Bobosher's blog | #FreePalestine
326 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
180 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Talabalarga eslatma. Ramazon munosabati bilan ov mavsumi avjiga chiqqan. Ehtiyot bo'linoradi.
👍7😢1
Forwarded from akilhan twits
Please the creator, not the creation.

#hashtag
👍5
The truth that I already know, but couldn't quite accept yet:
Accept everyone around you as they are.

I'm sorry to the ones I've hurted by trying to change them unnecessarily.
👍91👎1
Nashidga 5 yil qamoq, zo'rlashga 1.5 yil uy qamog'i.
500 ming so'm poraga 5 yil qamoq, milliardlab o'marganlar shunchaki mansabidan ozod qilinib qutulib ketadi.

Inson qadri? Menimcha "ular" hammani ham inson hisoblashmaydi.

P.S. Yer sharini yelkangga ko'tarib olma deyishingiz mumkin, lekin hammasi shu befarqlikdan boshlangan.
🔥14😢5👍1
I love, but...
😢12👎1
F1 ko'rayotganlar bormi?
Oxirgi 2 ta lap yonadi🔥
Avvallari televizorda falon joyda yomg'ir natijasida suv bosdi, falonta aholining uyi suv ostida qoldi deyishsa ularda iqlim shunday yomon deb o'ylardim. Yo'q, yomon iqlim ham shart emas ekan. Shunchaki poraxo'rlikka to'la, hamma bir-birini aldaydigan tizim bo'lsa hamma muammo o'zi kelaverar ekan.

Qalloblik bu tizimning qon-qoniga singib ketgan. Endi foydasi yo'q.
👍16
Aytgancha, bojxona yig'imlari salgina yengillashsa ham hamma muammosini unutib yuboradigan darajada sodda xalqmiz. Shunchaki aytdim qo'ydim.
😢12
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kun qahramoni: qayiqdagi qutqaruvchi.

Eslatib o’taman, bu voqealar O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo’lyapti.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
Wait, what?

P.S. 7, 8, 9
😁13
NUUda o'qish bir bahona edi...
16😁4👎1
Bobosher's blog | #FreePalestine
NUUda o'qish bir bahona edi...
Reaksiyalar uchun rahmat, lekin gap diplom haqida edi ))
😁5
Forwarded from Umid Gafurov's Blog
Jamiyatga murojaat…

Bugun O’zbekistonda vaqtli turmush qurish va farzand ko’rish haqida o’z fikrlarimni yozishni rejalashtirgandim. Keyin baribir to’g’ri tushunishmaydi, «aql o’rgatma» deyishadi deb fikrimdan qaytgandim.

Hozir o’zini va 3 nafar farzandalarini joniga qasd qilgan 27 yoshli ayol haqida o’qib… daxshatga tushdim.

To’g’ri, biz asl sabablarini bilmaymiz. Balki ruhiy sabablar bordir. Balki boshqasi. Ayolning bu qilmishini hech qanday bahona bilan oqlab bo’lmaydi. Ammo…

Farzandlari 5, 4 va 1 yoshli bo’lgan ekan. Demak 21 yoshida xomilador bo’lgan. 22 yoshida birinchi farzand tug’ilib, keyin ikkinchi farzandiga xomilador bo’lgan. Keyin yana 3 farzandni dunyoga keltirgan.

Mening nazarimda psixologik jihatdan hech kim 21 yoshda farzandli bo’lish nari tursin, oila qurishga ham tayyor bo’lmaydi. 20-21 yoshida inson hoyotni endi anglashni boshlaydi. 12 yoshida davlatni boshqaradigan zamonlar kitoblarda qolib ketgan. Hozirgi zamon umuman boshqa.

Ota-bobolarimiz shunday yashab kam bo’lishmagan degan shiorlarni yig’ishtiring. Farzandlaringizni hayotiga befarq bo’lmang! Ularni shoshiltirmang. Uvoliga qolib ketasiz.

Mayli turmush qurishga majbur qilsangiz ham, farzand ko’rishga shoshiltirmang. Rahm qiling. Yoshlar bir-birini yaqinroq tanib olsin. O'zi uchun ozgina yashashsin. Ishlashsin. Sayohat qilishsin. O'zini baxtli his qilishga ulgurishsin ozgina. Bo'lajak farzand kelajagi uchun poydevor qurishsin.

Sizlar esa nikoh oqshomining o'zida xomilador qilishni istaysizlar. To'ydan keyin 3-4 oyda boshlanadi qing'ir pichinglar: «Yangilik bormi?»,«Nima gap?», «Qachon?».

Birinchisi tug’ilishga ulgurmay «Ikkinchisi qachon?» deysizlar yana.

Har bir farzand orasida kamida 3-4 yil vaqt o’tishi kerak. Onaning organizmi o’zini tiklab olishi uchun. Poliklinikalarda ham shuni ta’kidlab bola ko’rishni cheklovchi vositalar berishyapti.

Bizda esa kelinlar ketma-ket bola ko’rishi kerak. Har yil. Ayollarimizga odam sifatida emas, inkubator sifatida qaraladi. Ustiga ustak yordam ham berishmaydi. Tug’ruqdan keyingi depressiya degan narsalar bor. Sergelidagi holatda ham ayol shunday depressiyaga uchragani ehtimoli yuqori.

Axir qiz bechora yashashga ulgurmadi. Oxirgi 5 yil davomida kuniga 24 soat vaqtini uyda 3 ta bolaning yumushlari-yu, qozon-tovoqlar bilan ovora bo’lib yashadi. Shaxsan men aqldan ozishim aniq bu sharoitda. Ayniqsa oilada hech kim qo’llab-quvvatlamasa.

Men 26 yoshimda uylandim. O’zim istab. O’zim ishlab. Kichkinagina to’y qildik, barcha xarajatlarni o’zim ko’tardim. Ijarada yashadik 4 yil. Ishladik. Shu paytgacha ko’plab davlatlarga sayohat qildik. O’zimiz uchun yashadik. Uy oldik. Mashina oldik. Ruhan va moddiy tayyor bo’lganimizdan keyingina roppa-rosa 5 yil o’tib farzand ko’rdik.

«Yangilik yoq’mi?» deb burnini suqadigan odamlar bilan shunchaki gaplashmay qo’ydik.

To’g’ri, sizlar yashab qo’ygan hayotni yashashga ulgurmagandirman. Qanday yashash kerakligini gapirishga haqqim ham yo’qdir. Ammo erta turmush qurib erta ajrashib ketayotgan, hayotda o’z o’rnini topolmayotgan, oilasini tashlab chet elga ishlashga ketayotgan do’st va tanishlarim, qo’shnilarimni hayotini kuzatib, o’zimga kerakli xulosalarni qilib bo’ldim.

To’g’ri, 18 yoshida uylanib baxtli yashab kelayotganlar ham bor. Bu qoidadan istisno. Men asosiy qatlam haqida gapiryapman. Tayyor bo’lmay turib oila qurayotganlar, farzand ko’rayotganlar haqida gapiryapman.

Mustaqil oila qurishdan oldin yoshlar mustaqil fikrlab, mustaqil yashashni o’rgangan bo’lishi kerak deb hisoblayman.

Yoshlarga murojaat:

Sizlar ham atrofingizga bir qarang. Xulosa qiling. Bunday mas’uliyatli ishda shoshilmang. Sizni shoshiltirayotganlarga aslida sizning hayotgingiz qiziq emas. Ota-onangizga esa tushuntirishga harakat qiling. Keyin juda kech bo’ladi.

@gafurovumid
👍13👎2
Forwarded from O'ktamjon Xoldoraliyev
Men "yoʻq"dan "qoʻy" qildim,
"Yoʻq" soʻzini teskari oʻqib.
"Ovsar" — "rasvo" boʻldi.
"Nodon" esa...
Baribir "nodon"ligicha qoldi.

© Ikrom Iskandar
😁19
Forwarded from ComedyCoal (Камолиддин)
Билайн трендда экан
@ComedyCoal
👍6😁3
Forwarded from Rasul Kusherbayev
Нима учун Конституция лойиҳасида эркак ва аёл сўзлари тушиб қолмоқда?

Мурожаатчилардан бири Конституция лойиҳасидаги оила бобида никоҳ тузишда никоҳланувчилар фақат эркак ва аёл бўлиши мумкинлиги тушириб қолдирилгани ва шунчаки никоҳланувчилар, деб кетилаётганига эътибор қаратмоқда.

☝️Бир қарашда эътибор беришга арзимайдиган масалага ўхшайди. Аммо Конституция барча қонунлар учун асос бўлади. Агар никоҳланувчилар фақатгина аёл ва эркак бўлиши мумкинлиги унда мустаҳкамланмаса, бу кейинчалик бир жинсли шахслар ўртасида ҳам никоҳ тузишга рухсат олиш сари "лазейка" очиб бериши мумкин, деган ҳавотир бор.

Шахсан мен бундай "лазейка"ларга қаршиман ва никоҳ фақат эркак ва аёл ўртасида тузилиши мумкинлиги Конституцияда ўзгармас қоида сифатида белгиланиши тарафдориман. Токи бизда инсон табиатига зид, мантиқсиз ишлар қилишга хатто уриниш истаги ҳам бўлмасин.

Конституция лойиҳасига масъуллар бунга эътибор қаратишларини сўраб қолган бўлардик. Агар улар бу фикрларга қарши бўлишмаса албатта.

👉 @r_kusherbayev
👍6