Hasanboy
19 subscribers
4 links
Shaxsiy fikr va mulohazalarimni ulashib borish uchun ochilgan kanal.
Download Telegram
Channel created
Katta masad qo'yishdan qo'rqmaslik  kerak.

Nimaga?

Biz kecha bilan yashamaymiz. Chunki kecha qilgan xatolarimizni qilmaslikka harakat qilamiz.
Biz ertangi kun bilan yashamaymiz. Chunki ertangi kun kelishini faqat xudo biladi.

Lekin ertangi kun keldi deylik.

Biz maqsadsiz kutib olamizmi ertangi kunni?

Biz nimani so'rasak yoki nimani kutsak o'shanga harakat qilamiz.
Alloh ham qo'ygan maqsadimiz,  qilgan harakatimizga yarasha nasiba beradi.
O'zingga sen yaxshi ko'rgan odamdek munosabatda bo'l.

Agar siz birorta insonni yaxshi ko'rsangiz yoki hurmat qilsangiz uni vaqtini qadrlashga harakat qilasiz.

O'zingizni qadringizni bilmoqchimisiz vaqtingizni nimaga sarflayotganingizga etibor bering.
Kunimizni qanday o'taqazsak umrimiz ham xuddi shunday o'tib ketadi.

Umrimiz bu uy bo'lsa kunimiz bu g'isht. G'isht qanday bo'lsa uyimiz ham xuddi shunday bo'ladi.
Rivojlanishdan to'sadigan to'siqlardan bittasi bu ''men hamma narsani bilaman'' deyish.

Ko'p narsani biladigan insonlar, aslida  ko'p narsani  bilmaslini tushunadilar.
Channel photo updated
Nimaga sizni odamlar yaxshi ko'rishi kerak?

Siz mushuk yoki kuchuk emassizki, hech narsa qilmasangiz ham sizni yaxshi ko'raveradigan.

Atrofingizdagilar sizni yaxshi ko'rmasin, HURMAT qilsin.

Jamiyat ham huddi shunday. Siz bir narsaga erishishni boshlagan paytingiz, sizni yaxshi ko'rishmaydi va pastga o'zini darajasiga tushirishga harakat qilishadi. Lekin erishgan paytingiz bu uchun sizni hurmat qilishadi.

Yaxshi ko'rilishga emas, hurmat qilinishga harakat qiling, uzoqqa borasiz.

t.me/Blog_Hb
Tadbirkor bu haftasiga 40 soat ishlamaslik 80 soat ishlashga tayyor inson.

Bu degani kuniga 12 soat ishlashga tayyor degani.

Agar tadbirkor bo'lib erkin bo'laman desangiz adashasiz. Chunki sizni xo'jayiniz mijoziz bo'ladi.

Lekin moliyaviy tomondan oladigan bo'lsak erkinlikka erisha oladi.

https://t.me/Blog_Hb
Boy bo'lish uchun pulni o'zi yetarlimi?

Yo'q

Pul topish uchun birinchi o'rinda juda ko'p ilm bo'lishi kerak.

Pulni to'g'ri boshqarishni bilishi kerak.

Ko'p insonlar pul topishi bilanoq nimalargadir sarflab tugatib yuboradi.
Pulni to'g'ri taqsimalashni bilishmaydi yoki pulni oldida o'zlarni yoqotib qo'yishadi.

Xullas boy odamlar puli ko'p bo'lgani uchun boy emas, ilmi ko'p bo'lgani uchun boy.

Blog_Hb
Vaqt nima?

Vaqt bu tugaydigan va qaytarib bo'lmaydigan resurs.

Vaqt bu bo'shliq. U har doim to'lib boradidan bo'shliq. Uni nima bilan to'ldirish o'zimizni qo'limizda. Agar ilim o'rganishlik bilan o'tiqazsak oltinga yoki undan ham qimmat narsaga teng bo'ladi. Agar bexuda narsalar bilan o'tqazsak oddiy tosh yoki tuproqqa teng bo'ladi.

Eng asosiysi vaqtimiz juda ham qisqa. Bugun bo'lmasa ertaga, ertaga bo'lmasa indinga hammamiz o'lamiz.

Bexuda o'tqazgan vaqtimizga NIMA deb javob beramiz ALLOHni huzurida?

Blog_Hb
Ko'pchilik pulim bo'lganda bu ishni qilardim u ishni qilardim deb gapiradi.
Va puli bo'lganda qilmaydi.

Agad bronta ishni qilishdan oldin bepul yo'lini yoki boshqa oddiy variantini qilishga harakat qilmayapsizmi, baribir puliz bo'lganda ham qilmaysiz. Chunki puliz yo'q vaqtiz bor vaqtda harakat qilmadingizmi, ertaga puliz bor faqat vaqtizni ajarata olmasligiz mumkin.
Bizda aql kammi yoki pulmi?

Men shu vaqtgacha ko'rgan odamlarni ichida hech qaysi biri aqlim kam deb nolimadi. Lekin pulim kam noliganlarni eshitdim.

Aslida bizda ilmimiz hamda aqlimiz kam.
Ilm hosil bo'lishi uchun nima qilish kerak?

1. Gunoh ishlarni qilmaslik kerak.
2. Sabrli bo'lish kerak.
3. Vaqtni bexuda o'tqazmaslik kerak ekan

Biz vaqtimiz juda ham bebaxo nemat ekanligini tushunishimiz kerak.

Alloh har bir soniya sekundimizni hisob kitob qiladi.
Bir narsa bor va u sizni hech qachon aldamaydi!

Sizni do'stlaringiz, yaqinlaringiz, va boshqalar aldashi mumkin. Lekin bir narsa bor u sizni hech qachon aldamaydi. U ko'zgu!

Inson moliyaviy holatini bilish uchun bank hisobidagi raqamlarga qarashga qo'rqqanidek, aksariyat insonlar o'zini ko'zgudagi aksini qarashga qo'rqishar ekan.

Shaxsiy rivojlanishni chin dildan xohlaydigan har bir insonni uyida, bo'yi tenggi keladigan ko'zgu bo'lishi shart. Erta tongda shu ko'zgu qarshisiga kiyimsiz kelib, o'zingizni boshdan oyoq kuzating. Ortiqcha vazningizni, o'sib ketgan sochingizni, xattoki olinmagan tirnoqlaringizgacha yashirmasdan shu ko'zgu sizga ko'rsatib beradi.

Eng zo'ri ko'zgudagi aks sizga shirin gaplar gapirib avramaydi. Va qancha unga ko'p qarasangiz shuncha o'zingizni ustingizda ishlab, izdan chiqib ketgan hayotingizni tartibga solishga yordam beradi.

O'zgarish vaqti keldi va bu har doim o'zingizdan boshlanadi!