Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.29K subscribers
1.22K photos
58 videos
1 file
458 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
So‘nggi paytlarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlikka oid xabarlar barchamizni farzandlarimizga yanada e’tiborli bo‘lib, ularni qarovsiz qoldirmaslikka va zarur ko‘nikmalarni o‘rgatishga chaqiradi

Shu o‘rinda, bolalarimizni turli xatarli vaziyatlardan asrash uchun qator muhim qoidalarga rioya qilaylik.

Telegram|Facebook|Instagram
#Live

☝️ Qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda. Bunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan muvofiqlashtirilishi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi komissiyaning ishchi organi, qolaversa, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanishi taklif etilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
📌 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda konseptual qabul qilingan "Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunda bulling, ekspluatatsiya, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik bolaga nisbatan zo‘ravonlik shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.

Xo‘sh, bulling o‘zi nima? Ekspluatatsiyachi? Quyida mazkur tushunchalarning ta’rifi keltirilgan👇🏻.

Qator xalqaro hujjatlarga ko‘ra,

1️⃣Bulling – bolaning boshqa bolaga maqsadli ravishda zarar yetkazishidir.
Bu muntazam ravishda takrorlanadigan va jabrlanuvchida unga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishiga to‘sqinlik qiladigan kuchning nomutanosibligidagi harakat. Bulling har qanday joyda va istalgan vaqtda sodir bo‘lishi mumkin: bolaning kundalik hayotida, bevosita munosabatlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda. Bu nafaqat bolaning diqqatini ta'limda jamlashiga to'sqinlik qiladi, balki uzoq muddatli psixologik jarohatlarga ham olib kelishi mumkin. Bulling jarayoni e'tibordan chetda qolib ketishi kerak emas.

2️⃣Ekspluatatsiya – bu bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakldagi mehnatga majburlash;

3️⃣Gʻamxo‘rlik ko‘rsatmaslik – ota-onalar zarur imkoniyatlar, bilim va ko‘nikmalar, shuningdek tegishli xizmatlardan foydalanish sharoitiga ega bo‘lishiga qaramay qarmog‘idagi bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jismoniy, moddiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qondirmaslik.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati

📌 Bolalar ombudsmani bolalarning o‘zidan bevosita kelib tushgan murojaatlarni alohida e’tibor bilan o‘rganadi. Jumladan, yaqin kunlarda Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli M.M. (o‘g‘il bola) dan murojaat kelgan.

📄 Aytilishicha, M.M. ning onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o‘tkazib kelgan bo‘lib, shu sababli bola 2023-yildan buyon onasidan alohida, buvisi qaramog‘ida yashab kelgan. Shuningdek, M.M. uning otasi aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun ozodlikdan mahrum qilinganligini bildirib, singlisi va o‘zini onasi qaramog‘iga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasida amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining so‘rovi
asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy vaziyati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi holatni o‘rganishi davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta’minlay olishi to‘g‘risidagi berilgan xulosasi asosida M.M. ga va uning singlisiga buvisi rasmiy ravishda vasiy etib belgilandi.

Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham Bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo‘lib, zarur hollarda tegishli ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘riladi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖇️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

Bugun quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

☑️ Rossiya Federatsiyasida qolib ketgan nevarasini O‘zbekistonga qaytarish masalasidagi buvining murojaati;

☑️ Bolani dars mashg‘ulotlaridan qoldirib, uyida og‘ir mehnatga majbur qilayotgan otaga nisbatan chora ko‘rish va bolani onaga qaytarish masalasi yuzasidan;

☑️ Voyaga yetmagan qizni
aldab, noqonuniy ravishda uchinchi davlat orqali Turkiyaga olib ketilganligi yuzasidan;

☑️ Ota-ona nikohdan ajralganidan so‘ng bolaning otasi va boshqa qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishish huquqi buzilayotganligiga oid;

☑️ Ona o‘z bolasiga tazyiq o‘tkazib kelayotganligi va bolani yaqin qarindoshlari o‘z qaramog‘iga olishga harakat qilayotganligi yuzasidan;

☑️ AQShda ajralish jarayonidagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan ota-ona o‘rtasidagi farzandlar 2 davlatning qay birida va qanday tarzda yashashi nizosiga oid;

☑️ maktab o‘qituvchisining bolalarni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilib, millatlararo adovat mazmunidagi gaplar bilan o‘quvchilarning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilayotgani hamda tazyiq o‘tkazayotganligiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM