Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.73K subscribers
27.1K photos
3.35K videos
9 files
10K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

9-may – Xotira va qadrlash kuni

🔹Ajdodlarimiz xotirasini yodga olish, yurt tinchligi, uning ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan nuroniylarimizga e’tibor qaratish xalqimizning eng ezgu, oliyjanob fazilatlaridandir.

🔹G‘azalkent shahri markazidagi Xotira xiyoboni 9-may kuni o‘zgacha shukuh bilan chiroy ochdi. Tantanali tadbirda sektor rahbarlari, Afg‘on urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, deputatlar, harbiylar, huquqni muhofaza qilish organlari, korxona va tashkilotlar xodimlari, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

🔹Ikkinchi jahon urushida mislsiz qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan tumandoshlarimiz, g‘alabani o‘zlarining fidoyiliklari bilan yaqinlashtirgan mehnat fronti ishtirokchilari, Vatan mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan bobolarimiz yodga olindi.

🔹Qur’on oyatlaridan tilovat qilinib. Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira – elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira – ertani yoritguvchi nur.


Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻstonliq_tumani

9-may – Xotira va qadrlash kuni

Bo‘stonliq tumani markazidagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Inson_aziz_xotira_muqaddas

🔹Xotira va qadrlash xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. Ayni kunlarda joylarda uyushtirilayotgan tadbirlarda bu o‘z ifodasini topmoqda.

🔹Xususan, bugun mutasaddi rahbarlar boshchiligida front orti qahramonlari xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi.

Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабага бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этиб, Москвага ташрифини якунлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Boʻstonliq_tumani

🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar tomonidan “Xumson”, “Chinor”, “Ugam”, “Xo‘jakent”, “Besh-tut”, “Fazogir”, “Yoshlik”, “Achchisoy”, “Dumaloq”, “Boymirzayev” va “Qoramanas” MFY hududlarida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo‘qotgan yakka yolg‘iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 nafar oilalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🔹Shu o‘rinda saxovatdan chetda qolmagan, ezgu ishlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan homiylarga tuman hokimligi o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram