Bilimni baholash agentligi
120K subscribers
3.14K photos
511 videos
141 files
3.76K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 10-11-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yozma qismining birinchi yarmi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

❗️ Ming afsuski, ayrim talabgorlar test sinoviga o‘z bilimiga ishongan holda emas, balki turli qing‘ir yo‘llarni o‘ylagan holda kelmoqdalar.

Jumladan, 10-11-iyun kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida 42 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Ma’lumot uchun: yozma imtihonning ikkinchi yarmi 17-18-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa bugundan boshlandi va 1-iyulga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 14-may kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Harbiy tavsiyanoma 5 ta oliy ta’lim muassasasiga ham o‘tadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) o‘qishga kirish uchun alohida qabul parametrlari ajratiladi.

📌 Alohida qabul parametrlari umumiy qabul parametrlarining besh foizi miqdorida ajratilib, oliy ta’lim muassasalari kesimida (har bir ta’lim shakli bo‘yicha) taqsimlanadi.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar bor?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida qabul kvotalari ajratiladi.

📌 Ushbu kvotalar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimida taqsimlanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❇️ Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etiladi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Davlat ta’minotidagi shaxslarga va boquvchisini yo‘qotganlarga qanday imityozlar bor?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga OTMlarga kirish uchun bir foizgacha qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.

📌 Qo‘shimcha kvotalar OTMlar va ta’lim shakllari kesimida taqsimlanadi. Ular mazkur kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❇️ Shuningdek, to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar test sinovlari uchun to‘lovdan ozod etiladi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ona tili va adabiyot fanidan 3 877 nafar talabgor sertifikatga ega bo‘ldi

📣 2023-yil 14-may kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari 12-iyun kuni e’lon qilindi.

📋 Test natijalariga ko‘ra 3 877 nafar talabgor maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan holda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Ularning 191 nafari maksimal ballning kamida 86 foizini (86 va undan yuqori ball) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bunda:

👉 O‘zbek tili va adabiyot — 3 550 nafar (sertifikat)154 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Rus tili va adabiyot — 175 nafar (sertifikat)35 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Qoraqalpoq tili va adabiyot — 152 nafar (sertifikat)2 nafar (86 va undan yuqori).

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Sport vazirligi
Tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-sonli qaroriga muvofiq 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan, “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida “Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod” yoki “Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod” sport razryadiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinishi belgilangan edi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/2293

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
​​⚡️ Diagnostik test xizmati onlayn shaklda yo‘lga qo‘yildi

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari o‘tkaziladi.

🖥 Mazkur xizmat hozirga qadar qogʻoz shaklida ko‘rsatilgan boʻlib, endilikda ushbu xizmatdan elektron shaklda foydalanish mumkin.

Buning uchun iTest.uz platformasi bilan hamkorlikda diagnostik test sinovlarini onlayn o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishi va OTMlarga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

👨🏻‍💻 Ushbu xizmatdan iTest.uz saytidan tashqari @itestuzbot telegram boti orqali ham foydalanish mumkin.

📲 Hozirda iTest.uz saytining mobil ilovalari ishlab chiqilmoqda va iyun oyi oxirida Google Play va App Store ga joylashtiriladi.

▶️ Xizmat narxi 3 ta test varianti uchun 20 ming soʻmni tashkil etadi. Har bir test variantida 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanidan 90 ta test topshirigʻi beriladi.

Izoh: Bir komplektdagi uchta variant bir-biriga parametrik bo‘lib, savollar mazmunan bir-biriga yaqin qiymatlarda farqlanadi. Bu o‘quvchida o‘zlashtirgan bilimini qayta takrorlash va mustahkamlashga ko‘maklashadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2023-yil 25-may kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.uzbmb.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Видеопособие по онлайн-регистрации для поступления в высшие образовательные учреждения (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Произведение оплаты за участие в тестовых испытаниях (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 21-may kuni o‘tkazilgan tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Fan olimpiadasi g‘oliblariga qanday imtiyozlar bor?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Fan olimoiadasi g‘oliblarini 3 ta toifaga ajratish mumkin:

1️⃣ Fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga OTMlarga kirishda ushbu fandan maksimal ball beriladi.

2️⃣ Xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni egallagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

👉 Bular matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) va informatika (IOI) bo‘yicha xalqaro fan olimpiadalari.

3️⃣ Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan fan olimpiadalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasasi mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Test topshiriqlari mazmuni, ularning qiyinlik darajasi va baholash mezoni

📆 “Yoshlar
” telekanalida “Abituriyent-2023“ loyihasi yo‘lga qo‘yilib, 2023-yil 1-iyun kuni ko‘rsatuvning ilk soni jonli efirda berilgan edi.

▶️ Mazkur ko‘rsatuv har hafta payshanba kuni jonli efirda berib borilayotgan bo‘lib, bir ozdan so‘ng 15:00 da ko‘rsatuvning 3-soni boshlanadi.

📋 Bugungi ko‘rastuv mavzusi: Test topshiriqlari mazmuni, ularning qiyinlik darajasi va baholash mezoni.

📲 Abituriyentlar mavzu doirasidagi savollarini @abituriyent2023bot telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

Savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

📺 Bugun soat 15:00 da — “Yoshlar” telekanalida — jonli efirda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tarix va geografiya fanlaridan 3 229 nafar talabgor sertifikatga ega bo‘ldi

📣 2023-yil 21-may kuni o‘tkazilgan tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari 14-iyun kuni e’lon qilindi.

📋 Test natijalariga ko‘ra 3 229 nafar talabgor maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan holda milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Ularning 583 nafari maksimal ballning kamida 86 foizini (86 va undan yuqori ball) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Bunda:

👉 Tarix fanida — 2 561 nafar (sertifikat)515 nafar (86 va undan yuqori).

👉 Geografiya fanida — 668 nafar (sertifikat)68 nafar (86 va undan yuqori).

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ovozli_chat
Agentlik faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha ovozli chat

📆
2023-yil 16-iyun kuni (bugun) 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat Bilimni baholash agentligi faoliyatiga oid barcha mavzular bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream scheduled for
Live stream started