Bilimni baholash agentligi
118K subscribers
3.64K photos
572 videos
145 files
4.05K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 19-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 6,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 25–26-yanvar (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat
Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ovozli chat

📆
Bugun soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da  ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonining yangi formati bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga javob beriladi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari(o‘zbek tilida) e’lon qilingan edi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali qoraqalpoq va rus tillaridagi namunaviy test topshiriqlari bilan ham tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

2025-yil 20-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

📌 Test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash maqsadida tashkil etilmoqda.

📚 Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshirig‘i berilmoqda.

📆 Test sinovlari 20-yanvardan 21-fevralga qadar Agentlikning hududlardagi binolarida hamda harbiy qismlarda tashkil etiladi va unda 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Biologiya milliy sertifikat 2
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM