Minimalistik politsiya va vakolatlar chegarasi
Kolonializm/imperializm asoslari yemirilib yangi davlatlarning paydo bo’la boshlashi ana shu yangi davlatlar uchun politsiya tizimini qayta ko’rib chiqish masalasini kun tartibiga qo’ygan.
Dunyo bo’ylab keng tarqalgan politsiya modellari — ingliz va fransuzlar tomonidan yaratilgan modellar asosida — bugungi dunyodagi tarmoq landshaftini belgilab beradi.
Dastlabki, politsiya modeli bu fuqarolik politsiya ham deb nomlanadi. Ingliz politsiyasi o’zining minimalizmi va faoliyat markaziga tom ma’noda insonni qo’yishi bilan farqlanib turadi.
Keyingisi harbiylashgan model. U haqida gap ketganda ko’z oldimizda fransuz jandarmiyasi gavdalanadi.
Albatta, bu modellarning u yoki bu kontekstda qo’llanilishi va ularning muvaffaqiyati ko’plab faktorlarga bog’liq. Biroq, vakolatlar chegarsi anniq belgilanishi, poltisya xodimlari uchun individ bilan muloqotda minimum etika qoidalari bo’lishi darkor.
Fransuz olimi Michael Foucault o’zining ishlarida ‘[d]o not become enarmoured of power’ ya’ni kuchga (hokimiyat vakolatlari) mukkasidan ketib qolmaslikka chaqiradi.
‘Kurashilishi kerak bo‘lgan eng katta, strategik dushman’—deb yozadi Foucault ‘bu fashizmdir. Nafaqat tarixiy fashizm, Hitler va Mussolini fashizmi — olomon xohishini mobilizatsiya qila olgan va ulardan samarali foydalangan kuch — balki har birimizdagi, bizning miyyamizni qamrab olgan, kundalik xulq-atvorimizda namoyon bo’luvchi fashizm. Bizni kuchni sevishga undovchi, dominatsiya qilish va ekspulatatsiya qilishni xohlatuvchi fashizm.’
Ana shu nuqtai-nazardan vakolatlar chegarasi xoh u makro darajada bo’lsin, xoh mikro darajada vaqt o‘tishi bilan so’roq ostiga linishi uning qanchalik samara berayotganligi jamiyatlar oldidagi eng muhim masalalardan biri bo’lishi lozim.
@CJandLP

👍1
Criminal Justice & Legal Paradigm
Saubona: Tiklovchi adliyaning Kanadacha dasturi Jinoyat va adliya ruknimizning navbatdagi mehmoni Kanadaning Sentennial kolleji (Centennial College) professori Margot van Slyutman. Prof. Slyutman’ning Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice…
📖 Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice Story
🧑💼 Ma’ruzachi: Margot Van Slyutman
🏛 Ish joyi/lavozimi: Sentennial kolleji professori, Kanada.
📆 Vaqti: 2-iyun, 2022-yil; soat 17:00
📍 Zoom
🔗 https://us06web.zoom.us/j/8651090549?pwd=-9QXAWJ75x6of3-L8S4sZ11zEjrmk1.1
Crime and Justice Series rukni doirasida navbatdagi mehmoni Prof. Slyutman bilan uning ilmiy ishi va umuman olganda tiklovchi adliya konsepsiyasi haqida fikr va mulohazalar yuritamiz.
#CrimeandJusticeSeries

Zoom Video
Join our Cloud HD Video Meeting
Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution…
Garchi ko’plab tanqidlarga uchragan, global miqiyosda og’ir oqibatlarga olib keluvchi qarorlar qabul qilgan bo’lsada Britaniyaning Leyboristlar partiyasi energetik, orolning siyosiy landshaftini o’zgartira olgan siyosiy duo’si bu Anthony Blair va Gordon Brown. Yangi Leyboristlar - Yangi Britaniya shiori ostida ular uzoq vaqt Ishchilar partiyasini keng elektoratdan qo’llab-quvvatlovini yutib olgan.
Har bir Huquq maktabi talabalari uchun must-watch hujjatli film: Blair & Brown: The New Labour Revolution.
Ortiqcha izohlarsiz filmni tomosha qilish va uni interpretatsiya qilishni sizlarning ixtiyoringizda qoldiraman.
P.S.: Hech qachon Oliy sudi bo’lmagan Birlashgan Qirolliklarda ana shunday institutini tashkil etish g’oyasi aynan mana shu partiya vakillari tomonidan ilgari surilgan.

YouTube
Blair & Brown The New Labour Revolution S01E01
Two young MPs, Tony Blair and Gordon Brown, are determined to modernise the Labour party against a backdrop of economic strife and dire election failures.
Criminal Justice & Legal Paradigm pinned «📖 Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice Story 🧑💼 Ma’ruzachi: Margot Van Slyutman 🏛 Ish joyi/lavozimi: Sentennial kolleji professori, Kanada. 📆 Vaqti: 2-iyun, 2022-yil; soat 17:00 📍 Zoom 🔗 https://us06web.zoom.us/j/8651090549?pwd=-9QXAWJ75x6of3…»
Criminal Justice & Legal Paradigm
📖 Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice Story 🧑💼 Ma’ruzachi: Margot Van Slyutman 🏛 Ish joyi/lavozimi: Sentennial kolleji professori, Kanada. 📆 Vaqti: 2-iyun, 2022-yil; soat 17:00 📍 Zoom 🔗 https://us06web.zoom.us/j/8651090549?pwd=-9QXAWJ75x6of3…
⏱Eslatma: Online ma’ruza boshlanishiga bir soat qoldi.
📑Ma’ruza davomidagi bir qator qoidalarni (house-keeping rules) eslatib o‘tmoqchiman.
Ma’ruza davomida ma’ruzachi va tinglovchilar o‘rtasida imkon qadar real kontakt o‘rnatish uchun Zoom kameralarini yoqib qo‘yish tavsiya etiladi. Bu ma’ruzachiga auditoriyani his qilishga yordam beradi.
Sizni tiklovchi adliya institutiga doir u yoki bu savol qiziqtirsa til barrieridan qat’i nazar savolni berishingiz mumkin. O‘zbek tilidagi savollar ma’ruzachiga tarjima qilib beriladi.

CrimeandJusticeSeries rukni doirasida bir qator sotsiolog, kriminolog va huquqshunos olimlar bilan bir necha suhabatlar tashkillashtirilishi ortidan talabalarni yangi loyihalarga jalb etish g‘oyasi paydo bo‘ldi.
Loyiha kriminologiya, jazo sotsiologiya va jinoiy adliya sohalarida chop etilgan fundamental ilmiy ishlarni ularning mualliflari yoki mualliflik huquqiga ega nashriyotlar bilan bog‘lanib rasman nashr etish huquqini olgan holda O‘zbek tiliga tarjima qilishdan iborat.
Agar siz xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqchi yoki xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritmoqchi bo‘lsangiz sizni ushbu loyida ishtirok etishga taklif etamiz. Bunday loyihalarda ishtirokingizni ko‘rsatuvchi CVingiz, albatta, sizning o‘qish/ish uchun tanlovlardagi ishtirokingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarjima qilish uchun dastlabki pilot kitob Martin O’Brien va Majid Yar hammuallifligidagi Criminology: The Key Concepts ishi.
Jamoaga qo ‘shilish uchun talab:
Xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 7+ yoki unga tenglashtirilgan milliy sertifikat)
Agar loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, crimeandjusticepubs.uz@gmail.com pochta manziliga CV hamda IELTS sertifikatingizni ilova qilgan holda nima uchun bu loyihada ishtirok etmoqchiligingiz haqida qisqacha yo‘llanma xat (covering letter) yuborishingizni so‘raymiz.
Loyihada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish 24-iyun soat 23-00’gacha davom etadi.

O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta ilmiy tadqiqotchisi, Parijdagi ilmiy tadqiqot muasasasi ilmiy xodimi Dilnoza Duturaeva O‘zbekistonda yozgan doktorlik dissertatsiyasining bir qismi Brill nashriyot uyida nashr etilibdi.
Bunday yangiliklarni o‘qish garchi fanning umumiy ahvoliga havas qilib bo‘lmasada anchayin yoqimli.
Xalqaro miqiyosda ilmiy tadqiqot olib borib geografik mintaqaga oid tadqiqotlarni disseminatsiya qilishga urinayotgan va bunning uddasidan chiqayotgan milliy olimlarimiz qolganlarga benchmark bo‘lsa ne ajab?
Kitob Open Access: https://brill.com/view/title/61452

👍1👏1
Ishonch(sizlik) votumi va uning implikatsiyasi
Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Boris Johnson’ning huquq ustuvorligi (the rule of law) prinsiplaridan chekinishi, pandemiya cheklovlarni televediniya orqali e’lon qila turib o‘rnatilgan talablarni o‘zi va kabinet a’zolari tomonidan buzishi ortidan noroziliklar keng jamoatchilik va siyosiy doiralarda ham ortib ketgan edi.
Boris olib borayotgan siyosat nafaqat oppozitsiyachilar — Leyborist partiyasi — balki o‘z partiyadoshlari orasida ham noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
1/

Yuqoridagi kabi ommaviy noroziligini izhor etgan MP (Member of Parliament)lar soni uning partiya rahbari sifatidagi roliga ishonchsizlik ovozi (vote of confidence) chaqirish uchun yetarli deb topish uchun asos bo‘ladi.
Ommaviy ravishda Borisga nisbatan bildirilayotgan ishonchsizliklar tanganing bir tomoni, uning ikkinchi tomonida ana shunday ishonchsizlikni bildirayotgan boshqa MPlar yotadi.
Ular garchi o‘z noroziliklarini ommaviy e’lon qilmagan bo‘lsada bu Borisning yetakchiligiga (leadership) savollar yo‘q degan qarashga olib kelmasligi lozim.
Siyosiy fanlarda bu jarayon power corridors ya’ni kuch korridori deb nomlanadi. Bu shunday konsepsiyaki, unda muayyan kuch vakolatlariga ega bo‘lgan siyosiy aktorlar ana shunday kuch generatsiya qilinadigan institutlarda, biz muhokama qilayotgan misolda Westminster, kuchning yakuniy ko‘rinishi qanday bo‘lishi lozimligini muhokama qiladi.
Borisga ochiqchasiga e’tiroz bildirmagan uning partiyasi a’zolari ana shunday dinamika ishtirokchilariga aylanmoqda. Ya’ni kun tartibidagi masala Boris ortiq bizga yetakchilik qilishga loyiq emas degan masala muhokamasi.
Endilikda bu masala Konservativ partiyasining rasmiy kun tartibiga kiritildi.
Barchangizga mashhur-u ma’lum bo‘lgan Margaret Tatcher (Maggie) — sovetlar uni kamsitish uchun gazetalarda ‘temir xonim’ iborasini ishlatgan, ammo kutilmaganda bu uni izohlovchi so‘z birikmasiga aylangan — ham siyosiy kariyerasini ana shunday yakunlagan.
2/

Kecha Tory (Conservative) partiyasi a’zolari ishonchsizlik votumida yashirin ovoz berishda ishtirok edi.
Bosh vazir uchun ‘yashab qolish chegarasi’ 180 ta ovozni tashkil etar edi. Ya’ni Boris hukumatda qolishi uchun uning partiyasidan saylangan MP (deputat)larning 50%idan ortig‘i unga ishonch bildirishi talab etilar edi. So‘ngi saylov natijalariga ko‘ra Torylar Parlament’da 359 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Ovoz berish natijalari 211 ta ishonch va 148 ta ishonchsizlik ovozlari berildi. Garchi Boris ishonch votumini yutgan bo‘lsada, grafikdagi ilgari ana shunday holat qayd etgan Konservativ bosh vazirlarning natijalari ichida bu eng yomonlaridan biri.
Bundan tashqari, ana shunday ovozlarda yutib chiqish, shunchaki Bosh vazirlarning o‘z kursisini yana biroz muddatga ushlab tura olganligini ko‘rsatgan. Theresa May ishonch votumini yutib chiqqanidan 6 oy o‘tib, Margaret Thatcher esa bir necha kundan so‘ng postni tark etishga majbur bo‘lgan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parlament va hukumataro munosabat
Bir necha kun ilgari Moliya vazirning Oliy Majlis deputatlari oldidagi hisoboti jarayonida Palata deputati tomonida ko‘tarilgan savolga bergan javobi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mana bu video lavhada Birlashgan Qirollik Kansleri — moliya vaziri — Rishi Sunak Parlament qo‘mitasida Elektr energiyasi to‘lovlari uchun hukumat tomonidan amalga oshirlayotgan qo‘llab-quvvatlov doirasida savolga tutilgan.
Hukumat vakili va parlamentariylar o‘rtasidagi munosabatlarda albatta professionallik va etika qoidalariga rioya etish eng asosiy prinsiplardan bo‘lishi kerak.
Daniya vazirlaridan biri yaqinda hokimiyat vakolatlarini suiste’mol qilinishi ehtimolligini the Lord of the Rings’dagi uzuklardan birini taqib yurishga qiyoslagan:
‘You can carry it for a while, but you have to be careful not to have it for too long, because it will destroy your humanity. It will turn you into Gollum.’

Yangi Leyboristlar hukumati haqida va ular haqida tayyorlangan hujjatli film haqida post qoldirgan edi.
Birlashgan Qirollikning konstitutsiyaviy huquq va siyosatshunoslik bo‘yicha ekspertlari 2017-yilda Yangi Leyboristlarning hokimiyatga kelishining 20 yilligi munosabati bilan ular amalga oshirgan konstitutsiyaviy islohotlarning tabiati, bugungi Britaniyaga ta’siri, islohotlarning ustunlik va kamchiliklari haqida loyiha yaratish istagi paydo bo‘lgan.
Ham-mualliflar jamosi ishtirokidagi ish Hart nashriyoti tomonidan 2022-yil mart oyida The New Labour Constitution nomi ostida nashr etilibdi.
https://www.bloomsbury.com/uk/new-labour-constitution-9781509924646/
Kitobni sotib olish uchun 20% chegirma ham mavjud.
GLR A6AUK

Telegram
Criminal Justice & Legal Paradigm
Garchi ko’plab tanqidlarga uchragan, global miqiyosda og’ir oqibatlarga olib keluvchi qarorlar qabul qilgan bo’lsada Britaniyaning Leyboristlar partiyasi energetik, orolning siyosiy landshaftini o’zgartira olgan siyosiy duo’si bu Anthony Blair va Gordon Brown.…
Kyiv School of Economics (KSE) post-sovet mamlakatlaridagi eng ilg‘or ta’lim muassasalaridan biri.
Urush harakatlari davom etayotgan bir paytda Ukraina intellegentsiyasi ham front ham front ortidan turgan holda o‘zlarining akademik faoliyatini davom ettirayotgani albatta taqsinga sazovor.
P.S. Sur’atda Data-driven publishing nomli Yozgi maktab kurslaridan lavha. Darslar Iqtisodiyot maktabining shelterlarida olib borilmoqda.
📷 Tymofii Brik

Sakkiz yuz yetti yil. 1215-yil 15-iyun kuni ingliz monarxi Qirol John Magna Carta deb nomlangan tarixiy hujjatga imzo qo‘ygan. Aniqroq qilib aytganda, baronlar tomonidan qilingan bosim ana shunday natijaga olib kelgan.
O‘rta asrlarda Yevropa jumladan Angliya qirollari hokimiyatining cheklanmaganligidan tashqari monarxlar odatda hokimiyat vakolatlarini suiste’mol qilgan. Baronlarning mulklari tortib olingan, yangi urushlar oqibatida soliq yuklamalari oshishiga olib kelgan.
Magna Carta’ga asosan ingliz qiroli huzurida baronlardan iborat kengash ta’sis etiladi. Qirolga odil sudlovsiz baronlarni qatl etish taqiqlanadi. Bu zamonaviy demokratiyaning boshlanishi sifatida baholanadi.
Nemis sotsiologi Norbert Elias o‘zining Civilising Process nomli kitobida mazkur hodisani monarxlar va baronlarning bir-birini taqazo etishi deb izohlagan. Ya’ni baronlarsiz monarx ham, monarxsiz baronlar mamlakatni boshqara olmaydi.

Birlashgan Qirolliklarda aksariyat universitetlari professor-o‘qituvchilari mazkur o‘quv yilining katta qismini industrial action ya’ni ish tashlash bilan o‘tkazadi.
Nizoning asosini ish beruvchilar (uni administratsiyalari) tomonidan xodimlarning ish haqi va pensiyalarini qisqartirilishi bilan bog‘liq qaror tashkil etadi.
Ish tashlashdan ko‘zlangan maqsad esa University-College Union (UCU, Britanlar kasaba uyushmasi) mediatsiyasida administratsiya vakillari bilan muzokaralar stoliga o‘tirish.
Akademiklar solidarlik nuqtai-nazaridan boshqa universitetlardagi tashqi imtixon oluvchi (external examiner) maqomidan iste’fo ham bergan yoki baholash boykoti e’lon qilingan.
Garchi muayyan universitetlar muzokaraga kelgan bo‘lsa ayrimlari, masalan, Queen Mary University of London kabilar haq evaziga baholash uchun outsorsing xizmatidan foydalangan. Baholashning sifati esa ko‘pchilikni ‘lol’ qoldiradi.

Ijtimoiy muammolar: yechim qayerda? Andijonda maktab o ‘quvchilari tomonidan suitsidal xulq-atvor kuzatilayotganligi haqida Gazeta.uz’ning xabari tarqaldi. Xabarda bir nechta xatti-harakatlarning oldi olinganligi qayd etilgan. Bunday muammolar mutasaddilar…
Alistair Frasier va hamkasblari tomonidan voyaga yetmaganlar jinoyatchilgini oldini olish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishi natijasi haqida 5 daqiqali intervyu tayyorlanibdi.
@CJandLP
@CJandLP
YouTube
Public Health, Youth & Violence Reduction project introduction
Miranda huquqi va Konstitutsiya
Bugun turli media outletlarda Prezident tomonidan huquqning turli tarmoqlarida Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilgan o’zgarishlar haqida xabarlar chop etildi. Kunning ikkinchi yarmida esa bu xabarlarga jamoatchilik munosabatlari turli postlar orqali bildirildi.
Xususan, Farhod Primov Komissiya a’zolari bilan yig’ilishdan bir necha soatlar o’tib bu huquqning ’konstitutsiyada ifodalanishi ushbu tamoyilni to’la-to’kis qo’llanilishi uchun zarur huquqiy kafolatlar yaratadi’ deb takidlab qisqacha op-ed yozib qoldirgan. Xo’sh, bu huquqning konstitutsiyada aks etishi qanchalik muhim yoki maqsadga muvofiq?
Op-ed’da Primov Miranda qoidasining kelib chiqishi Shtatlar milliy qonunchiligi va amaliyotida boshlanganligiga urg’u bergan. Shubhasiz, muallif haq bu qoidalar qonunchilik va amaliyotda qo’llaniladi. Ammo Konstitutsiyada aks ettirilmagan.
Bundan tashqari, olim O’zbekiston Jinoyat protsessual qonunchiligida Miranda huquqi yaxlit emas, balki sochilgan tarzda ifodalanganligini Kodeksning turli normalariga havola keltirish orqali yaxshi ko’rsatib bergan. Uning nuqtai-nazarida bu qoidalar ‘yaxlit tushunilsagina, amalda samarali qo’llanilishi mumkin’.
Olimning fikricha, bu qoidalar nafaqat JPKda balki Asosiy qonunda ham ifodalanishi kerak.
Nima uchun bu qoidalarning Konstitutsiyada belgilanishi uchun zarurat mavjud emas?
Birinchidan, Miranda huquqi ‘yaxlit’ qoida sifatida Shtatlar Konstitutsiyasida ham o’z aksini topmagan, balki Oliy Sud tomonidan 1966-yilda Konstitutsiyaga kiritilgan Beshinchi va Oltinchi o’zgarishlar asosida interpretatsiya qilingan. Qarang: Miranda v. Arizona, 384 U.S. 436 (1966)
Ya’ni Sudlar tomonidan tergov organlari ushlangan shaxsni unga bayonot bermaslik huquqi, himoyachi bilan maslahatlashish huquqi tushuntirilmagunicha, so’roq qilish vaqtida himoyachining ishtiroki, himoyachi yollashga imkoniyati bo’lmagan taqdirda himoyachi tayinlab berilamagunicha so’roq qilinishi taqiqlangan.
Beshinchi va Oltinchi o’zgarishlar self-incrimination ya’ni aybsizlik prezumpsiyasi hamda hamda himoyachiga bo’lgan huquqni mustahkamlagan.
Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining amaldagi tahriri 26- va 116-moddalari Miranda qoidalarini qo’llash uchun, ular qo’llanilmagan taqdirda Sudlar tomonidan dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirilmaganligi asosida qabul qilinmasligi mumkin.
Uchinchidan, muayyan huquq normalarning qanchalik samarali ekanligi ularning yakka yoki alohida-alohida huquq normalarida ifodalanganligidan emas, balki huquq normalarni qo’llovchi ijtimoiy aktorlar (sud, advokatura, tergov organlari) ning ana shu normalarni harakatga keltira olish/olmaslik qobiliyatiga bog’liq.

Янги Ўзбекистон
“Миранда қоидаси”: уни конституцияга киритиш зарурми?
Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори, доцент Фарҳод ПРИМОВ Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Миранда қоидаси” ҳамда “Хабеас корпус” институтини Конституцияга киритиш бўйича таклифини изоҳлади.
Bugun ko‘plab ekspertlar Roe v Wade case’ining Shtatlar Oliy sudi tominidan bekor qilinishini bu fundamental inson huquqlarining cheklanishi sifatida baholamoqda.
Bu postda bahsli case’ning o‘zi haqida emas, balki biz mustaqil deb hisoblaydigan Shtatlar Oliy sudida sudyalarning qanday lavozimiga tayinlanishi va amaldagi mexanizm muammolari haqida Birlashgan Qirollikdagi huddi shu institut bilan parallel qilish orqali mulohaza yuritamiz.
Britaniyalik faxriy advokat, siyosatshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Thomas Grant AQSh va Britaniya sudlari taqqoslaganda AQSh sudlari bosh harflarda SIYOSIY institutdir degan nuqtai-nazarni ochib berishga harakat qilgan.
Bu ayniqsa sudyalarni tanlash va lavozimiga tayinlashda alohida namoyon bo‘ladi. Shtatlarda eng yuqori turuvchi sudga sudyalarni tanlashda prezidentlik instituti muhim rol o‘ynaydi. Trump o‘z prezidentlik davrida ikki konservativ nomzodni Oliy sudga tayinlagan. Bu o‘z navbatida qaror qabul qilish jarayoninida partizanlik urushiga aylantirib yuborish xavfini butun dunyo hayratda kuzatib turmoqda.
Boshqa tarafdan, Birlashgan Qirolliklarda 2003-yilda amalga oshirilgan konstitutsion islohotlardan ko‘zlangan maqsad bu aynan jinoiy adliya tizimidagi sud institutining eng yuqori instansiyasini tashkil etish, sudyalarni lavozimiga tanlash va tayinlashning ijro hokimiyati va qonun chiqaruvchi hokimyatdan mutlaqo mustaqil mexanizmni yaratishdan iborat bo‘lgan.
Tanlov va tayinlov merit asosida sudyalarni faqatgina huquqshunoslardan iborat qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. Albatta, bu degani Birlashgan Qirollik sudyalar siyosiy qarashlarga ega emas—konservativ yoki liberal—degan nuqtai-nazarni ilgari surish emas. Ammo, siz sudga borganingizda sudyaning masalaga xolis yondashishini, huquq ustuvorligi prinsidan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishini xohlaysiz.
Yakunda Britancha model sud hokimiyatni hokimyatlarning alohida tarmog‘i sifatidagi mustaqilligini anchayin chuqur ta’minlab bera olishida optimal mexanizm ekanligi namoyon bo‘ladi. Boshqa tarafdan, bunday voqealar bizni sudyalar korpusini shakllantirishda amaldagi mexanizmlarning asoslarini so‘roq ostiga qo‘yishga majbur qiladi.

the Guardian
The supreme court just overturned Roe v Wade – what happens next?
Court’s move will allow more than half of states to ban abortion, with an immediate and enduring impact on tens of millions of Americans
👍1
Criminal Justice & Legal Paradigm
Bugun ko‘plab ekspertlar Roe v Wade case’ining Shtatlar Oliy sudi tominidan bekor qilinishini bu fundamental inson huquqlarining cheklanishi sifatida baholamoqda. Bu postda bahsli case’ning o‘zi haqida emas, balki biz mustaqil deb hisoblaydigan Shtatlar…
Sur’atda AQSh Oliy sudi sudyalari. Mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan argumentlardan biri bu prezidentlarning elektoral kollej tizimi orqali saylanishi mamlakat Oliy sudi landshaftining shunday shakllanishiga olib kelgan degan nuqtai-nazarning ilgari surilishi.
1992-yildan beri mamlakatda 8 marta prezidentlik saylovi bo‘lgan. Ana shu davrda, shu bilan birga, 8 ta Oliy sud sudyasi vakansiyasi paydo bo‘lgan. 8 ta saylovlarning atagi bittasida Reapublikachilar g‘alaba qozongan, ammo 8 ta vakant lavozimdan 5 tasiga Oliy sud sudyasi nomzodini ayanan shu partiya vakillari ilgari surgan. Oqibatda, Oliy sud konservator sudyalarning ko‘pchiligini o‘zida jamlab olgan institutga aylanib qolgan.

‘It is time, once again, that we test whether our historical critiques are productive or demobilizing. It is imperative that we knock on them to determine which are hollow and which are robust—which discourage and which nourish action. It is time, once again, that we do philosophy with a hammer.’
Bernard E. Harcourt
Isidor and Seville Sulzbacher Professor of Law and Professor of Political Science at Columbia University
@CJandLP
Bernard E. Harcourt
Isidor and Seville Sulzbacher Professor of Law and Professor of Political Science at Columbia University
@CJandLP
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sir Lindsay Hoyle va uning hamkasb parlamentarianlarini ayrim na’munali parlamentlarga mehmonga chaqrib ularni tartibga chaqirib qo‘yish kerak.
Banksy’ning 2009-yilgi ‘Rivojlanishdan ortga qaytgan Parlament’ (Devolved Parliament) nomli ishi esga tushib ketdi.