Basic English
1.45K subscribers
1.28K photos
672 videos
305 files
503 links
Ingliz tilini noldan oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun

- Har kuni reja asosida oʻrganib borasiz
- Hozirda lugʻat boyligi uchun Essantial kitobini test ishlamoqdamiz!
https://bio.link/basiceng
Download Telegram
🇺🇿🇬🇧Biz «for» so’zini «uchun» degan tarjimadan tashqari, ‘because’ – «chunki» tarjimasini keltirib chiqarish uchun ham ishlatishimiz mumkin. For so’zi bu tarjima bilan faqat rasmiy ingliz tilida ishlatiladi.
The divers have to be careful for a sudden change in conditions could be dangerous – Haydovchilar ehtiyot bo’lishlari kerak, chunki holatdagi keskin o’zgarish xavfli bo’lishi mumkin.

Read the instructions carefully for you will only get one chance to enter the information – Yo’riqnomani diqqat bilan o’qing, chunki ma’lumotni kiritish uchun faqat bitta imkoniyatga ega bo’lasiz.

🔹Bundan tashqari for so’zini maqsad yoki sababga nisbatan ishlatishimiz ham mumkin.

What did you that for? – Nima uchun buni qilding?

What is that for? – Bu nima uchun?

Thank you for your letter. – Maktubingiz uchun raxmat.

I don’t have enough money for the ticket. – Menda chipta uchun yetarli pul yo’q.

I need treatment for my bad back. – Mening og’riyotgan belim uchun davo kerak.

🔹For so’zlovchining qaysidir narsaga hayrixohligini, tarafdorligini ham bildirishi mumkin.

He is for the idea of cutting taxes. – U soliqlarni kamaytirish tarafdori.

I am for this change in the way we do things. – Men qilayotgan ishlarimizdagi shunday o’zgarish tarafdoriman.

You need to stand up for what is right. – Haqiqat uchun kurashishingiz kerak.

🔹Biz for so’zini vaqt va masofani bildiruvchi iboralar bilan ishlatishimiz mumkin.

I walked for miles. – Men milyalab yurdim.

I waited for a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.

We will be away for the next week. – Biz kelasi hafta davomida ketgan bo’lamiz.

🔹Ba’zan yuqoridagiga o’xshash ma’nolarda for so’zini butunlay tushirib qoldirishimiz ham mumkin. Bunda, gap ma’nosida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi:

I walked miles. – Men milyalab yurdim.

I waited a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.

Hozirgi tugallangan zamonda (Present Perfect) for ish-harakat davomiyligi oralig’ini bildirsa, since ish-harakatning boshlanish vaqtini anglatadi.

I have studied English for seven years. – Men 7 yildan beri ingliz tilini o’rganaman.

I have studied English since I was 12. – Men 12 yoshimdan beri ingliz tilini o’rganaman.

🔹For so’zi ishtirok etgan ba’zi eng ko’p tarqalgan, bilishingiz foydali bo’lgan iboralar:

I enclose a cheque/check for 100 euros – Men 100 yevroga chekni ilova qildim.

What’s another word for stupid? – Ahmoq so’zini bildirgan boshqa so’z nima?

I’ve known him for ages. – Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman.

I am all for making this change. – Men bu o’zgarishni qilishga qattiq kirishganman.

Get ready.  -What for?   -Anne is coming. – Tayyorlaning. -Nima uchun? -Anna kelayapti

👉 @grammar_ingliz
🇬🇧BECAUSE OF, OWING TO DUE TO🇺🇿
Because of, Owing to va Due to iboralari «sababli» deb tarjima qilinadi va ularning ishlatilishida deyarli farq yo’q:
🔹He didn’t go out because of the heavy rain;
🔹He didn’t go out due to the heavy rain;
🔹He didn’t go out owing to the heavy rain.
Yuqoridagi barcha iboralardan keyin ot yoki olmosh ishlatiladi. Odatda ingliz tili test savollarida yuqoridagi iboralar bitta savolning variantlari sifatida berilmaydi. Ammo, ularning uslubiy jihatdan ishlatilishida ma’lum darajadagi farqlar borligi sababli ba’zan bitta savolda due to va owing to iboralarini uchratishimiz mumkin. Bunday holatda nima qilish kerak?
DUE TO ko’proq o’zidan keyin ot yoki olmoshning sifatga hos xususiyatini talab qiladi. talab qiladi. Misol uchun mana bu gapga e’tibor bering:
🔹His accident was due to excessive alcohol consumption – Uning halokati ortiqcha alkogol iste’moli sababli bo’lgan edi.
Bu yerda Due to dan keyin «excessive alcohol consumption» – «ortiqcha alkogol iste’moli» (Qanday?) sifat hossasini ifodalayapti.
OWING TO esa o’zindan keyin ko’pincha ravishga hos bo’lgan xususiyatni o’zida mujassamlashtirgan ot yoki olmoshni talab qiladi. Mana bu gapni o’qing:
🔹His accident occurred owing to the fact that he was talking on his cell phone – Uning halokati telefonda gaplashib ketayotganligi sababli yuz berdi. Bu yerda esa Owing to dan keyin «…was talkin on the cell phone» – «…telefonda gaplashib ketish» (Qay holatda?) ravish hossasini ifodalagan ot ishlatilgan.

Kanalimiz 👉 @grammar_ingliz
❇️Foydali iboralar yodlab oling❇️

🔹 go on about = qiziq bo'lmagan narsani juda ko'p gapirishda
e.g. The old man went on about his school days for nearly an hour.

🔹 slip your mind = esdan chiqibdi
e.g. I was going to return the library books today after work, but the thought slipped my mind.

🔹 have/throw a fit = jahli chiqib xarxasha qilish
e.g . The baby threw a fit when I took his toy away.

🔹The ball is in your court = vaziyatni qo'lga olish
e.g . The ball is in their court now. Let’s wait for their decision.

🔹 make your day = kunni ajoyib o'tishiga ta'sir qilish
e.g. Finding a fifty-dollar bill on the ground made my day.

👉🏻 @grammar_ingliz
✳️ Bilib qo'ygan yaxshi👌

✳️ Bugungi postimizda ingliz tilidagi no more va not any more birikmalarining ishlatilishini o'rganamiz.

✅ no more va not any more birikmalari aniqlovchi (determiner) yoki ravish (adverb) sifatida ishlatilishi mumkin.

1️⃣ no more va not any more aniqlovchi (determiner) sifatida (avval) bor bo'lgan predment (narsa)ning endi yo'q ekanligini bildirish uchun ishlatiladi. No more birikmasi not any more birikmasiga qaraganda rasmiyroq ohangga ega.
🔸I will ask no more questions. (formal)
🔸I won’t ask any more questions. (informal)
🔸There’s no more cake. They’ve eaten it all.
🔸There isn’t any more cake. They’ve eaten it all.

2️⃣ no more, not any more birikmalari biror ish-harakat yoki narsa to'xtagani yoki tugashini bildirib kelganda ravish sifatida ishlatiladi. Bu yerda ham no more birikmasi not any more birikmasiga qaraganda rasmiyroq ohangga ega.
🔸The army has arrived. We should fear no more. (formal)
🔸I wouldn’t worry any more if I was you. Everything will be okay. (informal)

3️⃣ no more … than, not any more … than birikmalari miqdor yoki darajalarni qiyoslashda ham ishlatiladi. Bu yerda ham no more birikmasi not any more birikmasiga qaraganda rasmiyroq ohangga ega.
🔸It does not tell you much. There is no more detail than in the instructions. (formal)
🔸Flying there isn’t any more expensive than getting the train. (informal)

❓ any more yoki anymore (qo'shib yoziladimi yoki ajratib?)
✅ BrEda any more so'zi ravish sifatida ishlatilganga odatda ajratib yoziladi. AmEda esa qo'shib yozilishi mumkin.
🔸I’m not cold any more. (BrE)
🔸I’m not cold anymore. (AmE)

⚠️ Aniqlovchi sifatida qo'llanilganda esa hech qachon qo'shib yozilmaydi.
🔸I can’t print any more copies. The printer isn’t working.✅
🔸I can’t print anymore copies. The printer isn’t working.❌


👇👇👇👇
@grammar_ingliz
👍1
👍1
🔥1
👍1
🔥1
Diqqat❗️
Hurmatli kanalimiz obunachilari speaking darslarimiz tayyor boshlashga tayyormiz 🥳
Safimizni yana ham kengaytirib dòstlaringizni taklif qilsangiz safimiz 500 ta busa darslarni boshlemiz inshaalloh hammasi siz uchun foydali bòladi degan umiddaman
Bundan tashqari❗️
Abiturentlar uchun elementary kursimiz tugash arafasida bundan buyon
❗️DTM darajasida mavzular
❗️DTM video darslar
❗️DTM testlarni
berib boramiz 🥳

Teachers mr_Sultonbek
miss_Charos

Kanal👉 @grammar_ingliz

Dòstlarizga ulashing zero barcha Ingliz tilini òrgansin👇


https://t.me/joinchat/7buLNu--x7Y3YTMy
Teacher: mr_Sultonbek
Savollar boʻlsa @distance_i
Good morning🥱
[@english_books_new] Longman Grammar Practise for Elementary.pdf
1.9 MB
📒 Longman Grammar Practise for Elementary

@grammar_ingliz
[@english_books_new] Longman Grammar Practise for Upper-inte.pdf
3.6 MB
📙 Longman Grammar Practise for Upper Intermediate

@grammar_ingliz
[@english_books_new] Longman Grammar Practise for Intermedia.pdf
1.5 MB
📗 Longman Grammar Practise for Intermediate

@grammar_ingliz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Huddiki hafta davomida butun dunyo yumishlarini bajarib tashlagandek yakshanba kuni "ertalab meni uyg‘otmanglar, rosa charchaganman" deb dag‘dag‘acha qilib qo‘yadigan talabalar, xayrli tong!😁

Bugun barcha qolib ketgan darslarimni tugatib qoyaman deb ertalabdan kechgacha dam olish kuni ishledigan Abituriyentlar good morning😁

Bugun yakshanba, bozorga borib bahonada shashlik yeb kelaman deb, ro‘zg‘or xarajatlaridan pul orttira olmay perashka yeb qaytib keladigan kun!

@grammar_ingliz
💡Possessive pronouns - Egalik olmoshlari

Egalik olmoshlari ingliz tilida possessive pronouns deyiladi va biror narsaga egalikni bildiradi.
🔎Masalan:
🔹️my pencil – mening qalamim
🔹️our house – bizning uyimiz

📌Barcha egalik olmoshlariga misollar:

🔹️My - mening
I like my job - Men kasbimni yoqtiraman.

🔹️Our - bizning
Our room is very comfortable - Bizning xonamiz juda shinam.

🔹️Your - sizning
What is your name - Sizning ismingiz nima?

🔹️His - uning (erkak)
I saw Botir with his sister - Men Botir bilan uning opasini ko'rdim.

🔹️Her - uning (ayol)
Ann lives with her parents - Ann ota-onasi bilan yashaydi.

🔹️Its - uning (narsalar)
Oxford is famous its university - Oxford (shahri) uning universiteti bilan mashhur.

📌Yuqoridagi so'z It's (it is) bilan juda o'xshash. Adashtirib yubormaslik kerak.
It's nice city - U ajoyib shahar.

🔹️Their - ularning
They live in London but their son lives in Spain - Ular Londonda yashaydi, lekin ularning o'g'li Ispaniyada yashaydi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖

@grammar_ingliz