Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.59K subscribers
34.3K photos
4.08K videos
17 files
14.8K links
Download Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda.

«Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman», — dedi Prezident.

Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).

Hisob-kitobga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).

❗️«Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
⚡️Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashmoqda. «Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib…
Tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi?

“Qattiq sovuq”dan qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar beriladi.

Jumladan:

2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;

29 mingta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya”siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;

quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;

nosoz uskunalarni taʼmirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;

27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1-aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);

davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar to‘xtatib turiladi;

ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10 foizdan chegirma beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Наманган вилоятига ташрифи Давлатобод туманидаги «Fazman tekstil» корхонасидан бошланди.

Визит Президента Шавката Мирзиёева в Наманганскую область начался с посещения предприятия «Fazman tekstil» в Давлатабадском районе.

#Mirziyoyev #safar #Namangan #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

Chirchiq shahridagi Vohid Haydarov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 22-uyning yerto‘lasidagi noqonuniy qurilish ishlari hududiy inspeksiya tomonidan bartaraf etildi (Foto)
__________________________________

Чирчиқ шаҳридаги Воҳид Ҳайдаров кўчасидаги кўп қаватли 22-уйнинг ертўласидаги ноқонуний қурилиш ишлари ҳудудий инспекция томонидан бартараф этилди (Фото)

🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳридаги “Баркамол авлод” кичик саноат ва тадбиркорлик зонасида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил малую промышленную и предпринимательскую зону «Баркамол авлод» в Намангане.

#Mirziyoyev #safar #Namangan #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter