Bobosher's blog | #FreePalestine
326 subscribers
387 photos
33 videos
2 files
180 links
A software engineer's thoughts, ideas and opinions.

Contact: @Bobosher_Musurmonov
Engineering notes: @BoboshersNotes
Download Telegram
Bismillahi rohmanir rohiym
Hello dears!
Welcome to junior(so far) software engineer's personal blog. Here you find posts about my opinions and interesting events in my study and work. Some posts will be in english and some of 'em in uzbek.



Assalomu alaykum, azizlar!
Junior(hozircha) dasturchining shaxsiy blogiga xush kelibsiz.
Bu kanaldagi postlar asosan, shaxsiy fikrlarim va hayotimdagi qiziqarli voqealar haqida bo'ladi. Ba'zi postlar ingliz tilida, ba'zilari o'zbek tilida bo'ladi.
Motivation is not enough

Whenever I achieve something good, some people around me say, "Ahh, he's just talented. I'd do this too, if I were talented like him." Nice pretence, dude. They think that my talent is the only reason behind my success.

In fact, everything is not so simple, dear. There are millions of talented people around the world who just sit around and do nothing. Just nothing.

What actually matter is action. Your talent worth nothing until you work hard in order to achieve something.

Just close instagram, tiktok, etc. and start doing something useful. Start it now, not tomorrow, not on monday or on 1st of the next month. RIGHT NOW!

Of course, it's not easy to make a deal with your brain at the beginning.
Because, talented people tend to have less control over their brains.
Your brain don't wanna solve a math problem, whereas it can enjoy watching pranks on tiktok and produce dopamine. It's completely another topic, I don't wanna mix them up.
Importantly, when your brain gets what actually useful for its development, you start making progress.

The people I said above don't know about my sleepless nights, 10 hours of working without having dinner and of course, hundreds of times I failed. They see just me and my success.

But, it's not to say that talent is useless. It's something given by Allah. It helps you to be in another level. There's something you cannot achieve without talent, even if you work hard. You cannot understand what it is, you just feel it.

#en #life #talent
👍1
Men eng yaxshisiman...mi?

"Menga hammadan yaxshisiga loyiq edim", "Menga past baho berishdi", "Hali ko'rsatib qo'yaman ularga",...
Tanish gaplar, to'g'rimi?
Tez-tez uchratib turasiz yoki o'zingiz ham foydalanasiz.

Hozir sizga yoqmaydigan gaplar aytaman. Dunyoni siz ko'tarib turganingiz yo'q. O'zingiz o'ylagandek, boshqalardan ustun ham emassiz. Shunchaki, o'sha "Siz eng zo'risiz" deb yozilgan kitobingizning muallifi hozir siz nimani xohlashingizni biladi.

Keling, bir boshidan boshlasak, bu g'oya bizga qanday kirib keldi?
Gap shundaki, O'zbekistonga o'xshash "third world country"da odamlarda shunchalik muammo ko'pki, ular ozgina vaqtga haqiqiy vaziyatni unutish uchun hammasiga tayyor. Inson miyasini osongina muammolardan vaqtincha chalg'itish mumkin. Dunyo ustidan hayoliy nazorat bu vaziyatdan chiqishga juda mos tushadi.

O'sha "motivator"lar sizga oqshom ertaklari aytib berish orqali mo'maygina daromad qilish mumkinligini yaxshi bilishadi. Sizga dunyo ustidan hayoliy nazorat kerak, ularga esa pul. $1 ga biznes haqida kitob sotib olishga ko'zi qiymaydigan odam $10 ga "shaxsiy rivojlanish" laqabli ertak kitobi sotib olib, o'z-o'ziga qolganlardan ustunligini isbotlash bilan ovora bo'ladi. Bilimi yo'q, hatto savodi ham. Ammo o'zini qolganlardan yaxshiroq deb o'ylaydi. Bu vaqtda esa haqiqiy muammolar yanada chuqurlashib boraveradi.

Haliyam o'zingizni dunyo hukmdori hisoblasangiz, aytingchi, nega o'tgan yili do'stingizdan qarz olishga majbur bo'ldingiz? Nega sizni ishdan haydashdi? Nega semestrni 3 bilan yopdingiz?
Axir hammasi sizning qo'lingizda emasmi?

