Kecha kanalga post qo'yishga ham vaqt bo'lmadi.
Kechroq Myunxendagi taassurotlarim haqida post qo'yaman.

π9π2
Bobosher's blog | #FreePalestine
Photo
Buni nimaligini aytish esimdan chiqibdi-ku ))
Qisqasi, Adobe Illustratorda mana bu yozuvlarni tayyorlab, taxtaga biroz ishlov berib, keyin lazer bilan yozuvlarni taxtaga tushirdik.
Hammasini o'rgatib turishdi.
P.S. Find the easter egg.

π6
Xo'sh, bir boshdan boshlasak.
Shanba kuni ertalab Toshkentdan chiqib, Istanbul orqali Myunxenga keldik. Samolyotdagi sharoitlar ekonom klass uchun yomon emas.
Myunxenda 3 yulduzli mehmonxonaga joylashdik. Sharoitlari va xodimlari juda yaxshi (buncha pulni olgandan keyin yaxshi bo'ladi-daπ). Nonushta uchun tabiiy mahsulotlari bir talay.
Yakshanba kuni dastlab Allianz Arena stadionida bo'ldik. Fan shop bor ekan. Bavariya ming logosini qo'yish mumkin bo'lgan hamma narsaga qo'yib sotisharkan. Kiyimlar, oshxona buyumlari, oziq-ovqat, ... hamma narsa. Narxlari men kutganimchalik yuqori emas.
Stadionning o'ziga kirish tekin ekan (internetda pullik deyishgandi). 1 kun oldin o'yin bo'lgani uchun hamma joyga pivo to'kilgan, rosa bayram qilishibdi shovvozlar.
Keyin BMW muzeyiga va BMW saloniga bordik. Muzeyda ko'p afsonaviy, faqat "televizorda ko'rgan" mashinalarni ko'rdik. Salonda BMW mashinalarining orasida men eng yoqtiradigani β i8 modelining yoniga chiqa olmadik, negadir ruxsat yo'q ekan. Aytgancha, mehmonxonaning shundoqqina yonida Lamborghinining saloni bor, lekin hali borishga vaqt bo'lmadi.
Dushanba kuni TUM Internationalga borib, professorlar, doktorant talabalar bilan uchrashdik. Batareya texnologiyalari bo'yicha master klass bo'ldi, laboratoriyalarini ko'rdik. Ancha narsa o'rgandim.
Seshanba kuni NUUning rektori, 24 TUMning direktori bo'lgan professor W.A.Herrmann bilan tanishdik. Kelajakdagi rejalar, hamkorlik, imkoniyatlar haqida gaplashdik.
Tushlikdan keyin workshop wood (yog'och) va lazer texnologiyasi bo'yicha workshop bo'ldi.
Keyin shu yaqindagi juda mashhur bir ko'lni tomosha qilgani bordik. Kechki ovqatga pitsaxonaga bordik. Germaniyadagi eng yaxshi pitsaxonalardan biri deyishdi. Pitsalari juda mazali ekan.

π9
Myunxenning eng birinchi bo'lib e'tiborimni tortgan jihati ekotizimga bo'lgan kuchli e'tibor. Hamma joy ham-yashil. Hamma joy. Shaharning ichida ham hamma joyda bog'lar, daraxtlar. Lekin betonning ichiga ekilmagan. Havosi juda toza.
Ikkinchi eng e'tiborli jihat tartib. Haydovchilar juda tartibli, derazadan boshini chiqarib "bir safar o'tib ketay" deganini ko'rmadim hali. Zebrada hech kim yo'q bo'lsa ham qizilda o'tishmas ekan. Jamoat transportida chiptalarni deyarli tekshirishmas ekan. Lekin hamma chipta sotib oladi.
Myunxen faqat shahar emas, butun boshli metropolitenning markazi ekan. Aksariyat aholi shahar chekkasidagi yoki tashqarisidagi arzonroq joylarda yashar ekan. Aksariyat universitetlar va aeroport, sport majmualari, zavodlar kabilar ham shahar tashqarisida.
Myunxen jamoat transporti butun metropoliten xududi bo'ylab yaxshi yo'lga qo'yilgan. Toshkentdagidan ko'ra ancha murakkab lekin juda qulay va tartibli ekan. Avtobus, tramvay, metro hammasi bir-biriga qulay qilib loyihalangan.
Avtomobil yo'llari xuddi maqtashganidek tekis ekan. Oynaga bosh qo'yib, hayol surib ketsa bo'ladi.
Ko'chada BMW, Audilar juda ko'p. Mashinalar xilma-xil.
Ob-havosi biz kelganimizdan beri har kuni yomg'ir. Har doim shundaymi deb so'raganimizda, "Chorshanbagacha to'g'rilaymiz" deyishdi ))

π10β€1
Tip:
Samolyotda samolyot qulashi haqida film ko'rish yaxshi fikr emas ))

π€©4π’3
Toshkent kelishimizni quyoshli kunda yomg'ir bilan kutib oldi...
π2π1