Hasanboy
19 subscribers
4 links
Shaxsiy fikr va mulohazalarimni ulashib borish uchun ochilgan kanal.
Download Telegram
Nimaga sizni odamlar yaxshi ko'rishi kerak?

Siz mushuk yoki kuchuk emassizki, hech narsa qilmasangiz ham sizni yaxshi ko'raveradigan.

Atrofingizdagilar sizni yaxshi ko'rmasin, HURMAT qilsin.

Jamiyat ham huddi shunday. Siz bir narsaga erishishni boshlagan paytingiz, sizni yaxshi ko'rishmaydi va pastga o'zini darajasiga tushirishga harakat qilishadi. Lekin erishgan paytingiz bu uchun sizni hurmat qilishadi.

Yaxshi ko'rilishga emas, hurmat qilinishga harakat qiling, uzoqqa borasiz.

t.me/Blog_Hb
Tadbirkor bu haftasiga 40 soat ishlamaslik 80 soat ishlashga tayyor inson.

Bu degani kuniga 12 soat ishlashga tayyor degani.

Agar tadbirkor bo'lib erkin bo'laman desangiz adashasiz. Chunki sizni xo'jayiniz mijoziz bo'ladi.

Lekin moliyaviy tomondan oladigan bo'lsak erkinlikka erisha oladi.

https://t.me/Blog_Hb
Boy bo'lish uchun pulni o'zi yetarlimi?

Yo'q

Pul topish uchun birinchi o'rinda juda ko'p ilm bo'lishi kerak.

Pulni to'g'ri boshqarishni bilishi kerak.

Ko'p insonlar pul topishi bilanoq nimalargadir sarflab tugatib yuboradi.
Pulni to'g'ri taqsimalashni bilishmaydi yoki pulni oldida o'zlarni yoqotib qo'yishadi.

Xullas boy odamlar puli ko'p bo'lgani uchun boy emas, ilmi ko'p bo'lgani uchun boy.

Blog_Hb
Vaqt nima?

Vaqt bu tugaydigan va qaytarib bo'lmaydigan resurs.

Vaqt bu bo'shliq. U har doim to'lib boradidan bo'shliq. Uni nima bilan to'ldirish o'zimizni qo'limizda. Agar ilim o'rganishlik bilan o'tiqazsak oltinga yoki undan ham qimmat narsaga teng bo'ladi. Agar bexuda narsalar bilan o'tqazsak oddiy tosh yoki tuproqqa teng bo'ladi.

Eng asosiysi vaqtimiz juda ham qisqa. Bugun bo'lmasa ertaga, ertaga bo'lmasa indinga hammamiz o'lamiz.

Bexuda o'tqazgan vaqtimizga NIMA deb javob beramiz ALLOHni huzurida?

Blog_Hb
Ko'pchilik pulim bo'lganda bu ishni qilardim u ishni qilardim deb gapiradi.
Va puli bo'lganda qilmaydi.

Agad bronta ishni qilishdan oldin bepul yo'lini yoki boshqa oddiy variantini qilishga harakat qilmayapsizmi, baribir puliz bo'lganda ham qilmaysiz. Chunki puliz yo'q vaqtiz bor vaqtda harakat qilmadingizmi, ertaga puliz bor faqat vaqtizni ajarata olmasligiz mumkin.
Bizda aql kammi yoki pulmi?

Men shu vaqtgacha ko'rgan odamlarni ichida hech qaysi biri aqlim kam deb nolimadi. Lekin pulim kam noliganlarni eshitdim.

Aslida bizda ilmimiz hamda aqlimiz kam.
Ilm hosil bo'lishi uchun nima qilish kerak?

1. Gunoh ishlarni qilmaslik kerak.
2. Sabrli bo'lish kerak.
3. Vaqtni bexuda o'tqazmaslik kerak ekan

Biz vaqtimiz juda ham bebaxo nemat ekanligini tushunishimiz kerak.

Alloh har bir soniya sekundimizni hisob kitob qiladi.
Bir narsa bor va u sizni hech qachon aldamaydi!

Sizni do'stlaringiz, yaqinlaringiz, va boshqalar aldashi mumkin. Lekin bir narsa bor u sizni hech qachon aldamaydi. U ko'zgu!

Inson moliyaviy holatini bilish uchun bank hisobidagi raqamlarga qarashga qo'rqqanidek, aksariyat insonlar o'zini ko'zgudagi aksini qarashga qo'rqishar ekan.

Shaxsiy rivojlanishni chin dildan xohlaydigan har bir insonni uyida, bo'yi tenggi keladigan ko'zgu bo'lishi shart. Erta tongda shu ko'zgu qarshisiga kiyimsiz kelib, o'zingizni boshdan oyoq kuzating. Ortiqcha vazningizni, o'sib ketgan sochingizni, xattoki olinmagan tirnoqlaringizgacha yashirmasdan shu ko'zgu sizga ko'rsatib beradi.

Eng zo'ri ko'zgudagi aks sizga shirin gaplar gapirib avramaydi. Va qancha unga ko'p qarasangiz shuncha o'zingizni ustingizda ishlab, izdan chiqib ketgan hayotingizni tartibga solishga yordam beradi.

O'zgarish vaqti keldi va bu har doim o'zingizdan boshlanadi!
Agar siz abadiy yashamoqchi bo’lsangiz, unda hayotingizni bemalol ma’nosiz suhbatlarga, kimidir g’iybatiga, har xil yechib bo’lmas ijtimoiy muammolarga ketkazishingiz mumkin

Lekin hayot bitta va u tugayapti.

Bilaman, bu gapni ming marta eshitgansiz, lekin buni haqiqatdan ham anglab yetganlar judayam kam.

Inson kunlari cheklangan, bugungi kun, 13-iyun, 2026 yil boshqa hech qachon qaytib kelmaydi. Men boshqa hech qachon 19 yoshga kirmayman, quyosh botadi va bo’ldi, insoniyat tarixida yana bir qaytarib bo’maydigan kun yakunlandi.

Aynan shu narsani anglab yetgan inson, avtomatik ravishda nimani, qayerda va qachon qilishini biladi. Va siz uni atrofdagi shovqin bilan boshqa aldolmaysiz. Unga baribir, u band, u muxim uchrashuvga kech qolyapti, ishlarini bitirib olishi kerak, uni ikkilamchi narsalar boshqa qiziqtirmaydi.

Unga time-management strategiyalari, yuqori samaradorlik sirlari ham kerak emas, uni yagona narsa harakatga keltiradi - bu hayot tugayotganligi hissi
Manaviy va moddiy olam bir biri bilan chambarchas bog'liq.

Pul manaviyatizmizni yuksaltirish imkoniyatini bersa, manaviyat yanada boyib ketishimizga yordam beradi.
Bugungi kunimiz kechagi fikrlarimiz natijasi.

Bugungi fikrlarimiz ertangi kunimizni poydevori.
O'qimishli odam - diplomli degani emas, balki kelajakni kamida 2-5 yil oldindan ko'ra oladigan insondir. U yangi imkoniyatlarni izlab topadi, qiyin vaziyatlarni qanday xal etishni, olgan bilimlarini amalda qo'llashni va o'z maqsadlariga erishishni biladi.
Oxiri jahannam bo'lgan rohatning nimasi rohat?

Oxir jannat bo'lgan mashaqqatning nimasi mashaqqat?

Rohatni lazzati ketadi gunohi qoladi.

Mashaqqatning mashaqqati ketadi savobi qoladi.
Barcha muvaffaqiyatsizlik, mag'lubiyat va umidsizliklar bizning fikrlarimiz, so'zlarmiz xarakatalarimizga mos kelmasligi sababli vujudga keladi.
Ҳасадни беркитишнинг иложи йўқ. У сени бошқаради. У худди пешонангдаги холга ўхшайди. Ўзингдан бошқа ҳаммага кўринади.

Нассим Николас Талеб
Resurslar — mukofot emas, ular mas’uliyat

Vaqtingiz, energiyangiz, tanishlaringiz, pulingiz shunchaki sizga berilmagan.

Sizdagi bor resurs kimningdir orzusi. Bor narsaga xursand bo‘lish yoki u bilan g‘ururlanish noto‘g‘ri.

Yaxshi oilada tug‘ildingizmi? Resurslardan foydalanib, oila biznesini 10x kattaroq qiling.

Katta ishlar qiladigan tanishlaringiz bormi? Ular orqali yanada kattaroq ishlarni amalga oshiring.

Toshkentda tug‘ilgansiz yoki shu yerda uyingiz bormi? Pulga chalg‘imasdan, boshida karyerangizni rivojlantiring.

Katta natijalarga erishganingizdan keyin, boshida sizga yordam bergan resurslar va ustozlarni unutmang.

O‘zingiz ko‘tarilgandan keyin, boshqalarning ham yordam berishni unutmang.
Zaif tomonlarini tan olish — mukammallikka erishishga bitta yo'ldir.

Mukammal inson ekanligiz xaqida fikrlar — rivojlanishdan to'xtab qolganizni anglatadi.

Mukammallikka intilish orqaligina muvaffaqiyat va baxtga erishamiz.
Yo'lga chiqsan yo'l ko'rinadi, yo'l yo'lni ko'rsatadi, yo'q manzilni ko'rasatadi.

Shunchaki yo'lga chiqsak bo'ldi.
Baliqlar ko'pincha qanday suvda suzayotganini bilishmaydi.

Biz ham ko'pincha siyosat nima bo'lyotganiga bilmasdan yashayveramiz.