Bobosher's blog | #FreePalestine
326 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
179 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Fikrimni qisqa, konkret bayon qilishni o'rganishim kerak.
πŸ‘1
Qorbobojon, ko'kingdan ber bir chimdim ))

P.S. Aytishlaricha, Dehqonobodda ekan.
😁7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dokumentatsiyani o'qimasdan kod yozadiganlar uchun maxsus ))

P.S. Print bilan debug qiladiganlarga alohida salom.
😁9😒3πŸ”₯2πŸ‘1
Real Madrid muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Kurtuaga respekt.
Haqiqiy Liverpul muxlislarini ajoyib o'tgan mavsum bilan tabriklayman.
Barsa, PSG, ... ning bugun Liverpulga muxlislik qilgan "sodiq" muxlislariga esa alam qilsin πŸ˜‚.

P.S. Neytral muxlislar uchun rosa zerikarli o'yin bo'ldi.
πŸ”₯10
Dasturchi sifatida ishlasangiz, o'zingiz uchun ishlashga qulay va shinam desk setup qilib oling. Faqat noutbukning ekrani bilan uzoq vaqt ishlash sog'lig'ingizda ko'p muammolarga olib keladi.
Tez orada middle bo'lib qolishingiz ham hech gapmas.

O'zim amal qilmaydigan (aniqrog'i, qila olmayotgan) maslahatlar turkumidan.
😁4πŸ”₯3
Bugun yangi ish joyimda birinchi marta "qovun tushurdim". Tushgandayam yaxshigina tushdi.
Yaxshiki, hech qanday ma'lumot o'chib ketmadi.

P.S. SPoF monolitik arxitekturaning eng katta kamchiliklaridan biri.
πŸ‘5🀯2😱2
Typescript -> UZS
Qiziq, shuncha hakamlar shuncha vaqtdan beri plagiarizm deb hisoblamagan logo rasman e'lon qilinishi bilan "tasodifan o'xshash" bo'lgan logotiplar topilishni boshladi.
M – mantiq
F – farosat
😁8πŸ’©4😒1
Amerikalik bo'lishning birinchi belgisi – har bitta so'z yoki ismni albatta qisqartirib aytish.
Amerikalik kasbdoshlar to'liq ismimni aytgunicha tili "jingalak" bo'lib qolganidan keyin ismimni qisqartirishdi.

β€” Is Bobosher your first name?
β€” Yes.
β€” Let's make it a full name πŸ™‚.
😁22
Forwarded from Programming βˆ€
IT mardikorlar fabrikasi...

Bundan 3-4 yil oldin O'zbekiston chet elga juda ko'p jismoniy ishchi kuchi export qilar edi (Manimcha haliyam deyarli shunday). Endilikda esa huddi shunday biror "Mutaxasiss" export qilish strategiyasi IT niqobi ostida amalga oshirila boshladi. Bunda asosiy rol o'ynab bergan o'quv markazlarning yolg'on marketinglari.

Nega mardikorni mardikor deyilishi haqida va usta bilan mardikor farqini ko'p o'ylaganman. Keyin shunday fikrlar bilan to'xtadim.

Mardikor pulini bersa har qanday narsani qilib beradi. Uy quradi suvoq qiladi kerka bo'lsa uyni pardozlaydi svarka ham qilaveradi universal. Ammo bittasini ham maromiga yetkazmaydi uning maqsadi pul topish. Ustaning maqsadi esa muammoga aniq yechim berish. Usta haqiqiy usta bo'lsa professionalismga va o'z uslubi qarashlariga ega bo'ladi. usta o'z sohasida yangiliklar qiladi uni rivojlantiradi. Haqiqiy ustalar qilgan ish doyim qadrlanadi. Haqiqiy ustalar juda ko'plab yillar xizmat qiladi. Albatta bunday natija uchun ular juda ko'p xatolar qilishadi lekin doyimiy o'z ustilarida ishlashadi o'rganishadi (uztoz optional) va imkon qadar torroq darajada professionalizmga erishishadi taxminan. N muddatdan va katta faillardan keyin haqiqiy usta bo'lib ishlay boshlashadi.

Xozirgi kunda IT sohasida asosan ustalikga emas koproq yana mardikorlikga yo'l ochilvoti. To'g'ri bu juda ko'p faktorlarga aloqador masala. Ajoyib biznes reja bo'lgan o'quv markazlari va infobizneslardan tortib ularda ishlayotgan kop sonli yaqinda o'zi o'sha kursni tamomlagan uztozlargacha. Undan tashqari mentorlar yetishmovchiligi ))).


Bu gaplarni IT da yo'nalishini belgilayotgan bo'lajak yoki yangi xamkasblarimga nisbatan aytdim. To'g'ri mardikorlar ham jamiyatga kerak. Ammo ular mardikorlikga davo qilishi to'g'ri ustalikga emas...
πŸ‘1
WWDC2022 yaxshi featurelar bilan boshlandi.
Ko'ramiz, Apple yana qanday syurprizlar tayyorlab qo'ygan ekan.
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Ba'zilarga meni "PHP eng zo'r dasturlash tili" deb ko'p aytishim yoqmaydi)

Eng zo'ri PHP!

Baribir tugamaydigan bahs bu, buni tushuntirib bo'lmas ekan, bittasi tushunsa vampirga o'xshab yana chiqaverar ekan ))

PHP eng zo'ri!

Nechta tajribali dasturchilar postlar yozishdi, videolar qilishdi ehhe har xil usullarda tushuntirishdi, barbir python zo'rmi java zo'rmi deydi, php zo'r deyman :D

Manam oxiri boree dedimda, PHP eng zo'ri deyishga qaror qildim.

PHP eng zo'ri!
Bu shaxsiy fikrlarimni yozib boradigan kanal.
@BoboshersNotes mana bu kanalda esa foydaliroq narsalar topasiz.
πŸ‘1
Yaqinda daily standupda bo'lgan holat:

Teammate:
β€” I think Bob's working on this feature.
Bob, how it's going?

*silence for 15 seconds*

Teammate:
β€” Bob, are you gonna talk?

Me:
β€” Oh sorry. Yes, Bob, it's me )) ...
😁17πŸ‘2
AUF☝ degan joyidan ))
πŸ‘6
Oldinroq Microsoft kompaniyasi ishchilarining maoshi beriladigan byudjetni 2 marta oshirayotgani haqida xabar chiqqandi.
Bugun Microsoft endi barcha vakansiyalarda maoshning taxminiy oralig'i (salary range)ni ham e'lon qilishi haqida o'qib qoldim.

Kuzatamiz.
πŸ‘1
Yaqinda tanish bir tashkilotning matbuot xizmati intervyuga taklif qilgandi. Mavzu dasturlash va Aprel oyida o'tgan UzPython Meetup haqida.
3-4 kishining mehnati evaziga intervyu tayyor bo'ldi. Endi shuni tashkilotning kanaliga chiqarish qolganida tashkilot rahbari bu intervyuni kanalda chiqarish shart emas deb hisoblabdi.
Sababini aytishmadi. Hech qanday "davlatga qarshi" yoki "yoshlarning ongini buzadigan" gap yo'q edi u yerda.

Intervyu chiqishi yoki chiqmasligi shaxsan men uchun qiziq emas, lekin o'sha rahbar shu intervyu uchun ketgan vaqt va mehnatni hisobga olsa yaxshi bo'lardi. Bekorga shuncha ovoragarchilik bo'ldi.

Mualliflik huquqimdan foydalanib intervyuning skriptini kanalimda post qilaman.
πŸ”₯6