Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
Criminal Justice & Legal Paradigm
Bugun ko‘plab ekspertlar Roe v Wade case’ining Shtatlar Oliy sudi tominidan bekor qilinishini bu fundamental inson huquqlarining cheklanishi sifatida baholamoqda. Bu postda bahsli case’ning o‘zi haqida emas, balki biz mustaqil deb hisoblaydigan Shtatlar…
Sur’atda AQSh Oliy sudi sudyalari. Mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan argumentlardan biri bu prezidentlarning elektoral kollej tizimi orqali saylanishi mamlakat Oliy sudi landshaftining shunday shakllanishiga olib kelgan degan nuqtai-nazarning ilgari surilishi.

1992-yildan beri mamlakatda 8 marta prezidentlik saylovi bo‘lgan. Ana shu davrda, shu bilan birga, 8 ta Oliy sud sudyasi vakansiyasi paydo bo‘lgan. 8 ta saylovlarning atagi bittasida Reapublikachilar g‘alaba qozongan, ammo 8 ta vakant lavozimdan 5 tasiga Oliy sud sudyasi nomzodini ayanan shu partiya vakillari ilgari surgan. Oqibatda, Oliy sud konservator sudyalarning ko‘pchiligini o‘zida jamlab olgan institutga aylanib qolgan.

@CJandLP
👍1
‘It is time, once again, that we test whether our historical critiques are productive or demobilizing. It is imperative that we knock on them to determine which are hollow and which are robust—which discourage and which nourish action. It is time, once again, that we do philosophy with a hammer.’

Bernard E. Harcourt
Isidor and Seville Sulzbacher Professor of Law and Professor of Political Science at Columbia University

@CJandLP
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sir Lindsay Hoyle va uning hamkasb parlamentarianlarini ayrim na’munali parlamentlarga mehmonga chaqrib ularni tartibga chaqirib qo‘yish kerak.

Banksy’ning 2009-yilgi ‘Rivojlanishdan ortga qaytgan Parlament’ (Devolved Parliament) nomli ishi esga tushib ketdi.

@CJandLP
👍1
Qiziq bir rasmiy statistikaga ko‘zim tushib qoldi. Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingan Turkiston o‘lkasi, Farg‘ona viloyati sudining birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqqan jinoyat ishlarining uchdan bir qismi oqlov hukmiga to‘g‘ri kelar ekan.

Ijtimoiy va siyosiy to‘lg‘anishlar rezonasida 1917-yil inqiloblaridan so‘ng hokimiyatga kelgan repressiv sovet rejimi shunday madaniyat shakllantirdiki, sudlar tomonidan oqlov hukmining e’lon qilinishi noyob hodisaga aylandi.

Post-sovet davrda ham bunday diskursiyaning saqlanib qolishida ana shu madaniy determinantning ta’siri katta.

Ijtimoiy fanlarda mayatnik qoidasi (pendulum swing) degan tushuncha mavjud. Bu konsepsiya muyyan diskursning paydo bo‘lishini o‘rganadi. Masalan, jazolarning qattiqlashishi yoki liberallashishi kabi. Stalin hokimiyatining konsolidatsiyalashi yakunlangan 1930-yillar uzulish nuqtasi (moment of rupture) deb interpretatsiya qilinishi mumkin.

Sur’at manbasi: http://elib.shpl.ru/ru/nodes/50158 Cited in: ANU CAS

@CJandLP
Huquq ustuvorligi va demokratik prinsiplarga hurmat

Huquq maktablarida talabalarga demokratik prinsiplar va qadriyatlarning ahamiyati ochib berishga harakat qilinadi. Ularni hurmat qilish muyyan bir jamiyatlarni boshqalaridan ustun bo’lishiga olib keladi. Ana shunday prinsip va qadriyatlardan biri hokimiyatlarning almashib turish prinsipi va saylov natijalarini hurmat qilish. Agar muayyan shaxs saylov natijalarini hurmat qilmasa bu qanday oqibatlarga olib keladi? Huquq ustuvorligi bir necha yuz yillar davomida shakllangan mamlakatlarda ham qadriyatlar inqirozi paydo bo‘lishi mumkinmi?

Ana shu savollarni Amerika Qo’shma Shtatlaridagi eng bahsli deb qaralgan Demokratlar partiyasidan Al Gore va Respublikachilardan George Bush o‘rtasida kechgan saylovni so’nggi saylov kompanilaridagi asosiy figurant Donald Trump bilan taqqoslab tahlil qilishga harakat qilamiz.

2000-yilgi saylov: retrospekt

Bundan 22 yil ilgari garchi Gore umumxalq saylovida g‘alaba qozongan bo‘lsada Shtatlar saylov tizimi umuxalq saylovi (popular vote) natijalariga qarab emas, balki elektoral kollejlardagi ovozlar natijasiga qarab g’alaba qozonadi.

2000-yilda eng ko’p aholili Kaliforniya shtati 54 ta elektoral ovozga ega bo’lgan bo ‘lsa eng kam aholili Delaveyr 3 ta elektoral ovozga ega bo’lgan. Muayyan shtatda eng ko’p ovozni olgan nomzod shtatning to‘liq elektoral ovizga egalik qilgan. Soddaroq qilib aytganda, odatda demokratchi shtat deb qaralgan Kaliforniya shtatida g’alaba qozonish bu 54 ta ovozga egalik qilish degani.

Qo’shma shtatlardagi jami elektoral ovozlar miqdori 538 ta, ana shu ovozlardan 270 tasiga egalik qilgan nomzod prezidentlik saylovlarida g’alaba qozonadi. 2000-yilda hech qaysi nomzod yetarlicha elektoral ovoz yig’a olmaganligi bois (Gore 255 ta, Bush 244 ta) o’z-o’zidan saylov natijasi Florida shtatining 25 ta ovoziga bog’liq bo’lib qolgan.

Floridadagi saylov natijalari hisob kitobi bilan bog’liq bir qator muammolar — dastlabki sanoqdagi farq juda qisqa bo’lganligi bois, kompyuterda qayta sanoq amalga oshiriladi — 6 million ballot natijalariga ko’ra 900 ta ovoz bilan Bushga yozilgan g’alabani qayta hisoblashga Gore kompaniyasi tomonidan da’vo qilinadi. Florida shtat Oliy sudi tomonidan shtatning Respublikachi (!) gubernatori tomonidan 14-noyabrgacha bergan muddatini 26-noybarga qadar uzaytirib beradi. Sanoqlar shtatdagi eng yirik to’rt kounti (ma’muriy birlik) tomonidan o’tkazilishi belgilab olinadi. 4 kountining ikkitasi sanoqni oxiriga yetkazadi, bir kounti sanoqni sanashdan voz kechadi, 4-kounti esa belgilangan muddatdan 2 soatga kech qolib sanoqni yakunlaganligi bois ovozlar hisobga olinmaydi. Shunday bo’lsada ikki kountining sanog’i natijasiga ko’ra 900 talik farq 500 taga qisqaradi.

Saylov kunidan 19 kun o’tib ham g’olib aniqlanmagan, Gore va uning tarafdorlari Shtat oliy sudidan kattaroq kontengentli ovozlarni yana qayta sanoqdan o’tkazish to’g’risidagi so’rovidan so’ng konservatiy sudyalarning ko’pchiligidan tashkil topgan (!!) Qo’shma Shtatlar Oliy sudi masalani ko’rib chiqib ovoz berishni to’xtatish to’g’risida qaror (5-4) qabul qiladi. Sud o’z qarorini faqatgina muayyan byulletenlarni sanash 14-o’zgarishning teng himoyalash prinsipiga zid deb asoslab beradi. Ya’ni ovozlar qayta sanaldimi barcha ovozlar qayta sanalishi lozim va aksincha.

Qadriyatlar kontrasti

Shunday qilib, Shtatlar prezidentlik saylovi Oliy sudning bir ovoz farqi bilan hal qilingan. Al Gore 2000-yilgacha 112 yil davomida umumxalq saylovida g’alaba qozongan (540 ming ko’proq ovoz), ammo elektoral ovoz natijasiga ko’ra yutqazgan dastlabki nomzodga aylangan. Bunday holat 2016-yilda Hilary Clinton va Donald Trump o’rtasidagi saylovda ham kuzatilgan. Qiziqarli tarafi ushbu saylovda Clinton’ga raqobatchisiga qaraganda 2.9 million ko’proq kishi ovoz bergan, ammo elektoral ovoz natijasiga ko’ra Trump prezident deb e’lon qilingan.

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gore garchi Oliy sudning qaroridan norozi bo’lsada uning qarori yakuniyligini hurmat qilishini, mamlakatda partizanlik qarama-qarshiligini to’xtatishda ishtirok etishini ma’lum qilgan. 2016-yilning o’zida katta bahsli saylovda g’alaba qozongan Trump, boshqa tarafdan, 2020-yilda demokratik prinsiplar va qonun ustuvorligi qadriyatlariga qarshi ravishda partizanlik urushini kengaytirishda ishtirok etgan.

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birlashgan Qirolliklar Parlamenti Umumpalatasi sobiq spikeri — palata ish yurituvini ‘Order’ deb tartibga solishi bilan boshqa hamkasblaridan ajralib turuvchi — John Bercow amaldagi mamlakat liderini u yoki bu muhim vazifalarni bajarishni oxiriga yetkazib qo‘yishi uchun almashtimaslik kerak emas degan g‘oyani nima uchun qo‘llab-quvvatlamasligi haqida so‘z yuritgan.

U bu nuqtai-nazarini ko‘plab no-Britan doiralarda bugungi neoliberal Birlashgan Qirollikni yaratgani uchun keragidan ortiq romantizatsiya qilinuvchi Margaret Thatcher, aynan uning liderligi dvaridagi siyosat Briton orollaridagi Farovon davlat (Welfare State) konsepsiyasning yemirilib materializmning (moddiylik) ustuvorlaushuviga olib kelgan, misolida izohlab berishga uringan.

Garchi Thatcher post-neft inqirozidan so‘ng Britaniyani oyoqqa turg‘azishda samarali ish olib borgan bo‘lsada Thatcherism’ning qora izlari mamlakat bugungi ijtimoiy hayoti har jabhasida seziladi.

U hozirda Birkbeck, University of London Siyosiy fanlar professori.

@CJandLP
30-iyul

1937-yil aynan mana shu kun Sovet davlati NKVD’sining 00447-sonli maxfiy buyrug’iga imzo chekilgan kun. Bu katta terrorning, Stalin terori, boshlanishi edi. Rasmiy manbalarda bu terror natijasida 1,7 million kishi hibsga olinganligi, ulardan 700,000 nafari otib tashlanganligi qayd etilgan.

Stalin repressiyalari haqida gap ketganida, uning natijasida jabrlanganlar va ularning oila a’zolari haqida gapiriladi. Shu bilan birga jabirlanish yoki aziyat chekish deganda nima tushunilishi kerak ekanligi bahs-munozaralarga sabab bo’ladi.

Shotlandiyaning Strathclyde universiteti Professori Laura Piacentini va Nazaboev universitetida dotsentlik vazifasini bajarayotgan Gavin Slade tomonidan olib borilayotgan In Gulag’s Shadow nomli tadqiqot doirasida tadqiqot guruhi Rossiya va Qozog’istonda, bu mamlakatga Sovet davlatidadan eng ko’p koloniyalar meros bo’lib qolgan, so’rovnomalar o’tkazgan.

2019-yilda so’rovnomada ishtirok etgan Rossiyalik 34% va Qozog’istonlik 21% ishtirokchi bir va undan ortiq qarindoshi Stalin davrida qamalganligini ko’rsatgan. Respondentlarning 18-25 yosh guruhi ajratilganda, bu ko’rsatkich mos ravishda 26% va 17%ga tushib ketgan. Yosh avlod vakillari Gulag haqida hikoyalarni kam eshitganligini takidlagan. Buning sababi oiladagi uzilish, ya’ni yoshi katta avlodning vafoti munosabati bilan oila tarixi haqidagi kommunikatsiya to’xtab qoladi.

Qolaversa, bunday statistikalar faqatgina masalaning bir tarafini ochib bera oladi xolos. Chunki, Stalin repressiyasidan aziyat chekish, gulag haqidagi hikoyalar faqatgina hibsga olish, tergov qilish, surgun qilish yoki qatl etishni o’z ichiga qamrab olmaydi.

Sankt-Peterburg, Moskva, Uxta va Tomsk shaharlaridagi 2019-2020-yillarda amalga oshirilgan focus group tadqiqoti oilala a’zolarining repressiya haqidagi hikoyalarini o’rgangan. Bu hikoyalar, odatda, ‘jabrlanuvchisiz’ qissalarni o’z ichiga qamrab olgan. Unda ishtirokchilarning qarindoshlari chap berish (evasive action) bilan muammodan qutilib qolishgan yoki boshi ketishiga bir bahiya qolgan.

Kimlardir sinf dushmanlari bilan rejalashtirilgan nikohni bekor qilib dehqonlarga turmushga chiqqan, kimlardir repressiyaning hidini sezib turmush o’rtog’i bilan ‘atayin’ ajrashgan. Yoki bo’lmasa mol-mulkini tashlab boshqa hududga ko’chib keetishga majbur bo’lgan.

Boshqalari urush davrida g’alla yetkazib berishdagi uzilish sababli partiyachilar tomonidan otib tashlanishiga bir bahiya qolgan, ammo qishloqdagi yagona erkak bo’lganligi uchun boshi omon qolgan. Ayrimlar esa maktabda tarix xonasining yaxshi jihozlanmaganligi va Lenin byustini maktab hovlisidagi ko’rimsiz bostirma ostiga qo’yganligi uchun ayblanganda tirik qolish uchun NKVD boshlig’i bilan ‘uchrashib turishga’ rozi bo’lgan.

Gavin Slade yuqoridagi kabi hikoyalarda respondentlar qanday qilib Stalin repressiyasi ularning yaqinlariga ‘tegmaganligi’ haqida so’zlab beraganligini qayd etadi. Qolaversa, bu hikoyalarni so’zlab beruvchilarda qandaydir faxrlanish hisi sezilib turgan. Ular so’rovnomalardagi savollarga garchi yo’q deb javob berishi kutilsada, ular xotirlagan shaxslar har taraflama repressiya qurbonlari deb baholanishi lozim.

Yo’q? Ular hibsga olinmagan, surgun qilinmagan, otib tashlanmagan deysizmi? Chindan ham ularga nisbatan yuqoridagi choralar qo’llanmagan bo’lsada ular ‘gōsht qiymalagich’dan qutilib qolish uchun uy-joyini tashlab ketishga, o’z ijtimoiy statusini, hayot yo’lini o’zgartirishga, qadr-qimmati va nomusi toptalishiga majbur bo’lgan.

Kundalik xotiralarda elas-elas eslanadigan, va yo’q bo’lib xotiralardan o’chib ketish xavfi ostida turgan, bunday hikoylar hech qaysi rasmiy manbalarda, muzeylarda, tarix kitoblarida va filmlarda aks ettirilmagan.

Siyosiy repressiya qurbonlari haqida mushohada qilganda biz qurbonlar, jabrlangalar, aziyat chekkanlar haqida qanday fikr yuritishimiz haqida qayta o’ylab ko’rsishimiz darkor.

@CJandLP
“’Biz’ ‘Ular’ga qarshi”

Ijtimoiy psixologiya doirasida yaratilgan bir nazariya bugun O’zbek media segmentida foydalanuvchilar o’rtasida paydo bo’layotgan bo’linishni yaxshi tushuntirib bera oladi. Bu nazariya ijtimoiy xususiyat yoki ijtimoiy o’ziga xoslik nazariyasi (Social Identity Theory) deb nomlanadi.

Nazariyaning tarkibiy elementlarini ichki guruh (in group) va tashqi guruh (out group) degan birliklar tashkil etadi. Muayyan bir shaxs o’z g’oyalari, qarashlari va e’tiqodlari va h.k.lardan kelib chiqib o’zini affillagan guruh ichki guruh hisoblanadi. Soddaroq qilib tushuntirganda masalan, mening Liverpul klubiga muxlisligim ichki guruh, Manchester Yunayted muxlislari esa men uchun tashqi guruhni tashkil etadi.

Odatda biz o’zimizni yaxshi guruh bilan mujjasamlashtirishga harakat qilamiz. Insoniyatda o’zini-o’zi qarlashga bo’lgan tendensiya ijtimoiy xususiyatga borib taqaladi. Men o’zimni yaxshi guruh a’zosi bo’lsam yaxshi his qilaman. Bu konsept shakllangan sharafda toblanish (basking in reflected glory) deb ataladi. Bu holatni ‘Uchrashuv’ filmidagi personajning muxlislik qilgan jamoasi g’alaba qozonganida ‘Otangni Paxtakori zabt bopladi-da!’, aksincha mag’lub bo’lganida esa ‘Nomard, o’ynolmasang o’rtaga tushib nima qilasan?’ degan sahnalari bilan yaxshi izohlab beriladi.

Bizning o’z hurmat-e’tiborimizni muayyan guruh orqali belgilashga urinishimiz, biz ana shu guruhlarga qanday qarashimizni ham shakllantiradi. Bu oddiy mantiq darajasida men yaxshi insonman, demak men birlashgan ijtimoiy guruh yaxshi guruh. Mendek yaxshi odam qanday qilib yomon guruh a’zosi bo’lishi mumkin? Bu qarashlar o’z navbatida ikkita xil yanglish qarashni yuzaga keltirishi mumkin. Ulardan biri ichki guruh ustuvorligi (in group favourtism) boshqasi tashqi guruh kamsitilishi (out group derogatory). Bu degani muayyan bir holatda, konfiguratsiyada yoki sharoitda biz o’zimizning ichki guruhimizni tashqi guruhga nisbatan ustuvor qo’yib, ularni diskriminatsiya qilishga moyil bo’lamiz.

Demak, shaxsning muayyan bir guruhga a’zo ekanligining o’zi ana shunday “‘biz’ ‘ular’ga qarshi” konfrontatsiyani vujudga keltiradi. Shaxsning ijtimoiy mavjudod ekanligidan kelib chiqib uning muayyan bir guruhga a’zo bo’lmasligining iloji yo’q.

Keng ma’noda ijtimoiy o’ziga xoslik nazariyasi orqali biz jinoyat va adliya muammolarini ham tushunib olishimiz mumkin. Qanday qilib muayyan jinoyatlar sodir bo’lishi mumkin (O’zbekistonda klassifikatsiyalanmagan va butun Jinoyat kodeksi bo’ylab tarqalib ketgan nafrat jinoyatlari ‘hate crimes’), qonunlar qaysi ijtimoiy guruh tomonidan boshqa qaysi ijtimoiy guruhlarni nazorat qilish vositasi sifatida yaratilgan? Muayyan jinoiy adliya tizimi ishtirokchilariaro munosabatlar qanday rivojlangan? kabi savollarga biz ana shu nazariyani qo’llab ham yondashib ko’rishimiz mumkin.

