Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.3K subscribers
1.22K photos
58 videos
1 file
458 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
Bolalar ombudsmani navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

✔️ Shaxsiy qabul davomida:

🔹maktabgacha ta’lim muassasasida bola sog‘lig‘i va xavfsizligiga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi oqibatida bola jarohatlanishi masalasiga oid;

🔸bolaning yashash sharoiti va atrofidagi shaxslar uning hayoti va sog‘lig‘iga xavfsiz emasligi yuzasidan;

🔹bolani ta’minlash uchun ota tomonidan o‘z vaqtida aliment to‘lanmayotganligi yuzasidan;

🔸ota-ona nikohdan ajralganidan so‘ng bolaning otasi bilan muntazam ko‘rishish huquqi cheklanayotganligi yuzasidan;

🔹 bolaning nikohdan ajralgan ota-onadan qay biri bilan yashashi masalasiga oid nizo;

🔸bolaning hayoti uchun jiddiy xavf-xatarli sharoit hamda turli qonunbuzarlik faktlari sababli ota-onalik huquqini cheklashga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganilgan murojaatlar yuzasidan ijtimoiy va huquqiy ko‘mak choralari ko‘rilib, mazkur holatlarda bolaning buzilgan huquqlari tiklanishi bo‘yicha amaliy jarayon boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram
📌 7-fevral kuni Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabulida bo‘lgan fuqaro M.D. (ayol) o‘z murojaatida sobiq turmush o‘rtog‘i bolasi (2007-yil) uchun alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganligi, buning ustiga chet el oliygohiga o‘qishga qabul qilingan farzandini ota xorijga chiqishiga ruxsat bermayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Mazkur masalada Bolalar ombudsmanining mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko'rgan choralari natijasida M.D. ga sobiq turmushi tomonidan 28 million so‘m aliment qarzdorlik to‘lanishi ta’minlandi. Shuningdek, bolaning istiqboli va kelgusi imkoniyatlari tushuntirilishi natijasida ota farzandining xorijga ta’lim uchun chiqishiga rasmiy ravishda ruxsat berdi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍“Bolalar holatining milliy monitoringi: natijalar, muammolar, istiqbollar” mavzusidagi xalqaro onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Bola huquqlari bo‘yicha vakillari bilan birgalikda bolalar bo‘yicha holat monitoringi milliy tizimlari borasida muloqot qildik.

Xususan, Qozog‘iston🇰🇿, Qirg‘iziston🇰🇬, Tojikiston🇹🇯, Rossiya🇷🇺, Belarus🇧🇾, Armaniston🇦🇲 milliy tajribasi bilan tanishib, bolalar holatini baholashning turli shakl va usullari yuzasidan fikr almashdik.

Aytish muhimki, har bir davlat monitoring olib borishning o‘ziga xos tizimiga ega bo‘lsada, barchamizning maqsad va intilishlarimiz uyg‘un - bola huquqlarini ishonchli himoyalashdir.

Bunday xalqaro muloqot maydonini tashkil qilgan Qozog‘iston Respublikasi Bolalar ombudsmaniga minnatdorlik bildirar ekanmiz, ishonamizki, o‘zaro konstruktiv hamkorligimiz yanada faol davom etadi🤝.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OAV da "Navoiyda maktab o‘quvchilari dars payti sport zalga yig‘ilib, sochi olindi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda

"Maktab ma’muriyati tomonidan bunday harakatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, bu umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining odob-ahloq qoidalariga zid. Muhimi esa, bu bolaning Konstitutsiyada kafolatlangan shaxsiy daxlsizlik huquqi hamda uning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga tahdid soladi. Mazkur harakatga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi zarur", - deb ta’kidlaydi Bolalar ombudsmani.

Hozirda bu kabi nomaqbul holatlarning boshqa ta’lim muassasalarida ham yuzaga kelmasligi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Parlamentda muhokamada bo’lgan qonun bilan bolalar zo’ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinadi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram
📌 Bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) instituti tashkil etilganligining 29 yilligiga bag‘ishlangan "Inson huquqlari - davlatlar barqaror rivojlanishining muhim omili” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 30 dan ortiq davlat ombudsmanlari ishtirok etdi.

Mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan sessiyada Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolalar mehnati va ekspluatatsiyaning boshqa shakllariga barham berishga oid milliy tajriba borasida ma’lumot berdi.

Shubhasiz, so‘nggi yillarda kompleks yondashuv tufayli O‘zbekistonda bolalar mehnatiga butunlay barham berishga erishildi va bu xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etildi.
 
📊 Shu bilan birgalikda, YUNISEF hamda Statistika agentligi tomonidan tayyorlangan statistik sharh sohada e’tiborga molik yana qator masalalar borligini ko‘rsatmoqda.

Masalan, 2021-2022 yillarda 5-17 yoshli bolalarning 21% iqtisodiy faoliyat va uy ishlariga belgilangan me’yorlardan ortiq jalb qilingan. Ushbu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalar o‘rtasida 23%, qizlar o‘rtasida esa – 18%ni tashkil etadi. Eng yuqori ko‘rsatkich Janubiy mintaqada (35%), eng pasti esa Toshkent shahrida (6%) qayd etilgan.

Bolalar ombudsmani mamlakatda bolalar holati monitoringini olib borishda bola manfaatlari ishonchli ta’minlanishida bu yo‘nalishni ham chuqur va izchil tahlil etish zarurligiga ahamiyat qaratadi

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UNICEF Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni parvarish qilish bo'yicha savollaringiz bormi? Mutaxassisga murojaat qilishga vaqtingiz yo'qmi? Bu borada Bebbo sizning ishonchli yordamchingiz bo’la oladi!

Ushbu ilovani telefoningizga yuklab olib, o'zingizga qulay bo'lgan vaqtda oddiy, ammo juda muhim maslahatlarni olishingiz mumkin.

✔️ Ushbu ilovani yuklab olish va undan qanday foydalanish haqida videolarni tomosha qiling: https://bit.ly/unicefuzbebbo

⭐️ App Store: https://bit.ly/bebboapp
⭐️ Google play: https://bit.ly/bebbogoogle
РАСМИЙ АХБОРОТ

Бугун Тошкент шаҳар судида “Док-1 Макс” дори воситаси билан боғлиқ жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича суд жараёни тугаб, суд ҳукми эълон қилинди.

👉 Батафсил

Сайт I Telegram I Facebook I YouTube
🇺🇳UNICEFning talqiniga ko‘ra, erta nikoh — bu 18 yoshga to‘lmagan shaxs bilan rasman tuzilgan nikoh yoki norasmiy ittifoq sanaladi. Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga muvofiq, yer yuzida yashovchi 650 millionga yaqin ayol 18 yoshga to‘lmasdan erta turmushga chiqqan.

Afsuski, ko‘plab mamlakatlarda voyaga yetmagan qizni turmushga berish uni ochlikdan yoki zo‘ravonlikdan asrashning yakkayu yagona yo‘li degan qadimiy tafakkur hali hanuz dolzarbdir.

Erta nikoh ayniqsa Afrika mamlakatlarida, jumladan Niger, Chad, Efiopiya, Tanzaniya kabi davlatlarda keng tarqalgan.

Osiyo davlatlarida ham bu urf-odat ko‘p kuzatiladi. Masalan, Bangladeshda🇧🇩 13 yoshda turmushga chiqish bu yerning aholisi uchun g‘ayrioddiy holat sanalmaydi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu davlatda 38 million qiz 18 yoshga to‘lmasidan, undan 13 millionga yaqini esa - 15 yoshga to‘lmasidan turmush quradi.

🇮🇳Hindistonda qonuniy nikoh yoshi qizlar uchun 18 yosh bo‘lib, qonunni buzish uchun 2 yilgacha qamoq jazosi belgilangan bo‘lsada, Hindistonda har yili o‘rtacha 2 ming nafardan ortiq erkak bu jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilinadi.

🇮🇩Indoneziyada qizlar 16 yoshdan, o‘g‘il bollar esa 19 yoshdan oila qurishlari mumkin. Mazkur davlatda yiliga taxminan voyaga yetmaganlarning 64 mingdan ortiq nikohi qayd etiladi.

🇹🇷Turkiyada esa 2023-yilda 16-17 yoshdagi 10 471 nafar qiz erta turmush qurgan. Turkiya qonunlariga ko‘ra, nikohlanishning yosh chegarasi 2022-yilda 18 etib belgilangan. Biroq, ota-ona roziligi bilan 17 yoshga pasaytirilishi mumkin.

🇺🇿O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab, erkaklar va ayollar uchun yagona nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan.
Bunday qat’iy chegara o‘zining samarasini berdi va ko‘plab erta nikoh holatlariga qonunan chek qo‘ydi.

Umumiy holatni taqqoslash uchun ta’kidlash joizki, 2018-yilda Respublika bo‘ylab 5123 ta erta nikoh holati qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, erta nikohlar soni faqat 42 tani tashkil etgan.

Umuman olganda, davlatlarning erta nikoh kabi bola manfaatlariga mutlaqo zid bo‘lgan salbiy voqeilikga barham berish uchun qilayotgan say’i -harakatlari o‘zining global samarasini bermoqda.

Xususan, UNICEFning 2023-yilgi hisobotida oxirgi 25 yilda 68 million voyaga yetmaganlarning nikohi oldi olinganligi qayd etilgan.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM