Bobosher's blog | #FreePalestine
326 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
179 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Avval unchalik e'tibor bermagan ekanman. Bizdagi to'ylarda isrofgarchilik juda-juda ko'p bo'lar ekan. Bugun to'ydagi eng asosiy "core" xizmatchilardan bo'lib qanchadan-qancha bekorchi harajat bo'lishini ko'rdim.
Shu pulga qanchadan-qancha miskinga yordam bersa bo'lardi...

Ha mayli, buyam yaxshilikkadir.
👏9👍2
Yana e'tiborimni tortgani, yaxshilab analiz qilinsa, to'ylarimizdagi ancha-muncha urf-odatlar asli shirkka borib taqalar ekan. To'xtatmoqchi bo'lsangiz, "ota-bobolarimiz shunday qilgan, biz ham shunday qilamiz" degan javob olasiz. Mana bu oyat esimga tushdi:

Qachonki ularga "Alloh nozil qilgan narsaga, Rasuliga kelinglar", deyilsa, "Biz ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo'lsak, o'sha yetarli", derlar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan va hidoyatga yurmagan bo'lsalar hammi?

Moida, 104


Eng qizig'i, o'sha amallarning ko'pchiligi ota-bobolardan qolgan urf emas, 2-3 yil oldin yangalar tomonidan o'ylab topilgan cho'pchak.
👍22😢5
Aytgancha, bu kanalda shaxsiy fikrlarim va o'zim foydali deb o'ylagan boshqalarning fikrlari. Foydali postlarga va'da bermayman.

Foydaliroq ma'lumotlar kerak bo'lsa @boboshersnotes'ga o'tib ko'ring.
👍10
Davlat statistika qo'mitasi viloyatlar kesimida o'rtacha osh narxini hisoblab chiqibdi.
Axir bizga oshning narxi hammasidan muhim-da.

P.S. O'shalar ham siz va biz to'laydigan soliqlar hisobidan maosh oladi.
😢17👍4
Domda turadiganlar, energetika vazirligini "maqtash"ni oldindan boshlayveringlar.
😁11
Forwarded from bakiroo
Қарғашдан ўзга чора қолмаган

2022 йил бюджетига ўзгартиришлар тасдиқланган. Ўзгартиришлар орасида UzAuto учун қўшимча 225 млрд.сўмгача (жами 336 млрд.сўм) субсидия беришни назарда тутувчи норма ҳам мавжуд. Аслида утилизация учун субсидиялар транспорт харажатларига компенсация деб ниқобланган. Парламент қуйи палатасида янграган саволлар, аниқлик киритиш бўйича ваъдалар жавобсиз қолган.

Бу ҳали ҳолваси. Тасдиқланган 2023 йил бюджетида худди шундай йўналишида 418,2 млрд.сўм компенсация тўлаш кўзда тутилган. Табиийки, бу UzAuto учун. Шунчаки солиштириш учун, онкологияга 3 баробардан камроқ 137,5 млрд.сўм пул ажратилган. "Ўзбекистонда тахминан ҳар 10 дақиқада битта онкологик касалга чалинган одам нобуд бўлади". Саратонга чалинганлар ўлишда давом этади, лекин UzAuto субсидия олади. 2023 йилда биз етиб келган мораль шу.

Пенсия, нафақа ё бюджетниклар ойлиги яқин ойларда ошмайди, инфляция даромадларни кемиришда давом этади. Лекин UzAuto субсидия олади. Қарғанг.

Болангиз 45 ўқувчи ўтирган синфда дарсга қатнайди, иккинчи сменага. Лекин UzAuto субсидия олади. Қарғанг.

Қишлоғингизда сув йўқ. Йўл йўқ. Лекин UzAuto субсидия олади. Қарғанг.

Токи қарғаш ҳуқуқингизниям олиб қўйишмагунча қарғанг.

Чунки ОАВ, жамоатчилик, чўнтак парламентда янграган эътирозлар ва саволлар шунчаки игнор қилинган. Ҳукумат очиқча цинизм позасида турволиб бюджет ҳисобидан ўзининг монополист ва паразит эркатойини боқишда давом этади. Бунга таъсир кўрсатишга, ниманидир ўзгартиришга ҳеч қандай восита йўқ. Яъни, қарғашдан ўзга чора қолмаган.

Тешиб чиқсин, буюрмасин, деб қарғанг. Ҳақдорларнинг қарғиши албатта ўтади. Тонг сахардан айтилган қарғиш етиб боради.
👎4👍2
Kimgadir yoqar Java,
Kim PHP shaydosi.
Men uchun Python a'lo,
Pythonning yo'q bahosi...
🔥20👏3
Universitetning ichki guruhida darslarni online davom ettirishni taklif qilgandim.
Talabalarning reaksiyasini ko'ring ))
😢5
Bundan 7-8 yillar oldin narx-navo, maoshlar, umuman pulning nimaligiga endi qiziqishni boshlagan vaqtlarim edi. O'sha vaqtlarda O'zbekistonda o'rtacha maoshlar 200-300 dollar atrofida edi. Amerikaning kinolarida deyarli 5-6 dollarga gamburger sotib olishayotganini ko'rsam hayron qolardim. Sababi, bu pulga bizda 3-4 kun yashasa bo'lardi-da.

Oradan 7-8 yil o'tdi. Bizdagi o'sha gamburgerning narxi ham Amerikadagi qarindoshiga yetay deb qoldi. Lekin qizig'i, bizda o'rtacha maoshlar haliyam 200-300 dollar.

Mana buni o'sish desa bo'ladi.
😢18😁5🔥1
O'zbekistondagi hozirgi ko'plab matematiklarning ustozi, 20 yildan ortiq vaqtdan buyon olimpiadalarda O'zbekiston terma jamoasini boshqarib kelgan ustozimiz Shuhrat Ismailov olamdan o'tibdilar. Ustozning joylari jannatda bo'lsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

P.S. Tanimaganlar uchun, Shuhrat Ismailov olimpiadachilar uchun ko'plab kitoblardan tashqari matematika fanidan bir qancha maktab darsliklarining ham muallifi.
😢41
Samarqandda Uzmobile internet.
Toshkentdagilarga salom ))
😢14
2023-yil uchun tasdiqlangan Toshkent shahrining mahalliy byudjetida mana shunday joyi bor ekan.

Qo'pol qilib aytganda, "o'tirib" qo'ygan amaldorlarning ketini artish ham byudjet hisobidan (ya'ni xalqning pulidan) bo'larkan.

Qarorga link: https://e-qaror.gov.uz/doc/1072452
Manba: @the_bakiroo
Ba'zida dasturda o'zgaruvchilarga qo'ygan nomlarimga qarab mendan yaxshi Java dasturchi chiqsa kerak deb o'ylab qolaman.
😁12
Good Naming > Bad naming + Comments to explain
👍13
O'zbek tilida "Talaba" va "Tajriba quyonchasi" so'zlari sinonim ekanini shu yil tushundim.
😁23😢2
Bilimdonlarga savol:
Qish energetika tizimini birinchi urishda energetika tizimi qayerigacha kirib ketgan?
Tizzasigachami yo beligacha?

P.S. Yerga kirib ketgan demoqchiman.
Aytgancha, yil nomida "Sifatli Ta'lim" degan joyi bormidi?
😁11
Ta'lim tizimi rasvo, iqtisodiyot to'xtovsiz pastga sho'ng'iyapti, sog'liqni saqlash tizimi ham o'lib bo'lgan. Xullas mumkin bo'lgan hamma sohada pastga sho'ng'iyapmiz (ovqat pishirishdan tashqari).
Bu qariyalar o'zidan oldin xalqni go'rga olib boradi.

Surish kerak. Baribir foydasi yo'q.
👍23
Avvallari qonunlarni ko'zdan panada buzishardi.
Keyin ochiqchasiga, xalqning ko'z o'ngida qonunlarga tupurishni boshlashdi.
Yaqinda yangi darajaga chiqishdi. Endi qonunlarni o'zlari uchun moslab yozishni boshlashdi.
👍19
Qashqadaryoda ko'chada nafasingiz chiqib ulgurgunicha muzlaydigan sovuq bo'layapti 🥶
😁13🔥4