Bored Panda
2.1K subscribers
3.23K photos
1.52K videos
6 files
1.63K links
⛵️Digital Odyssey.

Jasurbek Muad'Dib Bazarbaeffning kino, siyosat va atrofimiz haqida.

nstgrm: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff
tiktok: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff

Hamkorlik: @boredpandauzbot
Download Telegram
#youtube_tavsiya

Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilgan SUBYEKTIV jamoasining navbatdagi suhbatdoshi o‘zbek do‘ppisi va piyolasining ambassadori, dunyoning eng nufuzli aviakompaniyalaridan biri – Emirates airlines'da 5 yildan ortiq vaqt mobaynida ekipaj a'zosi bo‘lib ishlab kelayotgan sayohatchi va bloger Davron Alijonov (Teazeal) bo‘libdi.

Ko'ring qiziq:https://www.youtube.com/watch?v=iT8KpgnKGeM

@boredpandablog
Yaponiyadagi muzey. "Oyna ortidagi tabiat"

@boredpandablog
​​293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziya...

1943-1944-yillarda mash'um Ikkinchi jahon urushining eng qizg'in davrida mening bobom, dadamni otalari, Muftullaev Bazarbay tinch hayotini tark etib urushga borib qo'shiladi. U kishi 1-Belarus frontidagi 293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziyada xizmat burchini bajargan.

Ammo 1944-yil fevral oyida qo'lidan qattiq yarador bo'lganidan so'ng harbiy gospitalga jo'natilgan. Keyinchalik urush g'alaba bilan tugagach, o'z yurtiga qaytib hayotini davom ettirgan.

Bugun dadam otamning shaxsiy arxividan quyidagi fotolarni jo'natdi. Unda urushdan keyin har yubiley yillarida turli joylardan G'alaba bilan tabriklab jo'natilgan otkritkalarni, faxriy yorliqlarni ko'rishingiz mumkin.

Bu bayram aslo siyosiy bayram emas. Bu o'tmishni qumsash ham emas, kimgadir nimanidir isbotlash ham emas.

Buni siyosiylashtiradiganlar, turli xil bayonotlar bilan chiqadiganlarning asl maqsadi boshqa ekanligini hech ham unutmaslik lozim.

Hozir men otamning o'sha davrdagi jasoratiga boqar ekanman, shunday odamning avlodi ekanligimdan faxr tuydim. Otam yurtimizni chindan sevgan, uning uchun jon olib, jon bergan. Qachonki, biz shu bayram yaqinlashar ekan, avvalo otamni, boshqa o'tgan qahramon ota-bobolarimizni yodga olamiz.

Bu eng avvalo Xotira kuni. Xotirlash, yaxshilarni eslash dami.
Bu eng avvalo Qadrlash kuni. Tinchligimizni qadriga yetish, yurtimizni azizlash lahzasi.

Bayramingiz bilan Ota! Bayramingiz bilan azizlar!

@boredpandablog
Forwarded from Bored Panda (Jasurbek's Edition)
#tavsiya #kino

9-mayda ko'rish kerak filmlar tavsiyasi

Bu urush haqida, g'alabani qanday qo'lga kiritilganligi va ungacha olib kelgan odamlarning taqdiri to'g'risida bizda va xorijda ko'plab filmlar suratga olingan. Bugun men shulardan ba'zilarini sizga tavsiya qilmoqchiman.

"Sen yetim emassan" — bu o'zbek kinofilmlari ichida shedevr asar. Shu kunlarda bu filmni albatta ko'rish shart. Unda haqiqiy mehr ta'sirchan ko'rsatib berilgan.

Qolgan yaxshi kinolar esa quyidagilar:

"Ярость"

"По соображениям совести"

"Спасти рядового Райана"

"Список Шиндлера"

"Отец солдата"

"Сталинград"

"Приключения канонира Доласа"

"Операция Валькирия"

Bular men bilganlarim, Googleni qidirsangiz boshqalari ham chiqadi

P/s: Aytgancha, ertaga, 9-may kuni, Tvda urush haqida yangi o'zbek filmi "Ilhaq" Jahongir Ahmedov filmi premyerasi bo'lib o'tarkan. Treylerini ko'rdim, yaxshi chiqqan. Ko'ramiz.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tik-toker Dina Saeva qo'shiqchi Sergey Lazarev bilan uchrashadi. Kseniya Sobchak ularni tanishtirarkan, undan Sergey Lazarevning qaysi ashulalarini bilishini so'raydi. U esa bilmasligini namoyish etadi.

Bilmaslik ayb emas, Aslida esa Dina va boshqa tik-tokerlar katta ehtimol bilan shu qo'shiqchilar ashulalarini eshitib ulg'ayishgan (Igor Krutoyni gapirmasa ham bo'ladi).

Menimcha, undagi biroz kalondimog'lik, o'zini boshqalardan katta tutishga intilish va eng yomoni, bilimsizligi - odamlarda ularga nisbatan hurmat bo'lmasligiga olib keladi deb o'ylayman.

Tik-tokerlarning eng asosiy kamchiligi bilim olishni yoki ta'limni pisand qilmasliklari, unga nisbatan juda past qarashlaridir. Ular hali bola va hayot faqat o'yin-kulgidan iborat deb o'ylashadi. Qachonki jiddiy mavzularga yondashishsa, ular haqida gapirishni boshlashsa elementar bilimlarga ham ega emasligini ko'rinib qoladi.

Bu videoda haqiqatda siz bilgan va sevgan tiktokerlarning hayotlari qanday ekanlgini bilib olishingiz mumkin.

@boredpandablog
Xitoy raketasi boshqaruvdan chiqib ketibdi.

Insoniyat endilikda uni qayerga tushishi mumkinligi bilan qiziqmoqda.

Raketaning qulashini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Ayni paytda Afrika orqali uchib, Turkiya tomon uchmoqda.

Kutilayotgan tushish vaqti 2 soat.

https://www.youtube.com/watch?v=X-wvbA-ARxc

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Марк Фрадкин, Евгений Долматовский. Случайный вальс.

O'lmas ashulalar...

Хоть я с вами совсем не знаком,
И далёко отсюда мой дом,
Но мне кажется снова -
Я у дома родного.
В этом зале большом
Мы как будто вдвоём,
Так скажите хоть слово,
Сам не знаю о чём.


@boredpandablog
Bored Panda pinned «​​Abdulla Qodiriy. Biz kim va nimalardan qoʻrqamiz? (1923) Har kimning oʻziga yarasha qoʻrqaturgʻan narsasi boʻladir. “Ishtonsizning choʻpdan hadugi bor”, degandek, shu vaqtda ishtonlik inson — haduksiz odam ehtimol yoʻqdir. Turkiston istatistiqa idorasining…»
Qulupnay bilan iftorlik.

@boredpandablog
Bugun Tatariston Respublikasi Qozon shahridagi (Rossiya) maktablardan biri 175-gimnaziyada 19 yashar yigit o'z nomiga rasmiylashtirilgan quroldan foydalanib ommaviy otishma sodir etgan. Natijada 7 ta o'quvchi va 1 o'qituvchi vafot etgan, 16 o'quvchi esa shifoxonaga yotqizilgan. Hozircha qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda.

Ertaga, 12-may kuni, Tataristonda motam kuni deb e'lon qilindi.

Ria novosti

@boredpandablog