BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
TIL VA DIL...
(Xayot psixologiyasi)

“Bu muhim emas” deganimiz – kelishish uchun eng qisqa yo‘lni tanlashimizdir.
“Oldimda odamlar bor edi, shuning uchun telefonni ko‘tara olmadim” deganimiz – bu ovoz soxibiga nisbatan hech qanday iliqlik qolmaganida aytiladi.
“Sizdan hech narsa kutmayman!“, “Sizdan hech nima kerakmas” deganingiz, istagan narsangizni ololmasligingizga ko‘zingiz yetganida aytasiz.
“Men sovqotdim” deganingizda kimningdir issiq taftini kutib shu so‘zlarni aytasiz.
“Yashashni istamayman” deganingizda, kimdir sizga “Men uchun yasha” deyishini kutgan holda aytasiz.
“Boringizga shukur” deganingiz aslida “Men sizni yaxshi ko‘raman” deganingizdir, faqat bu so‘zni ochiq aytish andishasi mavjud.
💫🇺🇿💫🇺🇿💫🇺🇿💫🇺🇿💫🇺🇿💫🇺🇿💫🇺🇿💫

🤩 Ilmga chanqoq, qalbi adabiyot va san'atga oshno yoshlar diqqatiga.

#Mana_siz_kutgan_Loyiha
#Ijodkorlar_safimizga_Qõshiling

Õzbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligini 30 yilligi munosabati bilan #Hilpira_Bayrog'im nomli loyihaga #start berildi.

🎯 Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan har bir qatnashchi o‘zining vatanni va vatanimiz ramzlarini madh etuvchi ijodiy ishlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha

🎤#Vatanimni_kuylayman ( Vatan haqidagi qo‘shiqlar jonli ijroda)
🎶 #Vatanimni_sevaman ( O‘z qalamingizga mansub vatan haqidagi she'rlar)
🌈#Ranglar_Jilosida_Mening_Vatanim (Mo'yqalam sohiblari uchun)

👨🏻‍💼👩🏻‍💼 Ism familiya
🏛🏦 O‘qish yoki ish joyi bilan birgalikda
#Hilpira_bayroĝim
#ijodiy_ish_Yo'nalishi..!

📬 Bizga yuborishi kerak bo‘ladi:
📱 @buxdu_5_tashabbus_bot

📆 Ijodiy ishlar joriy yilning 15.11.2021 sanasigacha qabul qilinadi.

🏆 3 nafar g‘oliblar hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

🏅 G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom va badiiy kitoblar to'plami bilan taqdirlanadilar.

💻 Ijodiy ishlar t.me/Buxdu_5tashabbus rasmiy kanaliga joylab boriladi.

♻️ Bizning rasmiy kanalimiz:
https://t.me/Buxdu_5tashabbus
📣DIQQAT TANLOV!

🔴Qadrli talaba-yoshlar!

1 DEKABR - XALQARO OITSGA QARSHI KURASH KUNI MUNOSABATI BILAN "OITSSIZ_KELAJAK:_SARI" SHIORI OSTIDA QUYIDAGI NOMINATSIYALARDA @MANAVIYATLIINSONLAR KANALIDA ONLAYN HAMDA OFLAYN TANLOV E'LON QILINADI.

🖍1. Eng yaxshi plakat( plakatda OITSga qarshi kurashishni targ'ib etishga qaratilgan ma'lumot yoritilishi kerak)-OFLAYN Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limiga taqdim etiladi.

📽2. Eng yaxshi videorolik ( rolikda yoshlar orasida OITSning kelib chiqish sabablari,oqibatlari va oldini olishga qaratilgan targ'ibot materiallari yoritilishi kerak)-ONLAYN @Yoshlar_bilan_ishlash_bot botga yuboriladi.

Ishlar 25.11.2021. soat 18-00 gacha qabul qilinadi.

G‘OLIBLAR DIPLOM VA BADIIY KITOBLAR BILAN OFLAYN TAQDIRLANADI.

📮Tanlovga yuborish tartibi:

videorolik (mp4- 50 mb dan oshmagan hajmda)

#OITSSIZ_KELAJAK_SARI
#ENG_YAXSHI_VIDEOROLIK

muallif FISH
Ish o`rni (BuxDU .... fakultet, kafedra, guruh)

🇸🇱@MANAVIYATLIINSONLAR
📣DIQQAT TANLOV!

17 NOYABR - XALQARO TALABALAR KUNI MUNOSABATI BILAN "KELING, VATANIMIZGA QANOT BO‘LAYLIK" SHIORI OSTIDA QUYIDAGI NOMINATSIYALARDA @BuxDU_5tashabbus KANALI TOMONIDAN ONLAYN HAMDA OFLAYN TANLOV E'LON QILINADI.

🖍1. Eng yaxshi plakat (plakatda talaba bo‘lishning imkoniyatlarini targ'ib etishga qaratilgan ma'lumot yoritilishi kerak) - OFLAYN Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limiga taqdim etiladi.
📽2. Shahrimning men uchun qadrli joylari (lavhada Buxoro shahridagi talabalar uchun eng qadrli bolgan joylarni yoritish va aynan nima uchun qadrli ekanligini lavhada bayon etish)
🔖3. Besh tashabbus doirasida eng yaxshi tanlov tashkilotchisi (tanlov OFLAYN tarzda tashkil etilishi hamda matbuotda yoritilishi lozim).

Ishlar 15.11.2021. soat 18-00 gacha qabul qilinadi

G‘OLIBLARGA DIPLOM VA KITOB BERILADI

📠Tanlovga yuborish tartibi:

videorolik (mp4- 50 mb dan oshmagan hajmda)

#KELING_VATANIMIZGA_QANOT_BO‘LAYLIK
#Eng_yaxshi_videorolik

muallif FISH
Ish orni (BuxDU, fakultet, kafedra, guruh)

🇸🇱@BuxDU_5tashabbus
Kitobxonlar Klubining navbatdagi sovrinli loyihasiga #start beramizmi..?
Qatnashadiganlar bormi..?
Taqdirlash offline (kitob+ diplom+a'zolik Guvohnomasi) ‼️Qani kettik loyiha bo'lishini xoxlovchilar soni 300 taga borganda yangi loyihaga start beramiza.
Anonymous Poll
90%
Ha albatta intiqlik bilan kutayopman
10%
Sovrinli loyiha kerakmas
🇺🇿Hilpira bayrog'im🇺🇿

O'zbegimga toj erur,
O'zbekiston bayrog'i.
Osmonda hilpiraydi,
Vatanimning g'ururi.

O'n ikki burj yulduzi
Millatimning yuzidir.
Yangi hilol - yangi oy
Yangi O'zbekistondir.

Qizil rangi bobolarim,
Tomirdagi qonidir.
Moviy rangi zamindagi
Tinchligimning ramzidir.

Oq rangi, oq niyati
Oq qalbidan dalolat.
Xalqimning sharaf-shoni
Oq rangida chambarchas.

Yashil rangi olamdagi
Yashillikning ramzidir.
Go'zal yurtim bayrog'i
Vatanimga nomusdir.

O'zbegimga toj erur
O'zbekiston bayrog'i.
Osmonda hilpirayver,
El-u yurtim g'ururi.

#Hilpira_bayrog'im
#Vatanimni_sevaman

BuxDU filologiya fakulteti
6-3Uzb-20-guruh talabasi
Vayisova Dilnurabonu

@buxdu_5tashabbus🇺🇿
Tuproq olsang oltin bo'lar hovuchingda
Ichgan suving Ming bir dardga davo bo'lar
Allomalar qoni oqar vujudingda
Ko'zing nurga umring shirin baxtga to'lar

Tiniq osmon oftob kulgan serquyosh yurt
Cho'p qadasa daraxt bo'lar tuproģiga
Dasturxondan arimaydi Baraka qut
Vatan Mehrin his qilasan quchoģida


Yurtim tuģing hilpiraydi yuksaklarda
Madhiyamiz dunyo uzra yangrar bugun
Yurtim madhing bugun doston ertaklarda
Vatan seni qarshi oldi butun ochun!!!!!!!
#buxdu_besh_tashabbus
#hilpira_bayrog'im
#eng_yaxshi_she'r
Dilfuza Baxshilloyeva
Buxoro davlat universiteti
Agronomiya va biotexnologiya fakulteti 13 2 bio 18 guruh talabasi
#Hilpira_bayrog'im
#Ranglar_Jilosida_Mening_Vatanim
Shokiraliyev Asliddin Jamoliddin o'g'li

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Tasviriy sa'nat va muhandislik grafikasi yo'nalishi 3-bosqich talabasi.
#Vatanimni_sevaman
ONA VATAN
Ona Vatan-bizga sening noming aziz,
Tuproģing-u hatto zarra soying aziz,
Har lahzada seni jondan sevamiz biz,
Ona Vatan seni asrab avaylaymiz,
To sònggacha himoyangga chiqamiz biz!
****************
Tuģildik biz quchoģingda gòdak bòlib,
Ulģaytirding, ulģaydik biz kuchga tòlib,
Òqitding sen dunyo ilmin barin berib,
Bergan ishonchingni oqlab yuramiz biz,
Oxirgacha himoyangga chiqamiz biz!
************
Bu kunlarga kimlar yetgan,kim yetmagan,
Necha inson qonlar to'kib,jon bermagan?!
Ona Vatan sening uchun qurbon bo'lgan,
Qahramonlar uchun faqat yuksalamiz!
To so'nggacha himoyangga chiqamiz biz!
*************
Biz uchun bu tuprog'ing oltin zarrasi,
Buloqlaring,daryolaring zar chashmasi,
Musaffo osmoning-erkinlik nafasi,
Dorilomon bu kunlarni qadrlaymiz,
Oxirgacha himoyangga chiqamiz biz!
********
Boboxonova Shahlo
BuxDU,maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti,14-1BT-20 guruh talabasi #Hilpira_bayroĝim
#Ijodiy_she'r
Audio
#Hilpira_bayroĝim
#Vatanimni_kuylayman

BuxDU Tabiiy fanlar fakulteti
2-1 eco 20 guruh talabasi Bafoyev Bekzod
Ikki narsa seni aslida kimligingni aniqlab beradi:

– Hech vaqong bo‘lmagandagi sabring.
– Hamma narsang bo‘lgandagi axloqing.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Bir ayol 20 dinor pulini yo‘qotib qo‘yib, ko‘chaga quyidagicha e’lon ilib qo‘ydi:
«Men 20 dinor pulimni yo‘qotib qo‘ydim. Kim uni topib olsa, falon manzildagi falon xonadonga qaytarsin, chunki maoshim oz bo‘lgani uchun pulga juda muhtojman. Hozir yeyishga nonim ham yo‘q».
Bir kishi «Men o‘sha pulni topib oldim» deb, hamyonidan 20 dinor pulni chiqarib, o‘sha xotin yashaydigan manzilga bordi. Pulni olgan xotin yig‘lab yuborib, «O‘g‘lim, sen o‘sha pulni topib oldim deb kelgan o‘n ikkinchi kishisan», dedi. Pulni olib kelgan odam bir tabassum qildi-da, lift tomon yurdi. Shu payt haligi xotin yig‘idan to‘xtab, shunday dedi: «Bolam! Sen borib o‘sha e’lonni yirtib tashla. Uni men yozmaganman, o‘zi yozishni bilmayman ham. Shuncha odamning menga qilgan g‘amxo‘rligidan hayotga yana umidim uyg‘ondi, yaxshilarni boriga shukr...».

Yaxshilar borki xayot munavvar, boringizga shukr, yaxshilar...

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
#ривоят

Kunlarning birida donishmand o‘z shogirdi bilan qishloq yoqalab borayotib, nogah yo‘lda g‘azab otiga mingan, afti bo‘g‘riqib ketgan yo‘lovchiga duch keldi.

U og‘ziga kelgan so‘zlarni aytib, kimdandir domangir bo‘layotgan edi.

– Nima bo‘ldi, birodar, tinchlikmi? - yo‘lovchi erkakni to‘xtatib so‘radi donishmand.

– E, siz so‘ramang, men aytmay, - dedi yo‘lovchi qovog‘ini solib, - bir bezori menga shunday yaramas so‘zlar aytib, haqoratladiki, hali o‘zimga kelganimcha yo‘q. Tavba, u ahmoqning arpasini xom o‘rgan bo‘lmasam?...

Donishmand jabrdiydaga termilib turib, shunday dedi:
– Yanglishyapsiz, u sizni haqorat qilmagan, siz shu yo‘sinda qabul qilgansiz, xolos.

– Nima-nima, haqorat qilmagan, deysizmi? - ajablandi yo‘lovchi donishmandning ko‘zlariga tikilib...
Uning kimligini bilmaysiz, ko‘rmagansiz ham. Axir, meni ham birinchi bor ko‘rib turibsizku? Ko‘rmay, bilmay turib, xulosa qilganingizni qarang.

Donishmand yo‘lovchiga ortiq so‘z qotmadi. Tevaragiga razm solib, allanimaga ko‘zi tushdi-da, borib qo‘liga oldi va yopiq kaftini yo‘lovchiga cho‘zdi.
– Buni oling, sizga asqotishi mumkin.

Yo‘lovchi hayronu lol bo‘lib, donishmandga kaftini tutdiyu, ammo birdan u bergan narsa kichkinagina qo‘ng‘iz ekanini ko‘rib, afti bujmayib ketdi.

Darhol qo‘ng‘izni irg‘itib yubordi.
– Bu nima qilganingiz, - norozilandi yo‘lovchi.

– Uzr, do‘stim. Sizni bunchalar xafa bo‘lishingizni kutmagandim.
Mayli, bu gapni o‘ya turaylik. Shogirdimning to‘rvasida sizga kerakli narsa bor, shuni olaqoling, bo‘lmasa, - shunday deya donishmand yonidagi o‘spirin yigitga yuzlandi,
– Bu do‘stimizga bog‘da dam olayotib, topib olgan narsani ber.

– Bu yana qanaqa o‘yin bo‘ldi? Meni mayna qilyapsizlarmi? - yo‘lovchi donishmand boyagidek hasharot yo shunga o‘xshash jirkanchli narsani bersa kerak deb o‘yladi.

Shogird yelkasiga ilgan yo‘lxaltasini qo‘liga olib, undan ustozi buyurgan narsani oldi.

Yo‘lovchi yigitcha qulida silliq, g‘arq pishgan qip-qizil olmani ko‘rib, yutinib qo‘ydi. Ammo u shuncha undasa ham mevani olmadi.

– Nega olmani rad etyapsiz? - qiziqsindi donishmand. Qo‘ng‘izni tap tortmay olgandingiz-ku?

– Bu kutilmaganda bo‘ldi. Qo‘lingizdagi qo‘ng‘iz ekani xayolimda ham yo‘q edi. Olma esa menga kerakmas.

Donishmand kulimsiradi, so‘ng salmoqla so‘z qotdi:
– Endi quloq soling, birodar.
Hayot qonuni shunday: shunday hollar bo‘ladiki, bizga umuman keragi yo‘q narsalarni ham beixtiyor qabul qilamiz, u zararimizga bo‘lsa ham. Berishadi - olamiz.

Ammo olish ham ikki xil bo‘ladi: beixtiyor qabul qilasiz yoki ko‘ngil amringiz buyursagina olasiz.

Mana, men sizga bergan hasharotni ham beixtiyor oldingiz, ammo olmani ko‘nglingiz amr etmagani uchun ham olmadingiz.

Endi sizni haqoratlagan kimsaga kelsak, bu hol ham xuddi sizga qo‘ng‘izni uzatganimdek bo‘lgan.

Siz beixtiyor uning so‘kinishlarini «qabul qilgansiz», ya’ni uning sizni haqoratlashiga yo‘l qo‘yib bergansiz...

Demak, ayb o‘zingizdan o‘tgan, to‘g‘rimi?

Yo‘lovchi tushundi chog‘i, xiyol boshi egildi.

Donishmand esa shogirdi bilan yo‘lida davom etishdi.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
#тавсия

Кимнингдир амалини қоралашдан аввал, уни оқлаш учун йигирмата сабаб изланг.

Йигирмата сабаб топа олмасангиз, ўн тўққизта..., ўн саккизта..., шу тариқа битта сабаб топа олгунча ҳам қоралашдан тийилинг.

Ишонинг, сиз биргина оқловчи сабаб топишингиз билан, қолган ўн тўққизтасини кўра бошлайсиз.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Биз билан бирга бўлинг!
Комилликнинг белгиси мукаммаллик эмас.

Самимийлик, ҳақиқийлик, борича қабул қилиш, оддийлик, қарам бўлмаган фикр - мана шулар сизни комилликка етаклайди.

Хайрли кеч, яхшилар!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Биз билан бирга бўлинг!
Kech kirishi bilan solih zotlar o‘z nafslarini tergab, amallarini sarhisob qilganlar. Ertangi kunlari bugungidan foydali o‘tishi uchun rejalar tuzganlar.
Siz azizlarga ham bu kechani ertangi kuningizning mazmunli muqaddimasi bo‘lishini tilab qolamiz...

XAYRLI TUN!

«Boringga shukr, Alloh rozi boʻlsin » jumlasi lugʻatingizning eng boshida tursin..!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Assalomu aleykum!
Xayrli tong!

Bugungi kuningiz solih amallar va yaxshiliklarga boy bo‘lsin! Kuningiz xayrli va barokatli o‘tsin!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan birga bo‘ling
🎭 “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi yarim final bellashuvlari davom etmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan festivalning navbatdagi yarim final bellashuvi
Qarshi shahrida o`tkazilmoqda.

Buxoro davlat universiteti jamoasining chiqishlaridan lavha