BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
Mana o‘tdi g‘animat bir kun,
Kimlar sezdi, kimlar sezmadi. 
Bu dunyoning baxt kemasida,
Kimlar kezdi kimlar kezmadi.
 
Yana bir kun o‘tdi, g‘animat, 
Ziyo olgan qalblar avjida. 
Nur tomonga intilmaganlar, 
Qolib ketdi g‘aflat qunjida. 

Yangi kun keladi, u xam g‘animat. 
Tilagim Haq tomon, intilib qoling. 
Chiqarib yurakdan benaf olovni,
O‘rniga ilm-u gavharni soling!


Oqshomingiz xayrli bo‘lsin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan birga bo‘ling
"AYOLNING JONI QIRQTA"

Besh farzandni o‘stirish, erning ovqatini tayyorlash, kir yuvish, non yopib, o‘tin tashish, hovli chekkasiga ikkitagina xona solganda eriga qo‘shilib loy tepish, g‘isht qo‘yishdan tortib qaynona, qayin-bo‘yinlarning xizmatini qilish ham uning zimmasida edi. Eriga har zamonda “do‘xtirga ko‘rinsammikan, bel qurg‘ur og‘riyapti” desa, eshitadigani bir gap bo‘lardi: “O‘lmaysan, ayolning joni qirqta...”
Ayol tishini tishiga bosib chidadi. Kasal bo‘lishga uning haqi yo‘q, axir, ayolning joni qirqqa.
Kutilmaganda yotib qoldi. Qishloqdagi tabibning giyohlari ham yordam bermadi. Uni viloyat markazidagi shifoxonaga olib borishdi. Kun sayin ahvoli og‘irlashaverdi. Shifokorlar erini chaqirib, uyga olib ketish kerakligini aytishdi: “Juda kech olib kelgansizlar, kasallik tanani yemirib bo‘lgan...”
“Tez yordam” mashinasida xotinining boshini tizzasiga qo‘yib ketayotgan erkak ko‘zlari ich-ichiga botib ketgan ayolga qarab yig‘lab yubordi:
- Onasi, ko‘zingni och, sen bizga keraksan. Hali ko‘p yashashing kerak, bolalarni katta qilish, ularni uyli-joyli qilish kerak. Ko‘zingni och, onasi, axir, sen ayolsan, ayolning joni qirqta...
Hayot shami tobora so‘nib borayotgan ayol ko‘zlarini bazo‘r ochdi. Qaltiroq barmoqlari erining kuchli qo‘llaridan tutdi. Siniq jilmaydi.
- Dadasi, bolalarni sizga, sizni xudoning panohiga topshirdim. Qizlarimga bir gapni tayin va tayin ayting: o‘zlarini asrashsin. Ayting– ayolning joni qirqqta emas ekan. Uning ham birgina joni bor ekan. Shu jonni avaylab-asrash kerak ekan. Bo‘lmasa...
U so‘zini tugatolmadi. Qirqinchi joni uyiga yetishga bir necha qadam qolganda tugab qolgandi...
Xafagarchilikning psixosomatikasi

Aftidan, xafagarchilik bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallik yo‘q. Aniqroq aytsak, kasalliklar siz shikoyatingiz bilan nima qilishingizga bog‘liq, shikoyat hamma muammoning asosiy manbai, shu jumladan, katta portlash va hatto kassadagi navbatning ham.

Masalan:
1. Umumiy ongsiz g‘azab:
"Ichim adoi tamom bo‘ldi", "Hayotimni zaharladi", "O‘lguday charchadim" - onkologiya;

2. Shikoyatlarni yuklab olish va to‘plash:
"Sabr kosam to‘lib ketdi", "Ichimda qirindi qoldi", "Qalbimda tosh bor" - buyrak-tosh kasalliklari;

3. Aytilmagan xafagarchilik:
"Tomog‘imga nimadir turibdi", "Tomoqqa suyakdek tiqildi", "Bo‘g‘ilib ketdim" - angina va laringit;

4. Haqiqatga tik qarashni istamaslik:
"Ko‘rgani ko‘zim yo‘q", "Ko‘rish og‘ir bo‘lyapti" - ko‘rish qobiliyati buzilishi, katarakta, glaukoma;

5. Manipulyativ xafagarchilik:
"Yuragim portlab ketay deyapti",
"Yurakka pichoqday qadaldi" - yurak-qon tomir tizimidagi buzilishlar;

6. Haqsiz tanqid va hujumlardan himoyalanish:
"Oyog‘imga bolta urdi", "Oyoq-qo‘lim akashak bo‘lib qoldi", "Qo‘l-oyoqsiz qoldirdi" - artrit;

7. Ota-onalarni nazorat qilishidan norozilik:
"Meniyam haqqim bor", "Men bilan ham hisoblashish kerak" - semirish;

8. Tuyg‘ularni ifodalashga taqiq:
"Hiqildog‘imga keldi", "Ko‘rsam ko‘nglim ayniydi", "Toqatim toq bo‘ldi" - anoreksiya;

9. O‘zingizni shaxs sifatida ifoda etishni taqiqlash:
"Nafasim qaytib ketdi",
"Bo‘g‘ilib ketdim"- bronxit va bronxial astma;

10. Xudbinlik va sherikni qabul qilishni istamaslik:
"Hazm qila olmayman", "Qon qilib yubordi" - jigar va oshqozon kasalliklari;

11. Doimiy boshqariladigan salbiy hissiyotlar:
"Jonimga tegdi", "Sabrim tugadi" - gipertoniya.

O‘zingizning xafagarchiligingizni topdingizmi?
Assalomu aleykum.

Quyoshning shu’lasi yerni yoritar,
Bir og‘iz shirin so‘z dilni yoritar.
Sevinch yoshartirar, qayg‘u qaritar,
Doim kulib yuring, sizga yarashar!

Shanba tongi muborak bo‘lsin Azizlar!!!

Boshlangan yana bir munavvar kun barchamizga muborak bo‘lsin, doyimo dilingiz shod va vijdoningiz pok, iymoningiz but bo‘lsin!

Alloh barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bersin! Yaqinlaringizga mehringiz ila xush kayfiyatlar ulashing... Kuningiz quvonchga boy va fayzu barokatli bo‘lsin!

«Boringga shukr, Alloh rozi boʻlsin » jumlasi lugʻatingizning eng boshida tursin..!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan birga bo‘ling
Yurtim

Eh, qanday go'zal bu -olam,
So'zlashga ojiz aslida qalam
Insonni yengolmas qalbdagi alam,
Eh,qanday mehribon,mushtipar onam.

Kezaman olamni ko'rib jahonni,
Bilaman dunyoning past-u balandin.
Bilimdon-u zukko , ilgʻor yoshlarni
Bunyodkor diyor-u farovon yurtni.

Yurtimning borligʻi so'lim Buxoro,
O'zbekiston diyorim olamda tanho
Yurtim suyar dunyo ham zero,
Yurtga xiyonatkorning yuzlari qaro.

Yurtim jannatmakon o'zing qara boq,
Hatto osmoni ham musaffo va pok.
Dalalar maysazor,yam-yashil yaproq,
Bagʻri keng xalqimning qalbi har dam pok.

@buxdu_besh_tashabbus
#hilpira_bayrogʻim
@eng_yaxshi_sher

Buxoro davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti talabasi Yodgorova Gulchehra
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hilpira_bayroğim
#Buxdu_5tashabbus
#Tanlovga
Курбанова Жасмин
факультет русской философии
Бухарский государственный университет
группа 6-4рус20

@Buxdu_5tashabbus
Vatan
Musaffo osmoni tonglari go'zal
Beg'ubor havosi shomlari go'zal
Tarixi ming yillik abadiy, azal
Insonlari so'zida bol-u asal

O'zbek elim,jon dilim, ulug' elim
Sening ta'rifingda burodir tilim
Seni deb urmasa yurakmas dilim
Sendek vafodorim aytgin bor kimim

Vatanim go'zaldir chaman bog'laring
Osmonga tutashdir baland tog'laring
Bag'ringda dushman tig'idin dog'laring
Doston bo'lgay tillarda baxt chog'laring

Yayrab, o'sib, ulg'aydik quchog'ingda
Madh etib sayrar bulbul chorbog'ingda
Bizlarni sen asrar bo'lding qarog'ingda
Olovlaring so'nmasin o'chog'ingda

Seni sevdik, sevar bo'ldik jon qadar
Sen misli yoritguvchi shams-u qamar
Ko'zim ochib boqanimda har sahar
Vatan sensiz bilsang hayotdir zahar

Bag'rikeng, azizsan,suyuksan, Vatan
Sen barbir hammadan buyuksan, Vatan
Sen jonimsan sensiz xarobdir bu-tan
Mening ichimdagi menimsan, Vatan.

#Hilpira_bayrog'im
#Vatanimni_sevaman
#buxdu_besh_tashabbus

BuDU Filalogiya fakulteti 6.2 uzb 21-guruh talabasi Ne'matova
Parizod.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩🏻‍💼 Baxtiyarova Tolg'anay
🏛Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumani 2-sonli kasb hunar maktabi 2-kurs oquvchisi
#Hilpira_bayroĝim
#vatanimni_kuylayman