NE BAXT...
Ne baxtki, taqdirning qalam ham qog‘ozi bilanman,
Dil torimni sozlab ma’rifatning sozi bilanman.
Adabiyot odobin yod aylamoq chin maqsudim,
Gohi oshkor, gohi mavhum, gohi rozi bilanman.
Bu go‘shada jamuljamdir, zavqi teng katta-kichik,
Gʻaflat ayozi bilanmas, hikmat yozi bilanman.
Navoiyning navosi bor, Xofizning xonishlari,
Shoh Boburning hinddan kelar xush ovozi bilanman.
Fuzuliyning fayzi bunda, kamtar lutfi-la Lutfiy,
Rumiy kabi asliyatda ulug‘ qozi bilanman.
Xayyomning bir ruboyisi, ming ayyomga sababdur,
Kitob – qadah, may g‘azaldur, ishq mijozi bilanman.
Nuqib Mashrab asosi-la asoslar xalqqa Xaqni,
Netay gohi Mahmudxonday Balx dorbozi bilanman.
Gyotedan so‘z boshlanib, tugar goho Pushkindan,
Tarixning bir olam nurli poyandozi bilanman.
Ba’dihalar yozilganda ustozlarga dil bog‘lab,
Erkin Vohid, Abdulloning sho‘x parvozi bilanman.
Bul ijod, Soqiy Hayotning, boqiy she’riyat uchun –
Aylagan niyozi bo‘lsa, shul niyozi bilanman.
✍Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev

QO‘RQOQ DUNYO
Birlashgan, deb birlashmagan
tarqoq dunyo,
Boshingdan to poyinggacha
titroq dunyo,
Bir musht bo‘la olmagan besh
barmoq dunyo,
Mazlumlarni kaltaklagan,
to‘qmoq dunyo,
Zolimlarni dastaklagan,
qo‘rqoq dunyo!
Qottollarga yalinasan,
tilanasan,
Mustahkammiz, deysan ammo
chiranasan,
Chiqmasin deb bir muammo
chiranasan,
To‘sig‘i yo‘q, nurab bitgan
qirg‘oq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Shum nafslari qistaganin
qilmoqdalar,
Ko‘rmoqdamiz, istaganin
qilmoqdalar.
Sho‘rlik Yerning terisini
shilmoqdalar,
Gʻazoda sen xor bo‘lgan bir
turpoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Aslan turfa shiorlaring
vasvasangdir,
Qirg‘inlarga jimlik sening
falsafangdir,
Demak demokratiyang
safsatangdir,
Bag‘rikengmiz, degan qing‘ir
so‘qmoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Aaa, degin-chi, tiling bormi,
saqovmisan,
Nohaqlikka indamaysan,
anqovmisan,
Faqat ming‘ir-ming‘ir qilding,
mijg‘ovmisan,
Ummonman, deb chuldiragan
irmoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo?!
Zo‘ravonlar ustingdan xo‘p
kular bu kun,
Rahm-shafqat ustunlari
qular bu kun,
Ko‘p ellarni yo‘q qilmoqda
ular bu kun,
Har bir lahzang javobsiz ming
so‘roq, dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Shu kungacha solib g‘oyang
yo‘llariga,
Boqtirmading hech kimni o‘ng
so‘llariga,
Endi bugun tushib zo‘rning
qo‘llariga,
Qadring bir pul ekan, bildik,
cho‘ltoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Adashibman rosti, seni
keng dunyo, deb,
Hammaga bir, barchamizga
teng dunyo, deb,
Niqob ekan yuzingdagi
chiroyli zeb,
Sirlaring fosh bo‘ldi, beburd,
olchoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Ko‘rdik, asling puch ekanin,
po‘choq dunyo,
Qalbda o‘ti o‘chib qolgan,
o‘choq dunyo,
Zo‘rga uchoq, g‘o‘r ko‘ksiga
pichoq dunyo,
Notavonsan, qaddi bo‘yi
pachoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
2024-yil 15-fevral
payshanba soat 11:10 da
@Botirjon_Ergashev
Birlashgan, deb birlashmagan
tarqoq dunyo,
Boshingdan to poyinggacha
titroq dunyo,
Bir musht bo‘la olmagan besh
barmoq dunyo,
Mazlumlarni kaltaklagan,
to‘qmoq dunyo,
Zolimlarni dastaklagan,
qo‘rqoq dunyo!
Qottollarga yalinasan,
tilanasan,
Mustahkammiz, deysan ammo
chiranasan,
Chiqmasin deb bir muammo
chiranasan,
To‘sig‘i yo‘q, nurab bitgan
qirg‘oq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Shum nafslari qistaganin
qilmoqdalar,
Ko‘rmoqdamiz, istaganin
qilmoqdalar.
Sho‘rlik Yerning terisini
shilmoqdalar,
Gʻazoda sen xor bo‘lgan bir
turpoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Aslan turfa shiorlaring
vasvasangdir,
Qirg‘inlarga jimlik sening
falsafangdir,
Demak demokratiyang
safsatangdir,
Bag‘rikengmiz, degan qing‘ir
so‘qmoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Aaa, degin-chi, tiling bormi,
saqovmisan,
Nohaqlikka indamaysan,
anqovmisan,
Faqat ming‘ir-ming‘ir qilding,
mijg‘ovmisan,
Ummonman, deb chuldiragan
irmoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo?!
Zo‘ravonlar ustingdan xo‘p
kular bu kun,
Rahm-shafqat ustunlari
qular bu kun,
Ko‘p ellarni yo‘q qilmoqda
ular bu kun,
Har bir lahzang javobsiz ming
so‘roq, dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Shu kungacha solib g‘oyang
yo‘llariga,
Boqtirmading hech kimni o‘ng
so‘llariga,
Endi bugun tushib zo‘rning
qo‘llariga,
Qadring bir pul ekan, bildik,
cho‘ltoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Adashibman rosti, seni
keng dunyo, deb,
Hammaga bir, barchamizga
teng dunyo, deb,
Niqob ekan yuzingdagi
chiroyli zeb,
Sirlaring fosh bo‘ldi, beburd,
olchoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
Ko‘rdik, asling puch ekanin,
po‘choq dunyo,
Qalbda o‘ti o‘chib qolgan,
o‘choq dunyo,
Zo‘rga uchoq, g‘o‘r ko‘ksiga
pichoq dunyo,
Notavonsan, qaddi bo‘yi
pachoq dunyo,
Qo‘rqoq dunyo!
2024-yil 15-fevral
payshanba soat 11:10 da
@Botirjon_Ergashev
#retro
O‘ZIM HAQIMDA…
Zahmatlarda sha’nimni
yillab yiqqan odamman.
Gapi rostdir g‘animning –
"Changdan chiqqan odam"man.
Qo‘ymasa ham shum armon,
Oxir topdim shuhrat-shon,
Asli yuzi za’faron
rangdan chiqqan odamman.
Tortmay hech kimning ta’bi,
Joyim edi jar labi.
Keraksiz buyum kabi –
Zangdan chiqqan odamman.
Kecha edim yolg‘iz, toq,
Bugun-chi, har yon o‘rtoq,
Men bir qismati cho‘loq –
Langdan chiqqan odamman.
Baxt sabrimga berdi tan,
Omadlar aytdi o‘lan,
Tinmay yo‘qchilik bilan
jangdan chiqqan odamman.
Mening kechgan umrim shu,
Endi kenglik davrim bu,
Botir bo‘lsam ham tor-u
tangdan chiqqan Odamman.
✍️Botirjon Ergashev
O‘ZIM HAQIMDA…
Zahmatlarda sha’nimni
yillab yiqqan odamman.
Gapi rostdir g‘animning –
"Changdan chiqqan odam"man.
Qo‘ymasa ham shum armon,
Oxir topdim shuhrat-shon,
Asli yuzi za’faron
rangdan chiqqan odamman.
Tortmay hech kimning ta’bi,
Joyim edi jar labi.
Keraksiz buyum kabi –
Zangdan chiqqan odamman.
Kecha edim yolg‘iz, toq,
Bugun-chi, har yon o‘rtoq,
Men bir qismati cho‘loq –
Langdan chiqqan odamman.
Baxt sabrimga berdi tan,
Omadlar aytdi o‘lan,
Tinmay yo‘qchilik bilan
jangdan chiqqan odamman.
Mening kechgan umrim shu,
Endi kenglik davrim bu,
Botir bo‘lsam ham tor-u
tangdan chiqqan Odamman.
✍️Botirjon Ergashev
Telegram
Botirjon ERGASHEV | rasmiy
Ushbu o'zanda siz
✒️ shoir Botirjon Ergashev ijodidan namunalar;
📌 ijtimoiy munosabatlar;
📺 ko'rsatuvlar;
🎙️ qo'shiqlar
🎬 video va audiolar hamda ko‘plab boshqa qiziqarli yangiliklardan bahramand bo'lib borasiz!
Murojaat uchun: @Botirjon_Ergashev1975

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat va ma'rifat telekanalida tomosha qilamiz.
Vatan muhabbatiga yo‘g‘rilgan otashin she’r va qo‘shiqlardan bahramand bo‘ling!
📺 “Qaqnus”
🗓 25-fevral, yakshanba
⏰ 20:00
@Botirjon_Ergashev
Vatan muhabbatiga yo‘g‘rilgan otashin she’r va qo‘shiqlardan bahramand bo‘ling!
📺 “Qaqnus”
🗓 25-fevral, yakshanba
⏰ 20:00
@Botirjon_Ergashev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ozod o‘g‘lim, hur o‘g‘lim,
Har oning huzur, o‘g‘lim.
Shahdingdan kun yorishsin,
Yuzi yorug‘, nur o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim.
Botir Ergash
📺 “Qaqnus”
@Botirjon_Ergashev
Har oning huzur, o‘g‘lim.
Shahdingdan kun yorishsin,
Yuzi yorug‘, nur o‘g‘lim.
Uyg‘on, o‘g‘lim, tur, o‘g‘lim.
Botir Ergash
📺 “Qaqnus”
@Botirjon_Ergashev
OMONIM BAHOR
Kurtakko‘zlar bilan boqar shirin xayolli,
Qish bag‘ridan omon chiqqan omonim bahor.
Astagina nozlar bilan bulutro‘molli –
Quyosh bo‘lib yuzin ochar jononim bahor,
Qish bag‘ridan omon chiqqan omonim bahor.
Xushbo‘y yalpizlarga burkar ariq labini,
Sezgan kabi oshiqlarning nozik ta’bini.
Gohi sharros yomg‘ir bo‘lib aytar gapini,
Majnuntolli ko‘rkam - yashil ayvonim bahor,
Qish bag‘ridan omon chiqqan omonim bahor.
Yaproq yozgan novda misol yashnaydi dillar,
Dil yashnagach, go‘zal bo‘lar barcha manzillar.
Tog‘ – boshidan qor arimay, bag‘rida gullar,
Chaman-chaman so‘zli, shirin zabonim bahor,
Qish bag‘ridan omon chiqqan omonim bahor.
Ona yurtim, ota yurtim jamolidir bu,
Yel misoli sho‘x farzandlar kamolidir bu,
Ko‘ngli ko‘klam elning haqqi halolidir bu,
Poyandozim, vale qadri osmonim bahor,
Qish bag‘ridan omon chiqqan omonim bahor.
Uyg‘on, dilim, uyg‘on, tilim, uyg‘ongin, nolam,
Uyg‘on, yurak, uyg‘on, tilak, uyg‘ondi olam,
Uyg‘ondi tog‘, ko‘z ochdi bog‘, mudrama, bolam,
Bolalikday qisqa davru davronim bahor,
Qish bag‘ridan omon chiqqan omonim bahor.
© Botirjon Ergashev

XATO...
Iymon – ko‘ngilga libos,
Chin moʻminga mosi shu.
Haqning qalbga beqiyos –
Eng go‘zal matosi shu.
Hech qachon to‘ymaydi yer,
Taqdirning atosi shu.
Men hali o‘lmayman der,
Bandaning xatosi shu.
✍Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
Iymon – ko‘ngilga libos,
Chin moʻminga mosi shu.
Haqning qalbga beqiyos –
Eng go‘zal matosi shu.
Hech qachon to‘ymaydi yer,
Taqdirning atosi shu.
Men hali o‘lmayman der,
Bandaning xatosi shu.
✍Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
TURINGLAR!
So‘zim tegishli bul dam,
Qishlog‘-u shaharlikka,
Uyquga berib barham,
Turinglar saharlikka!
Shaytonni kuyuntirib,
Olovdan kiyintirib,
Allohni suyuntirib,
Turinglar saharlikka!
Subh dilni sato qilur,
Tangrim rizq ato qilur,
Turmagan xato qilur,
Turinglar saharlikka!
Tursak, gunohlar azon –
Tukilar misli hazon,
Bul oy – mohi Ramazon,
Turinglar saharlikka!
Fayziyob subhi sodiq,
Olmagay bizdan soliq.
Bizni xalq qilgan Holiq,
Turinglar saharlikka!
Bizga omonat bu jon,
Uni aylaylik omon,
Allahu akbar debon,
Turinglar saharlikka!
Gʻaflat do‘zaxiy o‘choq,
Yohud shaytoniy quchoq,
Iblisga sanchib pichoq,
Turinglar saharlikka!
Kimki, g‘aflatdan nari,
Bo‘lmas kam-u ko‘stlari,
Ey, Botirning do‘stlari,
Turinglar saharlikka!
✍Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
So‘zim tegishli bul dam,
Qishlog‘-u shaharlikka,
Uyquga berib barham,
Turinglar saharlikka!
Shaytonni kuyuntirib,
Olovdan kiyintirib,
Allohni suyuntirib,
Turinglar saharlikka!
Subh dilni sato qilur,
Tangrim rizq ato qilur,
Turmagan xato qilur,
Turinglar saharlikka!
Tursak, gunohlar azon –
Tukilar misli hazon,
Bul oy – mohi Ramazon,
Turinglar saharlikka!
Fayziyob subhi sodiq,
Olmagay bizdan soliq.
Bizni xalq qilgan Holiq,
Turinglar saharlikka!
Bizga omonat bu jon,
Uni aylaylik omon,
Allahu akbar debon,
Turinglar saharlikka!
Gʻaflat do‘zaxiy o‘choq,
Yohud shaytoniy quchoq,
Iblisga sanchib pichoq,
Turinglar saharlikka!
Kimki, g‘aflatdan nari,
Bo‘lmas kam-u ko‘stlari,
Ey, Botirning do‘stlari,
Turinglar saharlikka!
✍Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
#Tabriknoma
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI DO‘STLAR, O‘ZANIMIZ HAMDA "MULOQOT" GURUHIMIZ A'ZOLARI!
SIZLARNI ULUG‘ VA MO‘TABAR OY, OYLARNING SULTONI BO‘LMISH MUBORAK RAMAZON BILAN QUTLAYMAN!
BU SHARAFLI OYNING SHAROFATIDAN ALLOH DUNYOGA TINCHLIK, YURTIMIZGA RAVNAQ, XALQIMIZGA OFIYAT, XONADONIMIZGA FAYZ, DASTURXONIMIZGA TO‘KIN-SOCHINLIK, FARZANDLARIMIZGA LADUNIY ILM, O‘ZIMIZGA INSOFU TAVFIQ BERSIN!
QADRDONLARIM, UYDAGILARNI HAM MENING NOMIMDAN TABRIKLAB QO‘YING! SAHARLIGU IFTORLIK MAHALIDAGI DUOLARDA KAMINA G‘ARIBINGIZ HAQIGA HAM DUO QILIB QO‘YINGLAR!
RAMAZON MUBORAK!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Turinglar_saharlikka
Bastakor va xonanda ukam
Rustam Muhammaddan go‘zal musiqa va ajoyib ijro.
Tashakkur, jigarim! Ajrini bersin!
@Botirjon_Ergashev
Bastakor va xonanda ukam
Rustam Muhammaddan go‘zal musiqa va ajoyib ijro.
Tashakkur, jigarim! Ajrini bersin!
@Botirjon_Ergashev
MOHI RAMAZON
Xush kelding, xush ko‘rdik,
mohi Ramazon,
Oylarning sultoni,
shohi Ramazon!
Tashrifingdan
ko‘ngillar obod bo‘ldi,
Ko‘mildi shum nafsning
chohi, Ramazon.
Shayton bandi, bizlar band
bandalik-la,
Haqqa yetsin dillar
ohi, Ramazon!
Ming oydan afzalsan,
yuvilib ketsin
Ro‘zadorlarning
gunohi, Ramazon!
Taqvo sari kurashda
Yaratganning –
O‘ttiz kunlik zo‘r
sipohi Ramazon.
Bag‘ringda poklangan
har bir moʻminning
Rayyonga eltguvchi
rohi – Ramazon!
Nafs jangida g‘olib
muslim zotlarning
Yilda bir oy do‘st,
hamrohi, Ramazon!
Sen Allohning bizlar
uchun rahmati,
Xush kelding, xush ko‘rdik,
mohi Ramazon!
© Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
Xush kelding, xush ko‘rdik,
mohi Ramazon,
Oylarning sultoni,
shohi Ramazon!
Tashrifingdan
ko‘ngillar obod bo‘ldi,
Ko‘mildi shum nafsning
chohi, Ramazon.
Shayton bandi, bizlar band
bandalik-la,
Haqqa yetsin dillar
ohi, Ramazon!
Ming oydan afzalsan,
yuvilib ketsin
Ro‘zadorlarning
gunohi, Ramazon!
Taqvo sari kurashda
Yaratganning –
O‘ttiz kunlik zo‘r
sipohi Ramazon.
Bag‘ringda poklangan
har bir moʻminning
Rayyonga eltguvchi
rohi – Ramazon!
Nafs jangida g‘olib
muslim zotlarning
Yilda bir oy do‘st,
hamrohi, Ramazon!
Sen Allohning bizlar
uchun rahmati,
Xush kelding, xush ko‘rdik,
mohi Ramazon!
© Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
#ramazon_turkumidan
RO‘ZA
Alloh taolo marhamat qiladi: "Ey mo‘minlar! Sizdan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za tutishlik farz qilindi. Shoyadki taqvodor bo‘lasizlar" (Baqara surasi, 183-oyat mazmuni). Barcha a’zolari bilan ro‘za tutgan kishi taqvodor bo‘ladi. Haromlardan saqlanish, g‘iybat, bo‘hton qilmay, foydasiz so‘zlarni so‘zlamay, behuda ishlar qilmay ro‘za tutish barcha a’zolar bilan ro‘za tutish bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Ro‘za qalqondir" (Buxoriy, "Savm", 2; "Tavhid", 35; Muslim, "Siyam", 161, 162). Rahmon jalla jalaluhu, ko‘rsatgan tarzda yashagan bandalaridan rozi bo‘ladi. Rozi bo‘lgan bandalarini abadiy saodat va jannatga vosil etadi.
Imom Muslim (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambarimiz Sarvari koinot (s.a.v.) iltifot qildilar: "Kim Ramazon oyida ro‘za tutsa, so‘ng Shavvol oyidan ham olti kun tutsa, bir yil ro‘za tutgan bo‘ladi" (Muslim, "Siyam", 204; Termiziy, 4: 759-hadis; Abu Dovud, 2433).
Amallar savobi birga o‘n darajada yoziladi. Ya’ni Ramazon o‘ttiz kun bo‘lsa, Shavvol oyidagi olti kun bilan o‘ttiz olti kun bo‘ladi. Birga o‘n yozilishiga ko‘ra uch yuz oltmish bo‘ladi. Ramazon va Qurbon bayramlari kunida jami besh kun ro‘za tutish joiz emas.

"Ramazon tuhfasi" turkumidan...
RASULULLOH!
Yaxshilarga esh yuraylik,
Tangrim O‘zi bo‘lsin panoh.
Yomonlardan yuz buraylik,
Ummatim deng, Rasululloh!
Bo‘lganida oxir zamon,
Shod yuraylik Maxshar tomon.
Hasaddan kul bo‘lsin shayton,
Ummatim deng, Rasululloh!
Bizni iymon sari chog‘lab,
O‘stirgan Haq hukmin yoqlab –
Ota-onamni ardoqlab,
Ummatim deng, Rasululloh!
Opa-singlim, og‘a-inim,
Hayotimga rivoj, unum.
Yorug‘ aylab, zulmat tunim,
Ummatim deng, Rasululloh
Farzand inson uchun ne’mat,
Bir ne’matki, jondan qimmat.
Ularga ham aylab himmat,
Ummatim deng, Rasululloh!
Quvontiring ko‘zlarimni,
Butlay kamu ko‘stlarimni,
Aziz yoru do‘stlarimni,
Ummatim deng, Rasululloh!
Haq kechirsin siz tufayli,
Nasib etsin jannat sayli,
Dushmanlarimni ham mayli,
Ummatim deng, Rasululloh!
Siz suyganni suyar Xudo,
Shafoatdan qilmang judo,
Sizga bo‘lsin jonim fido,
Ummatim deng, Rasululloh!
Tavba qildim gunohimga,
Shayton o‘lsin bir ohimga,
So‘roq kuni Ollohimga,
Ummatim deng, Rasululloh!
Nomingizni aytib har dam,
Ko‘zlarimda tunu kun nam.
Men bechora Botirni ham,
Ummatim deng, Rasululloh!
1997
@Botirjon_Ergashev
RASULULLOH!
Yaxshilarga esh yuraylik,
Tangrim O‘zi bo‘lsin panoh.
Yomonlardan yuz buraylik,
Ummatim deng, Rasululloh!
Bo‘lganida oxir zamon,
Shod yuraylik Maxshar tomon.
Hasaddan kul bo‘lsin shayton,
Ummatim deng, Rasululloh!
Bizni iymon sari chog‘lab,
O‘stirgan Haq hukmin yoqlab –
Ota-onamni ardoqlab,
Ummatim deng, Rasululloh!
Opa-singlim, og‘a-inim,
Hayotimga rivoj, unum.
Yorug‘ aylab, zulmat tunim,
Ummatim deng, Rasululloh
Farzand inson uchun ne’mat,
Bir ne’matki, jondan qimmat.
Ularga ham aylab himmat,
Ummatim deng, Rasululloh!
Quvontiring ko‘zlarimni,
Butlay kamu ko‘stlarimni,
Aziz yoru do‘stlarimni,
Ummatim deng, Rasululloh!
Haq kechirsin siz tufayli,
Nasib etsin jannat sayli,
Dushmanlarimni ham mayli,
Ummatim deng, Rasululloh!
Siz suyganni suyar Xudo,
Shafoatdan qilmang judo,
Sizga bo‘lsin jonim fido,
Ummatim deng, Rasululloh!
Tavba qildim gunohimga,
Shayton o‘lsin bir ohimga,
So‘roq kuni Ollohimga,
Ummatim deng, Rasululloh!
Nomingizni aytib har dam,
Ko‘zlarimda tunu kun nam.
Men bechora Botirni ham,
Ummatim deng, Rasululloh!
1997
@Botirjon_Ergashev
«Ramazon tuhfasi» turkumidan
VO, DARIGʻ...!!!
Iymon oti qayga qochdi ip uzib,
Yig‘lashga ko‘z bormi e’tiqod o‘lsa?
Bir-biriga ikki qiz ko‘zin suzib,
Erkak bilan erkak er-xotin bo‘lsa.
Qizqiyofa erkakfe’l ko‘paymoqda,
Erqiyofa nozik bel ko‘paymoqda.
Yog‘ilyotgan balolar bejizgamas,
Lut qavmiga o‘xshash el ko‘paymoqda.
Nafs quzg‘uni qalblarni tinmay cho‘qir,
“Erkin hayot” degan cho‘pchaklar to‘qir.
Erga eru, qizga qiz nikohini,
Faqatgina shaytonvachchalar o‘qir.
Xo‘kiz yurmas xo‘kiz ortidan ma’rab,
Qo‘chqor qo‘ymas qo‘chqorning yungin tarab,
Ey, odamlar, bu qandayin ko‘rgulik,
Erkaklar nozlansa erkakka qarab?
Qush modasi intilmas moda sari,
Nardan nari yurar boshqa bir nari.
Bu kun hayvonni ham hayron qilmoqda,
Odam bilan Havvoning bolalari.
Go‘yo pishmay to‘kilgan kabi g‘o‘ra,
Bunday yigit uchun joy bo‘lsin o‘ra.
Rosti undan tug‘ilmagan yaxshiroq,
Xotinchalish yigit bo‘lgandan ko‘ra.
Ular erlik tongi, shomiga isnod,
Hayyomning may to‘la jomiga isnod.
Alpomishlar tug‘ilgan bu tuproqda,
Ularning pok, ulug‘ nomiga isnod.
Alam, erlik yo‘lin to‘saversalar,
Tanda o‘simtaday o‘saversalar.
Vo darig‘, bu qanday zamon bo‘ldiki,
Erkaklar erkakka bo‘sa bersalar.
Qay kas bu g‘oyani targ‘ib etadi,
Uni bir kun Xudo urib ketadi.
Er bilan er turmush quraversa gar,
Inson nasli butkul qurib ketadi.
Kuyishin bilganlar qo‘lga cho‘g‘ olmas,
Er erkakdan erlik uchun tug‘ olmas.
Bilib qo‘ygin, bir jins istar, nojinslar,
Ayol tug‘dirolmas, erkak tug‘olmas.
Iymondan bir lahza ham nari ketma,
Shum nafsni deb jahannam sari ketma.
Erni er, ayolni ayol yaratgan –
Xudoning hukmiga teskari ketma!
Ayollarcha xayoling boshdan uchsin,
Borib orni quchsin, nomusni quchsin.
Qaydan paydo bo‘lding, seni kim tug‘di,
Sendaylarning urug‘ingga o‘t tushsin!
Noziklashmoqda suyagu go‘shting ham,
Yigitsanu eshiladi mushting ham.
Xotinlarday suzilganingni ko‘rib,
Go‘rda tik turmoqda yetti pushting ham.
Qilmishingdan o‘yga tolib yuribmiz,
Ba’zan malomatga qolib yuribmiz.
Peshonamiz qursin sendaylar bilan,
Bir havodan nafas olib yuribmiz.
Nafsing qursin, xo-yu havasing qursin,
Illatingdan o‘zgalar omon yursin.
“O‘rmon yonsa xo‘l-quruq yonar”, derlar,
Kasofating faqat o‘zingga ursin!
Ne sababdan o‘z-o‘zingga bor qasding,
Xudodan qo‘rq, qaytar bu ishdan dasting,
Xudo haqda senga aytish befoyda,
Bilganingda, xotinchalish bo‘lmasding.
Bilsang, o‘g‘il bo‘lib tug‘ilgan chog‘ing,
Quvongandir sho‘rlik otang – ahmog‘ing.
Bugun otao‘g‘il bo‘lish o‘rniga,
Sening-chi qo‘llaringda lab bo‘yog‘ing.
His qilmaysan so‘zimdagi nishlarni,
Bahoringga almashtirding qishlarni.
La’nat senga, jinsingni o‘zgartirib,
Qilmoqdasan it qilmagan ishlarni.
Barbod bo‘lgan sha’ning qayta obod et,
Odamiylikka qayt, Odamlarga yet!
Botirlarning makonidir Yer shari,
Tuzalmasang, Yer sharidan chiqib ket!
✍Botirjon Ergashev

Ramazonda aytilgan bitta tasbeh Ramazondan boshqa oylarda aytilgan mingta tasbehdan afzaldir.
©Ibn Abu Dunyo
@Botirjon_Ergashev
©Ibn Abu Dunyo
@Botirjon_Ergashev
BIR SO‘Z...
Bo‘yingni osmonga yetkazar bir so‘z,
Umringni poyonga yetkazar bir so‘z,
Bir so‘z seni dorning tagiga eltsa,
Boshingni sirtmoqdan qutqazar bir so‘z.
© Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
Bo‘yingni osmonga yetkazar bir so‘z,
Umringni poyonga yetkazar bir so‘z,
Bir so‘z seni dorning tagiga eltsa,
Boshingni sirtmoqdan qutqazar bir so‘z.
© Botirjon ERGASHEV
@Botirjon_Ergashev
ODAM BO‘LISH BAXT
Tog‘lar osmono‘par, ammo jim yashar,
Shundan milyon yillar ketmas yiqilib.
Bog‘lar sahiylikda go‘yo bellashar,
Bag‘riga bir kun kuz kelishin bilib.
Agar yaxshilikka qilmasa xizmat,
Qo‘ldagi har qalam, bir qarich cho‘pdir.
Ming afsus, bu qismat eng yomon qismat -
Ilmidan isyonga ketganlar ko‘pdir.
O‘zdan ketgan ba’zi olimdan ko‘ra,
Taqdir zolimlarga do‘st qilsin mani.
Nimaga o‘xshashin elimdan so‘ra,
O‘z ilmiga amal qilmas mullani.
Odam bo‘lish qiyin, odam bo‘lish baxt,
Buni bilmagan bosh, go‘shtdir bir o‘ram.
Atrofimga boqsam, bo‘laman karaxt,
Har yog‘im olimlar, biroq odam kam.