Navro'zim
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bog'lar-daraxtlarniki,
Tog'lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bog' bahorsiz qolmasin,
To'kmasin tog' lolasin.
O'zbekiston bag'rida,
Navro'zlar omon bo'lsin,
Navro'zlar omon bo'lsin.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Navro'z, navro'z, navro'zim,
Sen mening ko'rar ko'zim,
Sen mening aytar so'zim,
Sen mening yorug' yuzim.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bog'lar-daraxtlarniki,
Tog'lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Bog' bahorsiz qolmasin,
To'kmasin tog' lolasin.
O'zbekiston bag'rida,
Navro'zlar omon bo'lsin,
Navro'zlar omon bo'lsin.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
Navro'z, navro'z, navro'zim,
Sen mening ko'rar ko'zim,
Sen mening aytar so'zim,
Sen mening yorug' yuzim.
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
ONA TILIM-BOY TILIM
Osmon-bu samodir,
Samo-chi, falak.
Falakni-ko'k deya
Bo'lar atasak.
Ko'kni ham ba'zida
Ataymiz-fazo.
Chindan ham tilimiz
Boydir-a, rosa.
RO'ZOMUROD BOLQIYEV
Mirzacho'l timani.
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Osmon-bu samodir,
Samo-chi, falak.
Falakni-ko'k deya
Bo'lar atasak.
Ko'kni ham ba'zida
Ataymiz-fazo.
Chindan ham tilimiz
Boydir-a, rosa.
RO'ZOMUROD BOLQIYEV
Mirzacho'l timani.
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
QANDAY SON?
Bir,uch,besh,yetti...
Sonlarni o'tdim sanab.
Qatorda sonlar yo'qdir,
Sanadim-a,men sakrab.
Ayting, o'sha sonlarni,
Hali bor sizda imkon.
Men tashlab,sanamagan,
Sonlar ekan,qanday son?
NECHTA NON?
Non bor ikki savatda,
Birida bordir to'rtta.
Ikkinchisida esa,
Ikki barobar ko'pda.
Hisobla-chi,nonlarni,
Adashmasdan Umidjon.
Ikkala savatchada,
Bor ekan ayt,nechta non?
O'RDAKLAR NECHTA
QOLDI?
Qirg'oqda yurgan edi,
O'rdaklardan o'n uchta.
Beshtasi suzib ketgach,
Qirg'oqda qoldi nechta?
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Bir,uch,besh,yetti...
Sonlarni o'tdim sanab.
Qatorda sonlar yo'qdir,
Sanadim-a,men sakrab.
Ayting, o'sha sonlarni,
Hali bor sizda imkon.
Men tashlab,sanamagan,
Sonlar ekan,qanday son?
NECHTA NON?
Non bor ikki savatda,
Birida bordir to'rtta.
Ikkinchisida esa,
Ikki barobar ko'pda.
Hisobla-chi,nonlarni,
Adashmasdan Umidjon.
Ikkala savatchada,
Bor ekan ayt,nechta non?
O'RDAKLAR NECHTA
QOLDI?
Qirg'oqda yurgan edi,
O'rdaklardan o'n uchta.
Beshtasi suzib ketgach,
Qirg'oqda qoldi nechta?
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
ECHKI SUZDI
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
- Hoy, do'stim Turdi,
Seni kim urdi?
- Urmadi hech kim,
Suzdi-da, echkim.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
SUHBAT
-Oyi, qarang sochingizga
Oq tudhibdi.
Yuzingizga ajin, hatto
Dog' tushibdi.
- Yuzimdagi ajin emas,
Bosgan izim.
Sochimdagi oq tolalar,
Ko'rkdir qizim.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
- Hoy, do'stim Turdi,
Seni kim urdi?
- Urmadi hech kim,
Suzdi-da, echkim.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
SUHBAT
-Oyi, qarang sochingizga
Oq tudhibdi.
Yuzingizga ajin, hatto
Dog' tushibdi.
- Yuzimdagi ajin emas,
Bosgan izim.
Sochimdagi oq tolalar,
Ko'rkdir qizim.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
O'RTACHA SUT QANCHA?
Alisherning onasi
Sut sog'uvchi fermada.
Sigirlar bari zotdor,
Axir ular termada.
Ertalab sog'ib oldi
Besh sigirdan sut,ancha.
Qirq litrlik idishni
To'ldirdi og'zigacha.
Bitta sigir qancha sut,
Berganini bilmassiz.
Zukkolarim mayliga,
O'rtachasin toping siz.
Qirq litr besh sigirga
Yaxshi unumdir ancha.
Toping har bir sigirning,
O'rtacha suti qancha?
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
LOLANIKI NECHTA?
Karima bilan Lola
Misol yechdi o'n beshta.
Karima yechdi beshta,
Lola-chi,ayting nechta?
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
O'RTACHA SUT QANCHA?
Alisherning onasi
Sut sog'uvchi fermada.
Sigirlar bari zotdor,
Axir ular termada.
Ertalab sog'ib oldi
Besh sigirdan sut,ancha.
Qirq litrlik idishni
To'ldirdi og'zigacha.
Bitta sigir qancha sut,
Berganini bilmassiz.
Zukkolarim mayliga,
O'rtachasin toping siz.
Qirq litr besh sigirga
Yaxshi unumdir ancha.
Toping har bir sigirning,
O'rtacha suti qancha?
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
LOLANIKI NECHTA?
Karima bilan Lola
Misol yechdi o'n beshta.
Karima yechdi beshta,
Lola-chi,ayting nechta?
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
RO'ZIMUROD BOLQIYEV
🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
HARFLAR TILGA KIRDI
Barcha harf jam bo'ldilar,
Dildan suhbat qurgani.
Bolajonlar, soling quloq,
Oling hatto, o'rganib.
Tartib bilan so'zga chiqdi,
Har bir harf shoshmasdan.
Har birini o'rganingiz,
Bilim oling, qochmasdan.
Eng birinchi "A" harfi
So'zga chiqdi, turib tik.
Biz ular so'zlariga
Jim turib quloq tutdik:
A
Alifboda sardorman,
"Ayiq", "Asal"da boshman.
Agar so'rsangiz yoshim,
Albat, siz kabi yoshman.
B
Bolalar, bilim oling,
Besh baho ko'plab oling.
Bolari kabi tinmay,
Bilimni to'plab oling.
D
Do'lana dona-dona,
Donalar-chi, dugona.
"Do'ppi", Dazmol","Daraxtda"
Doim shayman men yana.
E
Eh, qandayin zo'r kitob,
Ertaklari ko'p kitob.
Ertakda echki, hatto,
Eshak ham o'qir kitob.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Barcha harf jam bo'ldilar,
Dildan suhbat qurgani.
Bolajonlar, soling quloq,
Oling hatto, o'rganib.
Tartib bilan so'zga chiqdi,
Har bir harf shoshmasdan.
Har birini o'rganingiz,
Bilim oling, qochmasdan.
Eng birinchi "A" harfi
So'zga chiqdi, turib tik.
Biz ular so'zlariga
Jim turib quloq tutdik:
A
Alifboda sardorman,
"Ayiq", "Asal"da boshman.
Agar so'rsangiz yoshim,
Albat, siz kabi yoshman.
B
Bolalar, bilim oling,
Besh baho ko'plab oling.
Bolari kabi tinmay,
Bilimni to'plab oling.
D
Do'lana dona-dona,
Donalar-chi, dugona.
"Do'ppi", Dazmol","Daraxtda"
Doim shayman men yana.
E
Eh, qandayin zo'r kitob,
Ertaklari ko'p kitob.
Ertakda echki, hatto,
Eshak ham o'qir kitob.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
HARFLAR TILGA KIRDI
F
Filcha rosa o'ynadi,
Favvorada suv bilan.
Fartugini ho'l qilgach,
Futbol o'ynar to'p bilan.
G
Globus o'xshar to'pga,
Gulga o'shar chiziqlar.
Gir aylanar teginsam,
Globus xo'p qiziqda.
H
"Humo", "Handalak", "Hunar"
Har vaqt mendan boshlanar.
Hunarli bo'ling doim,
"Hunar, hunardan unar".
I
Ikrom bilan Ilhom
It uchun zo'r in yasar.
Iroda-chi, chevardir,
Ignaga ip o'tkazar.
J
Jayrondan bo'ldi hafa,
Jajjigina jirafa.
Joyga talashdi ular,
Jo'ja ustidan kular.
K
Kakku, kaptar, kaklik
Ko'pdir ushbu kitobda.
Kim ko'rmoqni istasa,
Kelib ko'rsin shu tobda.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
F
Filcha rosa o'ynadi,
Favvorada suv bilan.
Fartugini ho'l qilgach,
Futbol o'ynar to'p bilan.
G
Globus o'xshar to'pga,
Gulga o'shar chiziqlar.
Gir aylanar teginsam,
Globus xo'p qiziqda.
H
"Humo", "Handalak", "Hunar"
Har vaqt mendan boshlanar.
Hunarli bo'ling doim,
"Hunar, hunardan unar".
I
Ikrom bilan Ilhom
It uchun zo'r in yasar.
Iroda-chi, chevardir,
Ignaga ip o'tkazar.
J
Jayrondan bo'ldi hafa,
Jajjigina jirafa.
Joyga talashdi ular,
Jo'ja ustidan kular.
K
Kakku, kaptar, kaklik
Ko'pdir ushbu kitobda.
Kim ko'rmoqni istasa,
Kelib ko'rsin shu tobda.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
HARFLAR TILGA KIRDI
L
Laylak uchun osh suzdi,
Laganga oshpaz xo'roz.
Lof emasdir, qoldirmay
Laylakvoy urdi paqqos.
M
Maymun daraxt shoxidan
Mevalarni o'g'irlar.
Maymoqvoy uni lo'rib,
Menga ber deb vovullar.
N
"Non", "Nok" va "Nog'ora"
"N"dan boshlanar doim.
Nay sozini chalsangiz,
Navo chiqar muloyim.
O
Oy ko'rindi osmonda,
Oq bulutlar ortidan.
Oqshom tushgani shudir,
Oybek, Ozod oling dam.
P
Paxta gulli piyola
Peshtaxtada turibdi.
Piyolaning ichida
Paxta yog'i turibdi.
Q
Qalam olib qo'liga
Quyon rasmin chizdi Esh.
Qoyil qolib ustozi
Quyon uchun qo'ydi "besh".
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
L
Laylak uchun osh suzdi,
Laganga oshpaz xo'roz.
Lof emasdir, qoldirmay
Laylakvoy urdi paqqos.
M
Maymun daraxt shoxidan
Mevalarni o'g'irlar.
Maymoqvoy uni lo'rib,
Menga ber deb vovullar.
N
"Non", "Nok" va "Nog'ora"
"N"dan boshlanar doim.
Nay sozini chalsangiz,
Navo chiqar muloyim.
O
Oy ko'rindi osmonda,
Oq bulutlar ortidan.
Oqshom tushgani shudir,
Oybek, Ozod oling dam.
P
Paxta gulli piyola
Peshtaxtada turibdi.
Piyolaning ichida
Paxta yog'i turibdi.
Q
Qalam olib qo'liga
Quyon rasmin chizdi Esh.
Qoyil qolib ustozi
Quyon uchun qo'ydi "besh".
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
HARFLAR TILGA KIRDI
R
Randa bilan yogochni
Rosa silliqlab Rustam
Rom yasadi uychaga
Rustam-chi, mohir usta.
S
Sabzi chizdi Salima,
So'ng sariqqa bo'yadi.
Suratdagi serka ham
"Sabzi ber"-deb qo'yadi.
T
Tovug'im tuxum qo'ydi,
Tulki-chi, ko'rib qo'ydi.
Tulkining tumshug'idan
Tosh bilan urib qo'ydim.
U
Uzumdan uzib oldi,
Umida qarang bir bosh.
Ukasiga ham berdi,
Uzum navidir- charos.
V
Varrak yasadi Vali,
Valijon mohir usta.
Vaqt o'tmadi uncha ko'p,
Varragi bo'ldi uchta.
X
Xo'rozboy xat yo'lladi,
Xorazmlik xo'rozga.
Xabarida yozdi u
Xurmo keltir, deb bizga.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
R
Randa bilan yogochni
Rosa silliqlab Rustam
Rom yasadi uychaga
Rustam-chi, mohir usta.
S
Sabzi chizdi Salima,
So'ng sariqqa bo'yadi.
Suratdagi serka ham
"Sabzi ber"-deb qo'yadi.
T
Tovug'im tuxum qo'ydi,
Tulki-chi, ko'rib qo'ydi.
Tulkining tumshug'idan
Tosh bilan urib qo'ydim.
U
Uzumdan uzib oldi,
Umida qarang bir bosh.
Ukasiga ham berdi,
Uzum navidir- charos.
V
Varrak yasadi Vali,
Valijon mohir usta.
Vaqt o'tmadi uncha ko'p,
Varragi bo'ldi uchta.
X
Xo'rozboy xat yo'lladi,
Xorazmlik xo'rozga.
Xabarida yozdi u
Xurmo keltir, deb bizga.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
HARFLAR TILGA KIRDI
Y
Yo'lbars o'rmonda yashar,
Yo'l-yo'l bordir chizig'i,
Yovvoyi hayvondir u,
Yong'oq yemas qizig'i.
Z
Zinadan chiqayotib
Zokirjon topdi zirak.
Ziyrakda u juda ham
Zuhraniki, der zirak.
O'
O'lkamga keldi bahor,
O't-o'lanlar qoplandi.
O'rik gulladi bog'da,
O'rdak suvga otlandi.
G'
G'ildiragin g'izillatar,
G'ani degan sho'x bola.
G'am neligin bilmaydi,
G'uncha kabi yosh bola.
SH
Shaxmat o'ynar edilar
Shavkat bilan Shohista.
"Shoh" bergan edi Shavkat,
Sham ham o'chdi ohista.
CH
Chumchuq topib chigirtka
Chaqirdi sherigini.
Chunki topgan edi u
Chigirtka yirigini.
NG
Qishlog'imda otdi tong,
Xo'rozlar-chi, urar bong.
Chiqmoqda quyosh qarang,
Quyosh nuri tilla rang.
' (TUTUQ BELGISI)
Alifboda o'rnim bor, bilib qo'y-ki,
Nomimni deyishadi - tutuq belgi.
Gar qo'ymasang "sa'va", "a'lo"larga,
Kulgi bo'lib qolasan bolalarga.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
MIRZACHO'L TIMANI
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
Y
Yo'lbars o'rmonda yashar,
Yo'l-yo'l bordir chizig'i,
Yovvoyi hayvondir u,
Yong'oq yemas qizig'i.
Z
Zinadan chiqayotib
Zokirjon topdi zirak.
Ziyrakda u juda ham
Zuhraniki, der zirak.
O'
O'lkamga keldi bahor,
O't-o'lanlar qoplandi.
O'rik gulladi bog'da,
O'rdak suvga otlandi.
G'
G'ildiragin g'izillatar,
G'ani degan sho'x bola.
G'am neligin bilmaydi,
G'uncha kabi yosh bola.
SH
Shaxmat o'ynar edilar
Shavkat bilan Shohista.
"Shoh" bergan edi Shavkat,
Sham ham o'chdi ohista.
CH
Chumchuq topib chigirtka
Chaqirdi sherigini.
Chunki topgan edi u
Chigirtka yirigini.
NG
Qishlog'imda otdi tong,
Xo'rozlar-chi, urar bong.
Chiqmoqda quyosh qarang,
Quyosh nuri tilla rang.
' (TUTUQ BELGISI)
Alifboda o'rnim bor, bilib qo'y-ki,
Nomimni deyishadi - tutuq belgi.
Gar qo'ymasang "sa'va", "a'lo"larga,
Kulgi bo'lib qolasan bolalarga.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
MIRZACHO'L TIMANI
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
0 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Diqqat mening nomim nol,
Oquvchim sen ogoh bol.
Yolgiz tursam yoqman men,
Sherik bolsa toqman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Diqqat mening nomim nol,
Oquvchim sen ogoh bol.
Yolgiz tursam yoqman men,
Sherik bolsa toqman men.
Yozilishim qiyinmas
Dum-dumaloq chizsang bas!
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
1 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Bir degan sanoq sonman ,
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh,
Bitta oy, bir quyosh,
Yozishga ham o’ng’ayman,
Qoziqchaga o’xshayman
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
2 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Ikki degan nomim bor,
Ikki birdan men tayyor.
Ikki qo’l, ikki oyoq,
Ikki ko’z, ikki quloq,
Nimaga o’xshayman xo’sh
Xuddi ko’ldagi oqqush !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
3 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Uchta birman nomim uch,
Birlashganda bo’lar kuch.
Uchgacha sanayman der,
Shart o’ynagan har bir sher.
Yozish uncha qiyinmas,
Tishlangan ikki kulcha.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
4 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Men to’rt degan raqamman,
Ikki ikkidan jamman.
Bo’lsa ikki juft o’rtoq,
To’rtta ulfat o’sha choq.
Yozishni mashq qil picha,
Bir oyog’i narvoncha !
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
5 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Besh degulik nomim bor,
Raqamlar ichra ilg’or.
Bir-bir qo’shsa anchaman,
Qo’ldagi besh panjaman.
Yaxshi tirish yozmoqqa,
Sal o’xshayman qarmoqqa.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
6 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Beshdan keyin oltiman,
Raqamlarning oldiman.
Ikki uchni qo’shsang bas,
Hech qachon esdan chiqmas .
Yozishni lozim bilmoq
Guyoki oddiy ilmoq
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
7 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Mening nomimdir yetti,
Endi demanglar mitti.
Oltidan bitta ko’pman,
Yetti yulduzman to’pman.
Chizginda kichik o’roq,
Beliga boyla belboq
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
8 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Sanamay demang sakkiz,
Ikki to’rtni qo’shsangiz,
Hosil bo’laman shu on,
Yaxshi bilgin ukajon
Yozilishim bil qani,
Tasavvur qil pillani.
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
9 raqami
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
Men to’qqizman to’qqizman,
Sonlar ichra yolg’izman.
Sakkizdan bitta katta,
Bilib qo’ygin albatta.
Yozishni o’rgan asta.
Ilmoqman dumi pastda
🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸
https://t.me/Bolajonlarga_sherlar