Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.27K subscribers
1.22K photos
59 videos
1 file
459 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir. Ahamiyatlisi, u yoki bu huquqi buzilayotgani bo‘yicha bolalarning o‘zlari bergan murojaatlar soni ham oshib bormoqda.

Shaxsiy qabul davomida:

🔸bolaning ota-onalardan qay biri bilan yashash masalasi nizosiga oid;

🔹bolaga muayyan vaqt davomida yuqori sinf o‘quvchisi tomonidan tazyiq o‘tkazilib kelinishi (bulling);

🔸Livan Respublikasida qolib ketgan farzandini O‘zbekistonga qaytarishga oid;

🔹farzandlariga ruhiy tazyiq o‘tkazib kelganligi va ularni turli g‘ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilgani uchun onalik huquqidan mahrum qilishga oid;

🔸bolaga maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi tomonidan o‘tkazilgan tazyiq va uning oqibatlari yuzasidan;

🔹bolalarning munosib sharoitda yashash huquqini buzish yuzasidan va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganilgan murojaatlar yuzasidan ijtimoiy va huquqiy ko‘mak choralari ko‘rilib, mazkur holatlarda bolaning buzilgan huquqlari tiklanishi bo‘yicha amaliy jarayon boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram
🤝 Bugun Bolalar ombudsmani Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisining katta maslahatchisi Zilke Klyover bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda 2024-2025 yillarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan, inson huquqlariga oid ta’lim hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishning muhim vositasi sifatida bola huquqlarini ilgari surish va bu borada milliy mutaxassislar salohiyatini kuchaytirishda ko‘mak ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, bolalar va o‘smirlarning mediamakonda xavfsizligi va ularni turli shakldagi internet tahdidlardan himoyalash bo‘yicha hamkorlikda amaliy choralar ishlab chiqish va bu borada rivojlangan mamlakatlar ilg‘or tajribasini o‘rganib, O‘zbekistonda samarali tatbiq etish masalalari muhokama qilindi✔️.

Telegram|Facebook|Instagram
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda To‘rtko‘l tumanidagi internat tarbiyachisi yosh bolani urayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, videodagi voqea To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab internati tarbiyachisi D.M. tomonidan 2013-yilda tug‘ilgan S.M. ga nisbatan 2023-yilning oktabr oyida sodir etilgan.

Internat shaklidagi maktablarda tahsil olayotgan bolalar tarbiyachilarining yanada ko‘proq e’tibori va g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lsada, aynan ana shu vazifa yuklatilgan insonlarning o‘zi bolaga bunday nomaqbul munosabatda bo‘lishini hech qanday holatda oqlab bo‘lmaydi

Bunday faktlarga nisbatan mutlaqo murosasiz bo‘lib, bu kabi harakatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qat’iy ravishda qonun doirasidagi javobgarlikka tortilishi shart.

Hozirda mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun Bolalar ombudsmani Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida bolaga (2017-yilda tug‘ilgan qizga) nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat (JKning 119-moddasi, 4-qismi) yuzasidan yopiq tarzda o‘tkazilgan sud protsessida bolaning qonuniy manfaatlari nuqtai nazaridan ishtirok etdi.

Sud mazkur og‘ir jinoyatni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, ishdagi dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchini aybli deb topdi hamda unga amaldagi qonun doirasidagi qat’iy jazo chorasi – 16 yil ozodlikdan mahrum qilish (qattiq tartibdagi koloniyalarda o‘tash) jazosini tayinladi.

E'tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so'ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo'llanilmaydi va u jazoni to'liq o'taydi.

Bugungi kunda sudlarimizda bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanib borayotganligi nihoyatda muhimdir. Bunday yondashuv yanada barqaror davom etishi zarur!

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, bolalarga nisbatan sodir etilayotgan bu toifadagi jinsiy jinoyatlarni, shu jumladan, mazkur ish materiallarini o‘rganish ham shuni ko‘rsatayaptiki, afsuski, bunday qabih jinoyatlarni sodir etishda jinoyatchilarga bolaning ayni paytdagi qarovsizligi, begona shaxsga ishonuvchanligi va undan mutlaqo hayiqmasligi kabi holatlar qo‘l kelmoqda.

Farzandlarimizni bunday mudhish vaziyatlardan asrash uchun, eng avvalo, kichik yoshdagi bolajonlarni imkon qadar kattalar qarovisiz qoldirmaslik lozim. Shu bilan birga, bolaga har qanday hollarda ham begonalar bilan suhbatlashmaslik, agar shunday xavf bo‘lsa, birinchi navbatda, o‘zini qanday tutish va nima qilish zarurligi bo‘yicha oddiy qoidalarni o‘rgataylik. Bunday ko‘nikmalar bolada uyda ham, bog‘cha va maktabda ham birdek shakllantirilib borilishi zarur.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📑 2023-yilda Bolalar ombudsmaniga kelib tushgan murojaatlarning turi va soni to‘g‘risida ma’lumot

Telegram|Facebook|Instagram
⚡️15-fevral kuni Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoq orqali maktab o'quvchisi o'z o‘qituvchisi tomonidan kaltaklanib, shifoxonada yotganligi aks etgan video kelib tushdi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi

Aniqlanishicha, joriy yil 11-fevral kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi A.S. 7-sinf o‘quvchisi, 2010-yilda tug‘ilgan M.S. ni boshini devorga bir necha bor qattiq urib, unga jarohat yetkazgan.

Buning natijasida bola bosh qismi sohasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismiga (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolaning fikri necha yoshdan turli mamlakatlarda sud jarayonlarida eshitilib, inobatga olinadi

🇮🇹Italiya Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, 12 yoshga to‘lgan bola uning manfaatlariga tegishli bo‘lgan barcha sud prosesslarida o‘z fikrini bayon etish huquqiga ega.

🇩🇪Germaniyada 14 va undan katta yoshdagi bolalar ota-onasining ajrashishi yoki yashash joyini belgilash kabi turli masalalar bo‘yicha sudda o‘z fikrini bildira oladi.

🇷🇺RF Oila kodeksida 10 yoshga to‘lgan yoki undan ham kichik yoshda bo‘lgan (agar sud uning huquqlariga ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini shakllantirishga qodir deb topsa) oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda etishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama jarayonida fikr bildirishga haqli deb belgilangan.

🇰🇬Qirg‘izistonda esa bola o‘z fikrini sud jarayonida 12 yoshdan boshlab bildirishi mumkin.

🇸🇪Shvetsiyada ham 12 yoshdan boshlab bolalar sudda huquqiga ega va qaror qabul qilishda ularning fikri inobatga olinadi.

🇨🇦Kanadada 12 yoshdan oshgan bolalar ham sudda o‘z fikrlarini bildirish huquqiga ega va manfaatlariga oid masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinganda ularning fikri inobatga olinishi mumkin.

Telegram|Facebook|🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolani himoya qilish maqsadida xabar tarqatgan fuqaro jazolanmasligi muhim

Loyihaga ko‘ra, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga tarif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash hamda qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda. Zo‘ravonlik shakllari sifatida jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar kiritilmoqda. Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari belgilanmoqda.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO