Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.76K subscribers
24.3K photos
2.75K videos
125 files
7.51K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: http://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
#jarayon

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi "O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA IShLAB ChIQARISh INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh DASTURI HAMDA BOShQA DAVLAT DASTURLARI IJROSI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRIShGA DOIR QO’ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA" gi PQ-43-sonli qaror talablari asosida tuzilgan tuman ShTABI a’zolari hamda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’sul hodimlari tomonidan tumanda olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari ko’zdan kechirilib, pudrat tashkilotiga zaruriy ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
📣📣📣 E’LON📣📣📣

🚧Aziz tumandoshlar Xalqimizning ko‘p asrlik ezgu qadriyatlari, orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan, istiqlol yillarida mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlarga mansub barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga aylangan Ramazon hayiti bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, hayit namozi o‘qiladigan masjidlarning kirish-chiqish nuqtalarida nazorat punktlarini tashkil etish, tadbirlar davomida joylarda jamoat tartibini saqlash, ishtirokchilar xavfsizligini taʼminlash choralarini ko'rish, masjidlarga eltuvchi asosiy ko'chalarda transport qatnovi cheklash maqsadida 2024-yil 9-aprel soat 22:00 dan 10-aprel soat 10:00 ga qadar vaqtinchalik yopilishini ma’lum qilamiz.

👉Batafsil havolada👈

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Salomatligingizda o’zgarishlar sezyapsizmi? Ehtimol bu kunlik rasion va to’g’ri ovqatlanish bilan bog’liqdir.

Kunlik tuz va shakar iste’moli miqdorini bilasizmi?

Necha mahal va qancha miqdorda ovqatlanish maqsadga muvofiq?
〰️〰️〰️〰️〰️

➡️ Yuqoridagi infografikada sog’lom turmush garovi bo’lgan sog’lom ovqatlanish alifbosi taqdim etilgan.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani
#Amir_Temur_688_yoshda

Bekobod tuman MMTBga qarashli 42- umumta'lim maktabida Tarix fani o'qituvchisi Usmanova M tomonidan Amir Temur bobomizning 9-aprel tavalludining 688-yilligiga bag'ishlab "Amir Temurni yod etib'' nomli tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda  8-A va 8-B  sinf o'quvchilari o'z bilimlarini 5 ta shart bo'yicha sinab ko'rdilar.


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
"Inson qadri uchun"

Saxovat – xalqimizning ulug’vor qadriyatlaridan biridir


🕌Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o’zgacha. Muammolar bartaraf etilmoqda, chetda qolib, yolg’izlikdan qiynalayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo’llari uzatilmoqda. Bemorlarning hol-ahvoli so’ralmoqda. Hyech kim e’tibordan chetda emasligi amaliy ko’rsatib berilmoqda. Yurtimizdagi har bir mahalla va qishloqlarda yashovchi yolg’iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo’qotganla hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinmoqda.

🎁Shu o’rinda Ramozon hayiti munosabati bilan saxovatpesha insonlarimiz boquvchisini yo’kotgan, og’ir sharoitda yashayotgan oilalarga zakot exsonlarini hadya qilishmoqda. Shunday insonlardan biri bugun tumanimizdagi farzandlariga ham ota, ham ona bo’lib tarbiyalab kelayotgan ayollar holidan xabar olib bayram kayfiyati ulashdi. Qilgan exsonlarini ollox dargohida qabul aylasin.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook