BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
#ДИҚҚАТ_ТАНЛОВ!
#adiblar_hayotini_o`rganish

2021 yil 24 martdan 3 aprelga qadar @buxdu_5tashabbus rasmiy kanalida (@buxdu_5_tashabbus_bot ga ijodiy ishlar yuboriladi) universitet talaba-yoshlari o‘rtasida o‘zbek yozuvchisi, shoir, satirachi Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha quyida keltirilgan xesh-teglar asosida tanlov e’lon qilinadi:
1. #eng_yaxshi_rasm(yoki illyustratsiya),
2. #eng_yaxshi_parcha,
3. #eng_yaxshi_insho,
4. #eng_yaxshi_sher
5. #eng_yaxshi_chellendj_tashkilotchisi

TANLOVDA ISHTIROK ETISH TARTIBI
#ДИҚҚАТ_ТАНЛОВ!
#adiblar_hayotini_o`rganish

2021 yil 1 - 15 may kunlari @buxdu_5tashabbus rasmiy kanalida (@buxdu_5_tashabbus_bot ga kanalga chiqariladigan 2, 4, 5 yo`nalishdagi ijodiy ishlar yuboriladi) universitet talaba-yoshlari o‘rtasida O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodini o‘rganish bo‘yicha quyida keltirilgan xesh-teglar asosida tanlov e’lon qilinadi:
1. #eng_yaxshi_rasm(yoki illyustratsiya) – ijodiy ish kanalga berilmaydi,
2. #eng_yaxshi_parcha – ijodiy ish kanalga beriladi,
3. #eng_yaxshi_insho – ijodiy ish kanalga berilmaydi,
4. #eng_yaxshi_sher – ijodiy ish kanalga beriladi,
5. #eng_yaxshi_chellendj_tashkilotchisi - ijodiy ish kanalga beriladi.

👉👉👉👉TANLOVDA ISHTIROK ETISH TARTIBI

Ilk she'rin "Qushcha" ga atagan shoir,
Birinchi to‘plami "Mitti yulduz" dir,
Buyuk iste'dodning bir yelkasiga
Ulug‘ ijod dardin yuklagan taqdir!

Bir yelkada esa turmush tashvishi,
Farzandlik burchi-yu el-yurtning ishi,
Xalq uchun mustahkam tirgak bo‘lmoqlik,
Aslida eng oliy baxt emasmi shu?

Har bir yozgan bayti ko‘ngilga yaqin,
Kitobxon his etar yashamoq baxtin,
Hayotning mazmunin anglab boradi,
Yozgan satrlarin o‘qigan sayin!

Abdulla Oripov, she'riyat faxri,
Ijodi yorqindir Quyosh singari,
Hayotbaxsh misralar bilan barhayot
Shoirning yodi va butun ijodi!..

#buxdu_besh_tashabbus
#adiblar_hayotini_o‘rganish
#eng_yaxshi_sher

Erniyozova Yulduz
Buxoro davlat universiteti
maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti 9-2 btus 19-guruh talabasi
#Til_millat_kоzgusi
#buxdu_5tashabbus
#Eng_yaxshi_sher

O‘zbek-tilim iftixorimsan

Sen millat ruhisan,or-nomusisan,
Orzu-umidining namunasisan,
Barcha yosh avlodning kelajagisan,
O‘zbek-tilim iftixorimsan.

Sen bilan birdamdir millat,
Qalbimizda yo‘q yomon illat,
Bir-birimizni qilamiz izzat,
O‘zbek tilim shavkat-shonimsan.

Sen ila go‘dak dunyoni anglar,
Senga atab yozarlar she‘rlar,
Merossan Navoiydan bizga,
Ona tilim keraksan xalqqa.

Sen sabab yorqin bu dunyo,
Olamda ma‘no bor,hamda nur ziyo,
Senga atab yozyapman ash‘or,
Seni maqtashga qilibon qaror.
Buxoro viloyati
Shofirkon tumani
38-IDUMning 7-B sinf o‘quvchisi
Farhodova Nodira
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Eng_yaxshi_sher

Xotira abadiy

Oʻzbekning bekligi o'zligiga xos,
Derlarki, o'tmishsiz kelajak bo'lmas.
Har lahza shod boʻlsin ajdodlar ruhi,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Yodda qolar mangu sharafli nomlar,
Kelajak va tarix doim hamnafas.
O'tmishni unutish eng katta xato,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Mardlarning maydoni bu foniy dunyo,
Shohmi u, gadomi mansab muhimmas.
Jimgina kuzatar, bu borliq goʻyo,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Barkamol, qaddi tik kelajak avlod,
O'zligini anglab yetaolsa bas.
Tildanmas, ko'ngildan bong ursin sado,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Bugunga shunchaki erishilmagan,
Yurt uchun jon chekkan kimlar qasdma-qasd.
Ko'z yumib boʻlarmi, vijdon qoʻyarmi,
Xotira abadiy, qadr muqaddas!

ALIJON YOʻLDOSHEV BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI TALABASI
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Eng_yaxshi_sher

Tarix

Kechagi o'tmishga nazar tashlasak,
Yurak entikadi, bong urar g'urur.
Vatan deb jon bergan mardlarning ruhi,
Tarixdan, moziydan taratadi nur.

Ularni qandayin unutish mumkin?
Erkinlik, tinchlikning qurboni ular.
Vatanga sadoqat va muhabbatning,
Asl siymolari, sarboni ular.

Urush olib ketdi mingtalab jonni,
Onalarning bag'ri yonar lovillab.
Aka-ukalarsiz, og'ilsiz, yorsiz,
Minglab xonadonlar qoldi huvillab.

Ayovsiz, qonunsiz, daxshatli urush,
O'zbekning bekligin sindirolmadi.
Shirin jonni fido qildirlar ammo,
Vatanga sevgisin so'ndirolmadi.

Aslo bosh egmadik, taslim bo'lmadik,
Bugun jahon uzra qaddimiz tikdir.
Iftixor, matonat, sharafli-shonli,
Xotiralar bilan millat buyukdir.

✍️ Alijon Yoʻldoshev Tabiiy Fanlar Fakulteti 2-1 EkoKT-22 Talabasi