BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.46K subscribers
18.9K photos
5.07K videos
1.51K files
4.87K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
Download Telegram
#Koordinator_faoliyati
#Tabiiy_fanlar_yoshlar_ittifoqi

⚡️Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori B.Bafoyev tashabbusi bilan “Profilaktika kuni” tadbirlari doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ular o'rtasida “Ommaviy madaniyat” bilan bog'liq mafkuraviy tahdidlarning oldini olish maqsadida “Yoshlarni ommaviy madaniyatning zararli ta'sirlaridan himoya qilish”, mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📌Tadbirda universitet profilaktika inspektorlari mayor Sh.Qurbonov va leytenant Sh.Raxmatova talaba-yoshlar bilan hozirgi kunda sodir etilayotgan kiber jinoyatchilik, firibgarlik, talonchilik va ularni oldini olish haqida suhbatlashdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Oliy ta'lim muassasalarini o'rganish maqsadida jalb etilgan Respublika ishchi guruhi Buxoro davlat universitetida bo'ldi.

Universitetga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo'limi boshlig'i Raxmonov Shaxzod hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti ilmiy kotibi Suvonov Ilxom tashrif buyurib, ular tomonidan universitetdagi ma'naviy maʼrifiy jarayonlar, Yoshlar yetakchilari, "Qalqon" jamoatchilik guruhi va ularning faoliyati, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar, TTJ hamda ARM faoliyati atroflicha o'rganildi, shuningdek, taklif va tavsiyalar berildi.
#Besh_tashabbus
#sport_yōnalishi

⚡️Futbol boʻyicha fakultet "DEKAN KUBOGI" 1-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Oʻyini Fizika-matematika fakulteti dekani H.O.Joʻrayev ochib berdilar. Oʻyin qizgʻin bahslarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.
2-tur oʻyinlari ertaga soat 15:00 dan boshlanadi.
#Besh_tashabbus
#Zukko_kitobxon

❇️ Buxoro davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan bilimga chanqoq, zukko  talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan "Zukko kitobxon" intellektual o'yinining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

🙇‍♂️O'yinda Buxoro davlat universitetining iqtidorli hamda bilimga chanqoq talaba-yoshlari ishtirok etdi.

O'yin berilgan badiiy asar yuzasidan qizg'in bahs va munozalarga boy tarzda bo'lib o'tdi.

Ushbu tanlovni o'tkazishdan maqsad:
Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, yoshlarni bo'sh vaqtini samarali o'tkazish, adabiyotga muhabbat hissida tarbiyalashdan iborat.

Keyingi o'yinlarda ham faol bo'lishingizni kutib qolamiz!
⚡️⚡️⚡️ Buxoro davlat universiteti yozgi choyxonasida "Til bilimdonlari" shiori ostida intellektual zakovat o‘yini bo‘lib o‘tdi

Bizni kuzatishda davom eting....