Baxtim daftari🩵📘
39 photos
3 videos
📍BukSPI
📍Bukhara
*Student
*Future English teacher
*Cooker
*Book lover
*The laziest girl



Manfaat ulasha olaman deb va'da bermayman. Yozganlarim tushunganga manfaat boʻlishi mumkin🤍
Download Telegram
Aytganimday, ijod kelsa yomon kuchayaman😅Shanba kuni jonajon uyimga bordim. Onam bilan issiqqina, yogʻliqqina nonlarni pishirdik. Yakshanba kuni esa koʻpchilik (ya'ni oila aʼzolarim) ning talab va istaklariga binoan pitsa pishirdim😁😁. Oh endi buni ta'mini aytmaysizmi. Kam boʻlib qolibdi, hamma armonda qoldi😁. Boʻlajak qaynona oyijonimga havasim keladi, manga oʻxshagan koʻrgan narsasini bir martada oʻxshatib qiladigan, chaqqon, oʻxshatolmasayam😱 harakat qiladigan kelini bor😂he-he-he🤦‍♀🤣
Sevgi bu...
Baʼzida bir-birisiz nima qilishni bilmasdan tentirab yurishdir🤍
Bir kishi ilm va tajribasi bilan mashhur bo'lgan bir olimning huzuriga bordi va o'z holatidan shikoyat qildi: "Ayolimni ilk bor ko'rganimda, Alloh undan go'zalrog'ini yaratmagan deb o'ylar edim. Unga sovchi qo'yganimda, uningdek go'zallar ham borligini ko'rdim.... Unga uylanganimdan so'ng undan ham chiroylilar juda ham ko'pligini ko'rdim... To'yimizga bir necha yil bo'lganidan so'ng dunyodagi hamma ayol mening ayolimdan go'zal ko'rindi..."

Bu gaplarni diqqat bilan tinglab turgan olim zot: "Senga bundan ham dahshatliroq narsani aytaymi?" dedi. Haligi kishi: "Ha", dedi.
Olim: "Agar sen dunyodagi barcha ayollarga uylangan taqdiringda ham ko'chada tentirab yurgan itlar ko'zingga dunyodagi barcha ayollardan chiroyliroq ko'rinar edi".
Haligi kishi: "Nima uchun bunday deyapsiz?" deb so'radi.

Olim zot aytdi: "Chunki muammo ayolingda emas... Agar insonning qalbi taʻmagir, ko'zi o'ynoqi bo'lsa va Allohdan hayo qilmasa, uning ko'zini o'z go'rining tuprog'idan boshqa narsa to'ydira olmaydi. Ey musulmon banda, sening muammoing o'zingda, sen Alloh harom qilgan narsaga qarashdan ko'zingni tiymaysan... Ayoling o'sha avvalgidek, eng go'zal ayolga aylanishini xohlaysanmi?"
Kishi: "Ha, albatta", deb javob berdi.

"Ko'zingni tiy! Alloh taolo aytadi: "Sen mo'minlarga ayt, ko'zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir". Har doim qo'lingda bo'lmagan narsa o'zing ega bo'lgan neʻmatdan chiroyliroq va afzalroq ko'rinadi. Erishganingdan so'ng esa odatdagidek bo'lib qolaveradi. Shuning uchun, o'zing ega bo'lgan neʻmatlarga rozi bo'l, faqat o'zini deydiganlardan bo'lma. Aks holda, chiroy va dunyo matosi ortidan to qabrga mahkum etilguningcha yuguraverasan...

Axir, Allohning sen aytgan narsalardan ham go'zalroq va ajoyibroq neʻmatlari bor... Ular Allohning ibodati va solih amallar... Ularning lazzatini faqat uni his qilganlargina biladi...
Shuningdek, doimo Allohga ayolingni sening ko'zingda go'zal qilishini va uning muhabbati bilan rizqlantirishini so'rashni ham yodingdan chiqarma!!!


🩵🫧
🩵🫧