Bobosher's blog | #FreePalestine
326 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
179 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Say: "Nothing will befall us except what Allah has decreed for us; He is our Protector." Let the believers, then, put all their trust in Allah.

9:51
23
Сизларни дўзахга нима киритди?

Улар:«Намоз ўқийдиганлардан бўлмаган эдик.

🥲

74:42
😢26
Toshkentda jamoat transport tizimi rasvoligi talabalarning aybi emas!
Dars vaqtlarini kechiktirish shundag'am zo'rg'a kun ko'radigan talabalar qatlamiga yana bir dunyo muammo olib keladi.

Muammo talabalarning jabri evaziga emas, va'daboz qorinboy amaldorlarning mehnati evaziga yechilishi kerak.
👍24😢4
Yana bir gap.
Ularga olim va muhandislar emas, qo'ylar kerak. Qo'ylarni ishontirish, boshqarish oson. Maktablarda fizika, kimyo fanlarini kamaytirib tarix, ma'naviyat o'qitish kerak deyotganlarni boshqachasiga tushuna olmadim.
👍14😢1
Forwarded from Sariq Dev
Pastkash marketing.

O’tgan hafta o’zini 6-7 yillik dasturchi deb tanishtirgan yigit bizning kurslarimiz rejasi sifatsiz ekani va bizdan ko’plab yoshlar norozi ekani haqida shaxsiydan yozdi. Juda hayron qoldim. Odatda biz kurs rejasi ustida 1-2 oy ishlaymiz. Reja tuzish uchun soha ekspertlarini jalb qilamiz. Har bir dars tajribali mutaxassislar tomonidan yoziladi.

Xullas, yozgan odamning gapiga ahamiyat bermadim. Norozilar o’rtakashsiz, to’g’ridan-to’g’ri o’zmiga yozishini aytdim. Keyin bilsam bu yigit bunday xabarlarni mendan boshqa o’quv markazlarga ham yuborgan ekan. “Xo’p akajon, nima desangiz shu” deb gapiga kirmaganlarni esa shantaj qilib boshladi. Birpasda IT firibgarlar deb video ham chiqaribdi.

Meni ham “Tayyor turing, keyingi video siz haqingizda bo’ladi” deb ogohlantirib qo’ydi. Kim ekan bu yigit deb sahifasiga kirsam, 2019-yilda bitta online bootcamp o’qib, o’zidan ekspert yasab olgan, dasturchi bo’lib tayinli hech qayerda ishlamagan yosh bola bo’lib chiqdi. O’zining o’quv markazi ham bor ekan. Hammasi tushunarli, Dekabr, savdo sust. Markazga odam jalb qilish kerak. Pastkash marketing yo’lini tanlabdi. Reklamalarida “O’qiyotgan joyingizdan norozi bo’lsangiz bizga keling” mazmunida matnlar bilan norozilarni yig’ib olib, boshqalarning “aybini” fosh qilish yo’lini tanlabdi.

Mohirdevda 50ming talaba o’qiydi, albatta orasida norozilar topiladi. Mohirdev kamchilikdan xoli emas, lekin biz bu kamchiliklar ustida ishlaymiz. O’quvchilarning fikrini doimiy ravishda o’rganib, platformani rivojlantirib boramiz.

Bizning o’zimizning ekspertlarimiz bor:

- Frontend kurslarini Ulug’bek Samigjonov (EPAM, Veed.io) va Muhammadjavoxir Suratov (Najoit Ta’lim) tuzgan
- Python kursini Jahongir Rahmon (Anaconda, Amazon) va Muhammad Ermatov (Atomlab, Jafton) tuzgan
- .NET kursini Microsoft tomonidan 2022-yilning eng qimmatli dasturchisi deb tan olingan Elbek Normurodov tuzgan
- Android kursini dunyoning 3% dasturchilari safidan joy olgan Zohidjon Akbarov tuzgan (shu hafta chiqadi).
va hokazo.

Endi shunday mutaxassislar turganida, qayoqdagi nomsiz mishiqining gapiga kirmaganimizga bizni kibr va manmanlikda ayblab, ortimizdan ahlat titib, kompromat izlab yurganmish. Yaqinda biz haqimizda videosi ham chiqar ekan.

Alhamdulillah, biz o’zimizga ishonamiz. Darslar sifatiga javob beramiz. Albatta kamchiliklarimiz bor, ayqniqsa platforma yangi ishga tushganida ba’zi xatolarga yo’l qo’yildi. Lekin bu kamchiliklarning ko’pi bartaraf etildi va etilayapti. Talabalarga yanada sifatli kontent berish uchun tunu-kun ishlayapmiz. Darslar ham rejalar ham zamonga mos yangilanayapti.

Talabalarga murojatimiz, agar darslar sifatidan qoniqmasangiz har bir kurs sahifasida kursga baho berish uchun maxsus forma bor, shu forma orqali batafsil ariza yozishingiz mumkin, biz har bir murojaatni o’rganamiz (bechora Muhammadjavoxir uxlamay chiqadi ba’zida). Yoki istalgan payt @mohirdev_jbot orqali muloqotga ochiqmiz. @sariqdevadmin akkauntida esa o’zim har bir talabaga javob beraman (ahmoqona savollardan tashqari 😅).

Pastkash marketologga esa javobim bitta, videoni chiqaravering. Qo’rqadigan joyimiz yo’q. Yuristlarimiz ham ancha zerikib qolishdi, bir ishlashsin. Videodagi har bir tuhmat va ig’voga javob talab qilib olamiz. Yaxshi gapni tushunmaydigan ahmoqlar bilan endi qonuniy kurashamiz.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev,
Mohirdev.uz asoschisi
👍6🔥5
Qarindoshlarnikida to'ydaman. Muzika juda baland. Chiday olmadim, chiqib ketdim. Muzikaga qiziqishim yo'qolibdi. Bu ham yaxshilikka.
👍22
Avval unchalik e'tibor bermagan ekanman. Bizdagi to'ylarda isrofgarchilik juda-juda ko'p bo'lar ekan. Bugun to'ydagi eng asosiy "core" xizmatchilardan bo'lib qanchadan-qancha bekorchi harajat bo'lishini ko'rdim.
Shu pulga qanchadan-qancha miskinga yordam bersa bo'lardi...

Ha mayli, buyam yaxshilikkadir.
👏9👍2
Yana e'tiborimni tortgani, yaxshilab analiz qilinsa, to'ylarimizdagi ancha-muncha urf-odatlar asli shirkka borib taqalar ekan. To'xtatmoqchi bo'lsangiz, "ota-bobolarimiz shunday qilgan, biz ham shunday qilamiz" degan javob olasiz. Mana bu oyat esimga tushdi:

Qachonki ularga "Alloh nozil qilgan narsaga, Rasuliga kelinglar", deyilsa, "Biz ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo'lsak, o'sha yetarli", derlar. Ota-bobolari hech narsani bilmagan va hidoyatga yurmagan bo'lsalar hammi?

Moida, 104


Eng qizig'i, o'sha amallarning ko'pchiligi ota-bobolardan qolgan urf emas, 2-3 yil oldin yangalar tomonidan o'ylab topilgan cho'pchak.
👍22😢5
Aytgancha, bu kanalda shaxsiy fikrlarim va o'zim foydali deb o'ylagan boshqalarning fikrlari. Foydali postlarga va'da bermayman.

Foydaliroq ma'lumotlar kerak bo'lsa @boboshersnotes'ga o'tib ko'ring.
👍10
Davlat statistika qo'mitasi viloyatlar kesimida o'rtacha osh narxini hisoblab chiqibdi.
Axir bizga oshning narxi hammasidan muhim-da.

P.S. O'shalar ham siz va biz to'laydigan soliqlar hisobidan maosh oladi.
😢17👍4
Domda turadiganlar, energetika vazirligini "maqtash"ni oldindan boshlayveringlar.
😁11
Forwarded from bakiroo
Қарғашдан ўзга чора қолмаган

2022 йил бюджетига ўзгартиришлар тасдиқланган. Ўзгартиришлар орасида UzAuto учун қўшимча 225 млрд.сўмгача (жами 336 млрд.сўм) субсидия беришни назарда тутувчи норма ҳам мавжуд. Аслида утилизация учун субсидиялар транспорт харажатларига компенсация деб ниқобланган. Парламент қуйи палатасида янграган саволлар, аниқлик киритиш бўйича ваъдалар жавобсиз қолган.

Бу ҳали ҳолваси. Тасдиқланган 2023 йил бюджетида худди шундай йўналишида 418,2 млрд.сўм компенсация тўлаш кўзда тутилган. Табиийки, бу UzAuto учун. Шунчаки солиштириш учун, онкологияга 3 баробардан камроқ 137,5 млрд.сўм пул ажратилган. "Ўзбекистонда тахминан ҳар 10 дақиқада битта онкологик касалга чалинган одам нобуд бўлади". Саратонга чалинганлар ўлишда давом этади, лекин UzAuto субсидия олади. 2023 йилда биз етиб келган мораль шу.

Пенсия, нафақа ё бюджетниклар ойлиги яқин ойларда ошмайди, инфляция даромадларни кемиришда давом этади. Лекин UzAuto субсидия олади. Қарғанг.

Болангиз 45 ўқувчи ўтирган синфда дарсга қатнайди, иккинчи сменага. Лекин UzAuto субсидия олади. Қарғанг.

Қишлоғингизда сув йўқ. Йўл йўқ. Лекин UzAuto субсидия олади. Қарғанг.

Токи қарғаш ҳуқуқингизниям олиб қўйишмагунча қарғанг.

Чунки ОАВ, жамоатчилик, чўнтак парламентда янграган эътирозлар ва саволлар шунчаки игнор қилинган. Ҳукумат очиқча цинизм позасида турволиб бюджет ҳисобидан ўзининг монополист ва паразит эркатойини боқишда давом этади. Бунга таъсир кўрсатишга, ниманидир ўзгартиришга ҳеч қандай восита йўқ. Яъни, қарғашдан ўзга чора қолмаган.

Тешиб чиқсин, буюрмасин, деб қарғанг. Ҳақдорларнинг қарғиши албатта ўтади. Тонг сахардан айтилган қарғиш етиб боради.
👎4👍2
Kimgadir yoqar Java,
Kim PHP shaydosi.
Men uchun Python a'lo,
Pythonning yo'q bahosi...
🔥20👏3
Universitetning ichki guruhida darslarni online davom ettirishni taklif qilgandim.
Talabalarning reaksiyasini ko'ring ))
😢5
Bundan 7-8 yillar oldin narx-navo, maoshlar, umuman pulning nimaligiga endi qiziqishni boshlagan vaqtlarim edi. O'sha vaqtlarda O'zbekistonda o'rtacha maoshlar 200-300 dollar atrofida edi. Amerikaning kinolarida deyarli 5-6 dollarga gamburger sotib olishayotganini ko'rsam hayron qolardim. Sababi, bu pulga bizda 3-4 kun yashasa bo'lardi-da.

Oradan 7-8 yil o'tdi. Bizdagi o'sha gamburgerning narxi ham Amerikadagi qarindoshiga yetay deb qoldi. Lekin qizig'i, bizda o'rtacha maoshlar haliyam 200-300 dollar.

Mana buni o'sish desa bo'ladi.
😢18😁5🔥1
O'zbekistondagi hozirgi ko'plab matematiklarning ustozi, 20 yildan ortiq vaqtdan buyon olimpiadalarda O'zbekiston terma jamoasini boshqarib kelgan ustozimiz Shuhrat Ismailov olamdan o'tibdilar. Ustozning joylari jannatda bo'lsin.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un.

P.S. Tanimaganlar uchun, Shuhrat Ismailov olimpiadachilar uchun ko'plab kitoblardan tashqari matematika fanidan bir qancha maktab darsliklarining ham muallifi.
😢41
Samarqandda Uzmobile internet.
Toshkentdagilarga salom ))
😢14
2023-yil uchun tasdiqlangan Toshkent shahrining mahalliy byudjetida mana shunday joyi bor ekan.

Qo'pol qilib aytganda, "o'tirib" qo'ygan amaldorlarning ketini artish ham byudjet hisobidan (ya'ni xalqning pulidan) bo'larkan.

Qarorga link: https://e-qaror.gov.uz/doc/1072452
Manba: @the_bakiroo
Ba'zida dasturda o'zgaruvchilarga qo'ygan nomlarimga qarab mendan yaxshi Java dasturchi chiqsa kerak deb o'ylab qolaman.
😁12
Good Naming > Bad naming + Comments to explain
👍13