.
Xullas gapning po’stkallasi smartphone’ingizga Podcast’lar uchun dastur ko’chirib undan Luke’s English Podcast nomli dasturni tinglashni boshlang. Yaponiyada bir muddat ishlab-yashagan va hozirda Parijda istiqomat qiluvchi Luke asli kelib chiqishiga ko’ra Briton orollaridan. U uzatadigan podcast dasturi soni qaryib 700’ga yetgan. Siz bu podcast’ni 1-sonidan boshlab eshitishga harakat qiling. Unda turli tuman mavzular, jumladan, ingliz dialektlari (Cockney, Scauser va h.k.) borasida so’z boradi.
Tavfsiya berish detallari cho’zilib ketganligi bois filmlar haqida o’rni kelganda qisqa sharhlar berib borishga harkat qilaman.

Apple Podcasts
Luke's ENGLISH Podcast - Learn British English with Luke Thompson on Apple Podcasts
Education · 2021
#TuesdayMotivation
Adham Khudaykulov—El yurt umidi fondi stipendiati—bir necha kun ilgari Buyuk Britaniyaning Kembridj universitetida (University of Cambridge) o’zining doktorlik dissertatsiyasini topshirdi.
Jamiyatimiz barcha a’zolariga dunyoning yetakchi universitetlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olib o’z vivalarni baralla aytishiga tilakdoshmiz.
Surat uning ilmiy maslahatchisi Montu Saxenaning twitter sahifasidan olindi
@CJandLP

Suratdagi yigitning ismi Kreyg Makfarland (Craig McFarland). 2020/21 o’quv yiliga qabul jarayonida u Qo’shma Shtatlari elita universitetlari––sakkiz universitet (Brown, Harvard, Cornell, Princeton, Dartmouth, Yale, Pennsylvania) Ayvi ligasiga (Ivy League) birlashgan––ning barchasiga o’qishga qabul qilingan.
Kreyg 18 yoshli Kreyg jami 17ta universitetga qabul qilingan.
Surat muallifi: Donabel Santiago

Yuqorida postdan so’ng ko’pchilikda tug’iladigan standard savollarga iqtidor egasining o’zi va o’zidagi bor resurslarini farzandlari ta’limiga sarflagan ona javob beradi.
Shubhasiz, ta’limga qilingan investitsiya bu kelajakka qilingan investitsiyadir. Siz ham vaqtingizni boy bermasdan o’zingiz va oilangizdagi bor resurslarni ta’lim olishga qarating. Zero, siz ham uzoq muddatda albatta ta’limga tikkan investitsiyangiz mevasidan bahramand bo’lasiz.

Jacksonville teen accepted into 8 Ivy League schools
Donabel Santiago, says her son, Craig McFarland, showed a strong initiative as a young child. She raised him as a single mom and made education a priority.
Jamiyat obunachilarining aksariyat qismi Jinoyat odil sudlovi fakulteti talabalari sanaladi. Qolaversa, ko’plab boshqa fakultetlar talabalari ham jinoyat huquqiy faoliyatga qiziqadi.
Shundan kelib chiqib sizlarning e’tiboringizga Qo’shma Shtatlardagi eng jumboqli qotillik keyslaridan biri––AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan qo’yilgan nomzod Richard Kennedi (Richard Kennedy)––haqida hujjatli film yuboraman.
1968-yil 5-iyun kuni Kalifornia Shtati (State of California) Los Anjeles shahrida (Los Angeles) Demokratlar partiyasining praymeri bahslarida o’z saylovoldi dasturi bilan ishtirok etayotgan qotillik ortidan o’dirilgan sobiq AQSh prezidentining kichik ukasi Richard ham qotillik qurboniga aylanadi. Los Angeles politsiyasi jinoyat ishida gumonlanuvchi tariqasida Sirhan Sirhan jalb qiladi. Kalifornia shtat sudi uni o’limga hukm qiladi; biroq 1972-yilda shtat o’lim jazosini de-penalizatsiya qilganidan so’ng jazo umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtiriladi.
Siz bu film orqali quyidagi savollar haqida fikr yuritishga harakat qiling:
1. Nima uchun Los Anjeles politsiyasi faqatgina Sirhanni gumonlanuchi tarqiasida jinoyat ishiga jalb qiladi? Politsiya tergovida qanday faktlar bilan hisoblashilmagan va buning sabablari nimada?
2. Sizningcha poltisiya sud-tibbiy ekspertizasiga taqdim qilinganida Gumonlanuvchi tomonidan o’q uzilgan 22 kalibrli revolver bilan bog’liq qanday aniq savollarni qo’yishi lozim edi?
3. Hujjatli filmni ko’rish jarayonida qaysi jinoyat-protsessual institutlarga murojat qilingan?
Fikr va mulohazalaringizni quyida izoh shaklida qoldiring.

🇺🇸 Who Killed Robert Kennedy? | Al Jazeera World
Filmmaker: Bahiya Namour
Fifty years ago, United States Senator Robert F Kennedy was assassinated at the Ambassador Hotel in Los Angeles just moments after he'd won California's Democratic presidential primary.
Sirhan Bishara Sirhan, a Palestinian with…

Birlashgan qirollik ichki ishlar davlat kotibi Priti Patel. Darvoqe, davalat kotibi (vazir lavozimi kontrparti) harbiy unvonga ega emas va harbiy kiyim kechak kiymaydi.
@CJandLP
@CJandLP
Jazo bu jinoyat odil sudlovining eng muhim institutlaridan biri sanaladi. Muayyan geografik hududda jazo g’oyasi, amaliyoti va ideallari qanday ekanligini aniqlash shu hududning madanaiyatini o’rganishni taqazo etadi.
Tadqiqot ishlarim uchun manba qidirib o’zbek va rus manbalaridan aytarlik ma’lumotlar topa olamdim. Qidiruv jarayonida Christian Robert Lange’ning Justice, Punishment and Medieval Muslim Imagination nomli ishga duch keldim.
Ishda Saljuqiylar imperiyasi davrida yoki boshqacha aytganda Islom klassik davrida jazo falsafasi va amaliyoti to’g’risida izlanishlar olib borilgan.
Jazo sotsiologiyasi, penologiya yoki jinoyat huquqiga qiziquvchilarga mazkur ish bilan tanishib chiqishni tavfsiya qilaman.
Christian Lange doktorlik dissertatsiyasini Harvard universitetida yoqlagan.

