Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.64K subscribers
31.7K photos
3.8K videos
10 files
11.5K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

📚Bo‘stonliq tumani axborot-kutubxona markazida "O‘zbekiston—kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🟢Bugun tuman prokurori S.Xusayinov, tuman Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi boshlig‘i Sh.Isabayev, tuman Adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti A.Abdug‘affarovlar boshchiligida tuman Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🟢Mazkur tadbirda korrupsiya illati nimalarga olib kelishi, uning domiga tushmaslik uchun qay tartibda xizmat olib borish lozimligi va nimalarga e’tibor qaratish muhim ekanligi, oqibatda kelajak barbod bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanib, buning uchun jazo muqarrar ekanligi tushuntirildi.

🟢Shuningdek, ishtirokchilariga xizmat olib borish davrida kun tartibiga, harbiy intizom talablariga, axloq - obod qoidalariga rioya qilish, vakolati doirasidan chiqmaslik, fuqarolar bilan hamisha xushmuomalada bo‘lish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shish muhim ekanligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

🟢Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1 sonli qarorning mazmun-mohiyati va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#sessiya

🗣Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

📝Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:

 Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlarining 2025-yil birinchi chorak yakuni bilan saylovchilariga axborot berish yuzasidan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumanida mahalliy hokimlik va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 2025-yil birinchi chorak davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumanida kiberjinoyat, tamagirlik, talon-toroj holatlariga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2025-yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumanida “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetini 2025-yil birinchi chorak ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-son qarorining 2025-yil birinchi chorak yakuni bilan ijrosi to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumanida ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-2027-yillarda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2025-yil sug‘orish mavsumi uchun tuman iste’molchilari kesimida suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi.

Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Brifing

🟢Bo‘stonliq tumani hokimining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xusanboy Akmalovning tuman fuqarolari hamda tadbirkorlik subyektlariga murojaati.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

“Pskom” mahallasida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi bo‘yicha aholi fikrlari o‘rganildi

🟢Bo‘stonliq tumanining “Pskom” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara Qo‘shinlari tashabbusi va moliyaviy ko‘magi bilan qurilishi rejalashtirilayotgan yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti yuzasidan aholining fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

🟢Uchrashuvda tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi A. Xamraxov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M. Ashurov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Sadirov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i I. Izzatulloyev hamda O‘zbekiston Respublikasi DXX Qo‘shinlariga qarashli Bo‘stonliq tumanidagi harbiy qism komandiri S.Eshonqulovlar ishtirok etdi.

🟢Tadbir davomida 45-sonli umumta’lim maktabi hududida bunyod etilishi rejalashtirilgan, sig‘imi 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Loyihaning umumiy qiymati 14 milliard so‘mni tashkil etadi. Qurilish jarayonida ichki yo‘llar, elektr energiyasi, ichimlik suvi tarmoqlari va internet aloqasi kabi muhim infratuzilma obyektlari ham barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

🟢Loyiha amalga oshirilgach, 15 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, shuningdek, mahalla hududidagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish imkoni yaratilishi ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, harbiylar tomonidan hududda yaratilayotgan qulayliklar aholining ijobiy munosabati va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

🟢Uchrashuv yakunida mas’ullar tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholining mavjud muammolari tinglandi. Ba’zi masalalar joyida hal etilib, qolgan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Sayyor_qabul

🟢Tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayevlar ishtirokida "Ugam" MFY hududida aholi muammolarini yechish, murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🟢Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi. Shuningdek, jinoyatchilik va oilaviy nizolarni oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlari hamda mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarning ushbu jarayonda hamjihatlikda harakat qilishining muhimligi ta’kidlandi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

🟢Shundan so‘ng, mahalla fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ayrim masalalar joyida hal qilinib, qolgan murojaatlar bo‘yicha qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘stonliq tumanida aholi farovonligini oshirish va suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida “Yoshlik”, “Sijjak”, “Gulobod”, “Boyterak”, “Achchisoy” va “Aydarali” mahallalarida tomorqalarni sug‘orish tizimini yaxshilash borasida qator qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🟢Mazkur loyihalar "Toshkentsuvqurilishinvest" davlat unitar korxonasi buyurtmachiligida va mas’ul pudratchi tashkilotlar ishtirokida bajarilmoqda. Jumladan, “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha qurilish ishlari "TIM-BUILD INDUSTRY" MCHJ tomonidan amalga oshirilib, 577,7 mln so‘mlik shartnoma asosida 1,5 km uzunlikdagi quvur tortish ishlari to‘liq yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirildi.

🟢Shuningdek, “Aydarali” MFYda ham ushbu pudratchi tashkilot tomonidan 909,1 mln so‘mlik loyiha doirasida 1,8 km uzunlikdagi tarmoq qurilib, muvaffaqiyatli ravishda ishga tushirildi.

🟢Mazkur amaliy ishlar mahallalarda sug‘orish tizimini yaxshilash, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish hamda aholi daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟦🟦🟦

🟢Bo‘stonliq tumani axborot-kutubxona markazida "O‘zbekiston—kitobxonlar yurti" shiori ostida V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

🟢Tadbirda tuman Adliya bo‘limi, tuman Ichki ishlar boshqarmasi, Mikrokredit Bank G‘azalkent ofisi hamda 1-son Politexnikum jamoalari o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

📚Bo‘stonliq tumani axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati “Turon” AKMdan mehmonlar, tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar, musiqa maktabi hamda tumandagi Politexnikum o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

🟢“Kitob – bebaho xazina” nomli musiqiy-badiiy kecha doirasida she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar va ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi. Mehmonlar va tomoshabinlar yosh avlodning kitobga bo‘lgan muhabbati va ijodkorligidan mamnun bo‘lishdi.

🟢Tadbirda “Bo‘stonliq ovozi” gazetasi bosh muharriri, tuman kasaba uyushmasi rahbarlari va harbiy qism vakillari ham ishtirok etib, yoshlarga ma’naviy qo‘llab-quvvatlov va samimiy tilaklar yo‘lladilar. Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢"Bo‘stonliq ovozi" gazetasining 2025-yil 26-aprel kungi 14-soni tuman hayotining turli jabhalarini yoritgan boy va mazmunli materiallardan iborat. Son sahifalarida ta'lim, sport, ekologiya, kitobxonlik, qishloq xo‘jaligi kabi dolzarb mavzular yoritilgan.

🟢Gazetada maktablarda Navro‘z sayllari o‘tkazilgani, “Zakovat” intellektual o‘yinida o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari, kitobxonlik haftaligida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi oshirilgani haqida ma'lumotlar berilgan. Sport musobaqalari va ekologik tadbirlar haqida ham batafsil yoritilgan.

🟢Ekologiyani muhofaza qilish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasi targ‘ib qilingan. Qishloq xo‘jaligidagi muhim ishlar, sabzavotchilikdagi mavsumiy agrotexnik tadbirlar, zaharli qo‘ziqorinlardan ehtiyot bo‘lish haqidagi tavsiyalar o‘quvchilar e’tiboriga havola etilgan.

🟢Mahalliy ijodkorlarning tabiat va yurtga bag‘ishlangan she’rlari, tarixiy ahamiyatga ega maqolalar gazeta sahifalariga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan.

🟢Umuman olganda, son o‘quvchilarni milliy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi va ma'naviy oʻzlikni anglashga undaydigan mazmunga ega bo‘lib, zamonaviy tuman hayotini to‘liq va keng qamrab olgan.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayev boshchiligida “Daxana” mahallasida aholi muammolarini yechish, murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🟢Uchrashuv avvalida jinoyatchilik va oilalardagi nizolarni oldini olish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazish va bu borada profilaktika inspektorlari, mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar hamjihatlikda harakat qilishi lozimligi ta’kidlanib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

🟢Shundan so‘ng, fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.

🟢Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#DIQQAT

Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling❗️

🟢Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi.

🟢Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🟢Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu👉 https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim.

📝Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

📝 o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

📝tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

📝 o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

✉️Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

📝fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;

📝 mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;

📝 o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

📝Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

✉️Ma’lumot uchun, tumanimiz xotin-qizlari uchun tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida hujjatlar yig‘ish boshlandi.

📍 Manzil: Bo‘stonliq tumani hokimligi

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Bo‘stonliq tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida suv ta’minoti va tomorqa sug‘orish tizimlarini yaxshilash ishlari jadal olib borilmoqda

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘stonliq tumanida aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishida qator amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🟢Xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tumanning “Yoshlik”, “Sijjak”, “Gulobod”, “Boyterak”, “Achchisoy” va “Aydarali” mahallalarida tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish, sug‘orish tizimlarini yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

🟢So‘nggi kunlarda “Yoshlik” va “Aydarali” mahallalarida sug‘orish quvurlari tortilib, loyiha doirasidagi barcha texnik ishlar to‘liq yakunlandi va obyektlar foydalanishga topshirildi.

🟢Bugun esa “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jami 482,3 million so‘mlik shartnoma asosida yangi suv inshootlari qurilib, 250 metr lotok (suv yo‘laklari) o‘rnatildi. Ushbu infratuzilma obyektlari aholining tomorqalarini muntazam va sifatli sug‘orish imkonini yaratadi.

🟢Mazkur amaliy ishlar hududlarda suv ta’minotini yaxshilash, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eng asosiysi, aholining daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Mahalla raislari saylovi arafasida amaliy seminar tashkil etildi


🟢Bo‘stonliq tumanida 2025-yilning may–iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari sayloviga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda. Jumladan, saylovga mas’ul tashkilotlar — O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi, Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumani saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalari tomonidan amaliy chora-tadbirlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

🟢Shu munosabat bilan tumandagi ishchi guruh rahbarlari uchun maxsus amaliy seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi mas’ul xodimlari Dilshod Hasanov va Bahouddin Tag‘ayev, shuningdek, tegishli viloyat va tuman komissiyalari vakillari ishtirok etdilar.

🟢Seminarda yettilik a’zolari, tuman Adliya bo‘limi xodimlari ham ishtirok etib, saylov jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash, xolislik va oshkoralikka amal qilish, nomzodlar bilan ishlash, ovoz berish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha zarur ma’lumot va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#turizm

🟢Bo‘stonliq tumanining turizm salohiyati va imkoniyatlari tobora ortib bormoqda.

📹Batafsil “Nurafshon” telekanali lavhasida

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Bo‘stonliq tumanida mahalla raislari saylovlariga start berildi!

🟢Bugun “Yoshlik” mahallasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Bu saylov tumandagi 59 ta mahalla orasida birinchilardan bo‘lib o‘tkazildi va keng qamrovli saylovga rasmiy start berildi.

🟢Yangi tahrirdagi Qonunga ko‘ra, mahalla raislari 5 yil muddatga saylanadi. Bu o‘zgarish mahalla boshqaruvida barqarorlikni ta’minlab, uzoq muddatli rejalarni amalga oshirishga imkon yaratadi.

🟢“Yoshlik” mahallasidagi saylov ochiq va shaffof muhitda, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Nomzodlar o‘z dasturlari bilan ishtirok etib, fuqarolarning fikr-mulohazalari inobatga olindi, natijada eng munosib nomzod saylandi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

Bo‘stonliq tumanida "Pahlavonlar bellashuvi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi


🟢Bo‘stonliq tumani hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda milliy sport turlarini rivojlantirish maqsadida "Pahlavonlar bellashuvi" musobaqasi tashkil etildi.

🟢Ushbu musobaqada tumanning faol yoshlari, shuningdek, hududdagi harbiy tashkilot vakillaridan tuzilgan jami 12 ta jamoa ishtirok etdi.

🟢Musobaqa yakunida eng yaxshi natijalarga erishgan jamoa va ishtirokchilar tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shish bilan bir qatorda, Vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani
#Sayyor_qabul

🟢Bugun tuman prokurori S.Xusayinov ishtirokida “Qapal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolarning mavjud muammolarini o‘rganish, ularning murojaatlarini bevosita tinglash hamda zarur huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

🟢Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan mahalla ahli bilan ochiq muloqot tarzida davra suhbati o‘tkazildi. Unda aholining ijtimoiy hayotini yaxshilash, huquqiy madaniyatni oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolar bilan ochiq aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, jinoyatchilik va oilaviy nizolarni oldini olish, jinoyat sodir etishga moyilligi aniqlangan shaxslar bilan tizimli tarzda profilaktik ishlar olib borishning zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan profilaktika inspektorlari, mahalla faollari va boshqa mutasaddi xodimlarning hamkorlikda ishlashi lozimligi ta’kidlandi. Jarayon yakunida bu boradagi keyingi vazifalar belgilab olindi.

🟢Davra suhbati yakunida mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi. Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🟢Tuman prokurori S.Xusayinov, tuman IIB boshlig‘i A.Boymirzayevlar boshchiligida Probatsiya hisobidagi yoshlar va ularning ota-onlari ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi.

🟢Suhbatda yoshlarni qayta jinoyat sodir etmaslikka undash, probatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi haqida tushuntirishlar berildi.

🟢Tadbir davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotida yuzaga kelayotgan turmush muammolarini aniqlab, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, taklif va fikrlarini eshitish, ijtimoiy moslashuvga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish, mavjud davlat dasturlari va yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

🟢Uchrashuv chog‘ida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar diqqat bilan tinglanib, har bir masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ularni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

🎶Ayni vaqtda Bo‘stonliq tumani hokimligi binosi ro‘parasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Yoshlar ovozi" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

🌍Web-site | Telegram | 💬Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM