Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.76K subscribers
24.3K photos
2.75K videos
125 files
7.52K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: http://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993 yilning 3 may sanasini "Xalqaro matbuot erkinligi kuni" deb e’lon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan. O’shandan buyon har yili 3 may kuni dunyo bo’ylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi.

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlarga 3 may –Jahon Matbuoti erkinligi kuni muborak bo’lsin.

Bizda kuzating👇🏻

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun, 3 - mayJahon matbuoti erkinligi kuni!

Madaniyat vazirligi sana munosabati bilan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabriklaydi!

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Bir kun bo’lsa ham talabalikni his qildim.

Bugun erta tongdan tuman hokimi o’rinbosari D.Mirzakulov boshchiligida tumanimizdagi horijiy tillarga qiziqishi yuqori bo’lgan 25 nafar bitiruvchi sinf o’quvchilarini Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universitetlarida tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga olib borildi.

Mazkur tadbirdan ko’zlagan asosiy maqsad bitiruvchi sinf o’quvchilarini OTMlardagi ta’lim sifati, professor-o’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish.


Bizda kuzating👇🏻
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🇺🇿O‘zbekiston-Tojikiston do‘stligining yorqin namunasi sifatida bir necha kun davomida Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati raisi Radjabboy Ahmadzoda bir guruh delegatsiya a’zolari bilan Toshkent viloyatida amaliy tashrif bilan Toshkent viloyatining salohiyati va imkoniyatlari bilan tanishdilar.

📍O‘zaro ishonch va hamkorlik ruhida bo‘lib o‘tgan tashrif davomida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamrohlik qildi.

📍Toshkent viloyatiga tashrif Bekobod tumani Oybek chegara postida Bekobod shahri hokimi tomonidan tantanali kutib olingan edi.  Bugun ushbu samarali tashrif o‘z nihoyasiga yetdi va tojikistonlik delegatsiya a’zolari tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.

Bizda kuzating👇🏻
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS!

Bugungi dorilamon kunlarga yetib kelishimiz oson bo’lmaganini shonli tariximiz isbotlab turibdi. Xalqimiz ko’rsatgan qahramonliklar qalbimizda abadiy yashaydi.

Shu ma’noda bugun erta tongdan "Nuroniy" jamgarmasi Bekobod tumani bulinmasi raisi J.Burixujayev va tuman nuroniylar Kengash a’zosi F. Dehkonovlar 9-may Xotira va qadrlash kuni oldi tuman front orti qatnashchilarini bayram bilan manzilli yo’qlashib va ozik-ovqat maxsulotlari berishdi. Ok tepa mahallasidan 95 yoshli Jurayev Ismoil ota, O’zbekobod mahallasidan 99 yoshli Usmonov Akbarali ota, Terakzor mahallasidan 98 yoshli Yo’lyashova Xalima onani, Do’stlik mahallasidan 95 yoshli Pochchaumarova Saodat onani va Pastki kerayit mahallasidan 94 yoshli Pirmatov Abdukaxxor otalar xolidan xabar olindi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Yo’l qurilishi ishlari qizg’in olib borilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.12.2020 yildagi PQ-4916-sonli qaroriga muvofiq, Vazirlar Maxkamasining 21.09.2021 yil 591-sonli qaroriga asosan Jaxon banki mablag’lari hisobidan tumaning Beshyuz va Mustaqillik mahallalaridan o’tgan mahalliy ahamiyatga ega 4K762d “Parchayuz qishlog’iga shaxobcha” avtomobil yo’lining 0-10 km bosh pudratchi “Karvon yo’l” MChJ tomonidan to’la ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xozirgi kunda qurilish ishalri davom etmoqda.
Shu o’rinda Bekobod tumani hokimi o’rinbosari U.Xaqqulov borib, mas’ullar bilan ish jarayonida texnika havfsizlik qoidalariga rioya qilishlari asfalt qoplamasining eni va qalinligiga e’tiborli bo’lishlari yuzasidan suxbatlashib, kerakli tavsiyalar berdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook