Bobosher's blog | #FreePalestine
NUUda o'qish bir bahona edi...
Reaksiyalar uchun rahmat, lekin gap diplom haqida edi ))
😁5
Forwarded from Umid Gafurov's Blog
Jamiyatga murojaat…
Bugun O’zbekistonda vaqtli turmush qurish va farzand ko’rish haqida o’z fikrlarimni yozishni rejalashtirgandim. Keyin baribir to’g’ri tushunishmaydi, «aql o’rgatma» deyishadi deb fikrimdan qaytgandim.
Hozir o’zini va 3 nafar farzandalarini joniga qasd qilgan 27 yoshli ayol haqida o’qib… daxshatga tushdim.
To’g’ri, biz asl sabablarini bilmaymiz. Balki ruhiy sabablar bordir. Balki boshqasi. Ayolning bu qilmishini hech qanday bahona bilan oqlab bo’lmaydi. Ammo…
Farzandlari 5, 4 va 1 yoshli bo’lgan ekan. Demak 21 yoshida xomilador bo’lgan. 22 yoshida birinchi farzand tug’ilib, keyin ikkinchi farzandiga xomilador bo’lgan. Keyin yana 3 farzandni dunyoga keltirgan.
Mening nazarimda psixologik jihatdan hech kim 21 yoshda farzandli bo’lish nari tursin, oila qurishga ham tayyor bo’lmaydi. 20-21 yoshida inson hoyotni endi anglashni boshlaydi. 12 yoshida davlatni boshqaradigan zamonlar kitoblarda qolib ketgan. Hozirgi zamon umuman boshqa.
Ota-bobolarimiz shunday yashab kam bo’lishmagan degan shiorlarni yig’ishtiring. Farzandlaringizni hayotiga befarq bo’lmang! Ularni shoshiltirmang. Uvoliga qolib ketasiz.
Mayli turmush qurishga majbur qilsangiz ham, farzand ko’rishga shoshiltirmang. Rahm qiling. Yoshlar bir-birini yaqinroq tanib olsin. O'zi uchun ozgina yashashsin. Ishlashsin. Sayohat qilishsin. O'zini baxtli his qilishga ulgurishsin ozgina. Bo'lajak farzand kelajagi uchun poydevor qurishsin.
Sizlar esa nikoh oqshomining o'zida xomilador qilishni istaysizlar. To'ydan keyin 3-4 oyda boshlanadi qing'ir pichinglar: «Yangilik bormi?»,«Nima gap?», «Qachon?».
Birinchisi tug’ilishga ulgurmay «Ikkinchisi qachon?» deysizlar yana.
Har bir farzand orasida kamida 3-4 yil vaqt o’tishi kerak. Onaning organizmi o’zini tiklab olishi uchun. Poliklinikalarda ham shuni ta’kidlab bola ko’rishni cheklovchi vositalar berishyapti.
Bizda esa kelinlar ketma-ket bola ko’rishi kerak. Har yil. Ayollarimizga odam sifatida emas, inkubator sifatida qaraladi. Ustiga ustak yordam ham berishmaydi. Tug’ruqdan keyingi depressiya degan narsalar bor. Sergelidagi holatda ham ayol shunday depressiyaga uchragani ehtimoli yuqori.
Axir qiz bechora yashashga ulgurmadi. Oxirgi 5 yil davomida kuniga 24 soat vaqtini uyda 3 ta bolaning yumushlari-yu, qozon-tovoqlar bilan ovora bo’lib yashadi. Shaxsan men aqldan ozishim aniq bu sharoitda. Ayniqsa oilada hech kim qo’llab-quvvatlamasa.
Men 26 yoshimda uylandim. O’zim istab. O’zim ishlab. Kichkinagina to’y qildik, barcha xarajatlarni o’zim ko’tardim. Ijarada yashadik 4 yil. Ishladik. Shu paytgacha ko’plab davlatlarga sayohat qildik. O’zimiz uchun yashadik. Uy oldik. Mashina oldik. Ruhan va moddiy tayyor bo’lganimizdan keyingina roppa-rosa 5 yil o’tib farzand ko’rdik.
«Yangilik yoq’mi?» deb burnini suqadigan odamlar bilan shunchaki gaplashmay qo’ydik.
To’g’ri, sizlar yashab qo’ygan hayotni yashashga ulgurmagandirman. Qanday yashash kerakligini gapirishga haqqim ham yo’qdir. Ammo erta turmush qurib erta ajrashib ketayotgan, hayotda o’z o’rnini topolmayotgan, oilasini tashlab chet elga ishlashga ketayotgan do’st va tanishlarim, qo’shnilarimni hayotini kuzatib, o’zimga kerakli xulosalarni qilib bo’ldim.
To’g’ri, 18 yoshida uylanib baxtli yashab kelayotganlar ham bor. Bu qoidadan istisno. Men asosiy qatlam haqida gapiryapman. Tayyor bo’lmay turib oila qurayotganlar, farzand ko’rayotganlar haqida gapiryapman.
Mustaqil oila qurishdan oldin yoshlar mustaqil fikrlab, mustaqil yashashni o’rgangan bo’lishi kerak deb hisoblayman.
Yoshlarga murojaat:
Sizlar ham atrofingizga bir qarang. Xulosa qiling. Bunday mas’uliyatli ishda shoshilmang. Sizni shoshiltirayotganlarga aslida sizning hayotgingiz qiziq emas. Ota-onangizga esa tushuntirishga harakat qiling. Keyin juda kech bo’ladi.
@gafurovumid

