Bandlik boshqarmasi | Andijon
3.32K subscribers
714 photos
331 videos
1 file
124 links
Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy tillar va kasbiy malaka oshirish bo'yicha ta'lim olayotganlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
--------------
Andijon viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i, tuman shahar bandlik bo'limlari hamda Tashqi migratsiya xodimlari bilan birgalikda xorijiy til va kasbiy malaka oshirish bo'yicha o'qiyotgan fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yurtboshimiz tomonidan xorijda ishlash uchun yartib berilayotgan imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish, chet elda tajriba oshirib, yurtimizda o'rganlarini joriy qilishlari va bir qancha masalalarda ularga tavsiyalar berilib, dars mashg'ulotlari, imtihonlar va sertifikat olish bilan bo'gliq jarayonlar yuzasidan ta'lim oluvchilar fikrlari tinglandi.

Sahifa: @bandlikpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorijdan qaytgan yurtdoshlarimizni ishga olgan tadbirkorlarga davlat tomonidan pul to'lanadi.

Sahifa: @bandlikpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni daqiqalarda "Xizmatlar markazi" ning ochilish marosimi boshlanish arafasida.

Batafsil keyingi xabarlarda

Sahifa:
@bandlikpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni daqiqalarda "Ishga marhamat" monomarkazi qoshida tashkil etilayotgan "Xizmatlar markazi" ning ochilish marosimiga kambag'alikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i yetib keldi.

Sahifa: @bandlikpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni soatlarda "Xizmatlar markazi" ning ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Shuningdek, markaz tinglovchilari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar tadbir qatnashchilariga namoyish etilmoqda.

Sahifa: @bandlikpres
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ham bilim, ham daromad!
•••••••••••••••
Viloyat hokimi va Bandlik vaziri topshiriqlari asosida Andijondagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Xizmatlar markazi” ishga tushirildi.

Ushbu markaz yoshlarni va kasb-hunar egasi bo‘lishni istagan fuqarolarni ham tahsil olib, ham daromad topishlarida katta ko‘makdosh bo‘ladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu maskanning bugun ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sahifa: @bandlikpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ham bilim, ham daromad!
•••••••••••••••
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev topshiriqlari asosida Andijondagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Xizmatlar markazi” ishga tushirildi.

Sahifa:
@bandlikpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda "Xizmatlar markazi" ochildi

•••••••••••••••

Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida kasb-hunar o‘rganayotgan hamda o‘zining biznes g‘oyalari bilan tadbirkorlik boshlash istagida bo‘lgan talabalarga qulay shart-sharoit yaratish, shu bilan birga, shu joyning o‘zida biznesga birinchi qadamni qo‘yishlari uchun imkoniya tashkil etish maqsadida monomarkaz qoshida “Xizmatlar markazi” tantanali ishga tushirildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu maskan talabalarning bir vaqtning o‘zida ham tahsil olib, ham amaliyot o‘tashlariga va daromad topishlariga imkon yaratadi.

Yangi markazda - pazandachilik, sartaroshlik, ayollar liboslari va parda tikish yo‘nalishlari qamrab olingan bo‘lib, talabalar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Sahifa: @bandlipress
Bundan tashqari, ushbu xizmatlar markazi tez fursatlarda elimizning shodiyona kunlarida barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi. Ya’ni, ixcham va ko‘rkam marosimlar uchun shirinliklar, sarpolar, ustachilik, hunarmandchilik va boshqa turdagi pullik xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Sahifa: @bandlikpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_amalda
#Uzbekiston24

Baliqchi tumanida tomorqadan samarali foydalanish va aholi bandligini ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Sahifa:
@bandlikpress
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024) qabul qilindi.

Unga koʻra,
2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda:
▪️ipoteka kreditlari
120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4% bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

▪️kredit boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning
15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 % dan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.

Sahifa: @bandlikpress
📈 O‘zbekistonda 2015–2023-yillarda kambag‘allikni qisqartirishda erishilgan natijalar

Jahon bankining 2024-yil 9-maydagi “O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish yo‘li: xalqaro taqqoslash dasturi xulosalari” hisobotida O‘zbekistonda 20152022-yillarda kambag‘allik darajasi 2 barobarga qisqarib, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori natijaga erishgan mamlakatlardan biri ekanligi ma’lum qilinmoqda.

Batafsil
___

📈Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons

In the report of the World Bank on May 9, 2024 "Charting Uzbekistan's path to poverty reduction: insights from international comparisons", the poverty rate in Uzbekistan will be reduced by 2 times in 2015-2022, and the countries of Europe and Central Asia it is reported that it is one of the countries with the highest results.

More

Sahifa: @bandlikpress
Endilikda Koreyaga mavsumiy ishlarga hamyurtlarimiz jalb qilinadi

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Koreya Adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda kelishuvga erishdi.

Seulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoshlarimiz Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarda mehnat qilishi mumkin bo‘ladi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar bo‘yicha ishlab, malakasini oshiradi, bu orqali ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini boyitib, yurtimizga katta tajriba bilan qaytishi mumkin.

Bundan tashqari professional kasb-hunarga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarning ham Koreyada ishlash imkoniyatlari paydo boʻlmoqda.

Aytish kerakki, ushbu yoʻnalishda yaʼni, maʼlum bir kasb-hunarga ega boʻlgan, qoʻlida diplomi bor mutaxassislar koʻp. Endilikda ular ham oʻz sohasidan kelib chiqib Koreyada faoliyat olib borishi yoʻlga qoʻyiladi.

Ayni yoʻnalishda Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda yurtdoshlarimizning namunali faoliyat olib borishi, Koreya davlati qonunlarini hurmat qilishi ikki davlat hamkorlik munosabatlarining yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Koreyaga vaqtincha ishlash uchun boradigan har bir nomzod bilan mutaxassislar alohida shugʻullanishi, ushbu davlatning mehnat va migratsiya qonunchiligi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari xususida axborotlar berib borilishi maʼlum qilindi.

Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan alohida qayd etildiki, agarda o‘zbekistonlik ishchilar Koreya Respublikasining mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga o‘tmasa, o‘z ish joylarini asossiz tashlab ketmasa Koreya tomoni hamyurtlarimiz uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirdi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#bilasizmi

16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.

Sahifa: @bandlikpress
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷🇺🇿Xorijiy til va kasb-hunar egallagan yoshlar yuqori daromadli ish va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Hozirgi reportajimizda Koreyaga vaqtincha ishlash uchun ketayotgan hamda ushbu davlatda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar xususida so‘z yuritiladi.

Sahifa: @bandlikpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishsiz fuqarolarga qanday yordamlar koʻrsatildi?
——————
Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi ishsiz fuqarolarga hozirgi kunga qadar qanday yordamlar ko‘rsatib kelmoqda?

Sahifa:
@Bandlikpress
Andijonda kamida 1000 ta yangi ish o‘rni uchun manba aniqlandi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev aholini kasb-hunarga oʻqitish, bandligini taʼminlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻldi.

👉Batafsil o‘qing

Sahifa: @bandlikpress