"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
2.25K subscribers
25.1K photos
2.61K videos
552 files
11K links
''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi.
Creator: Navruz Saidov
Admin bilan aloqa: Matbuot kotib
@Suxrobbek_Xurshidovich
Download Telegram
🏛 Buxoro davlat texnika universitetining Gidrologiya va ekologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari va Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi bilan hamkorlikda keng ko'lamli ilmiy-amaliy tadqiqotlar bajarib kelinmoqda.
📕 Jumladan Ekologiya atrof muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari hamda Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun To’dako’l, Tozako’l va Uchlik suv taqsimlash inshootlarda o'quv tanushuv amaliyoti bo'lib, o'quv tanishuv amaliyoti davomida amaliyotchi-talabalar yo'nalishlarining turli jihatlarini o‘rganish, nazariy jihatdan o‘rganilgan jarayonlarni haqiqiy ish muhitida sinab ko‘rish, muammolarni hal qilishda ijodiy yondashish, shuningdek mas’uliyatni his qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. О‘quv tanishuv amaliyoti talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatib, vaqtni samarali boshqarish, ish jarayonini to'g'ri rejalashtirish kabi ko'nikmalarni shakillantirishda xizmat qiladi.
Bugun, 17-aprel kuni, Buxoro davlat texnika universiteti katta yig'ingohida milliy qadriyatlar oyligi doirasida "Milliy qadriyatlar-millat ma'naviyatining ko'zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Davra suhbatini rektor Sh.Imomov mehmonlarni tanishtirib, kirish so'zi bilan ochib berdilar.
Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abera Huseynova oʼzining ma'ruzasi davomida jamiyat, qadriyatlar, yoshlar, shu bilan birga, hozirgi globallashuv davrida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati haqida toʼxtalib oʼtdi.
Tadbirda fakultet xotin-qizlar bilan ishlash boʼlimi xodimi H.To'xtayeva mavzu doirasida maʼruza qildi.
Shuningdek, tadbir davomida talaba qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan faollik qilib tadbirning yuqori saviada o'tishiga munosib hissa qo'shdilar. Nadbir oxirida milliyligivizni aks ettiruvchi she'rlar, laparlar, aytishuvlar, milliy raqs va ashulalar ijro etildi.
Buxoro davlat texnika universitetining faxrli talabalari yana bir yutuqqa erishishdi!
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichida universitetimizning 2 nafar iqtidorli talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bu g‘alaba – bilim, mehnat va intilish natijasidir!
Talabalarimizga keyingi bosqichda ham ulkan zafarlar, bardavom ilhom va omad tilaymiz!

G‘alaba sari dadil qadamlar bilan!
Buxoroda "QOVUN O'G'RILARI" filmi premyerasi bo'lib o'tadi.

🎞 PREMYERA "QOVUN O'G'RILARI"

🔸 Buxoro shaxri MINOR SAVDO MAJMUASI kinoteatrida "QOVUN O'G'RILARI" filmi premyerasi bo'lib o'tadi

📆 19-aprel
19:00

🔹Tadbirda film ijodkorlari, Umid Umarov va Buxorolik taniqli blogerlar ham ishtirok etadilar.

📢 Barchangizni faollikka chorlaymiz!