@CJandLP
👍1
Bugun sobiq Birlashgan Qirollik bosh vaziri Gordon Brown Konservatorlar nomzodlarning elektr-energetika siyosati haqida gapirayotib boshlovchining boshqa bir savoliga ham javob berdi. Sky News muhbiri agar Leyboristlar hukumatga kelsa mazkur hukumat tarkibida ishlash ehtimoli haqida savol berdi. 71 yoshli oqsoqol jilmayib ‘meni hukumatga chaqirishmaydi, bizning Shtatlardan ham farqimiz shunda, agar ularga muyyan maslahat kerak bo‘lsa har doim yordamga tayyorman’ deb savolga javob qaytardi.

Institute for Government deb nomlangan aql-markazi (think-tank) uyidagi grafiklarda Birlashgan Qirollik hukumati tarkibida ishlaydigan fuqarolik xizmatchilarining o‘rtacha yoshi vazirliklar va departamentlar kesimida ko‘rsatib berilgan.



@CJandLP
Sovet Kenguru sudi karikaturasi

@CJandLP
1938-yil mart. Bir vaqtlar Chor Rossiyasi qirollik oilasi va oqsuyaklari tongacha ball o‘tkazadigan Moskvadagi Ittifoq uyi (Дом союзов) yog‘och kursilar bilan to‘ldirilgan, u yerda barcha tarixda Moskva shou-sudlari deb atalgan jinoyat ishini kuzatayotgan edi.

Sudlanuvchilar 21 nafar, ularning aksariyati bolsheviklar bo‘lib, bundan 20 yil odingi voqealarda instrumental ahamaiyatga ega shaxslar edi.

Ularga qo‘yilgan ayblar Lenin va Stalinga qotillik qilish rejasini tuzish, Natsist Germaniyasiga josuslik qilish, sovet iqtisodiyotni izdan chiqarish, xorijiy kuchlarni o‘z vataniga hujum qilishga chorlash.

Aksariyat ayb e’lon qilinganlar himoyachi bilan ta’minlab berilmagan, sud ishida ishtirok etayotgan himoyachi esa himoyasi ostidagi shaxsni himoya qilish bilan emas, balki prokuror Andrey Vyshinsky tomonidan ishtirok etganligini uning himoya qilish stilistikasidan bilib olish murakkab emas:

@CJandLP
Professor Brian Taylor o‘zining Putin Rossiyasida davlat qurilishi: Kommunizmdan so‘ng politsiya faoliyati va kuch ishlatish nomli monografiyasida rus jinoiy adliya tizimidagi (muallif power ministries (sylovie struktury) konsepsiyasini qo‘llagan) muammolarni, ularning o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, nima uchun ularning faoliyatida defitsitlar majud ekanligini mohirona tahlil qilib bergan.

Bu ishda ilgari surilgan argumentlardan muayyan darajada, xususan post-sovet mamlakatlaridagi mamlakatlar analog tizimi ishlash prinsiplarni va rivojlanish diskursiyasini tushuntirishda foydalanish mumkin.

@CJandLP
Universitet deganda, odatda, aksariyatimizning ko’z o’ngimizda Professor va talabalardan iborat ta’lim maskani gavdalanadi.

Biroq dunyo universitetlarining universitet sifatida shakllanishiga ulardagi berilgan ta’limdan ko’ra amalga oshirilgan tadqiqotlar ulkan hissa qo’shgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 65 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 31 ta ilmiy markaz (shundan 14 tasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markaz) va 8 ta boshqa turdagi ilmiy tashkilot borligi qayd etilgan.

Afsuski, respublikadagi qaysi yirik deb e’tirof etiladigan universitetlarning tarkibiy tuzilmasiga qarasak, ularda tadqiqot markazlari juda kam yoki umuman yo’q. Borlari ham aniq fanlar yoki STEAM yo’nalishi kabi mutaxassisliklar kesimida.