2020-yilning so’nggi kunlarini o’tkazish bilan bir qatorda har birimiz kelgusi yil uchun rejalarimizni tuzishga kirishmoqdamiz. Biz yil so’ngini sarhisob qilar ekanmiz o’tgan yili shu pallada tuzgan rezolyutsiyalarimizni qay darajada realizatsiyalay olganligimiz haqida o’zimizga bot-bot savol beramiz.
Jamiyat ham o’zining faoliyatini salmoq va eng muhimi mazmun jihatidan optimallashtirish maqsadida yangi yil rezolyutsiyasi o’laroq o’z auditoriyasini aniqlash, uni kengaytirish kabi vazifalarni o’z oldiga qo’ymoqda.
Shu maqsadda tayyorlanga kichik bir so’rovnomani to’ldirishni sizning ixtiyoringizga havola etamiz. Kelgusi yilda o’z oldingizga qo’ygan marralarni zabt etishda davom eting.
O’ylaymizki, biz o’z loyihalarimiz bilan siz va maqsadlaringiz o’rtasidagi intervalni qisqartirishda sizga baholi qudrat ko’makdosh bo’lamiz.

Google Docs
Jamiyat a'zoligi so'rovnomasi
Ushbu forma faqatgina jamiyat faoliyati doirasida foydalaniladi. Jamiyatning 2021-yilga mo'ljallangan dasturlari mazkur so'rovnoma asosida tayyorlanadi. Bu so'rovnoma orqali Jamiyat a'zolari haqida umumiy ma'lumot olinadi. Shu bilan birgalikda, Jamiyat a'zolarining…
Shimol va janub
Turli xil kriminologik adabiyotlar va umuman ilmiy ishlarni o’rganish jarayonida bugun dunyoning ikki qutbi haqida—global shimol va global janub–haqida so’z yuritiladi.
Atrof muhitni bilish, uni tushunishga harakat qilish borliqdagi narsa ba hodisotlarni klassifikatsiyash zaruratini taqazo etadi. Biz ularda muayyan umumiy va xususiy xususiyatlarni inobatga olib guruhlarga ajratib chiqamiz: sharq va g’arb, kun va tun, chuqur va sayoz kabi.
Insoniyat 20-asrda misli ko’rilmagan progressga erishish bilan bir qatorda bir qator inqirozlarni ham boshdan kechirdi. Bu davr mobaynida, masalan, sharq va g’arb tushunchasi qurollanish poygasi hamda ‘sovuq urush’ bilan xarakterlandi.
Yangi yuz yillikda globalizatsiya jarayoni chuqur ildiz otib fuqarolik va davlatning chegaralari o’zgardi. Endilikda global shimol atamasi dunyoning industrial demokratiyalariga nisbatan qo’llanila boshlandi. Rivojlanayotgan va nisbatan qoloq sotsiumlar, boshqa tarafdan, global janub atamasi orqali ifodalana boshlandi. Bo’linishda eng asosiy me’zon sifatida iqtisodiy taraqqiyot belgilab olingan.
Qo’shma Shtatlar Viskonsin universiteti (Wisconsin University) Biznes maktabi doktaranti Behzod Hoshimov kecha bir maqola e’lon qildi. Unda “[d]emokratlashtirish jarayoni”—deydi Behzod Hoshimov–“aholi farovonligini oshiradi, agarda biz darmadlarni oshirishni jamiyat uchun yaxshi amal deb qabul qilsak demokratiya hech bo’lmaganda mana shu maqsadni amalga oshirish vositasi bo’ladi.”

Газета.uz
Демократизация — причина экономического роста
Демократизация и свобода — это не только слова, принципы и ценности. Демократизация — это причина экономического роста. Как исследователи доказали это, читайте в колонке экономиста Бехзода Хошимова.
Global dunyo ta’siri oqibatida bizning jamiyat ham u yoki bu darajada globallashib bormoqda.
Shubhasiz, pandemiyaning oqibati o’laroq ko’plab sohalarda raqamlashish tendensiyasi rejalashtirilgandanda tezlashib ketdi. Umumiy ovqatlanish shohobchalari, savdo uylari yoki boshqa servis ko’rsatuvchi dillerlardan xizmatlar harid qilganimizda bank kartalarimiz PIN kodini beparvolarcha jamoat oldida ovoz chiqarib aytish odat bo’lib qolgan, afsus.
Mazkur infografikada ‘kuryerlik vositasida firibgarlik’ qilish qanday bo’lishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Siz esa keyingi tranzaksiyangizdan boshlab karta PIN kodini o’zingiz kiritasiz yoki kontaksiz kartalar vositasida to’lov qilishni boshlaysiz deb umid qilamiz.

Criminal Justice & Legal Paradigm pinned «2020-yilning so’nggi kunlarini o’tkazish bilan bir qatorda har birimiz kelgusi yil uchun rejalarimizni tuzishga kirishmoqdamiz. Biz yil so’ngini sarhisob qilar ekanmiz o’tgan yili shu pallada tuzgan rezolyutsiyalarimizni qay darajada realizatsiyalay olganligimiz…»