Shunchaki anglang, qanchalik chiranmang, qolganlar uchun oddiy bir insonsiz. Aslida, mana shu narsa sizga eng katta motivatsiya bo'lib, harakat qilishga undashi kerak(axir qolganlardan orqada qolishni xohlamasangiz kerak?). Egoizmning qobig'idan qanchalik erta chiqib, haqiqiy dunyoga moslashsangiz, o'zingizga shuncha yaxshi. Bo'lmasa, qobig'ingizning ichida ozgina vaqt rohatda yashash hisobiga, do'stlar, imkoniyatlar va hayotingiz ma'nosini yo'qotasiz.

#uz #life #reverse_motivation
👍6
One of the greatest books I have ever read.
#en #book
Omadsizlik ollohning sinovidir.
Bardam bo'ling, hammasi joyiga tushadi.

Omad ham ollohning sinovidir.
Havolanib ketmang, hammasi joyiga tushadi.

#uz #life #luck #shorts
Here is why I like learning through docs/books over video lessons😁
#en #fun
Eski jumboq, yangicha xulosalar.
Rasmdagi 5 ta shakldan qaysi biri ortiqcha?

Discussion guruhida javoblarni kutaman. Javoblaringizni izohlang.
Keyinroq to'g'ri javobni aytib, o'z fikrlarimni bo'lishaman.
#uz #quiz
Pretty well explained :-)
#en #fun #math
Forwarded from Alisher Sadullaev
​​Jahon madaniyati ko'rsatkichlari indeksi odamlar bir haftada o'qish uchun sarflaydigan vaqtni o'lchash bo'yicha o'tkazgan global tadqiqotga ko'ra, yuqori uchlikni Hindiston (11 soat), Tailand (9 soat), Xitoy (8 soat) va ro'yxatning oxirini koreyaliklar 3 soat vaqt bilan egallashgan. Biz ro'yxatning eng oxirida ham yo'qmiz. Demak, bir haftada o'qish uchun 3 soat ham vaqt ajratmaymiz.

Keling, hisoblaymiz. Mutolaa tezligi daqiqasiga o'rtacha 200 ta so‘zga yaqin. Bir yilda 200 ta kitobni va undan ham ko'prog'ini bemalol o'qib chiqish mumkin. O‘rtacha hajmli kitobda deyarli 50 mingta so‘z mavjud.

1) 200 ta kitob × 50 000 so‘z = 10 000 000 so‘z;
2) 10 000 000 so‘z / daqiqasiga 200 so‘z = 50 000 daqiqa;
3) 50 000 daqiqa / 60 daqiqa = 833 soat
200 ta kitob o‘qish uchun yiliga 833 soatni mutolaa uchun sarflash kerak. Bu kuniga 2-3 soatga to'g'ri keladi.

Kitob o'qish orqali olingan bilimlar murakkab foiz kabi to‘planib boradi. Ilm mana shundagina shakllanadi. Fikr teranlashadi, so'z boyligi oshadi, nutq ravonlashadi. Umuman olganda, kitob o'qishning foydasi haqida soatlab gapirish mumkin.

Endi sizga savol: biz ham kitob o'qish bo'yicha jahon reytinglarga kira olamizmi? Aholisi eng ko'p kitob mutolaa qiladigan davlat bo'la olamizmi? Buning uchun nimani oʻzgartirish kerak? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
Imtihonlarim yaqin bo'lgani uchun hozircha blogga vaqt ajratmayapman.
Xudo xohlasa, imtihonlarni yaxshi topshirib olay, keyin ko'proq postlar bo'ladi.

Qalampirli fikrlar hali oldinda.
#uz #shorts
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Sizning muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmasligingizga sabab bo'luvchi 10 ta omil

1. Agar siz umuman kompyuter va texnologiyaning qanday ishlashiga qiziqmasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

2. Agar siz muammolarni o'zingiz hal qila olmasangiz, hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

3. Agar siz muammo chiqsa qochsangiz, hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

4. Agar siz muammoni hal qilganingizda zavq va muvaffaqiyat hissini his qilmasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

5. Agar siz o'qishda sabr-toqat yetishmasligini his qilsangiz va hamma narsani oson va tez o'rganishingizni kutsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

6. Agar siz o'ylash uchun dangasa bo'lsangiz va konsentratsiyalangan fikrlash zerikarli va odatiy vazifa deb hisoblasangiz, siz muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

7. Agar siz kimdir siz uchun o'ylashini kutayotgan bo'lsangiz va vaziyatingiz tafsilotlarini o'rganishni istamasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

8. Agar siz fikrlash qobiliyatingizda juda moslashuvchan bo'lmasangiz va kodni, shuningdek sizning fikrlaringizni tuzishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

9. Agar siz dasturlashning asosiy maqsadini mumkin bo'lgan yechimlarning spektrini emas, balki to'g'ri yechimni topish deb bilsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

10 .Agar siz tafsilotlarni e'tiborsiz qoldirsangiz va kichik narsalarga e'tibor bermasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

P.S. Agar shulardan hech bo'lmasa birortasi sizda bo'lsa, darhol yaxshi tarafga o'zgaring. Ideal dasturchi shu 10 ta xislatga zid bo'lishi kerak.

@javohir_webdev
👍1
Forwarded from Ahror Sharif
📗 "Thinking, fast and slow"
✍️ Daniel Kahneman
📙 Paperback

💳 Price: 260'000

🍀 Feedback from readers:
"it is readable, wise, and deep. Buy it fast. Read it slowly and repeatedly. It will change the way you think, on the job, about the world, and in your own life."

#book #onlinebookstore #bookstoretashkent #bookowski
#book #onlinebookstore #bookstoretashkent #bookowski

@bookowski_uz
Ahror Sharif
📗 "Thinking, fast and slow" ✍️ Daniel Kahneman 📙 Paperback 💳 Price: 260'000 🍀 Feedback from readers: "it is readable, wise, and deep. Buy it fast. Read it slowly and repeatedly. It will change the way you think, on the job, about the world, and in your…
I haven't fully read this amazing book yet. I only read a small piece of the content as a form of articles.

This book helps you to understand how actually our minds work.
It reveals the reasons behind our behaviours. By understanding how actually brain works, you can develop your mind.

I am gonna buy this book as soon as possible.

#en #book
Forwarded from Engineering Notes
Hamma OSni o'z qarichi bilan o'lchaydi 😁
P.S. Frontendchi backend dardin qaydan bilsin...
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Tutorial Hell Haqida

Dasturlashni endi boshlaganingizda, yoki boshqa tilni o'rganishni boshlaganingizda, "tutorial hell"ga tushib qolishingiz ehtimolligi katta.

"Tutorial hell" o'zi nima? "Tutorial hell"da siz tekst yoki video ko'rinishida tutorial topib, ko'r ko'rona avtor nimani qilishni aytsa o'shani qilish bilan vaqt o'tkazishingiz. Ya'ni siz uchun oldindan har qadam yozib qo'yilgan. Siz shunchaki "copy and paste" qilsangiz yetarli. Dasturingiz ishlab ketaveradi.

Natijada siz o'zingizni nimadir qilgandek his qilasiz va shunday tutoriallarni topib qilishda davom etasiz. Lekin o'zi asli ko'p narsa o'rganmagan bo'lasiz. Har bir qadamda sizga nima qilishni aytib turishlariga o'rganib qolasiz va oddiygina dastur yaratish so'ralsa qiynalib qolishingiz mumkin. Qo'pol qilib aytganda "tormoz" bo'lib qolshingiz mumkin.

Tanish holatmi?

Iloji boricha bu holatdan chiqishingiz kerak. Qanday qilib? O'zingiz qandaydir dasturcha qilishdan boshlang. Tutoriallarga qaramang. Har bir "feature"ni o'zingiz oldindan o'ylab, qurishga harakat qiling. Qo'pol qilib aytganda miyani ishlating. Shundagina sizda dasturlash skillari rivojlanadi. Ishga kirganda sizga har bir qadamni aytishga majbur bo'lishsa siz juniordan uyog'iga o'tolmaysiz.

Tajriba yo'q bo'lib qanday dasturlar qurish mumkinligi haqida oldinroq gaplashgandik.

@jakhonrakhmon
Forwarded from Allaev Uz
Мақсад воситани оқламайди. Масалан, ўғирлик қилиб, етимларнинг бошини силаш жоиз эмас. Худди шунга ўхшаш муаллифлик ҳуқуқи бор китобни PDF шаклини кўпайтириб тарқатиш ва ундан савоб умид қилиш ҳалол бўлмайди. Муаллифлик ҳуқуқи ҳимояланиши лозим бўлган ҳақлардан эканлиги аллақачон уламолар томонидан таъкидланган.

Ноширлик фаолиятимни танқид остига олаётганлар хотиржам бўлинглар. Гап ўзим ҳақимда эмас. Сизлар мендан ҳеч қачон рози бўлмайсизлар, буни биламан. Муаммо - жамиятимизда бировнинг пешона тери билан ёзилган иши ва унинг ана шу меҳнатига ҳақ тўлаган ноширнинг ҳуқуқи яна бузилаётганида. Бу ҳуқуқ бошқа моддий ҳуқуқлар каби ислом шариати томонидан ҳимоя остига олинган.

© Мубашшир Аҳмад

@allaevuzb