Ijtimoiy fanlar doirasida iqtisodiyot sohasidan boshqa tarmoqlarda tadqiqot birliklarini topish anchayin mushkul masala.

Chetdan qaraganda bu universitetlarda eng muhim faoliyatni amalga oshishini samarali fasilitatsiya qiladigan tarkibiy birlikning yo’qligini anglatadi.

Shunday diskursiya shakllanib qolganki, tadqiqot markazlari vazirliklar, davlat idoralari, sud tizimi yoki parlament huzurida tashkil etilmoqda. Albatta, yuqoridagi institutlar huzurida tadqiqot markazining bo’lishi normal holat, biroq bu universitetlarda ana shunday tarkibiy tuzilmalarning bo’lishini istisno etmasligi lozim.

Universitetlar tarkibidagi tadqiqot markazlari idealda keng nazariy qarashlar asosida ijtimoiy muammolar mohiyatini o’rganish, uni keng ommaga tushuntirib beruvchi nazariy yo’naltirilgan va emperik test qilib ko’riluvchi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi darkor.

@CJandLP
Mulk huquqi doirasida hali bahs yuritilishi darkor bo‘lgan mavzular ko‘p. Bugungi zamonaviy dunyo kapitalistik ishlab chiqarish shaklini ham kommunistik ishlab chiqarish shaklini ham kamchiliklarini anchayin ochib bergan.

Garchi bugungi realliklar bozor iqtisodiyotiga asoslangan kapitalistik ishlab chiqarish shaklini eng optimal yechim deb qarasada, insoniyat evolyutsiyasi biz kutmagan va ta’savvur qilmagan mohiyatining markazida xususiy mulk va kollektiv egalikning sintezi bo‘lgan mutualistik falsafa asosiga qurilgan utopiya jamiyatiga kelishi mumkin.

Mahsulotga bo‘lgan huquq eksklyuziydir (jus in re), vositaga huquq umumiydir (jus ad rem).

@CJandLP
‘[W]here every man is Enemy to every man; the same is consequent to the time wherein men live without other security, than what their own strength and their own invention shall furnish them withall. In such condition, there is no place for Industry, because the fruit thereof is uncertain, and consequently no Culture of the Earth, no Navigation, nor use of the commodities that may be imported by Sea, no commodious Building, no Instruments of moving, and removing such things as require much force, no Knowledge of the face of the Earth, no account of Time, no Arts, no Letters, no Society, and which is worst of all, continual fear, and danger of violent death, and the life of man, solitary, poor, nasty, brutish, and short.’

Thomas Hobbes

@CJandLP
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘shma Shtatlarda talabalar ta’lim krediti debtorligining muayyan qismidan voz kechilishi haqida prezident qarori qabul qilishi kutilmoqda.

Hozirda jami ta’lim kreditidan AQSh’liklarning qarzdorligi umumiy qiymati $1,7 trillionni tashkil etadi.

Ushbu videoda taniqli juranlist Mehdi Hasan Respublikachilar senatorlarning qarorga e’tirozi qanchalik o‘rinsiz ekanligini, ular ta’lim olgan davrdagi ta’lim olish qiymati va amaldagi ta’lim olish qiymatini 1 daqiqalik chellenjda yetkazib bergan.

Garchi hukumatning qarori ko‘plab talabalarning yelkasida yuk bo‘lib turgan bir necha minglab dollarlik qarzdorlikni bekor qilsada, bu qaror faqatgina amaldagi qarzdorlarga tadbiq etiladi.

Universitetlarda ta’lim olishning qimmatligi esa yechilmay qolayotgan masala bo‘lib qolaveradi.

@CJandLP
Birlashgan Qirollik sud tizimida sudyalikka qabul qilish uchun muayyan yosh senzi belgilamagan. Ammo, shunga qaramasdan tizimda faoliyat yurituvchi sudyalarning aksariyati 50 va undan yuqori yoshlilarni tashkil etadi.

Bunga berilishi mumkin bo‘lgan birinchi tushuntirish o‘z-o‘zidan sudyalikning ma’suliyatli kasb ekanligi bilan izohlanishi mumkin. Boshqa bir izoh esa huquqshunoslar o‘z faoliyatining dastlabki ikki dekadasini asosan litigatsiya qilish orqali o‘tkazishi bilan asoslanadi. Qolaversa, advokatlikni yuqori daromad keltiradigan soha turlaridan biri ekanligini inobatga olsak, shaxslar daromadining asosiy qismini aynan mana shu davrda orttirib sudyalik bilan mehnat faoliyatini tugatishi mumkin bo‘ladi.

Sud tizimi va huquqiy soha vakillari diversifikatsiyasiga doir statistikalar BQ hukumat portalida nashr etiladi.

@CJandLP
👍1
Tanqidiy nazariya (Critical theory)

Tanqidiy nazariya deb nomlanuvchi post-modernistik qarashlash tizimi mavjud. Ushbu nuqtai-nazar vakillari progress, emansipatsiya va demokratik prinsiplarga o‘zini sodiqligini bildirgan.

Marksning g‘oyalari ta’siri ostida shakllangan bo‘lishiga qaramasdan, bu qarashlar tizimi Marksning iqtisodiy determinizm ya’ni barcha ijtimoiy va siyosiy munosabatlar iqtisodiy munosabatlar (mulkka egalik qiluvchilar va mehnatkashlar) ustiga qurilgan degan qarashini tanqid ostiga olgan.

Buning o‘rniga ular jamiyatdagi madaniy va siyosiy jarayonlarni, Markscha tilda aytganda ustqurma (superstructure), o‘rganishga o‘z e’tiborini qaratgan. Ya’ni faqat iqtisodiy munosabatlarning o‘zigina emas, balki yuqoridagi ikki jaryonlar kapitalistik ishlab chiqarish shaklini bugun biz ko‘rib turgan shaklda rivojlanishiga hissa qo‘shgan.

Tanqidiy nazariyaga, bundan tashqari, Maks Ueberning ta’limotlari ham sezilari darajada ta’sir ko‘rsatgan. Ueberga ko‘ra ratsionallik kapitalistik jamiyatni harakatga keltirgan yirik kuch. Tanqidiy nazariya vakillari uning ratsionallik konseptini mantiq (reason) taqqoslab ko‘rishgan. Bunda mantiq adolat, tinchlik va baxt kabi eng oliy insoniy qadriyatlarga erishishda vositaning o‘rnini baholab ko‘rishdan iborat.

Bu qarashlar tizimi bizning bugunimizni anglash, unga baho berib ko‘rishda muayyan bir doira vazifasini bajarib berishi, bu orqali o‘zimiz yashab turgan jamiyatni yanada yaxshiroq tushunish va tushuntirib bera olishimiz mumkin.

@CJandLP
👍1
Inson tanasi tadqiqot obyekti sifatida qaysi fan tarmog‘ida o‘rganiladi deb savol berilsa, shubhasiz, aksariyatingiz anatomiya va tibbiyotga aloqador fanlar majmuasini sanab berishingiz mumkin.

Biroq, ijtimoiy fanlar ham inson tanasini tadqiqot obyekti sifatida o‘rganadi. Masalan, fransuz faylasufi, sotsiologi va tarixchisi Mishel Fuko (Michael Foucault, 1926-1984) inson tanasiga o‘tmishdagi va bugungi siyosiy kuch tizimi tomonidan ‘yozuv bitiladigan yuza’ deb qarash mumkinligini inobatga olib tanani o‘qish imkoni bo‘lgan tarixiy obyekt sifatida e’tirof etgan.

@CJandLP