Fan va akademik integratsiya
Birlashgan Qirolliklarda qishloq hududlarida ayollarning jinoyatchilik bilan bog‘liq kechinmalari bo‘yicha dissertatsiya yozayotgan Ülkü Balcı tadqiqot olib borish etikasi haqida gapiribdi.
Albatta, bu tadqiqot olib borilayotgan kontekst bilan chambarchas bog‘liq. Muayyan jamiyatlardagi inqirozga kelib qolgan fan va ilmiy hamjamiyat boshqalarning ishlarni boshdan oyoq ko‘chirib/tarjima qilib (tarjimaning autentikligi alohida boshqa bir masala) unga da’vo qilishni normallashtirishi va hattoki, fasilitataiya qilishi bor gap.
Ilmiy diasporaga qadam qo‘yayotgan va olim bo‘lishga da’vo qiladiganlarning bunga bo‘lgan ichki munosabatlari o‘rganib ko‘rishga arzigulik mavzu.
Agar yozilgan ilmiy ish oxir-oqibatda keraksiz, foydasiz bo‘lsa, qolaversa, ilmiy daraja olganlar kelgusi avlodni akademik integratsiyalashuvidagi roli inobatga olinsa bunday ishlar individning o‘zigada va jamiyatga ham zarali.
@CJandLP

Barcha tadqiqotchilar o‘z viva’lari himoyasini mana shunday xursandchilik bilan nishonlashlariga tilakdoshmiz.
@CJandLP
@CJandLP
Shotlandiyaning Strathclyde universiteti Kriminologiya va Ijtimoiy siyosat mutaxassisligi bo’yicha magistratura dasturiga qabul e’lon qilgan.
Dastur doirasida post-sovet kriminologiyasi bo’yicha deyarli 30 yillik tajribaga ega bo’lgan Professor Laura Piacentini tomonidan modullar kiritilgan.
Dastur haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishish uchun havola: https://www.strath.ac.uk/courses/postgraduatetaught/criminologysocialpolicy/
Dastur uchun moliyalashtirish manbalari: https://www.strath.ac.uk/studywithus/scholarships/?nationality=Uzbekistan&level=Postgraduate%20Taught&subject=Social%20policy

www.strath.ac.uk
Scholarship & Funding Opportunities UK | University of Strathclyde
Find scholarship and funding opportunities with the University of Strathclyde - a multi-award-winning UK university. Join us at the place of useful learning.
Avstraliya Milliy universiteti tadqiqot markazlaridan birida Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar ham olib boriladi.
Markaz tadqiqotchilari MO mamlakatlari ilmiy tadqiqot amalga oshirish madaniyatining qadriyatlari qanday ekanligi yuzasidan istehzoli tanqid qoldiribdi.
Postni ko‘rib Qodiriyning mashhur poemasi esga tushib ketdi:
Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sotamiz.
O‘g‘limizg‘a na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,
Na xudoni buyrug‘i bulgan ulum o‘rgotamiz.
Korimiz shundan iborat bo‘ldi ushbu vaqtda,
O‘ntadin bedona boqib yozu qish sayrotamiz.
Hamda har kun takyalarda nasha ko‘knori chekib,
Bachchag‘a kokil solib, oh-voh ila o‘ynotamiz.
Qarimiz, boyonimiz, balki bu vaqt oqvondamiz,
Nogahon ko‘rsak agar bir besoqolni qotamiz.
O‘rtadan chiqsa agar millatni yaxshi suyguchi,
Biz ani dahriy sanab, to‘fangcha birla otamiz.
Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.

Minimalistik politsiya va vakolatlar chegarasi
Kolonializm/imperializm asoslari yemirilib yangi davlatlarning paydo bo’la boshlashi ana shu yangi davlatlar uchun politsiya tizimini qayta ko’rib chiqish masalasini kun tartibiga qo’ygan.
Dunyo bo’ylab keng tarqalgan politsiya modellari — ingliz va fransuzlar tomonidan yaratilgan modellar asosida — bugungi dunyodagi tarmoq landshaftini belgilab beradi.
Dastlabki, politsiya modeli bu fuqarolik politsiya ham deb nomlanadi. Ingliz politsiyasi o’zining minimalizmi va faoliyat markaziga tom ma’noda insonni qo’yishi bilan farqlanib turadi.
Keyingisi harbiylashgan model. U haqida gap ketganda ko’z oldimizda fransuz jandarmiyasi gavdalanadi.
Albatta, bu modellarning u yoki bu kontekstda qo’llanilishi va ularning muvaffaqiyati ko’plab faktorlarga bog’liq. Biroq, vakolatlar chegarsi anniq belgilanishi, poltisya xodimlari uchun individ bilan muloqotda minimum etika qoidalari bo’lishi darkor.
Fransuz olimi Michael Foucault o’zining ishlarida ‘[d]o not become enarmoured of power’ ya’ni kuchga (hokimiyat vakolatlari) mukkasidan ketib qolmaslikka chaqiradi.
‘Kurashilishi kerak bo‘lgan eng katta, strategik dushman’—deb yozadi Foucault ‘bu fashizmdir. Nafaqat tarixiy fashizm, Hitler va Mussolini fashizmi — olomon xohishini mobilizatsiya qila olgan va ulardan samarali foydalangan kuch — balki har birimizdagi, bizning miyyamizni qamrab olgan, kundalik xulq-atvorimizda namoyon bo’luvchi fashizm. Bizni kuchni sevishga undovchi, dominatsiya qilish va ekspulatatsiya qilishni xohlatuvchi fashizm.’
Ana shu nuqtai-nazardan vakolatlar chegarasi xoh u makro darajada bo’lsin, xoh mikro darajada vaqt o‘tishi bilan so’roq ostiga linishi uning qanchalik samara berayotganligi jamiyatlar oldidagi eng muhim masalalardan biri bo’lishi lozim.

👍1
Criminal Justice & Legal Paradigm
Saubona: Tiklovchi adliyaning Kanadacha dasturi Jinoyat va adliya ruknimizning navbatdagi mehmoni Kanadaning Sentennial kolleji (Centennial College) professori Margot van Slyutman. Prof. Slyutman’ning Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice…
📖 Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice Story
🧑💼 Ma’ruzachi: Margot Van Slyutman
🏛 Ish joyi/lavozimi: Sentennial kolleji professori, Kanada.
📆 Vaqti: 2-iyun, 2022-yil; soat 17:00
📍 Zoom
🔗 https://us06web.zoom.us/j/8651090549?pwd=-9QXAWJ75x6of3-L8S4sZ11zEjrmk1.1
Crime and Justice Series rukni doirasida navbatdagi mehmoni Prof. Slyutman bilan uning ilmiy ishi va umuman olganda tiklovchi adliya konsepsiyasi haqida fikr va mulohazalar yuritamiz.
#CrimeandJusticeSeries

Zoom Video
Join our Cloud HD Video Meeting
Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution…
Garchi ko’plab tanqidlarga uchragan, global miqiyosda og’ir oqibatlarga olib keluvchi qarorlar qabul qilgan bo’lsada Britaniyaning Leyboristlar partiyasi energetik, orolning siyosiy landshaftini o’zgartira olgan siyosiy duo’si bu Anthony Blair va Gordon Brown. Yangi Leyboristlar - Yangi Britaniya shiori ostida ular uzoq vaqt Ishchilar partiyasini keng elektoratdan qo’llab-quvvatlovini yutib olgan.
Har bir Huquq maktabi talabalari uchun must-watch hujjatli film: Blair & Brown: The New Labour Revolution.
Ortiqcha izohlarsiz filmni tomosha qilish va uni interpretatsiya qilishni sizlarning ixtiyoringizda qoldiraman.
P.S.: Hech qachon Oliy sudi bo’lmagan Birlashgan Qirolliklarda ana shunday institutini tashkil etish g’oyasi aynan mana shu partiya vakillari tomonidan ilgari surilgan.

YouTube
Blair & Brown The New Labour Revolution S01E01
Two young MPs, Tony Blair and Gordon Brown, are determined to modernise the Labour party against a backdrop of economic strife and dire election failures.
Criminal Justice & Legal Paradigm pinned «📖 Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice Story 🧑💼 Ma’ruzachi: Margot Van Slyutman 🏛 Ish joyi/lavozimi: Sentennial kolleji professori, Kanada. 📆 Vaqti: 2-iyun, 2022-yil; soat 17:00 📍 Zoom 🔗 https://us06web.zoom.us/j/8651090549?pwd=-9QXAWJ75x6of3…»
Criminal Justice & Legal Paradigm
📖 Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice Story 🧑💼 Ma’ruzachi: Margot Van Slyutman 🏛 Ish joyi/lavozimi: Sentennial kolleji professori, Kanada. 📆 Vaqti: 2-iyun, 2022-yil; soat 17:00 📍 Zoom 🔗 https://us06web.zoom.us/j/8651090549?pwd=-9QXAWJ75x6of3…
⏱Eslatma: Online ma’ruza boshlanishiga bir soat qoldi.
📑Ma’ruza davomidagi bir qator qoidalarni (house-keeping rules) eslatib o‘tmoqchiman.
Ma’ruza davomida ma’ruzachi va tinglovchilar o‘rtasida imkon qadar real kontakt o‘rnatish uchun Zoom kameralarini yoqib qo‘yish tavsiya etiladi. Bu ma’ruzachiga auditoriyani his qilishga yordam beradi.
Sizni tiklovchi adliya institutiga doir u yoki bu savol qiziqtirsa til barrieridan qat’i nazar savolni berishingiz mumkin. O‘zbek tilidagi savollar ma’ruzachiga tarjima qilib beriladi.

CrimeandJusticeSeries rukni doirasida bir qator sotsiolog, kriminolog va huquqshunos olimlar bilan bir necha suhabatlar tashkillashtirilishi ortidan talabalarni yangi loyihalarga jalb etish g‘oyasi paydo bo‘ldi.
Loyiha kriminologiya, jazo sotsiologiya va jinoiy adliya sohalarida chop etilgan fundamental ilmiy ishlarni ularning mualliflari yoki mualliflik huquqiga ega nashriyotlar bilan bog‘lanib rasman nashr etish huquqini olgan holda O‘zbek tiliga tarjima qilishdan iborat.
Agar siz xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqchi yoki xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritmoqchi bo‘lsangiz sizni ushbu loyida ishtirok etishga taklif etamiz. Bunday loyihalarda ishtirokingizni ko‘rsatuvchi CVingiz, albatta, sizning o‘qish/ish uchun tanlovlardagi ishtirokingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tarjima qilish uchun dastlabki pilot kitob Martin O’Brien va Majid Yar hammuallifligidagi Criminology: The Key Concepts ishi.
Jamoaga qo ‘shilish uchun talab:
Xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 7+ yoki unga tenglashtirilgan milliy sertifikat)
Agar loyihada ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, crimeandjusticepubs.uz@gmail.com pochta manziliga CV hamda IELTS sertifikatingizni ilova qilgan holda nima uchun bu loyihada ishtirok etmoqchiligingiz haqida qisqacha yo‘llanma xat (covering letter) yuborishingizni so‘raymiz.
Loyihada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish 24-iyun soat 23-00’gacha davom etadi.

O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta ilmiy tadqiqotchisi, Parijdagi ilmiy tadqiqot muasasasi ilmiy xodimi Dilnoza Duturaeva O‘zbekistonda yozgan doktorlik dissertatsiyasining bir qismi Brill nashriyot uyida nashr etilibdi.
Bunday yangiliklarni o‘qish garchi fanning umumiy ahvoliga havas qilib bo‘lmasada anchayin yoqimli.
Xalqaro miqiyosda ilmiy tadqiqot olib borib geografik mintaqaga oid tadqiqotlarni disseminatsiya qilishga urinayotgan va bunning uddasidan chiqayotgan milliy olimlarimiz qolganlarga benchmark bo‘lsa ne ajab?
Kitob Open Access: https://brill.com/view/title/61452

👍1👏1
Ishonch(sizlik) votumi va uning implikatsiyasi
Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Boris Johnson’ning huquq ustuvorligi (the rule of law) prinsiplaridan chekinishi, pandemiya cheklovlarni televediniya orqali e’lon qila turib o‘rnatilgan talablarni o‘zi va kabinet a’zolari tomonidan buzishi ortidan noroziliklar keng jamoatchilik va siyosiy doiralarda ham ortib ketgan edi.
Boris olib borayotgan siyosat nafaqat oppozitsiyachilar — Leyborist partiyasi — balki o‘z partiyadoshlari orasida ham noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
1/

Yuqoridagi kabi ommaviy noroziligini izhor etgan MP (Member of Parliament)lar soni uning partiya rahbari sifatidagi roliga ishonchsizlik ovozi (vote of confidence) chaqirish uchun yetarli deb topish uchun asos bo‘ladi.
Ommaviy ravishda Borisga nisbatan bildirilayotgan ishonchsizliklar tanganing bir tomoni, uning ikkinchi tomonida ana shunday ishonchsizlikni bildirayotgan boshqa MPlar yotadi.
Ular garchi o‘z noroziliklarini ommaviy e’lon qilmagan bo‘lsada bu Borisning yetakchiligiga (leadership) savollar yo‘q degan qarashga olib kelmasligi lozim.
Siyosiy fanlarda bu jarayon power corridors ya’ni kuch korridori deb nomlanadi. Bu shunday konsepsiyaki, unda muayyan kuch vakolatlariga ega bo‘lgan siyosiy aktorlar ana shunday kuch generatsiya qilinadigan institutlarda, biz muhokama qilayotgan misolda Westminster, kuchning yakuniy ko‘rinishi qanday bo‘lishi lozimligini muhokama qiladi.
Borisga ochiqchasiga e’tiroz bildirmagan uning partiyasi a’zolari ana shunday dinamika ishtirokchilariga aylanmoqda. Ya’ni kun tartibidagi masala Boris ortiq bizga yetakchilik qilishga loyiq emas degan masala muhokamasi.
Endilikda bu masala Konservativ partiyasining rasmiy kun tartibiga kiritildi.
Barchangizga mashhur-u ma’lum bo‘lgan Margaret Tatcher (Maggie) — sovetlar uni kamsitish uchun gazetalarda ‘temir xonim’ iborasini ishlatgan, ammo kutilmaganda bu uni izohlovchi so‘z birikmasiga aylangan — ham siyosiy kariyerasini ana shunday yakunlagan.
2/

Kecha Tory (Conservative) partiyasi a’zolari ishonchsizlik votumida yashirin ovoz berishda ishtirok edi.
Bosh vazir uchun ‘yashab qolish chegarasi’ 180 ta ovozni tashkil etar edi. Ya’ni Boris hukumatda qolishi uchun uning partiyasidan saylangan MP (deputat)larning 50%idan ortig‘i unga ishonch bildirishi talab etilar edi. So‘ngi saylov natijalariga ko‘ra Torylar Parlament’da 359 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Ovoz berish natijalari 211 ta ishonch va 148 ta ishonchsizlik ovozlari berildi. Garchi Boris ishonch votumini yutgan bo‘lsada, grafikdagi ilgari ana shunday holat qayd etgan Konservativ bosh vazirlarning natijalari ichida bu eng yomonlaridan biri.
Bundan tashqari, ana shunday ovozlarda yutib chiqish, shunchaki Bosh vazirlarning o‘z kursisini yana biroz muddatga ushlab tura olganligini ko‘rsatgan. Theresa May ishonch votumini yutib chiqqanidan 6 oy o‘tib, Margaret Thatcher esa bir necha kundan so‘ng postni tark etishga majbur bo‘lgan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parlament va hukumataro munosabat
Bir necha kun ilgari Moliya vazirning Oliy Majlis deputatlari oldidagi hisoboti jarayonida Palata deputati tomonida ko‘tarilgan savolga bergan javobi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mana bu video lavhada Birlashgan Qirollik Kansleri — moliya vaziri — Rishi Sunak Parlament qo‘mitasida Elektr energiyasi to‘lovlari uchun hukumat tomonidan amalga oshirlayotgan qo‘llab-quvvatlov doirasida savolga tutilgan.
Hukumat vakili va parlamentariylar o‘rtasidagi munosabatlarda albatta professionallik va etika qoidalariga rioya etish eng asosiy prinsiplardan bo‘lishi kerak.
Daniya vazirlaridan biri yaqinda hokimiyat vakolatlarini suiste’mol qilinishi ehtimolligini the Lord of the Rings’dagi uzuklardan birini taqib yurishga qiyoslagan:
‘You can carry it for a while, but you have to be careful not to have it for too long, because it will destroy your humanity. It will turn you into Gollum.’

Yangi Leyboristlar hukumati haqida va ular haqida tayyorlangan hujjatli film haqida post qoldirgan edi.
Birlashgan Qirollikning konstitutsiyaviy huquq va siyosatshunoslik bo‘yicha ekspertlari 2017-yilda Yangi Leyboristlarning hokimiyatga kelishining 20 yilligi munosabati bilan ular amalga oshirgan konstitutsiyaviy islohotlarning tabiati, bugungi Britaniyaga ta’siri, islohotlarning ustunlik va kamchiliklari haqida loyiha yaratish istagi paydo bo‘lgan.
Ham-mualliflar jamosi ishtirokidagi ish Hart nashriyoti tomonidan 2022-yil mart oyida The New Labour Constitution nomi ostida nashr etilibdi.
https://www.bloomsbury.com/uk/new-labour-constitution-9781509924646/
Kitobni sotib olish uchun 20% chegirma ham mavjud.
GLR A6AUK

Telegram
Criminal Justice & Legal Paradigm
Garchi ko’plab tanqidlarga uchragan, global miqiyosda og’ir oqibatlarga olib keluvchi qarorlar qabul qilgan bo’lsada Britaniyaning Leyboristlar partiyasi energetik, orolning siyosiy landshaftini o’zgartira olgan siyosiy duo’si bu Anthony Blair va Gordon Brown.…
Kyiv School of Economics (KSE) post-sovet mamlakatlaridagi eng ilg‘or ta’lim muassasalaridan biri.
Urush harakatlari davom etayotgan bir paytda Ukraina intellegentsiyasi ham front ham front ortidan turgan holda o‘zlarining akademik faoliyatini davom ettirayotgani albatta taqsinga sazovor.
P.S. Sur’atda Data-driven publishing nomli Yozgi maktab kurslaridan lavha. Darslar Iqtisodiyot maktabining shelterlarida olib borilmoqda.
📷 Tymofii Brik

Sakkiz yuz yetti yil. 1215-yil 15-iyun kuni ingliz monarxi Qirol John Magna Carta deb nomlangan tarixiy hujjatga imzo qo‘ygan. Aniqroq qilib aytganda, baronlar tomonidan qilingan bosim ana shunday natijaga olib kelgan.
O‘rta asrlarda Yevropa jumladan Angliya qirollari hokimiyatining cheklanmaganligidan tashqari monarxlar odatda hokimiyat vakolatlarini suiste’mol qilgan. Baronlarning mulklari tortib olingan, yangi urushlar oqibatida soliq yuklamalari oshishiga olib kelgan.
Magna Carta’ga asosan ingliz qiroli huzurida baronlardan iborat kengash ta’sis etiladi. Qirolga odil sudlovsiz baronlarni qatl etish taqiqlanadi. Bu zamonaviy demokratiyaning boshlanishi sifatida baholanadi.
Nemis sotsiologi Norbert Elias o‘zining Civilising Process nomli kitobida mazkur hodisani monarxlar va baronlarning bir-birini taqazo etishi deb izohlagan. Ya’ni baronlarsiz monarx ham, monarxsiz baronlar mamlakatni boshqara olmaydi.

Birlashgan Qirolliklarda aksariyat universitetlari professor-o‘qituvchilari mazkur o‘quv yilining katta qismini industrial action ya’ni ish tashlash bilan o‘tkazadi.
Nizoning asosini ish beruvchilar (uni administratsiyalari) tomonidan xodimlarning ish haqi va pensiyalarini qisqartirilishi bilan bog‘liq qaror tashkil etadi.
Ish tashlashdan ko‘zlangan maqsad esa University-College Union (UCU, Britanlar kasaba uyushmasi) mediatsiyasida administratsiya vakillari bilan muzokaralar stoliga o‘tirish.
Akademiklar solidarlik nuqtai-nazaridan boshqa universitetlardagi tashqi imtixon oluvchi (external examiner) maqomidan iste’fo ham bergan yoki baholash boykoti e’lon qilingan.
Garchi muayyan universitetlar muzokaraga kelgan bo‘lsa ayrimlari, masalan, Queen Mary University of London kabilar haq evaziga baholash uchun outsorsing xizmatidan foydalangan. Baholashning sifati esa ko‘pchilikni ‘lol’ qoldiradi.

Ijtimoiy muammolar: yechim qayerda? Andijonda maktab o ‘quvchilari tomonidan suitsidal xulq-atvor kuzatilayotganligi haqida Gazeta.uz’ning xabari tarqaldi. Xabarda bir nechta xatti-harakatlarning oldi olinganligi qayd etilgan. Bunday muammolar mutasaddilar…
Alistair Frasier va hamkasblari tomonidan voyaga yetmaganlar jinoyatchilgini oldini olish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishi natijasi haqida 5 daqiqali intervyu tayyorlanibdi.
@CJandLP
@CJandLP
YouTube
Public Health, Youth & Violence Reduction project introduction