Bobosher's blog | #FreePalestine
326 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
180 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Forwarded from Asadbek Noyibjonov
Korxonani hayvonot olami yuritganda.

Davomi...

@asadbekdev
😁10
AYOL

Ayolsiz tong otmas, kelmaydi nahor,
Ayolsiz kuz-qishing bo‘lmaydi bahor.
Ayolsiz befoyda, yashash ham, chunki
Yuraksiz hayotdan nima maʼni bor?

Gulsiz jozibali bo‘lmagandek bog‘,
Toshsiz salobatli bo‘lmagandek tog‘,
Qoshsiz bo‘lmagandek, hech qachon qabog‘,
Ayolsiz dunyoning borligi bekor!

Onang sevgisi — bu tengi yo‘q sehr,
Opa-singillaring hamrohi mehr,
U jufti haloling, yo‘ldoshing axir,
Ayolsiz bo‘lgaysan muhabbatga zor!

Shirin so‘zlaringni qizg‘onmay so‘zla,
Ularga baxt berish maqsadin ko‘zla,
Oyog‘in ostidan JANNATni izla,
Ayolsiz jannat ham ko‘zlaringa tor!

Vafo ro‘molini bo‘yniga boylab,
Kutishga tayyordir haftalab, oylab,
Bizni balolardan yurganda poylab.
Ayolsiz ishingda bo‘lmagay baror.

Yetti o‘lchab tuzar, barcha rejani,
Sanaydi har doim kuzda jo‘jani,
Devor bo‘lsa hamki, ko‘rar ko‘chani,
Ayolsiz naf bermas qilingan qaror!

Tilayman Allohdan sizni qo‘llashni,
Ko‘ngilda baxtingiz mangu gullashni,
Xushnud burch deb bildi tabrik yo‘llashni,
Ayolsiz bitilmas edi bu ashʼor!

2011-yil, Xushnudbek (shoirlikka daʼvomiz yo‘q lekin, bizniki shunchaki qatorga terilgan so‘zlar xolos)

* * *

Barcha moʻtabar onajonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, go‘zallikda tengsiz qizlarimizni bayramlari bilan tabriklayman! 🌸🌺🌷💐

Baxtimizga har doim sog‘-omon bo‘lishlaringizni tilayman.


🔘@xushnudbekuz
👍6
Uyqu bir bahona edi.
Tushlarimdan seni izladim...

#trend_bahona_edi
😁19👍43
Dasturchi maktab bitiruvida 😂
😁24👍1
Rostini aytsam manga porox.

Lekin sodda xalqimizga achinaman.

Suhbatlarning birida ziyoli akalarimizdan biri: “MashaAlloh, chatgptni oʻzbekcha versiyasini yasashdi, bizni bolalar ham qolishmaydi” - deyishdi.

Kim yasagani haqida soʻrasam, shu loyihani koʻrsatishdi.

STT olamshumul yangilik emas, bundan avval muxlisa, microsoft azure, tts, google niki bor edi.

ChatGPT bu ingliz tilidagi shugʻullantirilgan til modeli va uni ushlab turish uchun katta pul kerak boʻladi.

“Qachondir oʻzbekcha chatgpt boʻladimi?” - deb soʻrasangiz, mening javob “yoʻq”.

Bizdagi resurslar va ma’lumotlar bunday modelni shugʻullantirish uchun yetmaydi. Ammo Google yaqinda shunga oʻxshash loyihani boshlamoqchi.

Mandan agar oʻzing STT qil eplolsang deyishsa, mening javobim: “Man STT loyihasini qoʻllab-quvvatlayman, ammo buni siri, alisa, chatgptning oʻzbekcha versiyasi deb xayp qilish bu kiber info qalloblik”
👍10
Tasbeh va ko'zmunchoqni birga sotish bu xuddi ... Yo'q, o'xshatish topa olmadim.
😢11👍1
Hikaru just doing normal stuff
😁7
Forwarded from O'ktamjon Xoldoraliyev
Unga U xohlaganidek banda boʻling. Ana shunda U ham siz xohlaganingizdek Robb boʻladi!

© Adham Sharqoviy
😢13👍2
Albatta, Alloh o'ziga shirk keltirish gunohini kechirmas va lekin boshqa gunohlarni o'zi xohlagan bandalaridan kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa u ulkan gunohni to'qib chiqaribdi.

4:48
13😢1
I'm not that serious all the time 🙂
😁9
Forwarded from Xushnudbek.uz
Davlat idoralari Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

"Yangi Toshkent" loyihasi doirasida:

20 ming gektarda 1 mln aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi;

birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.

Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.

Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga ko‘chib boradi.


👉 @xushnudbek 👈
👍31
— Nega aynan Pythonni tanlagansiz?
— Biror tilni tanlash kerak edi, shunchaki Pythonni tanladim. Alohida sabab yo'q.
— Lekin nega aynan Python, masalan Java emas?
— Javani tanlaganimda hozir nega Javani tanlagansiz deb so'rayotgan bo'lardingiz.
😁31👍5
San'atni tushuna olish ham bir san'at.
👍12😢2