BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
Insonda g‘urur bo‘lmasa.Uning qadri oyoq osti bo‘ladi.
Insonda sabr bo‘lmasa, Xar sinovga mag‘lub bo‘ladi.
Insonda xayo nomus bo‘lmasa,uning qiymati bo‘lmaydi.
Inson o‘zini yuksaklasa albatta uning o‘rni yuksak bo‘ladi...
TIL VA DIL...
(Xayot psixologiyasi)

“Bu muhim emas” deganimiz – kelishish uchun eng qisqa yo‘lni tanlashimizdir.
“Oldimda odamlar bor edi, shuning uchun telefonni ko‘tara olmadim” deganimiz – bu ovoz soxibiga nisbatan hech qanday iliqlik qolmaganida aytiladi.
“Sizdan hech narsa kutmayman!“, “Sizdan hech nima kerakmas” deganingiz, istagan narsangizni ololmasligingizga ko‘zingiz yetganida aytasiz.
“Men sovqotdim” deganingizda kimningdir issiq taftini kutib shu so‘zlarni aytasiz.
“Yashashni istamayman” deganingizda, kimdir sizga “Men uchun yasha” deyishini kutgan holda aytasiz.
“Boringizga shukur” deganingiz aslida “Men sizni yaxshi ko‘raman” deganingizdir, faqat bu so‘zni ochiq aytish andishasi mavjud.
Live stream scheduled for
Sog‘inch nima bilasizmi.
Sog‘inch dardin sezasizmi.
Sizga mushtoq insonlarni
Siz xam eslab turasizmi

Sog‘inch nima bilasizmi.
Sog‘inganda borasizmi
Mexr berib kutganlarni.
Siz xam eslab yurasizmi
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇https://t.me/buxdu_5tashabbus?voicechat=fa1f9983dae2e2967b👈👈👈👈👈👈👈👈👈👈👈👈👈👈👈👈

Loyihada alohida boshlovchi belgilanmagan. Odob va tartib bilan barcha oz istedodini namoyon etishi mumkin.

Barcha kuzatuvchilarni loyihada faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz.

ENG SARA IJODIY CHIQISHLAR LOYIHA YAKUNLANGANDAN SONG KEYINGI KUN KANALDA E`LON QILINADI.

Qobiliyat bobida tengi yo`q yoshlarni mazkur kanal va loyihada ishtirok etishlari uchun taklif eting

Bizni kuzatishda davom eting!
@buxdu_5tashabbus |📲Rasmiy kanali
Kitob o'qimang...

Kitobni shunchaki o'qish kerak emas. Uni ishlatish kerak.

Kitoblardagi maslahatlarni varaqlab o'tishdan foyda yo'q, agarda uni amalda qo'llamasangiz.

Bilish va amalda qo'llamaslik - bu bilmaslikdir.

Keling endi sarlavhani to'ldirib qo'yay: "Kitob o'qimang, uni ishlating"
Live stream finished (2 hours)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum

Xayrli tong, qadrdon...

Hayot kitoblarda bitilgan rivoyatlarga o‘xshaydi…

Har kuni yangi saxifa…

Bir beti mahzun kechsa…
Keyingi saxifasi quvonchga to‘la bo‘ladi…

Hayot sahifalarini varoqlayvering-da, Allohga tavakkal qiling, o‘zi shundoq ham qisqa hayotda zavqlanib yashang!

Har tong otar ekan, solih bandalar bu kunlarning g‘animat ekanligini, savobu yaxshiliklar qilib oxiratga ozuqa to‘plash imkoni ekanligini juda yaxshi biladilar!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Kumush qish-yilning eng ajoyib fasllaridan biri. Atrofdagi hamma narsani qor qoplaydi. Mana o‘lkamizga qish fasli ham kirib keldi. Kunlar qisqarib bormoqda. Biz bo‘lsa qor yog‘ishini intiqlik bilan kutyapmiz lekin hali qordan darak yo‘q. Qish faslida yilning ajoyib bayramlaridan biri, hamma intiqlik bilan kutadigan bayrami--YANGI YILni nishonlaymiz.
Mana 2021-yil ham o‘z nihoyasiga yetib kelmoqda. 2021-yil ham esda qolarli yillardan biri bo‘ldi. Hammada har xil taassurot qoldirdi. Hammadan ham ko‘proq 2021-yil talabalik baxtiga muyassar bo‘lganlar uchun juda ajoyib yil bo‘ldi. Yana kimdir esa bu baxtdan mosuvo bo‘ldi.
2022-yil yangi yilimiz ham hammamiz uchun baxtli, omadli yillardan biri bo‘lsin.
HAMMANI YAQINLASHIB KELAYOTGAN 2022-YIL BILAN CHIN QALBIMDAN TABRIKLAYMAN.

🎄
#5_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Mehmonova_Mohidil
#Tabiiy_fanlar_fakulteti

@Buxdu_5tashabbus
Qish.

Har bir faslning o'ziga yarasha ko'rki, diltortar betakrorligi bo'ladi. Qish fasli haqida so'zlar ekanmiz, avvalo ko'z oldimizga oppoq qor keladi...Albatta, qorsiz qish, qish emas...
Qish... Qor... bolaligimning takrorlanmas damlari yodimga tushdi... beg'ubor bolaligim... sho'x qiyqiriqlar... bolalarning shodon tabassumi...qorbo'ronlar va... qorbobo yasashga urinib, bir amallab yasab bo'lgach qo'llarim sovqotib qolgani keyin yasagan qorbobomga qarab baqirib yig'laganlarim... barcha barchasi xuddi kechagidek ko'z oldimda turibdi. Balki bu damlar sizlarga ham tanishdir... balki, siz ham bu xotiralarim orqali, unitilmas bolalik damlaringizning shirin xayolotida bir dam yashab ko'rgandirsiz...
Xa, bu damlar oppoq qor ustiga chizilgan nafis bahor gullariday betakror...

🎄
#6_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Eshqulova_Gulhayo
#maktabgacha_va_boshlang'ich_ta'lim_fakulteti_14-5BT_20 guruh_talabasi.

@Buxdu_5tashabbus
Katta orzular

Bazida katta orzular insonni qo'rqitadi. Bu orzular hech qachon amalga oshmaydigandek tuyuladi.

Lekin, bu qo'rquvlarni yengishning bir samarali yo'li bor.

Katta orzularni kichik qadamlarga bo'ling. Va qadam va qadam bu orzularni amalga oshiring.

Mana ko'rasiz bu mayda qadamlar bilan katta orzularingiz ham oson amalga oshadi.
Meni oshiq etgan fasl.

Fasl oʻzgaruvchanlik ifodasi.
Insonlarni oʻzgaruvchan tabiatiga monand o'zgaruvchi ketma-ketlik.
Inson oʻz tabiatidan kelib chiqib biror faslni sevadi.
Tanasiga, qalbiga, ruhiga orom beruvchi ketma-ketlikni izlaydi. Ushbu moʻjizalarni oʻzida jamlagan faslida qalbi orom topadi.
Mening bu adabiyotga oshiq qalbim esa bahorning yomgʻiri-yu betakror gullariga oshiq. Qishdan toliqib chiqqan yerlarga issiq mehr olib keladigan shoshqaloq yomgʻiriga oshiq. Toliqqan yer bagʻridan insonlar uchun otilib chiqadigan murgʻak maysalar-yu gullariga oshiq.
Sovuqning qahraton mehridan toliqqan yerlarga qaynoq mehr hadya qiladigan bahor fasli meni ham oʻziga mubtalo qilgan.
Sizni ham oʻz bagʻriga olib suygan oʻsha yomgʻir. Har safar yogʻganda shoshqaloqlik ila mehr ulashuvchi o'sha betakror tomchilar shaydosiman..
U endi ochilgan, endi hayotni koʻrgan ammo sevgi ulashib yer bag'riga oshiqqan o'sha jajji gulning xaridoriman.

Boshqa fasllarni yomon deya bilmayman. Ammo bahor faslini ulardan quyi qoʻya olmayman.
Menga erkinlikni hissini hadya etgan bu fasl singari qolganlar ham biror fasl shaydosi ekanligiga aminman.

Xo'sh, meni kuzatuvchi aziz kitobxon siz qaysi faslni xush koʻrasiz?

🎄
#7_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

Filologiya 6 11 rus20
Imomova Madina

@Buxdu_5tashabbus
O‘lkamizda kumush qish. Daraxtlar,yon-atrof ham uyquda. Ko‘kda erinibgina nur sochayotgan quyosh ham boshqacha,go‘yoki mayusgina jilmayiib turganday. Haa to‘g‘ri qish tinch - oppoqqina beg‘ubor fasl.Yilning sarhisob davri. Qish mo‘minning bahoridir.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bu faslning fazilati haqida:-,,Qish mo‘minning bahoridir, Kunduzi qisqa bo‘ladi ro‘za tutib oladi,kechasi uzun bo‘ladi tahajjudga turadi ‘‘ degan edilar.Mana nima uchun aynan kumush qishni yoqtiraman.
Qishni birinchi qor(garchi bizda kam yog‘gan bo‘lsa ham shukur bor🙂) va yangi yil bayramlarisiz tasvvur qilib bo‘lmaydi. Bir necha kun yog‘gan birinchi qor hammaga shodlik ulashdi. To‘g‘ri unchlik ko‘p yog‘madiyu insonlarni bir biriga mehr ulashishiga bir bahona bo‘ldi.Bir-biriga ulashilgan qorxatlar buning isbot dalilidir.Sharimizning har bir ko‘chalarida yangi yil shukuhi. Yangi yil kirib kelib eshik qoqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bayram tarovati bar bir o‘zgachadaaa🙂Yaqinlar bilan bir dasturxon atrofida to‘planish, ayniqsa hammamizni qalbimizdan joy egallab ulgurgan ,,UYDA YO‘G‘IZ " filimi va boshqa bir qancha bayramona dasturlarni popkorin yeb tamosha qilish maroqli-aaaa to‘g‘rimi?😌😇 . 2022-yil barchamizga baxt-omad, quvonch olib kelsin. 🤲🤲Baxtdan o‘zmizga qasr qurib, poydevorini esa ishonchdan mustahkam qilaylik. Yangi yilni tabassum, dadillik, yangi g‘oya va orzular bilan qarshi olaylik.Faqat orzular armon bo‘lib qolmasin☝️☝️☝️Yangi yilni yangi orzular bilan boshlashlik barchamizga nasib qilsin☃️🥰⛄️

🎄
#8_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

🎄# Qurbonova Lobar
🎄# Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 14-2BTK-20 guruh talabasi

@Buxdu_5tashabbus
Qanday qilib ko'p narsaga ulgursam bo'ladi?

Ko'pchilik insonlar faqatgina tinimsiz mehnat orqali ko'p ishga ulgurish mumkin deb o'ylashadi.

Aslida esa, gap faqatgina tinimsiz mehnatdagina emas.

Tinimsiz mehnat samaradorlikning 50% ni tashkil etadi. Qolgan foizlar quyidagicha taqsimlanadi:

7% - badan tarbiya
7% - to'g'ri ovqatlanish
16% - uyqu
20% - kichik tanaffus

Agar kun mobaynida qiladigan ishingiz juda ko'p bo'lsa, vaqti vaqti bilan kichik tanaffuslar oling. Miya faoliyatiga foydali ozuqalardan iste'mol qiling. Vaqti keganda biroz mizg'ib oling.

Bularning barchasi kun mobaynida sizning samadorligingiz yuqori darajada bo'lishini taminlaydi.
​Ибрат.

"Мени танидингизми?", деб ёши улуғларни қийнаманг ва хотираларини синаманг!

Салом беринг, исмингизни айтинг ва ўзингизни танитинг, бўлди. Улардаги тана оғриғини унутиш алами билан кучайтирманг!

Агар уларнинг хотираси хиёнат қилган бўлса, сизнинг одобингиз хиёнат қилмасин!

© Мубашшир Аҳмад
KUTILGAN BAYRAM

Yangi yil bu biz kutgan eng katta bayram. Yangi yil degani bu hayotimizga yangi hayot kelganini anglatadi . Albatta yangi yilda orzularimiz yangilanadi va koʼpayadi. Har bir orzu albatta ushaladi, men bunga ishonaman. Orzularimizni bizlar sabr toqat bilan kutamiz, ular albatta roʼyobga oshadi, bizlar orzularimiz ushalgandan soʼng yana yangi orzu topamiz va uni ushalishini kutamiz va u albatta yangi yil bayramida ushaladi . Bolalar esa juda umid qilib kutsalar albatta ushaladi, chunki yangi yil bu orzular ushaladigan makon orzularsiz oʼtib ketmaydigan bayram. Chunki xamma xattoki kattalar xam orzu qiladilar, yangi yilda ushalganda esa ular juda xursand boladilar orzularsiz- yangi yil yoʼq, yangi yilsiz- orzular yoʼq.

Yangi yil.

Mana kirib kelmoqda, yana yangi yil,
Quvonchdan porlasin, sof boʻlsin koʻngil.
Archa bezagini niyat qilib il,
Niyatlar ezgusi -ushalar bilgil.

Yangi yil bezagi, boʻladi archa,
Qoʻgʻirchoqlar ilinib, taqilar zarcha.
Atrofida toʻplanib sheʼr aytar barcha,
Osmondan sochilar, yogʻib qor parcha.

Ikki ming yigirma ikki kirib kel tezroq,
Koʻngillar,orzular, sendayin oppoq.
Ezgulik gʻolibdir,gʻolibdir har yil,
Yaxshiliklar koʻpaysin,koʻpaysin bu yil.

Yangi yil bizlarga bagʻrini ochsin,
Qalblar ham quvonchga limmo-lim toʻlsin.
Niyat qilgan insonlar roʻyobin koʻrsin,
Barchangizga yangi yil muborak boʻlsin!!!

🎄
#9_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Yodgorova_Gulchehra
#Tarix va madaniy meros fakulteti talabasi.


@Buxdu_5tashabbus
Qishning ko’rki!!! 🌨️🌨️🌨️
Olam naqadar go’zal,
Ertakdaman shu mahal.
Osmonlardan yog’ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Qish mening eng yoqtirgan faslim deyolmayman. Chunki har bir faslning o’z zahmati va tarovati bor. Men uchun har bir fasl qadrli va yoqimlidir. Bilasizmi, shunday insonlar borki, qishni, qorni yoqtiraman deyishadi-yu, sovuq va bo’ronli kunlarda: ”Uf! Zerikib ketdim;😌 Sovuq qotdim;😨 Internet yaxshi ishlamayapdi;😠Musqaymoq yegim kelyapdi;🍦Qaniydi, shu la’nati qish ⛈️tezroq o’tib ketsa-yu, yoz kelsa🏖️”- deyishadi. Yozda esa aksincha…🙃
Qish- mo’jizali fasl! Qishdagi sokinlik, yog’duli tunlar, laylak qor-u qiziqarli ertaklar men uchun ajoyibdir. Ammo bu hammasi emas. “Yangi yil” bazmi qishning asosiy ko’rkidir🌲🌲🌲. Kelinglar,bir tasavvur qilib ko’raylik… Siz issiqqina uyingizda,🌃oila a’zolaringiz bilan mashhur bola ,KEVIN🙋, qatnashgan filmni tomosha qilyapsiz. Bu orada Coca cola reklamasi bo’ldi. Siz deraza tomon yurdinggiz va oynadagi muzli naqshlarga ko’ziz tushdi. Jilmayib qo’ydinggiz. Derazani ochib, oppoq qorga burkangan atrofga nazar soldinggiz. Ko’kdan haliyam laylak qor tushmoqda.❄️❄️❄️ Osmonga qaradinggiz. Samoning rangi oq, binafsha va ko’k ranglarining qorishig’idan hosil bo’gandek. To’yib nafas oldinggiz va yana hayratlandinggiz!
Xulosa qiladigan bo’lsak, qishdagi hodisalar va oppoq laylak qorlar hayratlanishimizga sababchidir. Xona o’rtasidagi jimjimador bezaklar bilan bezatilgan katta archa🌲🌲🌲, soat 12:00 da bong urganida osmonni yoritib, insonda ajib hislarni uyg’otuvchi salyutlar🎆🎇🎆🎇 bazmi kishilarni zavqlantiradi, menimcha!!!

🎄
#10_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

6-3 Uzb-20- guruh talabasi Fayzullayeva Nilufar


@Buxdu_5tashabbus
#Qisqacha_So'rovnoma
#Fikringiz_Muhim
2021-yil yakunidagi so'nggi sarhisob qator tanlovlarga #Start bersak qatnashasizmi..? Sz ham o'zgacha tanlov kutayopsizmi rasmiy kanal administratorlaridan..?
Anonymous Poll
71%
Ha, albatta intiqlik bilan
29%
Ajoyib va qizarli tanlov bo'lishiga ishonaman
Seshanba kuni yakunlaymiz tanlovni..!
Natijalarni chorshanba kuni rasmiy kanalimizga e'lon qilamiz.
Taqdirlash offline (kitob+diplom)

Shoshiling, hali hanuz sizga g'oliblikni qo'lga kiritish uchun ajoyib va mega imkon bor..!