Criminal Justice & Legal Paradigm
246 subscribers
385 photos
32 videos
1 file
158 links
Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.
Download Telegram
'Research Speed-Dating Event/Conference’ loyihalarida ishtirok etishda siz uchun asosiy barrier nima?
Anonymous Poll
35%
Fan sohasini chuqur bilmaslik
65%
Chet-tillarida kommunikatsiya qila olmaslik
Intro_Simon_Jonathon_Why_is_it_so_hard_to_shrink_the_carceral_state41.pdf
232.2 KB
Jonathan Simonning chop etilishi kutilayotgan yangi yakka mualliflikdagi monografiyasi kirish qismi bilan tanishish orqali uning 6-may kuni olib borgan ma’ruzasi mohiyatini tushinib olishga urinishingiz mumkin.

Muallifning roziligi bilan mazkur parchani sizlarning e’tiboringizga havola etamiz.

@CJandLP
Sur’atda Anna Gurinskaya

Anna Gurinskaya Huquqshunoslik doktori darajasiga ega. Hozirgi kunda Sankt Piterburug davlat universiteti Liberal san’at va fanlar kafedrasi dotsenti hamda Herzen davlat pedagogika universiteti professori.

U Rossiya federatsiyasidagi o’zining global hamkasblari bilan muloqot qiluvchi va global hamjamiyat e’tirof etiluvchi jurnallarda maqolalar chop etib borruvchi barmoq bilan sanarli rossiyalik kriminologlardan biri.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Sur’atda Anna Gurinskaya Anna Gurinskaya Huquqshunoslik doktori darajasiga ega. Hozirgi kunda Sankt Piterburug davlat universiteti Liberal san’at va fanlar kafedrasi dotsenti hamda Herzen davlat pedagogika universiteti professori. U Rossiya federatsiyasidagi…
Bir necha yillar ilgari uning Russian Criminology as ‘Terra-Incognita’ nomli maqolasini o’qigan edim. Ish ko’p jihatdan deyarli barcha Post-sovet mamlakatlarining kriminologiyasi tavfsifi bo’lishi mumkin. Quyida ushbu fikrlarni umumlashtirishga harakat qilaman.

Unitilgan Kriminologiya va izolyatsionizm

Gorbachyovning ‘qayta qurish’ dasturi olimlardan ideologik taqib va bosimni olib tashladi. Ko’plab tadqiqotchilar bu davrdan so’ng rus kriminologik maktabi o’zining 1920-yillardagi gullagan davriga qayta olishi va g’arb kriminologiya hamjamiyati bilan ‘ilmiy-bahs’lashuvlar qaytishiga umid bog’lashgan. Biroq, uch dekadali Post-sovet tarixida bu jarayon sust riojlanib, kriminologiya kelajagi mavhum bo’lib turibdi.

Tashqaridan qaraganda tarmoqda progress

🏫 Huquq maktablari: 52 tadan 1211 taga yetgan (Bizda muayyan muddatda huquq maktablari tugatilib yuridik ta'limning yakka monopoliyasi o‘rnatilgan edi).

👨‍🎓1989—2013 yillarda kriminologiya doirasida yoki qisman kriminologiyani o‘z ichiga qamrab olgan himoya qilingan dissertatsiyalar: 1566 ta

🏛 Rus kriminologiya assotsatsiyasi a'zolari: 1300. Taqqoslash uchun mazkur raqam Yevropa kriminologiya jamiyatining a’zolari miqdori bilan teng. Ammo, mazkur jamiyatda atagi 5 nafar rus kriminologi a’zo sifatida qayd etilgan.

Biroq

▪️Kriminologik tadiqot jurnallarini tahlili shuni ko’rsatadiki, mualliflik materaillarining aksariyati tasnfilovchi ahamiyatga ega bo’lib, siyosiy tashabbuslarga tanqidiy jihatdan yondashuvchi maqolalar sanoqli.

▪️Buyrokratik Oliy ta’lim vazirligi huquq maktablari o’quv rejasidan kriminologiya fanini chiqarib tashlagan.

▪️Boshqa ijtimoiy fanlar bilan solishtirilganda kriminologik kontentlarda muhim g’arb g’oyalari o’z aksini topmagan. Misol sifatida Kudryavstev va Eminov muallifligidagi 800 varaqli Kriminologiya darsligining atagi 6 beti xorijiy nazariyalar muhokamasiga bag’ishlangan.

Boloniya standardlari

▪️Ta’lim sohasida OTMlar o’ratasida raqobatni oshirish va ularning xalqaro hamjamiyatiga integratsiyasini ta’minlash maqsadida joriy etilgan Boloniya standardlari ta’lim tizimida haddan tashqari ortiqcha nazorat vositalari va institutsional buyrokratiyaning vujudga kelishi zamin yaratgan.

▪️Yuqori reyting indeksiga ega jurnallarda maqola chiqarish talabi va amaldagi tadqiqot olib borish metodologiyasida to'siqlar maqola chop etishda qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda.

Bu kabi muammolar shubhasiz bizning akademik doiralarni ham chetlab o’tgani yo’q. Hozir ham, nazarimda, turli reytinglar orqasidan quvish planida haqiqatda ilmiy ishlar va o’quv jarayonini sifat darajasiga e’tibor qaratish ikkinchi darajaga tushib qolmoqda.

@CJandLP
Criminal Justice & Legal Paradigm
Sur’atda Anna Gurinskaya Anna Gurinskaya Huquqshunoslik doktori darajasiga ega. Hozirgi kunda Sankt Piterburug davlat universiteti Liberal san’at va fanlar kafedrasi dotsenti hamda Herzen davlat pedagogika universiteti professori. U Rossiya federatsiyasidagi…
90-yillarda Rossiya Federatsiyasida kriminologiya rivojlanishining yangi bosqichi markazdan emas, balki periferiyalarda boshlangan.

Sankt-Piterburg, Volga-Neva, Saratovda yangi maktablar paydo bo‘lgan. Moskvadagi konservativ maktab vakillari va yangi maktablar o‘rtasida intellektual opponentlik shakllangan.

Rus kriminologiyasining kechasi, hoziri va kelajagi haqida mulohaza qilgan Annaxonim uning ertasiga juda pessimistik qaraydi.

@CJandLP
Jinoyat huquqi va qonunchiligida o‘z aksini topgan bir tushuncha bor — ijtimoiy xavf. Bu konstruksiya orqali post-sovet mamlakatlari jinoyat qonunchiligi jinoyatlarni tabaqalashtiradi.

Ijtimoiy xavf haqida fikr mushohada qilish bizni bir savolga qarab yetaklashi mumkin. Muayyan jinoiy qilmishlarning ijtimoiy xavfli yoki xavfli emasligini kim belgilaydi? Jamiyat a’zolari? Ularning vakillari? Sud?

Odatda global shimol kontekstida muayyan bir qilmish/harakat ommaviy-axborot vositalarida muhokama qilinadi (bu jamiyatda ahloqiy sarosima “moral panic” keltirib chiqaradi), vakillik qiluvchilar bunga darhol reaksiya bildiradi. Qonunchilik jarayonlari orqali qilmish kriminalizatsiya qilinishi yoki qattiqroq sanksiyalar orqali penalizatsiya qilinadi. Sud esa ana shu qonunchilik hujjatlarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlaydi.

Bu aksariyat hollarda yaxshi oqibatlarni keltirib chiqmagan. Shtatlar, Birlashgan Qirollik yoki Kontinental Yevropada jinoyatlarga qattiq javob berish (tough on crime) siyosati paydo bo‘lgan.

Shtatlar misolida bu elektoral doirani belgilash, ushlab qolish bilan izohlanadi. Ya’ni siyosiy kurash davomida nomzodlar elektoratga agar ular ovoz olsa yon-atrofda jinoyatchilikni kamaytirib berishni va’da beradi.

Qarama-qarshi ravishda post-sovet mintaqada ijtimoiy xavf odatda qonunchilik tashabbusini ilgari suruvchi organ tomonidan belgilab beriladi.

Har ikkala holatda ham muayyan kamchiliklar bor.

Masalani yechishning eng samarali formulasi ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish, jamiyatni, uning a’zolarini huquqqa bo‘lgan munosabatini o‘rganib ko‘rishdan iborat. Eng muhimi soliq to‘lovchilar soliqlaridan shakllangan mablag‘larni jinoyatchillikka qarshi kurashish, huquqni muhofaza qilish faoliyatini saqlab turish o‘rniga ijtimoiy sohalarga yo‘naltirish darkor.

P.S.: Savolga qaytadigan bo‘lsak jinoyat bu ijtimoiy qurilma (a crime is socially constructed) ya’ni zamon va makonga qarab muayyan qilmish jinoyat deb topiladi yoki jinoyatlar doirasidan chiqarib yuboriladi (de-kriminalizatsiya).

@CJandLP
👍2
21-22-may kunlari Qozog‘istonning Nazarboyev universiteti Harvard universitetining Davis Rus va Yevrosiyo tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Imperiya, koloniyalar va bilim mavzusidagi katta xalqaro konferensiya tashkil etmoqda.

Qiziquvchilar o‘ziga ma’qul kelgan ma’ruza/taqdimotni kuzatishi mumkin. Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Zoom havola:

https://nu-edu-kz.zoom.us/j/93463316481#success

@CJandLP
Anastasia Aiguzina, ‘Post-Soviet Flag’

@CJandLP
Post-sovet jamiyatlarida kapitalistik munosabatlarni o‘ziga xos, unikal formasa ildiz otishi post-sovet kriminologiyasida qudratlilar jinoyati (crimes of powerful) haqida fikr-mulohazalar yuritishni kun tartibiga olib chiqqan.

Amerika industrializatiyasining oltin davridagi biznes taykunlarni ifodalash uchun bosqinchi baronlar (robber barons) atamasi ishlatilgan. Ular o‘z faoliyatida noetik va monopolistik amaliyotlar bilan shug‘ullanish, korrupsion siyosiy ta’sir orqali biznes regulyatsiyalarni chetlab o‘tgan.

Sankt-Piterburgdagi Yevropa universiteti professori, Huquqni qo‘llash muammolari instituti (Институт проблем правоприменения) akademik direktori Vadim Volkovning Cornell University Press tomonidan 2002-yilda nashr etilgan Violent Entrepreneurs: the Use of Force in the Making of Russian Capitalism nomli mongrafiyasida aynan shu muammolarga bag‘ishlangan.

📷Credit: Stock Montage/Getty Images

@CJandLP
Transport inqirozi

Bugun ommaviy maydon xoh u televediniye bo‘lsin, xoh ijtimoiy tarmoqlar ekspertlardan tortib oddiy foydalanuvchilargacha shahar yo‘llari qanday bo‘lishi kerak? Harakatlanishning eng yuqori chegarasi qanday bo‘lishi lozim kabi turli bahs-munozaralarni kuzatishimiz mumkin.

Kimlardir shaharning yo‘llarini kengaytirish lozimligi haqida bong ursa boshqalar muayyan shaharlarga kirish chiqishning alohida tartibi bo‘lishi darkor deya o‘z nuqtai-nazarini bildiradi.

Kontinental Yevropa va kontinentdan Brexitlab ajralaib chiqqan Briton orollaridagi velosiped transporti advokatlari va ularga qarama-qarshi argument keltiruvchilar bahslarida ‘Biroq, biz Amsterdam emasmiz’ (‘but we aren’t Amsterdam!’) kontrargumentidan foydalaniladi.

Post 2-JU davrida Nederland shaharlaridagi industrial ‘bum’ avtomobil transportini asosiy harakatlanish vositasiga aylantirib qo‘ydi. Biroq, yo‘l-transport hodisalarining sonini oshib ketishi — 1971-yilda YTH oqibatlari 3,300 o‘lim va shu jumladan, 400 bola o‘limiga olib kelganidan so‘ng turli ijtimoiy harakatlar, ularning ichida eng mashhuri Stop de Kindermoord, vujudga keldi.

1973-yildagi neft inqirozi ortidan yoqilg‘i narxlarining oshishi ko‘plab Niderland shaharlarining veloixtisoslashuviga olib keldi. Siyosatchilar ijtimoiy harakatlar va global siyosiy vaziyatga moslashgan holda yangicha regulyatsiyalar ishlab chiqdi. Buning ortidan bugun Amaterdam velosiped poytaxtiga aylangan.

Albatta, islohotlar A Bottom-Up Approach ya’ni pastdan yuqoriga qarab ketganligi ham o‘ziga xos samarali effektga ega. Aks holda, Ashgobot effekti hosil bo‘lib (A Top-Down Approach) barcha yashil sport formalari va velosipedlarda Arqadag‘larning ortidan ergashib yuradi.

@CJandLP
Amsterdam, 1970-yillar.
📸 Urban Cycling Institute

@CJandLP
Stop de Kindermoord kompaniyasi vakillari 1972-yilda Amsterdam Vakillik uyida (qonun chiqaruvchi hokimiyati).

Photograph: Fotocollectie Anefo/Society for the Nationaal Archief

@CJandLP
👍1
Ijtimoiy muammolar: yechim qayerda?

Andijonda maktab o ‘quvchilari tomonidan suitsidal xulq-atvor kuzatilayotganligi haqida Gazeta.uz’ning xabari tarqaldi. Xabarda bir nechta xatti-harakatlarning oldi olinganligi qayd etilgan.

Bunday muammolar mutasaddilar tomonidan konventsional usullar orqali yechib bo’lmasligi tan olinib masalalarning yechilishiga unikal yondashilmas ekan jamiyatdagi ijtimoiy muammolar kengayishda davom etishi mumkin. Xo’sh, bunday muammolarni samarali yecha olgan yurisdiksiyalar mavjudmi? Ular buning uddasidan qanday chiqqan?

2005-yilda Glazgo JSST tomonidan Yepropa qotilliklar poytaxti (murder capital of Europe) deb yorliqlangan. 2004-yilda shahardagi 83 ta homisayd (qotillik, suitsid h.k.) qayd etilgan. Uyushgan jinoiy guruhlar ichkilikbozlik va o’tkir tig’li jismlar olib yurish (booze-and-blade culture) sub-kulturasi bilan nom chiqargan.

Muammo bilan ishlashdan charchagan politsiya masala haqida qayta bosh qotirib ko’rishga urinib zo’ravonlik bu ommaviy salomatlik muammosi degan falsafaga tayanishda boshlagan. Ya’ni kasallik insondan insonga yuqadi. Uning tarqalishini ushlab qolish uchun avvallo, kasallik yuquvchanligi, riski, simptomlari va sabablari haqida fikr yuritish darkor.

Shotlandlar ananaviy jazo chorlari bilan bir qatorda preventiv choralarga urg’u berishga katta e’tibor qaratgan. Ular kasalxonlarda ichkilikbozlikdan azaiyat chekkanlar, jazoni o’tab chiqqan shaxslarning ishga o’rnashishi uchun yordam berish bilan shug’illangan. Interventsionizm o’z effektini bermasdan qolmagan. So’nggi dekadada homisayd’lar darajasi 60%ga qisqargan.

Muammoga ommaviy salomatlik nuqtai-nazaridan yondashish g’oyasini o’rganish va fikr-almashish ishtiyoqi dunyoning turli hattoki Kanada yoki Yangi Zelandiyalik mutaxassislarning Shotland poytaxiga oqimini oshirgan.

Demak, Shotland hukumati muammoni yechish uchun

🔘 Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirgan. Xususan, Kriminologiya professori Susan McVie (University of Edinburgh) va Alistair Fraser Kriminologiya ma’ruzachisi (University of Glasgow). Ali’ning tadqiqoti haqida BBC 4 podkasti orqali eshitib ko’rishingiz mumkin;

🔘 Politsiya progressiv faoliyatida yondashuvni tadbiq etgan. Ular o’qituvchilar, sog’liqni-saqlash vakillari, ijtimoiy ish xodimlari bilan hamkorlik o’rnatib qo’shma interventsiyalar amalga oshirgan.

🔘 Bolalar va o’smirlar bilan ishlash dasturlari amaliyotga tadbiq etilgan.

P.S.: Albatta, Shotland modeliga universal yechim deb qarash yanglishmovchiliklar keltirib chiqaradi. Chunki, jinoyatchilikka ta’sir qiluvchi faktorlar juda ko’p. Sotsiologik emperik tadqiqotlar muammoning kounturlarini chizib berishi, ana shu chizgilar asosida potensial intervensionistik harakatlar yo’nalishi belgilanishi mumkin.

@CJandLP
👍1
Saubona: Tiklovchi adliyaning Kanadacha dasturi

Jinoyat va adliya ruknimizning navbatdagi mehmoni Kanadaning Sentennial kolleji (Centennial College) professori Margot van Slyutman.

Prof. Slyutman’ning Sawbonna: I See You. A Real Life Restorative Justice Story nomli kitobi ko’plab mukofotlarni qo’lga kiritgan hamda Kanada bo’ylab Tiklovchi adliya moduli uchun qo’llanma sifatida foydalaniladi.

Bundan tashqari, u The Forgiveness Project deb nomlanuvchi tiklovchi adliya loyihasi doirasida ishtirok etgan.

Ma’ruza ikki haftadan so’ng o’tkazilishi rejalashtirilgan.

#CrimeandJusticeSeries
@CJandLP
Fan va akademik integratsiya

Birlashgan Qirolliklarda qishloq hududlarida ayollarning jinoyatchilik bilan bog‘liq kechinmalari bo‘yicha dissertatsiya yozayotgan Ülkü Balcı tadqiqot olib borish etikasi haqida gapiribdi.

Albatta, bu tadqiqot olib borilayotgan kontekst bilan chambarchas bog‘liq. Muayyan jamiyatlardagi inqirozga kelib qolgan fan va ilmiy hamjamiyat boshqalarning ishlarni boshdan oyoq ko‘chirib/tarjima qilib (tarjimaning autentikligi alohida boshqa bir masala) unga da’vo qilishni normallashtirishi va hattoki, fasilitataiya qilishi bor gap.

Ilmiy diasporaga qadam qo‘yayotgan va olim bo‘lishga da’vo qiladiganlarning bunga bo‘lgan ichki munosabatlari o‘rganib ko‘rishga arzigulik mavzu.

Agar yozilgan ilmiy ish oxir-oqibatda keraksiz, foydasiz bo‘lsa, qolaversa, ilmiy daraja olganlar kelgusi avlodni akademik integratsiyalashuvidagi roli inobatga olinsa bunday ishlar individning o‘zigada va jamiyatga ham zarali.

@CJandLP
Barcha tadqiqotchilar o‘z viva’lari himoyasini mana shunday xursandchilik bilan nishonlashlariga tilakdoshmiz.

@CJandLP
Shotlandiyaning Strathclyde universiteti Kriminologiya va Ijtimoiy siyosat mutaxassisligi bo’yicha magistratura dasturiga qabul e’lon qilgan.

Dastur doirasida post-sovet kriminologiyasi bo’yicha deyarli 30 yillik tajribaga ega bo’lgan Professor Laura Piacentini tomonidan modullar kiritilgan.

Dastur haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan tanishish uchun havola: https://www.strath.ac.uk/courses/postgraduatetaught/criminologysocialpolicy/

Dastur uchun moliyalashtirish manbalari: https://www.strath.ac.uk/studywithus/scholarships/?nationality=Uzbekistan&level=Postgraduate%20Taught&subject=Social%20policy

@CJandLP
Avstraliya Milliy universiteti tadqiqot markazlaridan birida Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotlar ham olib boriladi.

Markaz tadqiqotchilari MO mamlakatlari ilmiy tadqiqot amalga oshirish madaniyatining qadriyatlari qanday ekanligi yuzasidan istehzoli tanqid qoldiribdi.

Postni ko‘rib Qodiriyning mashhur poemasi esga tushib ketdi:

Ko‘r bizning ahvolimiz, g‘aflatda qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog‘ida vijdonni pulg‘a sotamiz.

O‘g‘limizg‘a na adab, na fan, na yaxshi so‘ylamak,
Na xudoni buyrug‘i bulgan ulum o‘rgotamiz.

Korimiz shundan iborat bo‘ldi ushbu vaqtda,
O‘ntadin bedona boqib yozu qish sayrotamiz.

Hamda har kun takyalarda nasha ko‘knori chekib,
Bachchag‘a kokil solib, oh-voh ila o‘ynotamiz.

Qarimiz, boyonimiz, balki bu vaqt oqvondamiz,
Nogahon ko‘rsak agar bir besoqolni qotamiz.

O‘rtadan chiqsa agar millatni yaxshi suyguchi,
Biz ani dahriy sanab, to‘fangcha birla otamiz.

Kelingiz yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling,
Uxlaganlarni agar qodir esak uyg‘otamiz.


@CJandLP
Minimalistik politsiya va vakolatlar chegarasi

Kolonializm/imperializm asoslari yemirilib yangi davlatlarning paydo bo’la boshlashi ana shu yangi davlatlar uchun politsiya tizimini qayta ko’rib chiqish masalasini kun tartibiga qo’ygan.

Dunyo bo’ylab keng tarqalgan politsiya modellari — ingliz va fransuzlar tomonidan yaratilgan modellar asosida — bugungi dunyodagi tarmoq landshaftini belgilab beradi.

Dastlabki, politsiya modeli bu fuqarolik politsiya ham deb nomlanadi. Ingliz politsiyasi o’zining minimalizmi va faoliyat markaziga tom ma’noda insonni qo’yishi bilan farqlanib turadi.

Keyingisi harbiylashgan model. U haqida gap ketganda ko’z oldimizda fransuz jandarmiyasi gavdalanadi.

Albatta, bu modellarning u yoki bu kontekstda qo’llanilishi va ularning muvaffaqiyati ko’plab faktorlarga bog’liq. Biroq, vakolatlar chegarsi anniq belgilanishi, poltisya xodimlari uchun individ bilan muloqotda minimum etika qoidalari bo’lishi darkor.

Fransuz olimi Michael Foucault o’zining ishlarida ‘[d]o not become enarmoured of power’ ya’ni kuchga (hokimiyat vakolatlari) mukkasidan ketib qolmaslikka chaqiradi.

‘Kurashilishi kerak bo‘lgan eng katta, strategik dushman’—deb yozadi Foucault ‘bu fashizmdir. Nafaqat tarixiy fashizm, Hitler va Mussolini fashizmi — olomon xohishini mobilizatsiya qila olgan va ulardan samarali foydalangan kuch — balki har birimizdagi, bizning miyyamizni qamrab olgan, kundalik xulq-atvorimizda namoyon bo’luvchi fashizm. Bizni kuchni sevishga undovchi, dominatsiya qilish va ekspulatatsiya qilishni xohlatuvchi fashizm.’

Ana shu nuqtai-nazardan vakolatlar chegarasi xoh u makro darajada bo’lsin, xoh mikro darajada vaqt o‘tishi bilan so’roq ostiga linishi uning qanchalik samara berayotganligi jamiyatlar oldidagi eng muhim masalalardan biri bo’lishi lozim.

@CJandLP
👍1