Bu shaxsiy fikrlarimni yozib boradigan kanal.
@BoboshersNotes mana bu kanalda esa foydaliroq narsalar topasiz.

👍1
Yaqinda daily standupda bo'lgan holat:
Teammate:
— I think Bob's working on this feature.
Bob, how it's going?
*silence for 15 seconds*
Teammate:
— Bob, are you gonna talk?
Me:
— Oh sorry. Yes, Bob, it's me )) ...

😁17👍2
Oldinroq Microsoft kompaniyasi ishchilarining maoshi beriladigan byudjetni 2 marta oshirayotgani haqida xabar chiqqandi.
Bugun Microsoft endi barcha vakansiyalarda maoshning taxminiy oralig'i (salary range)ni ham e'lon qilishi haqida o'qib qoldim.
Kuzatamiz.

Yaqinda tanish bir tashkilotning matbuot xizmati intervyuga taklif qilgandi. Mavzu dasturlash va Aprel oyida o'tgan UzPython Meetup haqida.
3-4 kishining mehnati evaziga intervyu tayyor bo'ldi. Endi shuni tashkilotning kanaliga chiqarish qolganida tashkilot rahbari bu intervyuni kanalda chiqarish shart emas deb hisoblabdi.
Sababini aytishmadi. Hech qanday "davlatga qarshi" yoki "yoshlarning ongini buzadigan" gap yo'q edi u yerda.
Intervyu chiqishi yoki chiqmasligi shaxsan men uchun qiziq emas, lekin o'sha rahbar shu intervyu uchun ketgan vaqt va mehnatni hisobga olsa yaxshi bo'lardi. Bekorga shuncha ovoragarchilik bo'ldi.
Mualliflik huquqimdan foydalanib intervyuning skriptini kanalimda post qilaman.

🔥6
O'zingiz haqingizda qisqacha gapirib o'tsangiz.
Assalomu alaykum.
Ismim Bobosher Musurmonov, 2003 - yil Qashqadaryoda tug'ilganman.
Hozirda Yangi O'zbekiston Universiteti birinchi kurs talabasiman.
Bundan tashqari hozirda bosh ofisi AQSHda joylashgan bir xalqaro kompaniyada middle darajali dasturiy ta'minot muhandisi sifatida ishlayman.
Dasturlash sohasiga qanday kirib kelgansiz?
O'zlari o'qituvchi bo'lganlari uchun bo'lsa kerak, oilada ota-onam yoshligimizdan o'qishga qiziqtirishgan. Aynan dasturlashga qiziqishim yoshligimdan uyda komputer bo'lgani sababli bo'lsa kerak, boshqa alohida sabab yo'q.
Lekin pandemiyagacha dasturlash bilan professional shug'ullanmaganman. Bunga vaqt, imkoniyat yoki shunchaki xohish bo'lmagan. Pandemiya boshlanganidan keyin darslarim to'xtadi, bo'sh vaqtim ko'paydi va dasturlashni o'rganishni boshladim.
Dasturlashni biror o'quv markaziga borib o'rganganmisiz?
Yo'q, qishloqda turganim uchun o'quv markaziga borishga imkoniyat bo'lmadi. Internetdagi ma'lumotlardan o'rganishni boshladim. To'g'ri, internet tezligi juda past, lekin baribir yo'lini topish kerak. Aniqrog'i, telefonimni tomga chiqarib, komputerni telefonning hotspotiga ulab ishlatardim. Telefonim bir marta 6 metr balandlikdan tushib ketgan ))
Hozirgi faoliyatingiz haqida batafsilroq gapira olasizmi?
Hozir AQSHning Applied Labs kompaniyasida dasturchi sifatida ishlayman. NDA talablariga ko'ra hozirda aynan qanday loyiha ustida ishlayotganimni ayta olmayman.
Dasturlash sohasida birinchi ishni topish qiyin deyishadi, rostdan shundaymi?
O'zingiz birinchi ishingizni qanday topgansiz?
Rostini aytganda, shunday. Ishga kirish uchun tajriba talab qilinadi. Tajriba orttirish uchun esa oldin ishga kirish kerak.
Birinchi ishimni topish muammo bo'lmadi, aniqrog'i ish meni topdi.
Bo'sh vaqtlarimda internetda dasturchilar guruhlariga kirib, savollarga javob berishga, qolganlarga yordam berishga harakat qilardim. Bunday guruhlarning yaxshi tarafi, u yerda faqat dasturchilar emas, ish beruvchilar ham bo'ladi.
Shunday ish beruvchilardan biri menga aloqaga chiqib, intervyuga taklif qilgan.
Yaxshi dasturchi bo'lish uchun qaysi xususiyatlar muhim deb hisoblaysiz?
Qiziqqonlik, dissipliniya, keng dunyoqarash va yangi narsalarni o'rganishga ishtiyoq.
Hatto Googleda ishlaydigan dasturchilar ham har kuni nimadir o'rganishi kerak.
Dasturlash bu shunchaki qorong'i xonada yashil ekranga qarab kod yozib o'tirish emas (ochig'ini aytganda, kod yozish dasturlashning eng oson qismi). Dasturlash bu – san'at. Bunda dasturchi bilimi, tajribasi va kreativligini ishga solib, muammoga nozik va chiroyli yechim o'ylab topadi.
San'atni esa hamma ham tushunmaydi. Albatta, bunday san'at asarini yaratish uchun kompyuterdagi har bir atom qanday ishlashini bilish shart emas, lekin komputerning ichki tuzilishini bilish va komputerga do'stingiz kabi muomala qilish juda foydali bo'ladi.
Yaqinda o'tkazilgan "UzPython Meetup" konferensiyasini tashkillashtirgan dasturchilar orasida siz ham bor ekansiz.
Konferensiya va undagi chiqishingiz haqida qisqacha gapira olasizmi?
"UzPython Meetup" konferensiyasi bu yil ikkinchi marta o'tkazildi va uning asosiy maqsadi Python dasturlash tilida ishlaydigan dasturchilar orasida tajriba almashish, tanishlar orttirish va dasturchilarni ish beruvchilar bilan bog'lash. Bu yilgi konferensiyada 200 ga yaqin dasturchi va ish beruvchilar qatnashdi.
Konferensiyada Python tilining xotira boshqaruvi va konkurrensiyada muhim rol o'ynaydigan ichki qismlaridan biri – "GIL" haqida gapirdim. Bunday tadbirlarda oldin deyarli hech qachon speaker sifatida qatnashmaganim uchun biroz qiyin bo'ldi. Umuman olganda, konferensiya men uchun ancha qiziq bo'ldi. Yangi narsalar o'rgandim va yaxshi dasturchilar bilan tanishdim.

🔥14👍1👏1😢1
Dasturlash sohasiga endi kirib kelayotgan do'stlaringizga tavsiyalaringiz?
Albatta, hali maslahat beradigan darajada emasman.
Lekin men dasturlashga endi kirganlar bilishlari kerak deb hisoblaydigan ba'zi narsalarni aytmoqchiman.
Birinchisi, qaysi tilni tanlashingiz unchalik muhim emas. Hammadan maslahat so'rab yurmay shunchaki biror til bilan boshlang.
Ikkinchisi, o'quv kurslari va darslar sizni dasturchi qilib qo'yadigan sehrli tayoqcha emas. Ular ma'lumot va muhit beradi. Bulardan qanday foydalanish esa sizga bog'liq.
Uchinchisi, siz reklamalarda ko'radigan dasturchilarning maoshlari haqiqatga ancha yaqin. Faqat u darajaga chiqish uchun o'quv kurslari kamlik qiladi.
To'rtinchisi, "nega?" degan savolni ko'proq bering, ko'proq narsa o'rganasiz.

🔥12👏6👍2
Bugun bir hamkasbim bilan gaplashib qoldim. Asosan, PHPda ishlar ekanlar.
Dasturlash san'atini tushunadiganlardan ekan.
PHP va Laravel bo'yicha bundan oldin kamida 3 ta PHP developerdan so'rab, javob ololmagan savollarimga javob berdilar. Proyekt arxitekturasini qanday tuzish va albatta, DBlar haqida ancha gaplashdik. Ancha narsa o'rgandim. Bir narsaning algoritmini yozish bo'yicha biroz muammoga duch kelgan ekanlar, birga hal qildik.
Qisqasi, ko'p yangi narsalar o'rgandim. Kunim foydali o'tdi.

👍25
Forwarded from Saud Abdulwahed (Saud Abdulwahed)
Yoshlikda doim tarvuzni tepasini yeyishni hohlardim. Lekin oila davrasida bo'lganimiz uchun doim teng taqsimlanib hamma bir xil miqdorda yer edik. O'shanda katta bo'lib ko'p pul topsam o'zim tarvuzlani sotib olib yashirib bir o'zim hamma shirin joyini yeyman deb orzu qilardim.
Hozir katta bo'ldim. Tarvuzni shirini tepasida emas oila davrasida ekan. Kech bo'lsaham shuni tushindim. Oilangiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing. Pul mol davlat shu dunyoda qoldirib ketadigan narsalarimiz ekan.
@saudabdulwahed

👍24😢2
Bobosher's blog | #FreePalestine
Toping-chi bu nima?
Bu Myunxendagi SuperMUC superkomputeri, ayni vaqtda Germaniyadagi eng kuchli komputer.
Komputer har birida 48 tadan protsessor yadrosi bo'lgan naqd 6840 ta blokdan tashkil topgan. Yadro bo'lganda ham oddiy yadro emas, Intel Skylake Xeon Platinum 8174 protsessorining yadrosi.
P.S. Boshqalar – wow, bunda nimani hisoblasharkan?
Geymerlar – bunda PUBG o'ynasa bo'ladimi?

😁3
HabiKatura
Айтишникка энг яхши совға бу - «пилотка». Карикатура: @habikatura
Habibullo akadan shedevr ))
HabiKatura
Айтишникка энг яхши совға бу - «пилотка». Карикатура: @habikatura
Innovatsion rivojlanish va birnarsa-birnarsa agentligida shu bolaga bitta noutbuk berish orqali ochko ishlab olish imkoniyati bor.
Bobosher's blog | #FreePalestine
Innovatsion rivojlanish va birnarsa-birnarsa agentligida shu bolaga bitta noutbuk berish orqali ochko ishlab olish imkoniyati bor.
Yo'q, noutbuk emas, komputer laqabli monitor bilan ham ishni hal qilsa bo'larkan. Yana oddiy monitor emas, naqd 19 dyumli monitor.
👍1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Coursera билан жаҳон бозорида талаб юқори бўлган АйТи соҳасидаги касбларга ўқитишни йўлга қўйишга келишдик
Uzbekcoders.uz платформасида БАА билан ҳамкорликда амалга оширилган "Бир миллион дастурчи" қўшма лойиҳасининг мантиқий давоми сифатида энди ҳақиқий мутахассис бўлиб ўқишни давом эттирмоқчи бўлганларга Coursera билан халқаро даражада ўқитиб сертификациялаш имкониятларини кенгайтириш бўйича лойиҳани амалга оширишни келишдик.
Ушбу курсларни битирган ва сертификатни қўлга киритган ёшларимизнинг АйТи компанияларида юқори даромадли ишларга қабул қилинишларига ёки фриланс орқали буюртмалар олишларига кенгроқ йўл очилади.
АйТи соҳасидаги мутахассисларга дунёда талаб ортиб бормоқда, шунинг учун бу соҳада ёшларимиз қунт билан ўқиб, яхши мутахассис бўлишса, улар бемалол ўз юртида яшаб, иқтисодий ривожланган давлатларга хизматларини экспорт қилиб, юқори даромад топа олади, кейинчалик эса ўз стартапини ривожлантириши ҳам мумкин бўлади.

👏4
Sherzod Shermatov
Photo
Endi bunisini maktab, bog'cha o'quvchilariga ham olishga majburlash kerak. Taksistlargayam.
Forwarded from davletovuz
Яшил макон доирасида:
➖ҳақиқатда экилмаган 6,2 млн дона кўчатлар ҳисоботларга қўшиб ёзилган;
➖3,4 млн дона кўчатлар дарахт ва кўчатлар суғориш тизими бўлмаган жойларга экилган;
➖2,4 млн дона кўчатлар сувсизлик ва етарли парвариш бўлмаганлиги сабабли баҳор тугамасдан қуриб нобуд бўлган.
Манба