👍13👎2
Forwarded from O'ktamjon Xoldoraliyev
Men "yoʻq"dan "qoʻy" qildim,
"Yoʻq" soʻzini teskari oʻqib.
"Ovsar" — "rasvo" boʻldi.
"Nodon" esa...
Baribir "nodon"ligicha qoldi.
© Ikrom Iskandar
"Yoʻq" soʻzini teskari oʻqib.
"Ovsar" — "rasvo" boʻldi.
"Nodon" esa...
Baribir "nodon"ligicha qoldi.
© Ikrom Iskandar
😁19
Forwarded from Rasul Kusherbayev
Нима учун Конституция лойиҳасида эркак ва аёл сўзлари тушиб қолмоқда?
Мурожаатчилардан бири Конституция лойиҳасидаги оила бобида никоҳ тузишда никоҳланувчилар фақат эркак ва аёл бўлиши мумкинлиги тушириб қолдирилгани ва шунчаки никоҳланувчилар, деб кетилаётганига эътибор қаратмоқда.
☝️Бир қарашда эътибор беришга арзимайдиган масалага ўхшайди. Аммо Конституция барча қонунлар учун асос бўлади. Агар никоҳланувчилар фақатгина аёл ва эркак бўлиши мумкинлиги унда мустаҳкамланмаса, бу кейинчалик бир жинсли шахслар ўртасида ҳам никоҳ тузишга рухсат олиш сари "лазейка" очиб бериши мумкин, деган ҳавотир бор.
Шахсан мен бундай "лазейка"ларга қаршиман ва никоҳ фақат эркак ва аёл ўртасида тузилиши мумкинлиги Конституцияда ўзгармас қоида сифатида белгиланиши тарафдориман. Токи бизда инсон табиатига зид, мантиқсиз ишлар қилишга хатто уриниш истаги ҳам бўлмасин.
Конституция лойиҳасига масъуллар бунга эътибор қаратишларини сўраб қолган бўлардик. Агар улар бу фикрларга қарши бўлишмаса албатта.
👉 @r_kusherbayev

👍6
Rasul Kusherbayev
Нима учун Конституция лойиҳасида эркак ва аёл сўзлари тушиб қолмоқда? Мурожаатчилардан бири Конституция лойиҳасидаги оила бобида никоҳ тузишда никоҳланувчилар фақат эркак ва аёл бўлиши мумкинлиги тушириб қолдирилгани ва шунчаки никоҳланувчилар, деб кетилаётганига…
Oxirgi 1-2 hafta negativ yangiliklarga to'la o'tayapti.
Kayfiyatni ko'taradigan biror gap aytinglar-ey.
Kayfiyatni ko'taradigan biror gap aytinglar-ey.
Rasul Kusherbayev
Нима учун Конституция лойиҳасида эркак ва аёл сўзлари тушиб қолмоқда? Мурожаатчилардан бири Конституция лойиҳасидаги оила бобида никоҳ тузишда никоҳланувчилар фақат эркак ва аёл бўлиши мумкинлиги тушириб қолдирилгани ва шунчаки никоҳланувчилар, деб кетилаётганига…
Post Kusherbayevning kanalidan o'chirilibdi. Muhokama guruhi yopilgan. Yaxshi gumonda bo'lamiz.
Avvallari bahorda dam olish uchun yam-yashil adirlarga "picnic"ka chiqqanlarni ko'rsam dam olishga qishloqqa kelib balo bormi, shaharda mazza qilib dam olaversa bo'lmasmikan derdim. Endi tushunayapman🥲
😁12👍4😢1
Forwarded from 📝🧮Matematiklar📖📐. (Furqat Salomov)
Birlashib yuksalmoq, yuksalib birlashishdan ko‘ra yaxshidir.
Matematik isboti:
2³ + 4³ = 72
(2 + 4)³ = 216
Kanalga ulanish: @matematiklar_27
Matematik isboti:
2³ + 4³ = 72
(2 + 4)³ = 216
Kanalga ulanish: @matematiklar_27
👍10😁1
Oh, actually
(2 + 1) + (4 + 1) > (2 + 4) + 1
P.S. Birlashish har doimam yaxshi fikr emas ekan😂

😁9🔥1
Formula 1 kabi motorsport turlarida odatda mashinaga quyiladigan yoqilg'i litrda emas, kilogramda o'lchab quyiladi. Savol: Nega?
Forwarded from O'ktamjon Xoldoraliyev
Egil, o‘zni pana qil,
Borligingni bildirma.
Yo‘talganga o‘n besh yil,
Aksirganga yigirma.
Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga o‘n besh yil,
Eshitganga yigirma.
Qalamingni dushman bil,
Qog‘oz uzra jildirma,
Roman yozsang — o‘n besh yil,
Doston yozsang — yigirma...
©️ Erkin Vohidov
#zamonlar_osha
Borligingni bildirma.
Yo‘talganga o‘n besh yil,
Aksirganga yigirma.
Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga o‘n besh yil,
Eshitganga yigirma.
Qalamingni dushman bil,
Qog‘oz uzra jildirma,
Roman yozsang — o‘n besh yil,
Doston yozsang — yigirma...
©️ Erkin Vohidov
#zamonlar_osha
👍12
— How many feminists does it take to change a lightbulb?
— None. They can't change anything.
— None. They can't change anything.
👍12😁2
Forwarded from Otabek Ismoilov
Bugun ajoyib suhbat bo'ldi hammaga raxmat 😄
O'ngdan chapga qarab ))
@fayzulloh_abdullayev
@boboshersnotes
@idrisov_jasur
kaminayu kamtarin ))
@meyliyev_blog
P/s: To'dalashib kellaring deyilarmidi ))

👍10🔥3
Sochingni xohlagancha jinnicha "prichoska" qilasan – bu huquqing. Ko'chada xohlagancha ochiq-sochiq kiyinasan – bu huquqing. Xohlagancha baland qilib "ko'chinski" muzika eshitasan (ma'nosi ahamiyatsiz) – bu huquqing.
Lekin soqol, hijob, nashid – endi bu boshqa masala.

👍22😢2👏1
Forwarded from Bobosher's blog | #FreePalestine
Biz 3 o'lchamli olamimizni 2 o'lchamda (tekislik sifatida) ko'ramiz.
Agar biz 2 o'lchamli olam(tekislik)da bo'lganimizda olamni qanday ko'rgan bo'lar edik? Albatta 1 o'lchamda (chiziq sifatida).
Xuddi shunday 1 o'lchamli olamda (chiziqda) atrofni 0 o'lcham, ya'ni nuqta ko'rinishida ko'rgan bo'lar edik.
1 o'lchamli olamda nuqta ortidagi boshqa obyektni ko'ra olmaysiz. Xuddi shunday 2 o'lchamli olamda ko'rish hududingizni chiziq bilan, bizning olamda esa tekislik bilan to'sib qo'yish mumkin (ya'ni devor ortidagi narsani ko'ra olmaymiz).
Endi qiziq joyi. Agar 2D olamda bo'lsangiz bir vaqtda 1D olamni to'liqligicha, har qanday to'siqlarning ortini ham ko'ra olasiz. Xuddi shunday 3D olamda turib 2D(tekislik)ni to'liqligicha, har qanday to'siqlarning orqasini ham ko'ra olasiz. Xo'sh, yana 1 o'lcham yuqoriga chiqib o'ylab ko'ring-chi...
Xulosa qiladigan bo'lsak, 3-o'lchamdan yuqoridan kimdir bizni kuzatsa bizning olamda undan yashirinishning umuman imkoni yo'q. U hamma narsani ko'rib turadi. Bu gap tanishmi?

❤7