Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Fransuz sotsiologi Pierre Bourdieu’ning maydon nazariyasi (field theory) jamiyat bir-biri bilan kesishgan bir necha maydonlar — iqtisodiy, siyosiy, madaniy, artistik, sport, diniy va h.k.’lardan tashkil topgan degan nuqtai-nazarni ilgari suradi.

Har bir maydon unga olib kirilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar yoki unda muhokama etiladigan muammolarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda o‘zining muayyan mantiq doirasida faoliyat yuritadi.

Shuning uchun maydondagi ishtirokchilararo munosabatlar har bir agent (ishtirokchi) qancha resursga egalik qilishi va mobilizatsiya qilishidan kelib chiqqan holda tizimga solinadi. Olim bu resurslarni kapital — iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, ramziy – deb nomlaydi.

Maydon nazariyasiga ko‘ra maydon o‘rinlardan tashkil topgan joy. Unda ishtirokchilar muayyan qiziqishlar (muammolar) ostida birlashadi va ularning har bir ma’lum bir turdagi kapitalni qo‘lga kirish uchun harakat qiladi. Ana shu kapitallardan muayyan birlariga egalik qilish munosabat ishtirokchisi bo‘lgan agentning birlamchi oddiy kapitalga ega bo‘lishidan kelib chiqqan holda amalga oshish ehtimoli paydo bo‘ladi. Masalan, madaniy kapitalga ega bo‘lgan ishtirokchining intellektual kapitalni egallash imkoniyatlari iqtisodiy kapitalni egallashga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.

O‘ziga xos jihati har bir maydonning o‘ziga xos operatsion qoidalari mavjud bo‘lsada ularning har biridagi bitta umumiylik ko‘zga tashlanadi. Ya’ni maydondagi dominantlar va unga kirib kelgan yangi agentlar o‘rtasidagi kurash. Bunda yangi ishtirokchi muayyan maydonga xos bo‘lgan kapitalni qayta taqsimlashga da’vo bilan chiqadi.

@CJandLP
Ta’limni demokratlashtirish

Demokratlashtirishga faqatgina siyosiy jarayonlardagina tadbiq etiladigan konsept sifatida qaralishi kerak emas. Ta’lim va tadqiqot jarayonlari a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar ham demokratizatsiya ustiga qurilishi juda ham muhim.

Bu shaxslararo munosabatlarni normallashtiruvchi, checks-and-balances (tiyib turish va muvozanatda saqlash) ta’minlovchi fundamental prinsipga aylanishi darkor.

Post-sovet mintaqasida bunday demokratik ananalar yo‘lini tanlagan univeritetlar soni barmoq bilan sanarli. Bu albatta, ulardagi samarali ilmiy tadqiqot qila oluvchi, yuqori sifatli tadiqotlar doirasida (research excellence framework) yoki xalqaro yetakchi (internationally leading) ishlar tayyorlash qobiliyatlilik darajasiga va o‘quv mashg‘ulotlar sifatiga ta’sir qiladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab Oksford Kriminologiya markazi direktori o‘zgardi. Markazga besh yillik rahbarlik qilgan Professor Mary Bosworth’ning faoliyatini Professor Ian Loader davom ettiradi.

@CJandLP
Yaqinda Qo‘shma Shtatlarning Kolumbiya universiteti mamlakatda yuritiladigan US News reyting tizimida egallab turgan 2-raqamli o‘rini bekor qilinib ‘baholanmagan’ deb qayta klassifikatsiya qilindi.

Universitetda faoliyat yurituvchi matematika professori Thaddeus ochiq ma’lumotlar asosida universitetning reyting tashkilotiga topshirgan ma’lumotlari haqiqatdan yiroq degan da’vosi ma’lumotlarni qayta o‘rganib chiqilishiga olib keldi. Professor o‘z postida universitet administratsiyasining universitet imijini ushlab turish uchun ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish bilan bog‘liq xulq-atvorini tanqid ostiga olgan. Yakunda esa agentlik tomonidan yuqoridagi hatti-harakat amalga oshirildi.

Ivy League deb nomlanuvchi prestij oliy ta’lim institutlari safiga kiruvchi Colombia bunday ayblovlarga uchragan birinchi AQSh universiteti emas. Bundan ilgari Claremont McKenna College, Emory University va George Washington University huddi shu kabi ma’lumotlarni ochiqlash bilan bog‘liq muammolarga uchragan.

@CJandLP
O‘zbekistonning turli universitetlarda o‘qitiladigan fanlar (module) bilan bog‘liq turli eksperimentlar olib borilmoqda.

Universitetda o‘aitiladigan fanlar asosiy (core) va tanlov (optional) bo‘ladi. Har bir bakalavr yoki magistratura dasturlarida fanlar ana shunday klassifikatsiya qilinadi.

Bizning OTMlar emulyatsiya qilishga urinayotgan jarayon Global Shimol (g‘arb) universitetlarda bir necha 10 yillardan beri ishlaydi. Asosiy fanlar va tanlov fanlar o‘quv yili boshlangunicha talaba tomonidan tanlab bo‘linadi.

Universitetlar veb-saytlarida talaba tahsil oladigan dasturdan kelib chiqib 4 yil davomida qanday majburiy va tanlov fanlari o‘qishi mumkinligi, ular kimlar tomonidan olib borilishi aks etib turadi.

Muayyan fanlar xususiyatidan kelib chiqib bir yoki bir necha fakultet a’zosi tomonidan o‘tilishi mumkin. Masalan, Jinoyat huquqi fani fan o‘quv dasturidagi mavzular va fakultetda mavjud personalning ixtisosligidan kelib chiqib 10 ta, Korrupsiyaga qarshi kurashish fani bitta fakultet a’zosi tomonidan olib borilishi mumkin.

@CJandLP
👍1
Dekolonial yondashuv

Imperiya va koloniya o‘rtasidagi munosabatlar 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab yemirilib jahon xaritasida yangidan-yangi davlatlar paydo bo‘lishiga olib kelishiga qaramasdan, bugungi kunda ham uning qayta jonlanayotganligini sezish qiyin emas.

19-asrdagi kolonizatsiyalash jarayonlaridagi asosiy retorikalardan biri muyyan bir ‘qoloq’ xalqlarga ‘sivilizatsiya’ ulashish bilan oqlangan.

Maslan Chor Rossiyasi Mudofa vazirligining rasmiy jurnali deb qayd etilgan ‘Voennyi sbornik’ jurnalida O‘rta Osiyoni okkupatsiya qilish tarafdori bo‘lgan Lev Kostenko mazkur mintaqaga bosqinni ‘loqaydlik va varvarlikka qarshi urush e’lon qilindi’ deb qo‘llab-quvvatlaydi.

Chor harbiy ofitseri Turkiston harbiy piyoda qo‘shinlari uchun mahalliy xalq ‘qalb’ emas ‘qahr’ga ega bo’lgan “lan’atlangan to’da” sifatida namoyon bo’ladi deb yozib qoldirgan.

Kavkaz ekspensiyasi davrida huddi shunday ekspansiya yangraganligini kuzatish mumkin. Aynan yuqoridagi jurnalning bir sonida Chechenning hayoti faqatgina instinktlarga tayangan hayvon’ning hayotiga qiyoslangan.

Neo-imperialistik va neo-kolonialistik to’lqinning kuchayishi ta’lim muassasalaridan tortib keng jamoatchilikda dekolonial fikrlashni shakllantirish orqali konter-balans diskursiyani yaratsihni taqazo etadi.

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Trade-unionism

Birlashgan Qirollik bo’ylab universitetlar administratsiyalari va professor-o’qituvchilar o’rtasida bir necha yillardan buyun to’planib qolgan oylik ish haqilari va pensiyalarini oshirish bilan bog’liq nizosi haqida ajoyib sarkazm video lavha tayyorlanibdi.

Video lavha universitetlarda faoliyat yurituvchi professor-o’qituvchilar va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tadqiqotchilarini qo’llab-quvvatlovchi treyd union –– Universitet va kollejlar ittifoqi (University College Union) tomonidan tayyorlangan.

Garchi universitetlarning daromadi bir necha o’n yillar davomida karrasiga oshishiga qaramasdan, unda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar oylik ish haqi va pensiyalarning amaldagi iqtisodiy inqiroz va undan kelib chiqadigan infilatsiya darajasidan past deb baholamoqda.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Trade-unionism Birlashgan Qirollik bo’ylab universitetlar administratsiyalari va professor-o’qituvchilar o’rtasida bir necha yillardan buyun to’planib qolgan oylik ish haqilari va pensiyalarini oshirish bilan bog’liq nizosi haqida ajoyib sarkazm video lavha…
Kasb xodimlarining ittiqfoqlarga birlashishi Trade Union Act 2016 bilan tartibga solinadi.

Xodimlarning ish beruvchilar bilan nizosi turli xil shaklda kechishi mumkin. Masalan, oliy ta’lim sektorida faoliyat ko’rsatuvchilar talabalarning ishini baholashdan bosh tortishi, boshqa unionistlar bilan birgalikda ish tashlashni ballotlashi (ovozga qo’yishi) mumkin.

Bu jarayonlar tiyib turish va muvozanatni saqlashda prinsipining iyerarxiyada quyi turuvchi individlarning ozchilikning irratsional va no-demokratik qarorlariga qarshi konstitutsiyaviy huquqi sifatida e’tirof etiladi.

Birlashgan Qirollik kontekstida nizo monolitik uslubda yechilmaydi. Har bir universitet masalaga individual holda yondashadi. Ayrim universitetlar konsensus stoliga ittifoq a’zolarining vakilligi ostida muzokaralar uchun o’tirgan. Ayrimlar universitetlar va xodimlar o’rtasida nizo davom etmoqda.

P.S.: Noroziliklar faqatgina iqtisodiy determinatga ega emas. Bu universitetlarning sohaga yangi kirib kelayotgan akademiklarga qisqa muddatli shartnomalar taklif qilayotganligi bilan bog’liq.

Bunda professorlarning muayyan to’liq previligiyadan foydalanadigan qatlami ham bekor qilinishi oson va qisqa muddatli shartnoma tuzilgan hamkasblari bilan bir qatorda ularga solidarlik nuqtai-nazaridan kollektiv harakatda ishtirok etishi ham alohida ahamiyatli.

@CJandLP
Institutsionalizm

Yevropa universitetlari va musilmon mamlakatlarining analogik muassasasi — madrasalar — o‘rtasidagi farq bu institutsionallashganlikdadir.

Masalan, islom madrasa tizimi bu o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi munosabat ustiga qurilgan. Bunda ijāza (oliy ta’lim yakunlanganligini bildiruvchi daraja diplomi) bitiruvchining muayyan bir ta’limot yoki kitob yuzasidan ta’lim berishini tasdiqlab bergan. Ijāza esa individual ‘ālim tomonidan berilgan.

Boshqa tarafdan, Yevropadagi universitetlar institutsionallashganligi bilan ajralib turadi. Unda daraja shaxs tomonidan emas, universitet tomonidan beriladi. Bu o‘z navbatida ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayot jabhalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan.

Musilmon mamlakatlari yoki aholisining aksariyat qismini musilmonlar tashkil qilgan mamlakatlarda so‘z, ijod va akademik erkinlikning rivojlanmayotganligining tub negizida ana shu muammo yotadi.

Chunki aholisining aksariyat qismi musilmon mamlakatlardagi shaxslar atrofiga qurilgan ta’lim muassasalari mazkur shaxslarning ketishi bilan yashashda davom etmagan: tugatilgan, faoliyati to‘xtatilgan yoki operatsion mantig‘i qarama-qarshi tarafga o‘zgartirilgan.

Manba: Kuru AT (2019) Islam, Authoritarianism, and Underdevelopment: A Global and Historical Comparison. Cambridge University Press.

@CJandLP
Kuni kecha Qo’shma Shtatlarda 2000-yilda o’zining yaqin munosabatda bo’lgan qiz do’stini o’ldirishda aybli deb topilgan Adnan Syedning ishi Baltomre sudi tomonidan bekor qilindi.

Qizig’i shundaki, ishdagi dalillarning holis, haqiqiy va adolatligi yuzasidan e’tirozlar jinoiy adliya institutlari tomonidan emas balki jamoatchilik tomonidan bildirilib boshlaganidan so’ng, rasmiy institutlar ishni qayta ko’rib chiqishga majbur bo’lmoqda.

Adnan aybli deb topilganidan 10 yil o’tib uni sudda himoya qilgan advokat Rabia Chaudry hamda Baltimore Sun gazetasi muhbiri Sarah Koenig tomonidan 2014-yilda Serial nomli podkast e’lon qilinadi. Ushbu podkast jarayonida Adnan’ning keysi har bir detallarigacha muhokama qilinib ishda guvoh sifatida ishtirok etganlarning podkastning turli sonlarida ko’rsatmalarini o’zgartiradi. Jamoatchilik esa o’z navbatida keys yuzasidan turli nazariya va tusmollarni ilgari sura boshlaydi.

Podcast va jamoatchilik bosimi ostida jamoat ayblovini e’lon qilgan prokuratura himoya tomonidan ochiqlangan yangi dalillar ishdagi eski dalillarni kuchsizlantirib uni qayta ko’rib chiqish uchun itimosnoma kiritishni kun tartibiga qo’ymoqda deb bayonot bergan.

Bundan tashqari, rashk motivi asosida qottillik deb baholangan ishda Adnandan boshqa nomi ochiqlanmagan yana ikki gumonlanuvchining yuzaga chiqqanligi ham ma’lum bo’lmoqda.

Adnan Syed hali oqlangani yo’q. Prokuratura oldida ayblovni bekor qilish yoki yangi ochilgan holat yuzasidan ishni qayta ko’rib chiqish tanlovi turibdi.

@CJandLP
Sud hokimiyati mustaqilligi

Bir qarashda unchalik murakkab bo‘lmagandek ko‘rinadigan hamda boshqa tarafdan mujmal, tushunarsiz konseptdek ko‘rinadigan sudlar mustaqilligi, ularning ustuvorligi aslida juda murakkab kuch dinamikasi harakatidan iborat.

1990-yillar oxirida Qo‘shma Shtatlardan ikki nafar ham-muallif fanga sud mustaqilligining paydo bo‘lishi va saqlanib qolishi haqida ajoyib nazariyani fanga taklif qilishgan. Unga ko‘ra, sudlarning yuqoridagi ikki kategoriyadagi qobiliyatlik darajasini egallashi sud hokimiyatidagi aktorlarning (agent) hatti-harakatiga bevosita bog‘liq.

Oksford universitetida post-doc (doktoranturadan keyingi tadqiqot) qilayotgan Pokistonlik Yasser Kureshi’ning Ustuvorlik izlab: Pokistonda sud hokimiyatining kuch sari intilishi nomli kitobi keng ommaga taqdim etilibdi.

Pokiston keys stadsi post-sovet mamlakatlaridagi sud hokimiyatining bugungi diskursini tushunish uchun yaxshi boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

@CJandLP
❤1
Ko‘plab doiralarda Birlashgan Qirollik haqida gap ketganida, uning ‘yozilmagan’ konstitutsiyaga ega ekanligi uqtirishga harakat qilinadi.

Gap shundaki, Birlashgan Qirollik Konstitutsiyasi yozilgan, ammo, u yagona hujjat — Bosh qomus — sifatida kodifikatsiyalashgan ko‘rinishga ega emas. Birlashgan Qirollik Yangi Zelandiya va Isroil bilan birgalikda ana shunday kamyob mamlakatlar guruhini tashkil etadi.

Konstitutsiya yozish katta tarixiy burilishlar natijasida yuzaga keladi. Masalan, Mustaqillik, inqilob, urushda mag‘luniyat, yoki oldingi boshqaruv tizimining butunlay kollapsga uchrashi shular jumlasidandir.

17-asrda qisqa vaqt davomida Orolda respublika davri hukm surgan davrda mamlakatning konstitutsiyasi — Kromuel’ning Boshqaruv Instrumenti — mavjud bo‘lganligini inobatga olmaganda, yuqoridagi hodisalar bu mamlakatda sodir bo‘lmagan.

Ana shu sabablar tufayli hozirgacha ushbu davlatning yagona hujjatda aks etgan konstitutsiyasiga zarurat paydo bo‘lmagan. Birlashgan Qirollik konstitutsiyasini Huquqlar to‘g‘risidagi Bill 1689, Ittifoq to‘g‘risida Akt 1707 va 1800, Kelishuv Akti 1701, Parlament to‘g‘risidagi Akt 1911 va 1949, Inson huquqlari to‘g‘risidagi Akt 1998, Shotlandiya Akti, Shimoliy Irlandiya Akti va Uels hukumati to‘g‘risidagi Akt 1998 kabi hujjatlar tashkil etadi.

Kodifikatsiyalashmagan konstitutsiyaning noqulayligi uni tushunishni muyyan darajada murakkabligidadir. Bundan tashqari, uni yagona hujjat shaklidagi konstitutsiyaga qaraganda tezroq o‘zgartirishning imkoni bor. Ammo, bu egiluvchanlikni ijobiy jihatlari ham mavjud. Xususan, aynan mana shu xususiyati sababli Birtianiyaning avloddan-avlodga o‘tadigan Lordligi bekor qilingan, Inson huquqlari to‘g‘risida Akt va Shotland, Shimoliy Irlandiya va Uels devolyutsiya qilingan hamda Oliy Sud tashkil etilgan.

Ehtimol Birlashgan Qirollikning eng uzoq hukm surgan monarxi Yelezavetta II’ning olamdan o‘tishi mamlakat uchun burilish nuqtasi bo‘lib o‘rta kelajakda mamlakat kodifikatsiyalashgan Konstitutsiya qabul qilish haqida yangi debatlarga kirishar.

@CJandLP
Rus iqtosidchilari Maksim Mironov hamda Itskhoki — Ispaniyaning Xalqaro universiteti hamda Kaliforniyaning Los Anjeyls universititeti — Rossiyadagi monilizatsiyaning iqtisodiy oqibatlari haqida qisqacha hisob kitoblarini e’lon qilibdi.

Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra safarbarlikka dastlabki chaqiriqda taxminan 2-3 million inson jalb etilishi mumkin.

Dastlabki 6 oy davomidagi yo‘qotishlar 60-70%ni tashkil etishi, ulardan 15-20% o‘lim va 45-50% tan jarohati olganlarni tashkil etish ehtimolligi kutilmoqda.

O‘ziga xos jihati, iqtisodchilar, safarbarlik oqibatlari ikkita katta jinoyatchilik to‘lqinini keltirib chiqaradi deb baholamoqda.

Birinchi to‘lqin urushdan qaytganlar tomonidan hosil qilinsa, navbatdagisi urush oqibatida otadan ajralib yetim qolgan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilishi taxmin qilinmoqda.

@CJandLP
Tortilish nazariyasi

Xo‘sh, sotsiologiya va undan ajralib chiqqan kriminologiya bu haqda qanday qarashlarni ilgari suradi?

Klassik sotsial nazariya Qo‘shma Shtatlarda Chikago sotsiologiya maktabi vakillaridan biri Robert Merton tomonidan fanga taklif etilgan.

Mertonning nazariya deviyatsiya (og‘ishish)ga funksionalist yondashuv hamda Emil Durkheimning anomie nazariyasiga tayangan holda tizimlashtirilgan.

‘Jamiyatlar’ — deb yozadi Merton — ‘ikkita tayanch jihatdan tashkil topgan: madaniyat va ijtimoiy struktura.’ Bizning qadriyatlarimiz, e’tidoqdimiz, maqsadlarimiz va o‘zligimiz madaniy domenda shakllanadi. Ular o‘z navbatida jamiyatda mavjud ijtimoiy strukturaga javoban yuzaga keladi.

Bu struktura ideal holatda jamoatchillikka ularning maqsadlariga erishish hamda ijobiy o‘zlik yaratish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Aksariyat odamlar hollarda bunday madaniy qadrlangan maqsadlarga erishish uchun vositaga ega bo‘lmaydi. Bu esa ularda tortilish, cho‘zilish hissiyoti paydo bo‘lib deviatsion xulq-atvorni namoyish etishiga olib keladi.

Merton inson tortilishga besh xil javob berishi mumkin degan xulosaga keladi: innovatsiya, konformizm, ritualizm, chekinish, isyon. Konformizm bu insonlar tomonidan madaniy qadrlangan maqsadlarni legitim vositalar orqali erishishni anglatadi. Ritualizm boshqa tarafdan insonlarning o‘zlari uchun real erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni o‘rnatishini anglatadi. Chekinish (retreatism) jamiyatning madaniy qadrlangan maqsadlarimi rad etuvchi va ularni egallashdan voz kechuvchilarni nazarda tutadi. Isyon esa madaniy qardlangan maqsadlar va ularga erishishning ijtimoiy sanksiyalangan yo‘llarini rad etish va almashtirish tarafdorlarini anglatadi.

Garchi Mertoning nazariyasi ijtimoiy-strukturaviy holatlarni madaniy qadrlanadigan maqsadlarga erishish bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda hamda eggalab olish bilan bog‘liq xulq-atvorni tushuntirib berishda foydali nazariya bo‘lsada, uning muayyan konseptlari bahsli va tanqidlarga uchragan.

Masalan, sostiologlar uning deviatsiya (og‘ishish) terminini tanqidga olish mumkin bo‘lgan konsept sifatida izohlaydi. Tanqidchilarning argumenti deviatsiyaning sotsial konstrukt (ijtimoiy qurilma, ya’ni odamlar tomonidan o‘ylab topilib, zamon va makonda o‘zgarib turuvchi birlik) ekanligi ustiga quriladi.

Qolaversa, iqtisodiy qimmatliklarga noqonuniy vositalar orqali erishish xulq-atvorini namoyon etayotgan individ aslida keng jamoatchilikning normal hatti-harakatini o‘zida ifoda etayotgan bo‘lishi mumkin.

Shundan kelib chiqib tortilish nazariyasi tanqidchilari egallab olish bilan bog‘liq xulq-atvorni deviatsion deb belgilash ijtimoy tenglik prinsiplarini amalga oshiruvchi siyosat o‘rniga, muayyan bir aholi guruhini ijtimoiy nazorat qilishga qaratilgan siyosatni vujudga keltirishi mumkinligiga urg‘u beradi.

@CJandLP
Har bir jamiyatni qanchalik progressiv bo‘la olishini belgilab beruvchi ikki eng muhim omil mavjud. Bulardan biri jamiyatlarda demokratik ananalar va qadriyatlarga qurilgan universitetlar bo‘lsa, boshqasi xuddi shunday parlamentarizm qadriyatlarining shakllanganligidir.

O‘z-o‘zidan bu ikki determinantlar o‘zaro chambarchas bog‘liq. Demokratik anana va qadriyatlar o‘rnatilgan universitetlar jamiyat va siyosiy institutlar uchun faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslarni yetkazib bera olishi bilan alohida muhim ahamiyatga ega.

Ahmet T. Kuru’ning Islom sivilizatsiyasini tadqiq qilib yozgan ilmiy ishi xulosalarida shunday to‘xtamlar mavjud:

Islom sivilizatsiyasi eng rivojlangan davrida Musilmon mamlakatlar shifoxona va observatoriyalar barpo etishgan. Bu innovatsiyalar Musilmonlar tomonidan o‘ylab topilgan eng noyob institutlar.

Boshqa tarafdan, Yevropa uyg‘onish davrining eng ilg‘or institutlari bu universitetlar va parlamentning yaratilishidir. Aynan, universitetlar siyosiy nazariyalarni yaratilishi, takomillashtirilishi yoki maqbul emaslarini bekor qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan g‘oyalar bozori (the marketplace of ideas) hisoblanadi.

@CJandLP
Ta’lim standarti dilemmasi

Bir necha kun ilgari dunyodagi eng yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Nyu-York universiteti Kimyo professorining mehnat shartnomasi bir guruh talabalar tomonidan imzolangan petitsiya natijasida bekor qilinibdi.

Talabalarga ko‘ra, dars juda murakkab bo‘lgan va ularga darsni lozim darajada o‘zlashtirish uchun yetarlicha yordam berilmagan.

Muayyan bir akademikning dars o‘tish uslubiyoti qanday baholanishi kerakligi o‘ta bahsli masala.

Bu jarayonda tomonlarda uch o‘lchamli qo‘rquv paydo bo‘ladi. Talaba bahosining pasayib ketishi uning kelajakdagi faoliyatiga ta’sir qiladi degan yanglish qo‘rquvda bo‘ladi.

Fakultet a’zosi (professor-o‘qituvchi) bir tomondan, talabani real dunyoga tayyor qilmagan holda yetkazyapmiz degan, boshqa tarafdan, ularning akademik statusi toki ular o‘tgan kurs yaxshi baholsa kafolatlandi degan havotirda bo‘ladi.

Talabaning pastroq baho olishi kelgusida uning, aytaylik, magistratura yoki doktorantura bosqichida nufuzli universitetlarda o‘qishni da’vom ettirishga monelik qilmaydi. Bunday universitetlarga qabul talablari qatoriga yaxshi baholar bo‘lishi so‘ralgan bo‘lsada, bu nomzodlarni baholash mezonlaridan biri hamda uning o‘zigina qaror qabul qilishda eksklyuziv mezon emas.

Bu yerda eng katta so‘roq ostida qolayotgan muammo bu akademik erkinlik masalasi.

Ta’lim ishtirokchilarining birlashtirib turuvchi umumiy maqsad bu jamiyat uchun kerakli bo‘lgan insonlarni yetishtirib berish.

@CJandLP
👍1
‘Boshqa bir haqiqat texnologiyasi shunday prinsipga tayanadiki, haqiqat muayyan bir kontekstdan yo‘qoladi; uning lahzasi va makoni tubdan o‘zgartiriladi; bu shunday murakkab va regulyatsiyalangan jarayonlarki, uni [inson sezgi a’zolari orqali] qabul qilib/his qilib bo‘lmaydi, balki yaratib beriladi.’

———

“L’autre technologie de la vérité repose sur le principe que la vérité n’est pas là toujours, partout; qu’il y a une dispersion radicale de ses moments et de ses lieux;que des procédures réglés, complexes permettent non pas de la percevoir, mais de la produire”

Michael Foucault

@CJandLP
Ertaga Yale universiteti Vitni Humanitar fanlar markazida bugungi zamonda qamoq jazo formasi ichki hayot, ommaviy spektakl va ahloqiy kutilmalarni qanday shaklga olib kelganligi haqida ajoyib spikerlarni tinglashingiz mumkin.

https://whc.yale.edu/incarceration-and-imagination

@CJandLP
Sovet falsafasi inqirozi va post-sovet stagnatsiyasi

Bugun post-sovet mintaqasining ijtimoiy-humanitar fanlari xalqaro arenalarda ko’zga tashlanmaydi. Tarixchilardan faylasuflargacha, jamiyatshunoslardan (sotsiologlar) huquqshunoslargacha global intellektual jamiyatni e’tiborini tortadigan ilmiy ishlar bilan o’zini tanitishda uch dekada davomida ham sezilarli siljishga erisha olganicha yo’q, afsus.

Xo’sh buning ildizlari qayerga borib tarqaladi? Nima uchun, aytaylik, huquqshunoslar tomonidan chop etiladigan ilmiy ishlar insonni fikrlashga, mushohada qilishga chorlaydigan chuqur konseptlar atrofida aylanmasdan, qotib qolgan ‘mexanik’ xususiyatga ega?

David Bakhurst, o’zining Marxist Philosophy, Russian and Soviet nomli maqolasida ana shu tarixiy inqiroz va bugungi stagnatsiya sabablarini ochib berishga harakat qiladi.

Avvalo, rus marksist falsafasi yoki ko’pchillikka marksizm-leninizm nomi ostida singdirilgan falsafiy qarashlar tizimi original Marksizmning deviatsiyalashgan, tanlab-tanlab terib olingan (cherry-picked) shakli. Bu falsafiy qarashlar tizimi o’zi mavjud bo’lgan barcha davrda siyosiyat bilan chambarchas bog’liq holda o’zgarib kelgan.

1920-yillar falsafiy qarashlarda ikki katta guruh o’rtasida bahslarning o’z cho’qqisiga yetganligi bilan harakterlanadi. Ular o’z navbatida ‘mexaniklar’ va ‘dialektchilar’ deb nom olgan.

Mexaniklar Bogdanov boshchiligida falsafani butunlay chetga surib, bekor qilish ta’rafdori bo’lgan. Ular Spinoza va Hegelni idealizmda ayblab ularning konseptlarini rad etgan. Muayyan bir jism, obyket yoki jamiyat, mexaniklar nuqtai-nazarida, faqat va faqat tashqi ta’sir natijasida harakatga keladi va o’zgarish paydo bo’ldi Ular bu nazariyani 1917-yil Bolshevik inqilobi bilan tushuntirib Leninni ana shunday tashqi ta’sir deb qaragan.

Albatta, bu qarashlar Marksning orginal nazariyasidagi kapitalizm o’zining ichki ziddiyatlari tufayli inqirozga uchraydi degan qarashiga zid. Kapitalizm ichki ziddiyati esa mehnat (labour) va kapital o’rtasida vujudga keladi deb qaraladi.

Boshqa tarafdan, Deborin falsafa bilmning kelib chiqishini o’rganish uchun juda muhim degan g’oya ostida mexaniklarga qarshi chiqqan dialektiklar guruhiga yetakchilik qilgan. 20-yillardagi ikki maktab o’rtasidagi qarama-qarshilikda kuchli institutsional asosga ega bo’lgan dialektikchilar g’alaba qozonsada, ular ham ko’p o’tmay kompartiya tomonidan moliyalashtirilgan yosh aktivistlar tomonidan “mag’lubiyatga uchratilgan”. Deborin va uning tarafdorlari ‘idelaistlarni menshivizatsiya’ qilishda ayblanib marksist falsafa o’zining leninist bosqichiga o’tdi deb e’lon qilingan. Leninning partiinost’ (partiyaviylik) lozungi ostida har qanday ilmiy-nazariy qarashlar muhokamalar maydonidan supirib tashlangan.

Ana shu davrdan e’tiboran falsafa partiya va uning bosh kotibini glorifikatsiya qilishga (sharaflashga) aylanib ketgan. Partiyaning rasmiy chizig’idan chiqqan har qanday qarash repressiyaga uchragan. G’arbda fanga taklif qilingan qarashlar va ideallarni ilgari surganlar javobgarlikka tortilgan.

Garchi Xrushchevning ‘iliqlik’ siyosati sovet marksizmiga yangi renessansni olib kirgan bo’lsada bu davr ham stalinist ‘eski soqchilar’ tomonidan taqibga uchrashda davom etgan. Marksning ishini qayta o’qib chiqib interpretatsiya qilishga bo’lgan urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

1980-yillar o’rtalaridan ochiqlik va qayta-qurish siyosati katta o’zgarishlarni olib kirgan. Ko’plab olimlar Sovet davlatining muvaffaqiyatsizligida Marks g’oyalarining aybi yo’q degan qarashni ilgari sursa, boshqalar rus marksist ananalariga chek qo’yish lozim degan fikrlarni ilgari surgan.

Yakunda Sovet davlati marksist faylasuflari falsafani yaxshiroq tushuna olmaganligi va tushuntira olmaganligi oqibatida ijtimoiy fanlar marginallashtirilgan. Bu muvaffaqiyatsizlik ortidan qolgan meros bugungi kunda ham mintaqada yaqqol ko’zga tashlanadi.

@CJandLP
Britaniya Bosh vazirlarining iste’fosi — oldin Boris Johnson va endi Lizz Truss’ning — bizni qanday xulosalar qilishga undaydi?

Keng ma’noda, ma’salaning tashqi tomoni, bu Konservativ partiyaning o‘nglashib ketganligi uning so‘nggi so‘rovnomalarda (poll) ularning reputatsiyasiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Lizz Truss taklif etgan kichik budjet (mini budget) klassik konservativ elektorat vakillari yirik biznes vakillari uchun yirik soliqdan ozod qilish formasida e’lon qilindi va bu keng jamoatchilik g‘azabini qo‘zg‘adi.

Tor ma’noda, muammoning ichki tarafi, tanganing qarama-qarshi tomoni ham mavjud. Bu Tori partiyasining ichki muammolari. So‘nngi bosh vazirlar davomida bu partiya shunday fragmentlashib ketdiku, hozirgacha hech bir lider bu partiyani umumiy bir g‘oya atrofida birlashtira olmasdan kelmoqda.

Bularning barchasi bizni legitimlik va ishonch (trust) degan konseptlar sari yetaklab keladi. Legitimlik muayyan umum qabul qilingan qoidalar va normalar asosida liderlarni saylanishi bildiradi. Truss xonimning ichki partiyaviy legitimlgi borasida savollar yetarlicha, chunki liderlik uchun kurashning finalgacha bo‘lgan qismida turlardagi ovoz berish partiyaning saylangan vakillari tomonidan amalga oshiriladi.

Amaldagi 1922-Qo‘mita (liderlik saylovi uchun ma’sul birlik) regulyatsiyalari yakuniy bosqichda partiyaga a’zolarning ham ovoz berishini nazarda tutadi. Ana shu kategoriya hisobidan Truss o‘zining asosiy raqobatchisi Rishi Sunakni ortda qoldirgan edi.

Bu Lizz Trussning parlamentariy torichilar ichida yuqori ishonchga ega emasligidan dalolat berardi. Oxir oqibatda, o‘z partiya a’zolari qarshisida legitimlik va ishonch inqiroziga yuz tutgan Lizz Truss 44 kun siyosiy hayot kechirdi.

@CJandLP
👍1