Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.76K subscribers
24.3K photos
2.75K videos
125 files
7.51K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: http://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Мамлакатимизда тадбиркорлик ва бизнесни қўллаб-қувватлаш мақсадида қатор аниқ чоралар ишлаб чиқилган.

Эндиликда хорижий сармоядорлар акциялардан олинаётган дивидендлар бўйича солиқлардан уч йил муддатга озод этилади.

Яқинда хусусийлаштириш тўғрисидаги қонун қабул қилинди. 250 та йирик корхонанинг давлат улушини ва салкам 1000 та кўчмас мулк объектларини сотиш, 12 та корхона акцияларини фонд бозорларида бирламчи оммавий жойлаштириш (IPO) учун янги дастур ҳам ишга туширилди.

Тадбиркорлар барқарорлиги рейтинги жорий этилди. Юқори рейтингга эга тадбиркорлик субъектлари учун солиқ текширувлари ўтказилмайди.

Facebook|Instagram|X
Шунингдек, энергетика йўналишидаги давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини амалга ошириш тажрибасини ижтимоий ва бошқа инфратузилма соҳаларида ҳам кенг татбиқ этиш режалаштирилган.

Тадбиркорларга ер ажратишнинг замонавий шаффоф тамойиллари – яъни, аукцион савдо тизими йўлга қўйилди. Жаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлиш доирасида қонунчиликни уйғунлаштиришга қаратилган 60 дан ортиқ норматив ҳужжатлар қабул қилинди.

Коррупцияга қарши курашиш агентлиги тузилиб, 2030 йилгача мўлжалланган Миллий стратегия ишлаб чиқилмоқда.

Facebook|Instagram|X
Kuni kecha Bekobod tumani hokimi Sh.Do’sbekov Tajsoft kompaniyasi bosh direktori Yormatov Firdavs Abuxalilovichni qabul qildi.

Uchrashuvdan maqsadi IT bozorini tumanda rivojlantirish, ish o’rni yaratish hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni o’qitib mutaxassis tayyorlash.
Shu o’rinda tomonlar muzokaralar yuritib, qo’shimcha tashabbuslarni o’rtaga tashlab istiqbolli loyihalari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Bekobod tumani hokimining birinchi o’rinbosari E.Imamov hamda AT Aloqabank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig’i B.Usmonov tumanda yangi ish o’rinlari yaratish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tdi.

Bugungi ochiq muloqotda AT Aloqabank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig’i B.Usmonov Prezidentimizning 2024 yil 9 yanvardagi “2024-yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko’maklashish dasturi to’g’risida”gi PQ-7-sonli qarori bilan belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarni tushuntirib berdi.

Shu o’rinda tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishda imtiyozli kreditlarni ajratish, undan samarali foydalanish yuzasidan ham tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aksiya

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Deputatlar kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi.

Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat.

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi.

Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi.

Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi.

Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
🆕 My.gov.uz dan uzoq kutilgan yangilik❗️

💰 Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin.

📱 My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi.

🔖 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan.

👉 Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
👨‍💻 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
💁🏻‍♂️ tegishli xizmatni tanlashi;
📲 undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul.

🗂 Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.

📝 Bunda ariza beruvchi oilasining har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad miqdori aniqlanadi va belgilangan mezonlarga mosligi solishtiriladi.

❗️Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi.

▶️ https://youtu.be/V4HIzDAWmKY

💬 Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💰 Endi kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin.

📱 My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam taminlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan talabgorlar foydalanishi mumkin.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgangacha), moddiy yordam 6 oy muddatga to‘lanadi.

👉 Talabgorlar ushbu xizmatdan foydalanish uchun:
👨‍💻 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tishi;
💁🏻‍♂️ tegishli xizmatni tanlashi;
📲 undagi so‘rovnomani to‘ldirishi va yuborishi kerak.

Xizmatdan foydalanish bepul.

🗂 Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi.

❗️Shundan so‘ng ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Va ariza javobi my.gov.uz orqali yuboriladi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi bandligini ta'minlash choralari ko'rilmoqda, Bekobod tumanida jurnalist va blogerlar uchun press tur tashkil etildi
#2may #uzbekiston24

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
🏵Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari davom etmoqda!

📍 Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Bekobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari, Guliston harbiy prokuraturasi hodimlari, harbiy qism harbiy xizmatchilari, Milliy gvardiya qo'riqlash bo'limi hodimlari, Mudofa ishlari bo'limi bilan hamkorlikda 11-umumta'lim maktabining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni vatanparvarlik va ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ko'rgazmali tadbir bo'lib o'tdi.

💎Tashkilotchilar ushbu maktablarning 9-11-sinf bitiruvchilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida o‘qish istagi bo‘lgan o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar haqida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#festival2024

💎Ko'xna Buxoro shahrida 3-5 may kunlari II - Xalqaro zargarlik va zardo'zlik festivali bo'lib o'tilishi rejalashtirilgan.

⚡️ Ushbu festivalda, Nilufar folklor-etnografik jamoasi buvijonlari ham faol ishtirok etish uchun gostrol safariga jönab ketishdi. 💥

Ayni daqiqalarda jamoamiz milliy folklor san'atimizni namoyon etishib, o'z qo'shiqlaridan mahalliy aholi va sayyohlarni bahramand etishmoqda⚡️

Atmosfera 💣💣💣💣💣

Eslatib o'tamiz festivalning ochilish marosimi ertaga boshlanadi..
Festivalga marhamat. 😊

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook