Baxtim daftari🩵📘
39 photos
3 videos
📍BukSPI
📍Bukhara
*Student
*Future English teacher
*Cooker
*Book lover
*The laziest girl



Manfaat ulasha olaman deb va'da bermayman. Yozganlarim tushunganga manfaat boʻlishi mumkin🤍
Download Telegram
Baxtim daftari🩵📘
Assalomu aleykum, ahli olam🩵 Barchangizga xayrli tong. Bahorning yana bir kunini hamd aytib boshlang🌷. *** Bugun bizda maxsus blok fanimizdan oraliq nazorat😢. Olloh oson qilsin. Robbi yassir va'ala tuassir, Robbi ta'mim bil xoyri🤍.
Kecha Olloh oson qilsin degandim🩵 Natijani yozish yodimdan koʻtarilibdi. Ustozning buzuq kompyuteri sharofati bilan qutilib qoldik 😁. Oraliq nazorat boshqa kuni olinadigan boʻldi. Keyin bizni turk professorlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiyaga olib tushishdi. #Darssizlik_time💃

P:s/ Rasm " turk tilini bilmaydigan, lekin bilganday "evet, evet" deb turgan ingliz tili yoʻnalishi talabalari" deb nomlanadi😂
***
Bugun yotoqxonadagi dugonajonlar zerikib aylangani chiqdik👭. Keyin esa bu oʻzimizni xursand qilish vaqtiga aylanib ketdi😄. Koʻchalarni aylanar ekanmiz bir yil oldin xuddi shu kunda boʻlgan voqealar yodimga tushdi. Ular bilan keyinroq boʻlishaman.

🫧🫧
Biz gohida atrofimizda boʻlayotgan voqealarga nisbatan salbiy qaraymiz, vaholanki, lugʻatimizdan "koshki" soʻzini olib tashlasak, hammasi yaxshi boʻladi, duo qiling, bizga qiyindir, Unga oson🩵🫧
🫧🫧🫧


#bir_yil_oldingi_özim

Oʻtgan yili xuddi shu kuni bobomning tugʻilgan kuni edi. Albatta, oʻqishga kirish uchun oʻquv kurslariga qatnar edik. Sahar ( ertalabki 5.00) da boshlanar edi. Darslarimni tayyorlab, juda ham kech uxladim, ertalab ona tili kursiga bordik, chiqqanimdan keyin majburiy blok kursiga bordim. Ustozimiz majburiy blok boʻlsa ham bizdan yaxshi oʻqishimiz kerakligini talab qildi. Matematika faniga uncha qiziqmaganim sababli oʻqishni ham istamasdim, vazifalarimni oʻz vaqtida qilmaganim uchun mani urishdi, koʻz yoshimni koʻrsatmaslikka harakat qilar ekanman, u yanayam qattiq gapiraverardi. Dars tugadi, charchaganimdan bobomni tabriklash yodimdan koʻtarilibdi, telefon qilib tabrikladim, xursand boʻlib gapini oxirida manga ishonishini aytdi. Oʻsha paytlarda har tomonlama charchagan ekanman, bobomning gapi, nasihatlari yaxshi ta'sir qildi.
Orzularim roʻyobini chin dildan istadim, Ollohim oson qildi, talaba boʻldim🩵, budjet uchun harakat qilganman( ustozlarim budjet boʻlishing tayin derdi), lekin shartnoma asosida oʻqishga kirdim. Natijamni koʻrib, yigʻlab, siqtab, "oʻqishni istamayman" deb aytganimni ham eslayman🥲. Chunki, oʻylagan narsam istaganimday boʻlmaganini qabul qilish qiyin edi. Lekin oʻshanda "koshki", "koshki" deb noshukurlik qilganimni oʻylab, hozir ozgina boʻlsa-da, ulgʻayganimni his qildim. Oson yoʻl bilan boʻladimi, qiyin yoʻl bilanmi, eng muhimi, orzularning amalga oshishi ekan🌷 Bugun shaharning koʻchalarida bir yil oldingi oʻzimni xotirlab yurgan men shularni oʻyladim🥹.
Ollohimga hamdlar boʻlsin🩵🫧
Qara, ayrildik, koʻngliq toʻq. Aytganday koʻngling toʻq emas, seni umuman koʻngling yoʻq. Achinaman, ketgan vaqtlarimga, soat, soniyalarimga... Shu yillar ichida bergan sevging sofmi, soxtami bilmayman. Atrofimda bir-birini sevib, muhabbatini haloliga aylantirib olayotgan koʻplarni koʻraman, menimcha ular baxtli boʻlsa kerak, buni bilmayman, chunki biz bunday tuygʻuni his qilishgacha yetib kela olmadik. Asosiy sababchisi oʻzingsan. Afsuslanmayman, chunki hali yoʻlning oxiri bor.
Bilaman, qiyin lekin yaqinlarim bor dardimni yengillashtirib, ozgina boʻlsa-da his qildirishadi oʻzini sevishni. Endi kelishingdan ham, kelishingdan ham ma'no yoʻq, hech nimaga qiziqmay qoʻydim, hech narsa qiziqtirmaydi.


Mavzudan chetlashdik🫧.


P:s/ Soʻzlar hayotimdan emas. Ijod kelsa yomon boʻlib ketaman-ey🥹
Aytganimday, ijod kelsa yomon kuchayaman😅Shanba kuni jonajon uyimga bordim. Onam bilan issiqqina, yogʻliqqina nonlarni pishirdik. Yakshanba kuni esa koʻpchilik (ya'ni oila aʼzolarim) ning talab va istaklariga binoan pitsa pishirdim😁😁. Oh endi buni ta'mini aytmaysizmi. Kam boʻlib qolibdi, hamma armonda qoldi😁. Boʻlajak qaynona oyijonimga havasim keladi, manga oʻxshagan koʻrgan narsasini bir martada oʻxshatib qiladigan, chaqqon, oʻxshatolmasayam😱 harakat qiladigan kelini bor😂he-he-he🤦‍♀🤣
Sevgi bu...
Baʼzida bir-birisiz nima qilishni bilmasdan tentirab yurishdir🤍
Bir kishi ilm va tajribasi bilan mashhur bo'lgan bir olimning huzuriga bordi va o'z holatidan shikoyat qildi: "Ayolimni ilk bor ko'rganimda, Alloh undan go'zalrog'ini yaratmagan deb o'ylar edim. Unga sovchi qo'yganimda, uningdek go'zallar ham borligini ko'rdim.... Unga uylanganimdan so'ng undan ham chiroylilar juda ham ko'pligini ko'rdim... To'yimizga bir necha yil bo'lganidan so'ng dunyodagi hamma ayol mening ayolimdan go'zal ko'rindi..."

Bu gaplarni diqqat bilan tinglab turgan olim zot: "Senga bundan ham dahshatliroq narsani aytaymi?" dedi. Haligi kishi: "Ha", dedi.
Olim: "Agar sen dunyodagi barcha ayollarga uylangan taqdiringda ham ko'chada tentirab yurgan itlar ko'zingga dunyodagi barcha ayollardan chiroyliroq ko'rinar edi".
Haligi kishi: "Nima uchun bunday deyapsiz?" deb so'radi.

Olim zot aytdi: "Chunki muammo ayolingda emas... Agar insonning qalbi taʻmagir, ko'zi o'ynoqi bo'lsa va Allohdan hayo qilmasa, uning ko'zini o'z go'rining tuprog'idan boshqa narsa to'ydira olmaydi. Ey musulmon banda, sening muammoing o'zingda, sen Alloh harom qilgan narsaga qarashdan ko'zingni tiymaysan... Ayoling o'sha avvalgidek, eng go'zal ayolga aylanishini xohlaysanmi?"
Kishi: "Ha, albatta", deb javob berdi.

"Ko'zingni tiy! Alloh taolo aytadi: "Sen mo'minlarga ayt, ko'zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir". Har doim qo'lingda bo'lmagan narsa o'zing ega bo'lgan neʻmatdan chiroyliroq va afzalroq ko'rinadi. Erishganingdan so'ng esa odatdagidek bo'lib qolaveradi. Shuning uchun, o'zing ega bo'lgan neʻmatlarga rozi bo'l, faqat o'zini deydiganlardan bo'lma. Aks holda, chiroy va dunyo matosi ortidan to qabrga mahkum etilguningcha yuguraverasan...

Axir, Allohning sen aytgan narsalardan ham go'zalroq va ajoyibroq neʻmatlari bor... Ular Allohning ibodati va solih amallar... Ularning lazzatini faqat uni his qilganlargina biladi...
Shuningdek, doimo Allohga ayolingni sening ko'zingda go'zal qilishini va uning muhabbati bilan rizqlantirishini so'rashni ham yodingdan chiqarma!!!


🩵🫧
🩵🫧