Bobosher's blog | #FreePalestine
326 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
180 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Bir-ikki yil avval loyihalar bilan ishlayotgan vaqtda Sardor Usmon ismli bola bilan tanishib qolgan edim. Marketing boʻyicha mutaxassis, juda tarbiyali, xulqi goʻzal bola edi.

Shu bola 18 yoshida kimgadir yuborgan 3 yil avvalgi nashidi uchun 5 yilga qamalibdi. Tushunyabsizmi? Nashida uchun 5 yilga. Prokuror 3 yil soʻrasa ham, sudya 5 yil berib yuborgan.

Shu bolaga xukm chiqarganlarga, nashidaga terroristik deb xulosa yozgan “ahli ilm”larga bir savol bergim keladi: Oʻzingizni jiyaningiz boʻlganida ham shuncha vaqtga qamarmidingiz, qamatarmidingiz? 3 daqiqalik nashid uchun kim 5 yil beradi 😣

Xukmdan soʻng onasining ahvoli yomonlashgan, otasi qandli diabet ortirib olgan. Qariganda bolasini ota-onasini boqishdan toʻsganlarga Allohning lanati boʻlsin.
😢7
Qolsang terrorist, ketsang sotqin bo'lasan.

P.S. Atrofga qarab, hushyor yuring. "Ov" borgan sari avjiga chiqayapti.
🔥8👎3😢1
Forwarded from Programmer Humor
😁14👎1🔥1😢1
Forwarded from 2022.12.05
Sardorbek masalasida.

Koʻpchilik taʼkidlagandek Bugun.uz muxbiri Ruxsora Masharipova( koʻpchilikni esida "biz bilgandik, biz kutgandik" jumlalari bilan yodda qolgan xorazmlik zulfiyachi qiz) tayyorlagan lavha mening fikrimcha ham uyushtirilgan. Bugun.uzni bu "mavzu" - yaʼni diniy masalada birinchi chiqishi emas. Avvalroq aynan Ruxsora tomonidan Sodiq Samarqandiyga nisbatan goʻyoki Turkiya istixboroti tomonidan jinoyat ishi ochilgani haqida lavha tayyorlangandi( Sodiq Samarqandiyni aybsiz yoki aybdor ekanidan xabarim yoʻq, uning shaxsi bilan tanish emasman). Demak bu lavhalar tayyorlanishi ortida ayrim uch xarfli tashkilotlar turibdi, bu mavzular, ayni shu rakursdan tayyorlanishi shu tashkilotlar uslubi. Lavhalarda haqiqat aytilganmi, yolgʻonmi, bu ham menga aniq emas, shunchaki uslub ularniki.

Demak aynan Bugun.uz qamoqqa kirishi tasodif emas.

Undan tashqari 1 kun avval menga "Sardorni tarafini bilmay olyapsiz, uni hech kim urmagan, yaqinda oʻzini intervyusi chiqadi, kuting" degan "signal" kelgandi. Albatta ishonmadim, koʻrsatishlarini soʻradim, kutishimni aytishdi.
Mana 1 kundan keyin oʻsha intervyu chiqdi.

Bu vaziyatda Sardorbekni aniq aybi qanday, tushuna olmadim. Albatta qonunlar hamma uchun barobar va adolatli boʻlishi lozim.

Agar aniq aybi boʻlsa, qonuniy tartibda, adolatli jazolansin, aniq aybi koʻrsatilsin.
Sardorbek vaziyatida hamma narsa mavhum, shu sabab jamoatchilik norozilik bildirmoqda.

Endi nima qilish kerak? Qonun boʻyicha million kishi norozilik qilsa ham, sud hukmi oʻzgarmaydi. Faqat yuqori instansiyaga murojaat qilish kerak. Yaxshi advokatlar, jamoatchilikni jalb qilish kerak. Birinchi bosqichda boʻlgani kabi vaʼdalarga ishonib, holatni berkitmaslik kerak. Nima gap boʻlsa, hammasini ochiqlash kerak, avvalo ruhiy yordam kerak Sardorbekka.

Agar qandaydir ayb qilgan boʻlsa, qonun buzilgan boʻlsa, adolatli sud davomida isbotlansin, ayni aybiga yarasha jazo olsin, hech kim norozi boʻlmaydi. Norozi boʻlayotganlar qonundan emas, adolatsiz qarordan norozi.

Ps. Kecha kelgan "signal"da Sardorbek "Suriyadagi shayxlardan Oʻzbekistonda davlat toʻntarishi qilish uchun pul soʻragani, buni tasdiqlovchi guvohlar ham mavjudligi" haqida ham aytishgandi. Mobodo shunday intervyu chiqib qolsa, hayron boʻlmanglar, Sardorbekdan har xil koʻrinishda koʻrsatmalar, intervyular olingan boʻlishi mumkin.

****

Sardor, Allohni panohida boʻl, birodarim, Alloh uchun biz qoʻrqoqlarni kechir, qoʻlimizdan faqat mana shuni yozish keldi xolos, Hisob kuni Allohni raxmi kelsin holimizga.

👉 @OlimjonHaydarov 👈
👍6😢3
Birgina mana shu voqea sabab butun millat umidi deb qaralgan ko'pchilik yoshlar achchiq xulosalar chiqarib, og'ir qarorlar qabul qilayapti.
👍7
Turkiyada ertalabdan beri to'xtovsiz zilzila bo'layapti. Boyagina 7.7 balli yana bir yer silkinishi sodir bo'libdi.

Turk birodarlarimizga Alloh madad bersin.
👍9😢2
Otning o'lgani itlarga bayram.
Turkiyadagi voqealardan foydalanib kartaga yordam puli yig'ayapmiz deb aldab pul yechayotgan muttahamlar ko'paydi.
Bularga ertaga qiyomat desang joynamozning narxini oshiradi.
👍16😢10
Forwarded from Yumor AI 81±
Muammoning saqlanish qonuni: Muammo bordan yo'q bo'lmaydi, yo'qdan bor bo'lmaydi. U boshqa muammoga yoki boshqaning muammosiga aylanadi holos.

@intellektual_yumor 👈
👍8😁3
Har kimki vafo qilsa jafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa obro' topqusidir.
Yaxshi kishi ko'rmagay yorug' kun hargiz,
"Ular" zimdan uyg'oqlarning og'zin yopqusidir...

P.S. Kechiring Bobur bobo, g'azalniyam negativlashtirib yubordim.
👍14😁4👏1
Aytgancha, kitob sovg'a olganlar bormi? ))
😢18
Juma muborak, do'stlar!
👍20🔥3
— Forma, ro'mol, soch, soqol, paypoq, odob, tadbir, majlis, davomat, ...
— ... bilim?
— Qo'ysang-chi
👍29
Qaysidir yillari Silicon Valleyda dasturchilarga talab shunchalik ko'pligidan ba'zi dasturchilar shunchaki yaxshiroq coffee uchun ham ish joyini almashtirgan ekan.

6 oydan beri ish topa olmayotganlarga yuboramiz ))
😁22😢3👍2
Agar inson miyasi biz tushuna oladigan darajada sodda tuzilgan bo'lganida aqliy darajamiz ham uning qanday tuzilganini tushunmaydigan darajada past bo'lgan bo'lardi.

© Jostein Gardner
👍13🔥3
Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va nihoyat! Ana endi, Oʻzbekiston Oliy ta’limi rivojlanib ketadi! 🥹🥳

Videoni talabalarga yuboring! 😉

👉🏼 @subyektivuz
😢5👍1
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
#kepqoldi

- Chang ko'chalar, chang - chang ko'chalar,
- Kimga kerak juniorbachchalar?

- Ish qidirar tun - u kechalar,
- Otkaz oladur necha - nechalar.
- Ko'p qiynamanglar, "katta" akalar
- Yig'lab keladur, junior bachalar

- Ehhh chang ko'chalar...
- Chang - chang ko'chalar...
😁15👍1
San'at darajasidagi chiroyli va nozik yechim.
Umuman olganda, toza kombinatorika va analitikadan foydalanib masalaga bundan ko'ra ancha "tekis"roq yechim qilish mumkin edi. Lekin yondoshuv menga yoqdi.

https://youtu.be/bOXCLR3Wric

P.S. Videoda yechimni iloji boricha sodda ko'rinishda tushuntirishga harakat qilingan, shuning uchun ko'p konseptlar yuzaki berilgan.