𝘽𝙪𝙭𝙤𝙧𝙤 𝙫𝙞𝙡𝙤𝙮𝙖𝙩𝙞 𝙁𝙑𝘽/ УЧС Бухарской области
1.87K subscribers
15.8K photos
1.52K videos
13 files
5.05K links
Buxoro viloyati FVB rasmiy kanali

"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
📲 1️⃣0️⃣1️⃣
📲 1️⃣0️⃣5️⃣0️⃣
📝@BuxoroFVB_Matbuot
https://www.instagram.com/buxorofvb/
https://www.facebook.com/BuxoroFVB
https://www.youtube.com/@buxorofvb2128
Download Telegram
#Ёнғин

Бугун соат 20:04да Бухоро шаҳар, “Дилкушо” МФЙ, ҳудудидаги "БУХОРО ГАРДЕН ПЛАЗА" МЧЖ қарашли меҳмонхонанинг 6-қаватида жойлашган балкон кисмида 2 кв.м майдонда ўралган чодир (брезент)  қопламаси ёнаётганлиги тўғрисида Бухоро вилояти ФВБ навбатчи диспетчер хизматига хабар келиб тушди. Хабар юзасидан 2 та ёнғин қутқарув автоэкипажлари жалб этилди. Содир бўлган ёнғинни меҳмонхона ишчи хизматчилари томонидан ўчирилди. Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва  моддий зарари аниқланмоқда. Ёнғин оқибатида фуқароларнинг куйиш ва ҳалок бўлиш ҳолатлари қайд этилмади.

https://t.me/joinchat/AAAAAEoigWz6iodESNWGuw
⭐️⭐️NAVBATDAGI HARBIY UNVONLAR TOPShIRILDI.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining tеgishli farmoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi "lеytеnant" hamda "katta lеytеnant" harbiy unvonlarini topshirish tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda O'zbеkiston Rеspublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tеgishli buyruqlari asosida harbiy unvonlar o'z egalariga taqdim etilib, boshqarma rahbariyati tomonidan yosh lеytеnantlarga buyuk parvozlar, yurtiga, xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishda muvaffaqiyatlar tilab, yurtboshimiz va xalqimiz bildirayotgan katta ishonchni oqlashdеk mas'uliyatni his qilib xizmat qilish lozimligi alohida ta'kidlandi.

𝑩𝒖𝒙𝒐𝒓𝒐 𝒗𝒊𝒍𝒐𝒚𝒂𝒕𝒊 𝑭𝑽𝑩
𝑴𝒂𝒕𝒃𝒖𝒐𝒕 𝒙𝒊𝒛𝒎𝒂𝒕𝒊
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 9 MAY ~ XOTIRA VA QADRLASH KUNI!

🕯 BUXORO VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMASIDA XIZMAT QILGAN YURTNING FIDOYI O‘G‘LONLARI XOTIRASIGA BAG‘ISHLANADI...

🕯🕯 XOTIRA MUQADDAS!

Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.

Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi
Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga, har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli!

𝑩𝒖𝒙𝒐𝒓𝒐 𝒗𝒊𝒍𝒐𝒚𝒂𝒕𝒊 𝑭𝑽𝑩
𝑴𝒂𝒕𝒃𝒖𝒐𝒕 𝒙𝒊𝒛𝒎𝒂𝒕𝒊
"Inson qadri ulug‘ - Xotira muqaddas"

Bugun, Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan "Inson qadri ulug‘ - Xotira muqaddas" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqarma harbiy xizmatchilari ta'lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib, Vataniga xizmat qilib, o‘zidan keyin kelajak avlodga tinch va osoyishta hayot qoldirgan qahramonlar to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazmoqda.

𝐵𝑢𝑥𝑜𝑟𝑜 𝑣𝑖𝑙𝑜𝑦𝑎𝑡𝑖 𝐹𝑉𝐵 𝑟𝑎𝑠𝑚𝑖𝑦 𝑠𝑎𝑦𝑡𝑖
https://t.me/joinchat/AAAAAEoigWz6iodESNWGuw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент ОАВнинг жамиятдаги ўрнини эътироф этди

Бугунги кунда халқ овози ва фикрини кенг жамоатчиликка, давлат идоралари эътиборига олиб чиқаётган энг таъсирчан куч, бу – оммавий ахборот воситалари ва журналистлар экани таъкидланди.

𝐵𝑢𝑥𝑜𝑟𝑜 𝑣𝑖𝑙𝑜𝑦𝑎𝑡𝑖 𝐹𝑉𝐵 𝑟𝑎𝑠𝑚𝑖𝑦 𝑠𝑎𝑦𝑡𝑖
https://t.me/joinchat/AAAAAEoigWz6iodESNWGuw
Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлик мажмуасига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы и возложил цветы к мемориальному комплексу «Ода стойкости».

#Mirziyoyev #marosim #Xotiravaqadrlashkuni #yodgorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 9 may ~ Xotira va qadrlash kuni!

🔹 Aziz yurtdoshlar! 🔹

🌟 Sizlarni bayram bilan tabriklab, barchangizga ushbu kunda xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, ezgulik va farovonlik, omad, shodlik va ishlaringizda muvaffaqiyat, oilada mehr-muhabbat va hamjihatlik tilab qolamiz.
☀️ Osmonimiz musaffo, mamlakatimizda doimo tinchlik-totuvlik va do'stlik hukmronlik qilsin!
🤲 O‘tganlarni yod etib, yonimizdagilarni qadrlaylik! Zero bu o‘tkinchi dunyoda inson aziz, xotira muqaddas!

𝑩𝒖𝒙𝒐𝒓𝒐 𝒗𝒊𝒍𝒐𝒚𝒂𝒕𝒊 𝑭𝑽𝑩
𝑴𝒂𝒕𝒃𝒖𝒐𝒕 𝒙𝒊𝒛𝒎𝒂𝒕𝒊