BERUNIY_XABAR24 | SENZURASIZ JURNALISTIKA
292 subscribers
5.77K photos
979 videos
38 files
2.53K links
Журналист- давлат ва халқ ўртасидаги кўприк!

БИЗ БИЛАН БИРГА БЎЛИНГ!

Журналист ва блогер Лобархон Базарбаеванинг канали.



📲📲📲📲📲
Download Telegram
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2024-yil 1-aprel holatiga Beruniy tumanida barcha toifadagi xo`jaliklarida sigirlar soni 40,6 ming boshni tashkil etadi.
2023-yilning mos davriga nisbatan barcha toifadagi xojaliklarida sigirlar soni 106,4 %ga ko`paygan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga Beruniy tumanimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 81,9 ming boshni tashkil etdi.
2023-yilning 1-aprel holatiga nisbatan solishtirilganda 124,9 % o‘sish qayd etildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan nikohlar soni 468 nafarni tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlarning 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 9,2 % o‘sish qayd etildi
2024-yil yanvar-mart holatiga, Beruniy tumani bo‘yicha parrandalar 878,4 ming bosh soni tashkil qiladi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 135,6 % ni tashkil etdi. I.FAZILBEKOV,
Beruniy tumani statistika bo’limi boshlig’i.
#онлайн


Беруний туман ҳокимлиги мажлислар ўалида Халқ депутатлари туман Кенгашининг LXXXIV-сессияси ўз ишини бошлади.
Sh. Qadirov,
Beruniy tumani Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi direktori:
“KO’CHMAS MULKKA BO’LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH TARTIBI”
👇👇👇
Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha mamlakatimizda davomli va uzluksiz ishlohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olishni takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritish, ushbu sohadagi axborotlarni shakllantirish bo‘yicha bir qator tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, Fuqarolik kodeksining 84-moddasiga ko’ra, ko‘chmas mulkka egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerakligi belgilangan.
2022-yil 28-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 803-son qonuni qabul qilindi.
Qonunning 1-moddasiga asosan uning amal qilishi yer uchastkalarini, binolar, inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, mulkiy majmua sifatidagi korxonalarga bo’lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilishi, bunda yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.
Qonunga asosan, identifikatsiya qilishga oid ma’lumotlar, kadastr pasporti, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni birlamchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi, obyektning kadastr raqami tushunchalariga batafsil ta’rif berib o’tildi.
Shuningdek, qonunga asosan sohada umumiy va maxsus vakolatli organlar belgilangan bo’lib unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Ma’lumki, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat reyestriga yozuv kiritish orqali amalga oshirililadi.
Qonunning 21-moddasida aynan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi yoki bosh ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan davlat reyestriga yozuv kiritish orqali amalga oshirilishi belgilab o’tildi.
Shuningdek, qonunda koʻchmas mulkka boʻlgan quyidagi huquqlar
– mulk huquqi;
– doimiy egalik qilish huquqi;
– doimiy foydalanish huquqi;
– meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
– ijara huquqi;
– ikkilamchi ijara huquqi;
– xoʻjalik yuritish huquqi;
– operativ boshqarish huquqi;
– ko’chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
– bepul foydalanish huquqi;
– renta;
– ipoteka;
– servitut va boshqalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Sh. Qadirov,
Beruniy tumani Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi direktori.


https://t.me/Beruniy_XABAR24